Научная статья на тему 'NAVOIY LIRIKASIDA “NAG„MA” ISTILOHI VA UNING BADIIY JIHATDAN IFODA ETILISHI'

NAVOIY LIRIKASIDA “NAG„MA” ISTILOHI VA UNING BADIIY JIHATDAN IFODA ETILISHI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

96
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
musiqiy istiloh / navo / nag„ma / kuy / ohang / vazn / qofiya / usul / she‟r / bayt / badiiy tasvir / музикалний стил / наво / песня / мелодия / вокализ / ритм / рифма / прием / стихотворение / стих / художественний образ.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Murodxoja Muxtorov

Ushbu maqola she‟riyat sultoni Alisher Navoiyning nazmiy asarlarida kelgan musiqiy istilohlar vositasida yaratilgan baytlar mazmuni, badiiy tasvir usuli va lirik chekinishlar “Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti misolida tahlil etiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной стате анализируются содержание стихов, способ художественного изображения и лирические отступления, созданние средствами музикалних реформ в поетических произведениях султана поезии Алишера Навои на примере сборника «Хазойин ул-маони».

Текст научной работы на тему «NAVOIY LIRIKASIDA “NAG„MA” ISTILOHI VA UNING BADIIY JIHATDAN IFODA ETILISHI»

NAVOIY LIRIKASIDA "NAG'MA" ISTILOHI VA UNING BADIIY

JIHATDAN IFODA ETILISHI

Murodxoja Muxtorov

O„zR FA Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi tadqiqotchisi,

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola she'riyat sultoni Alisher Navoiyning nazmiy asarlarida kelgan musiqiy istilohlar vositasida yaratilgan baytlar mazmuni, badiiy tasvir usuli va lirik chekinishlar "Xazoyin ul-maoniy" kulliyoti misolida tahlil etiladi.

Kalit so'zlar: musiqiy istiloh, navo, nag'ma, kuy, ohang, vazn, qofiya, usul, she'r, bayt, badiiy tasvir.

АННОТАЦИЯ

В данной стате анализируются содержание стихов, способ художественного изображения и лирические отступления, созданние средствами музикалних реформ в поетических произведениях султана поезии Алишера Навои на примере сборника «Хазойин ул-маони».

Ключевые слова: музикалний стил, наво, песня, мелодия, вокализ, ритм, рифма, прием, стихотворение, стих, художественний образ.

ABSTRACT

This article analyzes the content of poems, the way of artistic representation and lyrical digressions created by means of musical reforms in the poetic works of the Sultan of poetry Alisher Navoi on the example of the collection "Khazoyn ul-maani".

Keywords: musical style, navo, song, melody, vocalization, rhythm, rhyme, reception, poem, verse, artistic image

So'z mulkining sultoni, sohir qalam sohibi Hazrat Alisher Navoiyni she'riy asarlarini o'qir ekanmiz, ularda musiqaga dahldor so'z va istilohlar talaygina ekanligiga guvoh bo'lamiz. Ulug' shoirning "Hamsa", "Xazoyin ul-maoniy", "Lison ut-tayr", "Holoti Pahlavon Muhammad", "Majolis un-nafois", "Hayrat ul-abror", "Mahbub ul-qulub" kabi durdona asarlarida ham o'sha davr san'at namoyandalari, musiqa yaratuvchilari, sozanda va honandalar, musiqa ilmiga tegishli muhim ma'lumotlar va fikr-mulohazalarini bayon etganlar. Xususan, shoirning she'riy asarlarida cholg'u asboblari

8-fevral

197

nomlari: chang, ud, qonun, tanbur, tor, dutor, nay, naqqora, nog'ora, g'ijjak, qo'biz, chog'ona, barbat, karranoy (karnay); kuy ma'nosini bildiruvchi atamalar: naqsh, nag'ma, navo, qo'shuq, surud, savt, peshrav, kor, amal, parda, lahn, ohang; musiqa yaratuvchilari nomlari: bastakor, pardasoz, navosoz, nag'masoz, nag'mapardoz, ohangsoz; musiqa ijrochilarini anglatuvchi atamalar: mug'anniy, mutrib, nag'makash, nag'mag'oz, ohangnavoz, ahlinavo, ahli soz, ahli nag'ma; maqom kuy nomlari: Ajam, Bayot, Navo, Iroq, Rost, Chorgoh, Hijoz, Husayniy, Husraviy; musiqa san'ati bilan bog'liq tarixiy va afsonaviy shaxslar: Fisog'urs (Pifagor), Borbad, Sikandar (Iskandar), Masiho (Iso), Dovud, Zuhro (Venera yulduz), Jomiy, Yusuf, Yaqub, Xoja Kamol, Xoja Yusuf Burxon va mahalliy joy nomlarini juda ko'p va xo'p ishlatganliklarini ko'ramiz.

Temuriylar davrida musiqa ilmi rivoj topib, o'zining kamolot cho'qqisiga ko'tarildi va bu o'z navbatida musiqiy istilohlarni ham qaror topishiga sabab bo'ldi. Shu o'rinda Alisher Navoiy asarlarida kelgan musiqiy istilohlar vositasida yaratilgan badiiy tasvir orttirilgan baytlardan namunalar keltiramiz.

Navoiy avisa abyot ul oy mehrinda, Kerakki, nag'masi bo 'lsa, bavoiivu mohur

Xazoyin ul-maoniy Qilsa navozandalar ohangi rud, Ahli g'ino iorisa dilkash surud.

Hayrat ul-abror Chek navo, ev bulbuli gulzori shavq, Saviu alhoning kelib asrori shavq.

Lison ut-tayr Mug'anniy, surudi harifona chek, Bir un birla turmog'il yona chek!

Saddi Iskandariy

Savii noqisu navoi arg'anun, Shayx dini motamig'a iariib un

Lison ut-tayr

Mug'anniy, iuzai nag'mai rexia, Ani qil o'zing bila omexia.

Saddi Iskandariy Furqai ichra Navoiy ul gulsiz, Bulbuldurki, yo 'q navo anda.

8-fevral

198

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-197-203 o'rganish masalalari

Xazoyin ul-maoniy

Sharq allomalarining fikricha kuy, musiqa, ohang, ya'ni nag'malar nafaqat ruhning ozuqasi, balki ruhning o'zidir. Buyuk shoir va sozanda Najmiddin Kavkabiy musiqani abadiy ruh deb shunday ta'riflaydi: Nag'ma -inson qalbidagi ruh erur, Go 'zal ovoz unga pinhoniy hamroh erur. Desalar ovozdin jonga hamroh, Degil jon hamroh emas, o 'zi jon erur.

Ulug' kitoblarda, [3.91] donolar bu musiqiy nag'malarni - tanburda chalingan, og'izda aytilgan qo'shiq va ohanglarni osmonlarning aylanishidan oldik, degan edilar. Osmonlarning aylanishidan olingan bunday musiqiylikni fan sifatida o'rgangan allomalar Abu Nasr Farobiy (870-950) va Abu Ali ibn Sino (980-1037) ilmiy qarashlarini rivojlantirib, musiqiy ilmni o'rganishni ikki qismga bo'ladilar. Ilmi ta'lif. ( musiqiy tovushlar - nag'malarni o'rganuvchi fan), hamda Ilmi iyqo (musiqiy ritm, ohang vaznlarini o'rganuvchi fan). Bayt:

Ilmi advoru fanni musiqiy, Mendin ul ilm ahli tahqiqiy

Bayt mazmunidan bilsak bo'ladiki, bu fanlarni yaxshi bilgan ulug' Navoiy ham o'z ustozi Abduraxmon Jomiydan musiqiy risola yozishni iltimos qiladi. Risola tayyor bo'lgach, unga Navoiy yuksak baho berib "bu fanda (musiqashunoslikda -M.M.) andoq munaqah va mufid (toza va foydali-M.M.) risola yo'qtur" deydi. Jomiyning "Risolai musiqiysi"da bu fanning muhim qirralari sodda, ifodali usullar bilan tushuntirib beriladi. Quyida "nag'ma" istilohi bilan bog'liq fikrlarimizni bayon etamiz. "Nag'ma" istilohi arabcha so'z bo'lib, ohang, kuy, maqom yoki sayrash, ko'plikda esa nag'amot, nag'am - kuylar, nag'malar, ohanglar, ma'nosida keladi. [6.457]

Bayt:

Navoiy savti ishq aqlin qilur hush, Tong ermas qilsa dard ahlin nag'am shod.

"Xazoyin ul-maoniy " Navodir ush-shabob 123 Chunonchi, "nag'ma" istilohini izohlashga risolada katta o'rin berilgan. Bu istiloh zavotul nag'ma (ohang - nag'ma paydo qiluvchi) cholg'ulardan hosil bo'ladi. "Nag'ma" deb shunday ovozga aytiladki, uning bir zamon o'zanib turishi his etiladi. "Bu qayd daf (childirma) va kaf (chapak, qarsak) kabi urilganda chiqadigan ovozi nag'ma deyilmaydigan -

8-fevral

199

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

g'ayrilahniya (kuy bo'la olmaydigan) niqralardan ixtiroz (ajratib olish) uchundir", deya ta'rif berilgan. [8.49] Bu davom etishi his etilgan, tinglovchini o'ziga moil etgan, keskinlik va salmoq (hiddat va saqih) hususiyatlarga ega tovush nag'ma bo'lar ekan. Bu istiloh hozirgi zamon musiqashunosligimizda "ton" istilohiga mos tushadi.

Demak, musiqiy olimlarning fikriga ko'ra, tovushlarning paydo bo'lib, bir oz cho'zilib turishi nag'madir. Nag'ma ma'nosidagi kuyni chiqarish uchun albatta cholg'uni chertish kerak. Shu chertish nag'maning boshlanishi bo'ladi. Uni "niqra" deb ataydilar. Kuyda bir-biriga bog'lanib kelgan niqralarni "tan" shaklida bo'lganini "hafif', "tana" shaklida bo'lganini "saqiyl", "tanan" shaklida bo'lganini "vatad", "tananan" shaklida bo'lganini fosila deb ataydilar. Shu shakllarda bog'langan niqralar bir tartibda yig'ilib, musiqiy usullar hosil bo'ladi. Masalan, "tanan-tan-tanan tan" (fa'ulun, fa'ulun) vazniga xazzaj usuli, "tan-tanan, tan-tanan" (foilon, foilon) vazniga ramal usuli deyiladi. [7]

Donishmand shoir asarlari bo'ylab go'yo durdek sochilgan musiqiy istilohlar shunchaki "lirik chekinish" maqsadida emas, balki, muayyan fikr, g'oyaning eng muhim nuqtasi, ba'zan botiniy xulosasi tarzida nomoyon bo'ladi. Xususan, Fariduddin Attorning "Mantiqut-tayr" asariga javob tarzida yozilgan. "Lison ut-tayr"-falsafiy dostonida shunday satrlarni o'qiymiz: Bo'lsa lahnu nag'mada ogohlig', Behki toat vaqtida gumrohlig

Ya'ni, kuy-yu nag'mani tinglaganda dargohi azalni eslab, ilk xitobdan ogoh bo'lishlik gumroh xolda qilingan toat, ibodatdan - da yaxshiroqdir -deydi ulug' alloma.

Alisher Navoiyning "Xazoyin ul-maoniy" kulliyoti she'rlar miqdori jihatdan ham, g'oyaviy-badiiy ko'lami jihatidan ham Sharq mumtoz she'riyatining yuksak namunasi hisoblanadi. Ular vazndosh va qofiyadosh bo'lgan ikki misradan iborat mustaqil she'r shakli - baytlardan iborat. Quyida, aynan "nag'ma" istilohi ishtirok etgan baytlardan namunalar keltiramiz.

Nasib bulbul uchun xori g'amdurur, ul ham Navoiy nag'mai birla magar tarona qilur

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-197-203

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

G'.S. 181

Qora nargis ko'zu gul yuz bila gar sen kebi yo'q, Bulbule men kebi yo 'q nag'masaro, ey qorako'z

G„. S. 218

yo'qkim,

Mug'anniy nag'masi jon bersa bazm ahlig'a tong

8-fevral

rga

Navoiy rishtai jonin eshib changiga tor etmish

G'. S. 243

Yusufim hajrida Ya'kub g'am ichra mutribo, O 'yla menkim, xushlug 'um yo 'q nag 'mai Dovud ila

G'. S. 538

Mug'anniy bir navoe tuz, Navoiy nag'mae ko 'rguz, Ayoqchi, tomsa tut, to 'qquzki Doroi jahon keldi.

G'. S. 591

Muncha xorij nag'makim davri muholif ko 'rgizur, Ey Navoiy topmadim birin boqib advorg'a.

N. SH. 536

Mug' dayri, ey mug'anniy, hushturur va lek ichmon, To nag'mai mug'ona bazm ichra cholmag'aysen.

N. SH. 484 Navoiy o 'ldi guli hamdu shukringa bulbul, Ani bu bog' aro lutf aylab, ayla nag'masaroy

N. SH. 575 Maoniy ahli gohi nukta uzra qilu qol etti, Tag'anniy hayli nag'ma ichra gohi zeru bam chekti

N. SH. 606

Shohlig'din or etar, chunkim Navoiy kirsa mast Dayr ko 'yig'a, surudi nag'mai mastona deb.

B. V. 64

Gar mening holim desang tuz barcha dostoni niyoz, Dilbarimdin nag'ma soz etsang, surudi noz tuz.

B. V. 220

Ishq bazmig'a netib bormag'aymen, chunki meni Tortadur ul sari yuz tor bila nag'mayu chang.

B. V. 336

Ey Navoiy, navha ohangida ko 'p qildingfig'on, Emdi majlis mutribi bu nag'mani cholg'ancha qil.

B. V. 375

Mug'ona nag'ma birla mug'bacha may tutti ollimda, Chu bir irshodi birla sog'ini dayri fano bo 'ldim

B. V. 418

Eu Mug'anniy, baskiyig'latgaysen elni bazm aro,

8-fevral

201

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

Gar Navoiy ohi birla nag'mani soz etkasen

B. V. 495

Toriqdim xonaqahdin, xushturur mayxonakim, anda Ayoqchi jomi may tutqay, mug'anniy nag'ma soz etkay.

B. V. 613

Bizni zor etti bu ra'no mutrib, Nag'ma birla tarabafzo mutrib. Nechakim Nag'ma chekib Dovudday, Damda andoqki, Masiho mutrib. Zuhra to nag 'masarodur andoq, Bo'Imadi davrada paydo mutrib.

F. K. 63

Ey Navoiy, zabt qilmon o'zni xijron bazmida, Qilmasam tong yo 'q surudu nag'mai hijronni zabt.

F.K. 281

Keltirur raz qizin, soqiy, mug'anniy, nag'mae tuzgil Ki, ul ko'ktin keturgay Zuhroni afg'ong'a mizrobing.

F. K. 360

Mug'anniy nag'masidin toza bo 'lmas, ey Navoiy ruh, Agar zeb etmasa la'lig'a ruhafzo kalomimdin.

F. K. 461

Ey mug'anniy bir navoe dilkusho tuzgilki, chang Rishtai nag'manga bog'labtur sarosar ko 'nglini

F. K 610

Bazm ichra nekim turfa, mug'anniy bori dilkash,

lekin bori tarso, Ham nag'malari olibon el ko 'nglidin orom

ham changu chag'ona...

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

F. K. "Mustazod" Yana bir nag'mazani sohibi hol, Ham aning hamqadami Hoja Kamol

F. K. "Soqiynoma " 30 Yuqorida keltirilgan she'riy misralardan ma'lum bo'ladiki, maxsus musiqiy istilohlar musiqiy ijod jarayonini to'laqonli tasvirlashda juda muhim, badiiy ahamiyatga egadir. Hazrat Navoiy har bir musiqiy istilohni ma'lum zaruriy maqsadlarda qo'llaydi. Quyidagi navo,

8-fevral

202

nag'ma istilohlari ishtirokidagi she'riy misralarni ko'rib chiqaylik: So 'zda, Navoiy, ne desang chin degil, Rost navo, nag'maga tahsin degil.

Bu she'riy misradagi "navo", "nag'ma" istilohlari kuy, ohang ma'nolarida kelib, "Rost" so'zi bilan uyg'unlashgan holda ajoyib haqiqatni bayon etmoqda. Buyuk Navoiy rostlikni "vujud uyi", ya'ni borliqni muvozanat va mutanosiblikda tutib turuvchi ustun, insoniyat qalbini yorituvchi sham deya ta'riflaydi. Zero, Ollohning bir ismi Haq, ya'ni rostlik (chin, haqiqat)dir. Shoir rostlikning ahamiyatini musiqiy tashbehlar orqali tasvirlab, haq yo'lidagi musiqiylikka, kuyga, ohanga chorlamoqda. So'z mulkining sultoni hayotda har doim haqiqatni aytishni ta'kidlab Haq yo'lidagi kuyga, nag'maga ofarinlar aytmoqda.

REFERENCES

1. Navoiy A. (1990). MAT, 20 tomlik, T, "Fan"

2. Rahmonov V. (1983) O'zbek klassik adabiyoti asarlari uchun qisqacha lug'at, "O'qituvchi"

3. Rumiy J. (2010) Qalb ko 'zingni och. "Sanno-standart" T.

4. Salohiy D. (2005) Navoiyning she 'riy uslubi masalalari T, "Fan"

5. Haitmetov A. (2015) Navoiy lirikasi, nashrga tayyorlovchi va so'zboshi N. Jumaxo'ja, T, "O'zbekiston" NMIO'

6. Shamsiyev P, Ibroximov S. (1977) Navoiy asarlari lug'ati

7. Shodmonov N. (1995) Temuriylar davrida musiqashunoslik, T, "Hazina"

8. Shodmonov N. (1998) Navoiy: "Andoq risolayo'qtur" Guliston jurnali, 3-son

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.