Научная статья на тему 'NAVOIYNING SHE’RIY SAN’ATLARDAN FOYDALANISH MAHORATIGA DOIR'

NAVOIYNING SHE’RIY SAN’ATLARDAN FOYDALANISH MAHORATIGA DOIR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

2606
73
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Farhod va Shirin” dostoni / “Mahbub ul-qulub” asari / “Lison uttayr” asari / tashbih / qaytariq / tanosub / intoq / ishtiqoq / ta‟did / nido / mubolag„a / saj‟ / iyhom. / Эпос «Фархад и Ширин» / произведение «Махбуб ульКулуб» / произведение «Лисон ут-Тайр» / ташбих / повторение / пропорция / интак / иштикак / тадид / восклицание / преувеличение / поклонение / внушение

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dilnoza Bekmurodovna Yuldasheva

Ushbu maqolada Navoiy ijodidagi she‟riy san‟atlarning qo„llanilishi haqida to„xtalib o„tilgan. Ulug„ shoir o„z ijodida tashbih, qaytariq, tanosub, intoq, ishtiqoq, ta‟did, nido, mubolag„a, saj‟, iyhom kabi she‟riy san‟atlardan mahorat bilan foydalangan. “Farhod va Shirin” dostoni, “Mahbub ul-qulub”, “Lison ut-tayr” kabi asarlari misolida buni ko„rishimiz mumkin

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NAVOIYNING SHE’RIY SAN’ATLARDAN FOYDALANISH MAHORATIGA DOIR»

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

NAVOIYNING SHE'RIY SAN'ATLARDAN FOYDALANISH MAHORATIGA

DOIR

Dilnoza Bekmurodovna Yuldasheva

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi mudiri, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

dilyuldasheva83 @gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Navoiy ijodidagi she'riy san'atlarning qo'llanilishi haqida to'xtalib o'tilgan. Ulug' shoir o'z ijodida tashbih, qaytariq, tanosub, intoq, ishtiqoq, ta'did, nido, mubolag'a, saj', iyhom kabi she'riy san'atlardan mahorat bilan foydalangan. "Farhod va Shirin" dostoni, "Mahbub ul-qulub", "Lison ut-tayr" kabi asarlari misolida buni ko'rishimiz mumkin.

Kalit so'zlar: "Farhod va Shirin" dostoni, "Mahbub ul-qulub" asari, "Lison ut-tayr" asari, tashbih, qaytariq, tanosub, intoq, ishtiqoq, ta'did, nido, mubolag'a, saj', iyhom.

АННОТАЦИЯ

Данная статья посвящена использованию поэтического искусства в творчестве Навои. В своем творчестве он умело использовал такие поэтические приемы, как ташбих, повторение, сравнение, интак, иштикак, тадид, восклицание, преувеличение, садж, ихём. Мы можем видеть это на примерах таких произведений, как «Фархад и Ширин», «Махбуб ул-Кулуб», «Лисон ут-Тайр».

Ключевые слова: Эпос «Фархад и Ширин», произведение «Махбуб уль-Кулуб», произведение «Лисон ут-Тайр», ташбих, повторение, пропорция, интак, иштикак, тадид, восклицание, преувеличение, поклонение, внушение

ABSTRACT

This article focuses on the use of poetic arts in Navai's work. In his work, he skillfully used poetic arts such as tashbih, repetition, comparison, intaq, ishtiqaq, tadid, exclamation, exaggeration, saj', ihyom. We can see this in the examples of works such as "Farhad and Shirin", "Mahbub ul-Qulub", "Lison ut-Tayr".

Keywords: "Farhad and Shirin" epic, "Mahbub ul-Qulub" work, "Lison ut-Tayr" work, tashbih, repetition, proportion, intaq, ishtiqaq, tadid, exclamation, exaggeration, adoration, suggestion.

8-fevral

174

O'zbek mumtoz adabiyotining uzoq yillik tarixi shundan dalolat beradiki, Alisher Navoiy she'riy san'atlar yaratishga alohida e'tibor qaratgan. Masalan, shoir asarlarida badiiy fikrni obrazli ifodalashga xizmat qiluvchi tashbih san'atidan keng foydalanilgan. Jumladan, Alisher Navoiy "Farhod va Shirin" dostonining XVII bobida hoqon bilan Farhodning ko'k gulnori qasrda gulgun may ichib o'tirgani va bu qasrning bag'oyat go'zalligi quyidagicha tasvirlangan:

Agar biz keltirilgan bayt mazmunini uslubiy-lisoniy jihatdan tahlil qiladigan bo'lsak, unda daraxtlar jannatda yurgan tovuslarga, har bir yaproq esa to'tining patiga o'xshatilganligi ayon bo'ladi. Bu baytdan daraxt ham uyqu paytida tovusga o'xshab bir oyog'ini patlarining ichiga yashirib olgan, degan obrazli mazmun o'z ifodasini topgan.

Yoki "Mahbub ul-qulub" asaridan olingan quyidagi parchada "samandar" (o'tda yonmas afsonaviy qush nomi) so'zi "kibi" grammatik vositasi bilan birga tashbih san'atini hosil qilgan:

Ki to bo „lg „ay bular bir-birlari birla qariyn bo „Isun, Samandarlar kibi ishq o „ti ichra hamnishin bo „Isun [2].

Alisher Navoiy bulbul, to„ti, chug„z, kalog„, zog„ kabi qush nomlari (ornitonimlar)ni -dek, -vash qo'shimchalari va kibi // kabi, yanglig„, nechukki singari so'z shakllari bilan birgalikda qo'llash orqali o'xshatish san'atini hosil qilib, bu lug'aviy birliklar vositasida o'zining badiiy obrazlarga bo'lgan estetik munosabatini ifodalashga muvaffaq bo'lgan.

Shunisi muhimki, shoir asarlarida qush nomlarini bildiruchi so'zlar tashbih san'atini hosil qilishda o'z ma'nosidan tashqari ramziy timsollarni ham ifodalash vositasiga aylanadi: bulbul - sadoqat ramzi, boyqush (chug„z) - vayronalik ramzi, kabutar - esa tinchlik ramzi kabilar.

Alisher Navoiy lirikasida qaytariq // qaytarish san'ati ham xilma-xil vositalar yordamida hosil qilingan. Masalan, Alisher Navoiy "Farhod va Shirin" dostonidadan olingan quyidagi misralarda gapira-gapira to'ti har narsani biladigan bo'ldi, degan g'oyani ifodalash maqsadida to„ti so'zining takrori - qaytarish san'atidan foydalangan:

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-174-179

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

Shajar gar bo „Imasa tovus bog „i, Nedin tovusdek bo „Idi ayog „i? [1].

Chu bo „Idi nuqtadin ogoh to „ti, Ani derlar xaloyiq shoh to „ti [3]. Alisher Navoiy asarlarida afsonaviy va real qushlar obrazi ham xilma-xil she'riy san'atlar yaratish vositasi sifatida namoyon

8-fevrall ©

bo'ladi. Qaqnus, Samandar, Xumo, Anqo singari afsonaviy qushlar bilan bir qatorda bulbul, to „ti, laylak, boyqush singari real qushlar nomi asosida yuzaga kelgan badiiy tisollarni shoir o'z asarlarida samarali qo'llagan. Masalan, "Lison ut-tayr"da bulbul, to „ti so'zlari ketma-ket kelib, tanosub san'atini vujudga keltirgan: O „yla qushlar nutqini izhor etay, Bulbul, to „ti kibi guftor etay [4].

Ma'lumki, Alisher Navoiyning "Lison ut-tayr" asarida qushlar odamlar singari so'zlaydilar, qushlar orqali shoir inson fe'l-atvori, xarakteri, uning ichki kechinmalariga falsafiy nuqtai nazaridan baho beradi. Xususan, shoir bir qush bilan hudhud o'rtasida bo'lib o'tgan savol-javobni obrazli bayon qilishda intoq san'atidan foydalangan. Bu o'rinda qo'llangan hudhud ornitonimi arabcha so'z bo'lib, sassiqpopishak ma'nosini anglatadi."Lison ut-tayr" asari boshdan-oyoq ana shu intoq san'ati zamiriga qurilgan bo'lib, bu badiiy san'atning lisoniy-uslubiy talqini asarda qush nomlari asosida amalga oshirilgan. Aslida "so'zlatish", "gapirtirish" ma'nosidagi intoq san'ati badiiy asarda hayvonlar va jonsiz narsalarni odamlarga o'xshatib so'zlatishni ham nazarda tutadi.

Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, Navoiy she'riyatida ishtiqoq san'ati asosida yaratilgan baytlar ham ko'p uchraydi. Bu san'at she'riy baytlarda o'zakdosh so'zlarni qo'llashga asoslanadi. Masalan, "Farhod va Shirin" dostonida osmonning cheksizligi, bepoyonligi shunday tasvirlanadi: Kabutar yo „q, kabutarxonadur ul, Anga ne rom bo „lmog„liq, ne orom [5].

Bu keltirilgan baytda ishtiqoq san'atini vujudga keltirish uchun shoir kabutar so'zidan o'rinli foydalanadi. Ma'lumki, kabutar so'zi o'zbek tiliga fors-tojik tilidan o'zlashgan leksema bo'lib, bu "so'zning strukturasi kabu(d)+tar qismlaridan tashkil topgan, kabud - ko „k va -tar sifatning orttirma darajasini bildiruvchi morfemadir" Shoir bu baytda osmondagi yulduzlarni kabutarlar oldiga sochilgan donlarga qiyos qiladi. Bu o'rinda ishtiqoq san'ati kabutar va kabutarxona so'zlari, ya'ni o'zakdosh so'zlar vositasida yuzaga kelgan.

"Sab'ai sayyor" dostonidagi

Chunki qaqnuslik aylabon izhor,

O„t solib alam ichra qaqnusvor [6] baytida o'zbek tilidagi afsonaviy qush nomini anglatuvchi Qaqnus atamasining o'zakdosh leksemalari hisoblangan qaqnuslik va qaqnusvor so'zlari vositasida ham ishtiqoq san'ati vujudga keltirilgan. Bu san'atni yuzaga keltirgan leksik birliklar

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-174-179

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

qaqnus ornitonimini bildiruvchi tub so'zga -lik va -vor

8-fevral

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

affikslarini qo'shish orqali yasalgan. Bu o'rinda qaqnus so'zining yangi lisoniy shakli yuzaga kelibgina qolmasdan, bu so'zning ma'no qamrovi ham ma'lum darajada kengaygan.

Ma'lumki, misra yoki baytda morfologik jihatdan ma'lum bir so'z turkumiga mansub leksik birliklarning uyushib kelish hodisasiga ta'did san'ati deyiladi. Alisher Navoiy "Lison ut-tayr" dostonida asarning badiiyligini oshirish maqsadida kalog„, zog„, to„ti, bulbul, qumri, so„ng„ur, yurtachi kabi qush nomlarini uyushiq bo'laklar sifatida qo'llab ta'did san'atini hosil qilgan. Negaki, "shoir tasvirda sanash ohangida uyushiq bo'laklarga mansub so'zlardan ikki yoki undan ortig'ini ishlatsa, ta'did san'ati vujudga kelgan bo'ladi".

Yoki shoir tasvir davomida biror narsa yoki kimsaga murojaat yoki xitob qilsa, nido san'ati deb yuritiladi. Alisher Navoiy nido san'atini hosil qilishda badiiy tasvir ob'ekti doirasidagi qush nomlarini anglatuvchi so'zlardan ham foydalangan. Masalan, bulbul so'zi o'zbek mutoz she'riyatining obrazlar tizimida muhim o'rin tutadi. Alisher Navoiy g'azaliyotida ham ko'pincha bulbul so'ziga murojaat qilinadi. Bunday murojaatlar asosida ijodkor o'zining dardu hasratlari, ichki kechinmalari, his-tuyg'ulari, ruhiy iztiroblarini ifoda etadi va shu asosda nido san'ati yuzaga keladi: Bahor ayyomini besh kun g „animat angla, ey bulbul, Kim, muncha so „zu tobing otashin gul mijmarindindur [7].

Shoirning bu o'rinda bulbulga nisbatan ey bulbul murojaatini qo'llashdan asosiy maqsadi lirik qahramon murojaati qaratilgan ob'ekt, ya'ni sayroqi qush timsoli orqali o'z qalbida kechayotgan ruhiy tug'yonlarni yorqin ifodalashdir.

Ma'lumki, mubolag'a san'ati badiiy asarda tasvirlanayotgan obrazning poetik ifodasini bo'rttirish hamda kuchaytirishga xizmat qiladi. Masalan, Alisher Navoiy "Farhod va Shirin" dostonida qush nomlari yordamida mubolag'aning g'uluv ko'rinishini hosil qilgan:

Chu g„am dashtida majnunvoryig„lab, Unidin murg „u mog „i zor yig „lab. Bo „lub paydo urarda tig „i motam, Teshuklar tog„ aro, bal rahnalar ham [8].

Mazkur misralarda murg„ va mog„ ornitonimlari asosida g'uluv san'atini qo'llagan shoir qahramon holatini ta'sirchan tasvirlab, o'quvchiga emotsional-estetik zavq bag'ishlaydi.

Alisher Navoiy asarlarida qush nomlari saj' san'atining yaratilishiga ham xizmat qilgan. Bu san'at namunalari shoirning she'rlarida ham, nasriy asarlarida ham uchraydi. Masalan, bu

8-fevral

177

san'atni ancha chuqur tadqiq etgan adabiyotshunos olim B.Sarimsoqov Navoiyning "Munshaot" asarida bulbul so'zi yordamida murakkab ramzli saj' namunasi yaratilganligini ta'kidlagan edi: "Bulbulekim, gul xori hijroni g„unchadek, ko„nglin figor qilmish bo„lg„ay - dostonsaroylig„ bila ne tarannum ko„rguzgay va to„tiyokim, ko„zgu dog„i xirmoni zamiri ko„zgusida g„ubor solmish bo„lg„ay - shirin kalomlig„ bila ne takallum tuzgay".

Alisher Navoiy o'z asarlarida istiora san'atini yaratishda xalq qarashlari va tasavvurlarining so'z ma'nosiga ko'rsatgan ta'sirini hisobga oladi. Masalan, shoir istioraga asos bo'lgan hayot qushi, ko„ngil qushi, jon qushi, jon bulbuli singari birikmalarning semantik asosi qadim ajdodlarimizning jon to'g'risidagi mifik, afsonaviy tasavvurlariga bog'laydi. Shoir jonning qush suratida namoyon bo'lishi haqidagi qadimgi mifologik tasavvurlar asosida yuzaga kelgan xalq qarashlariga asoslanib, istioraga asos bo'lgan jon qushi birikmasi asosida poetik obraz yaratgan. Alisher Navoiy g'azaliyotida istioraning murakkab turi (ko„ngil qushi, baxt qushi, hayot qushi, jon qushi, jon bulbuli kabi) ko'p qo'llangan.

Ma'lumki, iyhom san'atida bir so'z bir vaqtning o'zida ikki ma'noda qo'llaniladi. Alisher Navoiy iyhom san'atini yaratishda turli leksik vositalardan ham ustalik bilan foydalangan. Masalan, shoir "bag„ri qaro" iborasini quyidagi baytda ikki ma'noda qo'llaydi: a) qush nomi; b) baxtsiz:

Keltirilgan baytdagi "bag„ri qaro" birikmasining birinchi ma'nosi asosida bu baytni quyidagicha izohlash mumkin: "dasht uzra shamol ko „tarilganda bag „ri qaro deb ataluvchi qushlar uchib ketadi". Birikmaning ikkinchi - majoziy ma'nosi asosida esa ushbu bayt quyidagicha mazmun kasb etadi: "dasht uzra shamol ko „tarilganda, bechora baxtsiz qushlar osmonga ko„tariladi". Lug'atlarda qayd qilinicha, eski o'zbek tilida bag„riqaro - qorabag„ir (qorabovur) nomli qush nomini ifodalagan.

Alisher Navoiy asarlarida bir bayt yoki parchaning o'zida ikki va undan ortiq she'riy san'atlar hosil qilingan o'rinlar ham mavjud. Masalan, "Lison ut-tayr" dostonining XIV bobidan olingan quyidagi baytda to„ti, kalog„ (ola qarg„a), bulbul, qumri, zog„ so'zlari qator kelib tanosub san'atini, to „ti, bulbul ornitonimlari uyushib kelib ta'did san'atini vujudga keltirgan. Shuningdek, bu baytda zog„ so'zi bilan yonma-yon yanglig„ki grammatik vositasini qo'llash orqali tashbih san'ati ham hosil qilingan:

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-174-179

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

Dasht uzraki sayr o „lur sabog „a, Bag „ri qarolar uchar havog „a [9].

Yuqori o „Iturdi to „tidin kalog „, Bulbul qumridin ul yanglig „ki zog „ [10].

8-fevral

Volume 4 j Conference Proceedings 1 j 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

Demak, bizning ayrim kuzatishlarimiz Alisher Navoiy asarlarida qo'llangan she'riy san'atlar ma'no jihatdan seгqiггaligi shoiгga biг matn, bayt doiгasida biг nechta poetik san'atlarni vujudga keltiгishga imkon beгganligini ko'rsatadi. Alisheг Navoiy badiiy obraz uchun asos qilib olingan so'zlarning o'z va ko'chma ma'nolaridan unumli foydalanib, badiiy matnda so'z qo'llashning ajoyib namunalarini yaгatgan. Shoirning bu sohadagi badiiy mahoratini o'rganish hoziгgi davr o'zbek she'riy ati гavnaqi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. Alisher Navoiy "Farhod va Shirin"- Toshkent: Fan, 1991, MAT. 20 jildlik,VIII.

2. Alisher Navoiy "Mahbub ul-qulub"- Toshkent: Fan, 1991, MAT. 20 jildlik, XIV.

3. Alisher Navoiy "Lison ut-tayr"- Toshkent: Adabiyot va san'at, 1991.

4. Alisher Navoiy "Sab'ayi-sayyor"- Toshkent: Fan, 1992, MAT. 20 jildlik, X.

5. Alisher Navoiy "Navodir ush-shabob"- Toshkent: Fan, 1991, MAT. 20 jildlik, III.

6. Alisher Navoiy "Layli va Majnun"- Toshkent: Fan, 1992, MAT. 20 jildlik, VIII.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.