Научная статья на тему 'Boshlang`ich sinf o’quvchilarini PIRLS xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlash'

Boshlang`ich sinf o’quvchilarini PIRLS xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlash Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
8416
869
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PIRLS / hikoya / o’qituvchi / o’quvchi / test / ota-ona / shaxmat / PIRLS / story / teacher / student / exam / parents / chess

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Hakimova Nasiba Imomovna

Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablari boshlang’ich sinf o’quvchilarini PIRLS xalqaro baholash tizimiga tayyorlash masalalari haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek bu borada amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar ham ko’rsatib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PREPARING PRIMARY SCHOOL PUPILS FOR PIRLS INTERNARLTIONALASSESSING RESEARCHES

In this article, it is informed data about preparing primary school pupils for PIRLSPIRLSinternational assessing system. In addition, it is indicated about importance of upcoming actions.

Текст научной работы на тему «Boshlang`ich sinf o’quvchilarini PIRLS xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlash»

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

BOSHLANGICH SINF O’QUVCHILARINI PIRLS XALQARO BAHOLASH

TADQIQOTLARIGA TAYYORLASH

Hakimova Nasiba Imomovna

10-umumiy o'rta talim maktab Buxoro viloyat, Kogon shahar

Annotatsiya: Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablari boshlang’ich sinf o ’quvchilarini PIRLS xalqaro baholash tizimiga tayyorlash masalalari haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek bu borada amalga oshirilishi kerak bo ’lgan ishlar ham ko’rsatib o’tilgan.

Kalit so’zlar: PIRLS, hikoya, o’qituvchi, o’quvchi, test, ota-ona, shaxmat.

PREPARING PRIMARY SCHOOL PUPILS FOR PIRLS INTERNARLTIONALASSESSING RESEARCHES

Hakimova Nasiba Imomovna School №10, Bukhara region, Kogon city

Abstract: In this article, it is informed data about preparing primary school pupils for PIRLSPIRLSinternational assessing system. In addition, it is indicated about importance of upcoming actions.

Keywords: PIRLS, story, teacher, student, exam, parents, chess.

PIRLS(Progress in International Reading Literasy Study - xalqaro o’qish savodxonligini o’rganishdagi yuksalish)-bu turli mamlakatlarda boshlang’ich sinfda tahsil oluvchi o’quvchi yoshlarning matnni o’qish va tushunush darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. Ushbu sinov turi har 5yilda bir marta o’tkazishga mo’ljallangan bo’lib, 2021-yil uchun mo’ljallangan tadqiqotlarda O’zbekiston o’quvchilari ham ishtirok etishi boshlang’ich ta’lim o’qituvchilariga katta mas’uliyat yuklaydi.

Bu muhim vazifani amalga oshirish o’qituvchidan ta’limga yangicha yondashuvni, faollikni talab etadi. Shu o’rinda o’quvchini xalqaro baholash darajasini belgilovchi PIRLSga qanday tayyorlash mumkun degan savol ko’pchilikni o’ylantiradi.

PIRLSga tizimli tayyorlashda sinfdan tashqari o’qish, mustahkamlash, takrorlash darslari hamda to’garaklarning o’rni juda muhim. Bunda o’quvchining dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlashi, obrazli tafakkurini rivojlantirish o’ta muhim hisoblanadi. Albatta bu ishda ota- onaning o’z o’rni bor. Oilada kattalar kitob

г<м

218

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

o’qisa, bola ham bora-bora ularga ergashadi. Yoshiga munosib kitoblami olib berishda o’qituvchi tavsiyasiga amal qilish foydali hisoblanadi. Bo’sh vaqtida bola oldi-qochdi seriallar, multfilmlar emas, bolalar uchun ishlangan mantiqqa boy filmlar, hayvonot va nabotot dunyosi haqidagi ko’rsatuvlarni kuzatib borishi ham yaxshi samara beradi.

Sportning deyarli barcha turlari, ayniqsa shaxmat o’quvchining diqqatini oshirishiga, maqsad sari olg’a intilishga, mustaqil qaror qabul qilish layoqati shakllanishiga yordam beradi.

Dars jarayonida yoki bola bilan muloqot qiladigan tanaffuslar chog’ida uning to’g’ri yoki noto’g’ri fikrini tinglab, to’g’ri xulosani hayotiy faktlar orqali chiqarish o’ta muhim. O’qituvchining o’quvchidan adabiy tilda gapirishini talab etishi o’quvchining o’z ustida yanada izlanishini taqozo etadi va bu kitobxonlik sari yo’l ochib beradi.

Sinfdan tashqari o’qish darslarini tashkil etishda, o’quvchiga o’qiladigan materiallarni 1 hafta oldin tavsiya etsa, o’quvchi dam oladigan shanba, yakshanba kunlarida bekor qolmaydi. Albatta, bunda ota-ona nazorati o’ta muhim. .

I. Asar mazmuni bilan tanishgan o’quvchi tayyorgarlikning keyingi bosqichlarida qiynalmaydi.

II. Asar mazmuni asosida savol-javob o’tkaziladi. Asar qismlariga ajratilib, har bir qismga o’quvchilar tomonidan sarlavha toptiriladi.

III. Tuzilgan reja asosida asar mazmuni so’zlatiladi. So’zlash jarayonini qiziqarli o’tkazish uchun “Ikki xil tanlov” metodidan foydalanish o’rinli. Masalan, Franz Hohlerning “G’aroyib tun” hikoyasini o’rganish jarayonida yo’lakni, timsohni, eshik ortida turgan qizchani, jurnaldan chiqayotgan flamingolarni tasvirlab turib hikoyalash mumkin.

IV. O’rganilayotgan asardagi voqealar ketma-ketligini yanada mustahkamlash maqsadida“ Charxpalak” metodidan ham foydalanish o’rinli. Bunda asar matni jadvalda aralash holda beriladi.

219

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Har bir qism raqamlanadi. Masalan:1, 2, 3, 4, 5. Raqam joylashgan xona, asardagi gap ro’barosiga “+”belgisi qo’yiladi.

Adabiyotni tushunish va baholash uchun liar bir o’quvchi tilni tushunishi va badiiy shakllarni bilishi kerak. Axborot va badiiy matnlar ustida ishlash o’quvchilardan tabiiy , ijtimoiy , matematik bilimlami puxta o’zlashtirishni talab etadi. Quyida berilgan topshiriqlar ustida ish olib boriladi.

Badiiy matn. Permyak Yevginiy

Andreevich “Tanish izlar”

Nikitaning bobosi bog’bon. Bo’sh vaqtlarida ov qilishni sevadi. U yaxshi ovchi ham edi. O’rmon sirlarini yaxshi biladi. Nevarasini ham birga olib yurganda,

o’rmondagiizlami ko’rsatardi ko’rsatib turib, shunday deb takidlardi:-Asr yasha , asr o’rgan va bil. Bilim hech qachon ortiqchalik qilmaydi. Nikita bobosini tinglab, o’zicha o’ylardi: “Barcha keksalar bolalarga aql berishga usta. Hayvon izlarini bilish menga nima keragi bor, qachonki men mashinist bo’lmoqchiman. Elektr poyezdlarini haydayman”. Nikita faqat poyezdlar haqida o’ylardi. Elektrovozlardagi har bir bolt, har bir qismni ko’zdan kechirardi. Bolalar ham u bilan poyezdlami tomosha qilgani borishardi. Bir marta bekatdan qishloqqa to’g’ri yo’ldan o’rmon orqali qaytishga to’g’ri keldi. Ham yaqin, ham kayfiyat a’lo.

Birinchi qor ustidan quvnoq yugurib ketdilar. Qor ustida esa turli xil izlar. Izlar nimaniki ekanligini bolalar bilishmay ustida yugurishadi. Balki tulkini yoki yowoyi ehkini ko’rib qolisharmidi?!Quyonni ko’rib qolishsa ham ajab emas. Izlar ustida yugura-yugura oxiri adashib qolishdi. Bolalar qo’rqib ketishdi . Kimdir hatto yig’ladi ham.

-Bu sening gaping bilan bo’ldi, Nikitka...Endi o’rmondan qanday chiqib olamiz?

Axir odam yuradigan yo’lkalar qor bilan qoplandi. Nikita jim, o’zini oqlamadi. Balki biror kishi bu kimsasiz o’rmonda uni “eshitarmi” deb o’ylardi. Birdan Nikita qor ustida izlarni ko’rib qoldi. Bobosi ko’rsatgan ko’p izlardan faqat shu izlarni esda saqlab qolgan edi.

220

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

-Ure, bolalar!-qichqirdi Nikita. -Mening izimdan yuringlar. Sizlarni yashash joyiga olib boraman. Bolalar Nikita ko’rsatgan izlar ortidan uzoq yurdilar va yashash manziliga keldilar. O’rmon qo’riqchisining uyiga. Qo’riqchining uyidan qishloqqacha esa qatnov yo’li. Tunda ham adashmaysan.

-Sen bizni qanday izlar orqali olib chiqding ?-so’rashdi bolalar Nikitadan .

-It izlari orqali, -javob berdi u.

-It izlari doim yashash joyiga olib keladi. Chunki it o’rmonda qancha yugurmasin, albatta uyga qaytadi. Buni menga buvam o’rgatganlar. Nikita uyga charchab qaytgan bo’lsada, juda baxtli edi. Bir lahza u bobosini qattiq quchoqlab oldi va qulog’iga nimalardir deb pichirladi. Balki mehribon bobosiga “rahmat” aytgandir.

“Tanish izlar” matniga savollar.

1. Nikitaning bobosi bo’sh vaqtida nimani yoqtirardi?

a. baliq tutishni

b. gazeta o’qishni

d. ov qilishni

e. televizor ko’rishni

2. O’rmonda bobosi Nikitaga nimalarni ko’rsatardi?

a. hayvonlarni

b. izlarni

d. daraxtlarni

e. tabiatni

3. Izlarni ko’rsatib turib, bobosi Nikitaga nimani ta’kidlardi?

4. Nega Nikita bobosining hayvon izlari haqidagi gaplarini tinglamasdi?

5. Bolalar bekatda uyga o’rmon orqali kelayotganlarida nima sodir bo’ldi? a. ular uxlab qolishdi

221

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

b. ular ovqatlangani o’tirishdi

d. ular adashib qolishdi

e. ular ota-onalariga qo’ng’iroq qilishdi

6. Bolalarning o’rmondagi qo’rquvi, hayajoni aks ettirilgan gaplarni topib yozing

7. Bolalar o’rmonda qaysi hayvonlarni uchratishni xohlashdi?

8. Bolalarni o’rmonga qanday kayfiyat olib kirdi?

a. qo’rqinchli

b. xush

d. ezgin

e. hechqanaqa

9. Nikita bolalarini o’rmondan nimaning izlariga qarab olib chiqdi?

a. bobosining izlariga qarab

b. itning izlariga qarab

d. quyon izlariga qarab

e. o’zining izlariga qarab

10. Itning izlariga qarab, yasash manziliga yetib olish mumkin ekanligiga isbot, dalil keltir

11. Nikita uyga qaytganida holati qanday edi?

12. Nima deb o’ylaysiz, Nikita bobosining qulog’iga nimalar deb pichirladi?

13. Hikoyada Nikitaning qaysi hatti- harakati ushbu hikmatga to’g’ri keladi . “Bilgan ergashtiradi, bilmagan ergashadi”

14. Hikoya nimaga o’rgatadi?

a. kattalr nasihatiga quloq tutish

b. har narsani kuzatib borish

d. noxush vaziyatlarda hayajonlanmaslik

e. minnatdor bo’lish

AXBOROT MATNI

Pingvinlar sayyoramizning janubiy yarimsharida yashovchi g’aroyib, bir qarashda beso’naqay bo’lib ko’rinuvchi jonivorlardir. Lekin ular faqat quruqlikdagina beso’naqaydir. Hayotining katta qismini suvda o’tkazadigan bu qushlar, suvdagina o’zlarini yaxshi his qiladilar va mohirona ov qiladilar. Pingvinglar hayoti juda mashaqqatli, juda past harorat sharoitidan ularniteri ostidagi qalin yog’ qatlami va qalin patlari sovuqdan asraydi. Patlarning oq- qora ranglari ham ularni asraydi. Orqa tomonidagi qora rang quyosh issiqligini yutib qo’shimcha energiya to’playdi. Pingvinlar qanday yuradi?

222

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020 ISSN 2181-063X

Pingvinlar bo’yi lmetrgacha, og’irligi 30 kilogrammgachayetadi. Albatta ularga yurish qiyin. Yurishda qushlarga tayanch vazifasini bajamvchi dumi у or dam beradi. Pingvinlaming ko’payishi hayotidagi juda qiziq bosqichdir. Urg’ochi pingvin 1 ta tuxum qo’yadi. Erkagi uni bostirib turadi. Ona pingvin bu paytda o’ziga yemish topish uchun dengiz tomon yo’l oladi. Baxtli ota tuxumni qorin xaltasida yashirib qo’yadi. Energiyani tejash maqsadida pingvinlar bir-biriga juda yaqinlashib, ba’zan joy almashlab to’da hosil qiladilar. Ikki oydan keyin esa uzoq kutilgan polapon dunyoga keladi.

Agar to’da yuzlab, ba’zan minglab qushlardan iborat bo’lsa, bu jarayonda tushunmovchilik kelib chiqadi. Pingvinlar bolasini qanday tanib oladi?Hammasi juda oddiy. Pingvinlar bizga turlicha ko’rinsada, bolasini qichqirig’iga qarab taniydi. Mitti pingvin onasi chaqirgandan keyin biror mazali narsa bilan siylashini biladi. Urg’ochi pingvin kichkintoyini oshqozonidagi ezilgan baliq, krevetka, mayda qisqichbaqasimonlar bilan oziqlantiradi. Bu jarayon polapon 2 oylik bo’lgunicha davom etadi. Pingvinlar qanday raqsga tushadilar?

Buni ular nima uchun va qachon qilishadi?

Pingvinlaro’z raqslarini urg’ochi pingvin uchun, hudud uchun, yemish uchun, ba’zan shunchaki yakkakurashalrda ga’laba qozongach ijro etadilar. Shuning uchun bu raqslarni g’alaba raqslari ham deb ataydilar. Raqs paytida erkak pingvin u bilan hazillashmaslik kerakligi haqida qichqiriqlar yordamida izhor qilib turadi. Boshqa pingvinlar bu ogohlantirishlardan keyin raqqos bilan jangga kirishishga jur’at ham qilolmay qoladilar.

Pingvin matniga savollar

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. Pingvinlar sayyoramizning qaysi yarimsharida yashaydilar?

a. shimoliy yarimsharida

b. janubiy yarimsharida

d. shimoliy va janubiy yarimsharida

2. Pingvinlar hayotining asosiy qismini qayerda o’tkazishadi?

a. quruqlikda

b. suvda

d. muzlikda

e. tog’da

3. Juda past haroratsharoitida hayot kechirishda pingvinlarga nima yordam beradi?

a. to’yimli ozuqa

b. qalin patlar va qalin yog’ qatlami

223

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

d. tezsuzish mahorati

e. patlarning oq-qora rangi

4. Pingvinlarga yurishga nima yordam beradi?

a. qanoti

b. gavdasi

d. dumi

e. panjasi

5. Urg’ochi nechta tuxum qo’yadi?

a. 2

b. 3

d. 1

e. 4

6. Pingvinlar bolasini qanday taniydi?

a. rangiga qarab

b. ovoziga qarab

d. hidiga qarab

e. ko’ziga qarab

7. Pingvinlarga yurish nega qiyin ekanligini tushuntir ?

8. Qanday voqea munosabati bilan pingvinlar g’alaba raqsini ijro etishadi?

9. Urg’ochisi bolasini nima bilan boqadi ?

a. suvo’tlari va o’simliklar

b. ezilgan baliq va krevetka

d. go’sht bilan

e. sut bilan

10. Erkak pingvinlar tuxum bosayotganda bir- biriga yopishib, ba’zan joy almashib to’da qilsh sababini tushuntir.

11. G’alaba raqsini ijro etib pingvin nima haqida ogohlantiradi?

12. Pingvin bo’yi va og’irligini yoz?

13. Pingvin to’dasining miqdorinibelgila?

14. Nima deb o’ylaysan, pingvinlar bizning mahalliy sharoitda yashay oladimi? Nima uchun ?

Testlarga javobni izlashda, savol strukturasiga ahamiyat berish juda muhim. Tajribali kitobxon savolning o’zidan javobni topa olishi mumkin bo’ladi.

Tajribasiz kitobxon esa bu borada qiynaladi. Har bir o’qilgan asarni nafaqat o’qib balki, uni miyada chuqur “hazm qilish” va baholay olish yaxshi samara beradi. Bolada tanqidiyva mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda kattalar tomonidan oilada, maktabda uning ham shaxs sifatida o’z fikri borligini inobatga olish juda muhim. Xatofikrlarini ota-onalar, o’qituvchilar bosiqlik bilan tinglab tushuntirishlari katta

г<м

224

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

yoshlilardan tolerantlikni, sabmi talab qiladi. Ba’zan esa hayotning o’zi ham xatolarimizni tan olishga majbur etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Xalqaro tadqiqotlarda boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligini baholash” metodik qo’llanma. T.: Sharq, 2019

2. www. ziyonet. uz.

3. www. kitobxon. com

4. www. marifat. uz

225

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.