Научная статья на тему '“MUSIQIY TA’LIM UZVIYLIGINI TAMINLASH MASALALARI VA YECHIMLARI (DOIRA IJROCHILIGI MISOLIDA)”'

“MUSIQIY TA’LIM UZVIYLIGINI TAMINLASH MASALALARI VA YECHIMLARI (DOIRA IJROCHILIGI MISOLIDA)” Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
119
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Doira / cholg'u / Urma zarbli / musiqiy ta’lim / musiqa va san’at maktablari / doira ijrochiligi / usul / doira darsligi / repertuar.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Zuhriddin Abdujabbor Ogli Abdullayev

Doira cholg'usi ijrochilarini tayyorlashda musiqiy ta’lim bosqichlari uch bosqichda bo'lib, ular bolalar musiqa va san’at maktablari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari va oliy bilim yurtlari hisoblanadi. Bu ta’lim muassasalarining yutug' va kamchiliklari haqida ushbu maqolada bayon etishga harakat qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“MUSIQIY TA’LIM UZVIYLIGINI TAMINLASH MASALALARI VA YECHIMLARI (DOIRA IJROCHILIGI MISOLIDA)”»

"MUSIQIY TA'LIM UZVIYLIGINI TAMINLASH MASALALARI VA YECHIMLARI (DOIRA IJROCHILIGI MISOLIDA)"

Zuhriddin Abdujabbor o'g'li Abdullayev

O'zbekiston davlat san'at madaniyat institute 1-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Doira cholg'usi ijrochilarini tayyorlashda musiqiy ta'lim bosqichlari uch bosqichda bo'lib, ular bolalar musiqa va san'at maktablari, ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktablari va oliy bilim yurtlari hisoblanadi. Bu ta'lim muassasalarining yutug' va kamchiliklari haqida ushbu maqolada bayon etishga harakat qilindi.

Kalit so'zlar: Doira, cholg'u, Urma zarbli, musiqiy ta'lim, musiqa va san'at maktablari, doira ijrochiligi, usul, doira darsligi, repertuar.

O'zbek xalq cholg'ularining tarixi uzoq o'tmishga birib taqaladi. Urma zarbli cholg'ular esa eng birinchi bo'lib paydo bo'lgan cholg'ulardan hisoblanadi. Qadimda insonlar bu cholg'ulardan, ovlarda, urushlarda, va har xil diniy marosimlarda foydalanishgan. Tarixdan ma'lumki, mil.avv. V asrdan, milodiy V asrlarda Orta Osiyo hududida Xorazm, Parfiya, Baqtriya va Kushon davlatlari xukum surgan. Ushbu davlatlar hududidan topilgan arxeologik qazishmalar natijasida ko'plab ashyoviy dalillar topilgan va ular orasida musiqa cholg'ulari (damli, zarbli, torli) ham bor edi. Demek, bu yerda yashagan aholining musiqa madaniyati turmush tarzi bilan bevosita bog'liq bo'lgan.

Aytib o'tishimiz joizki, buyuk bobomiz Sohibqiron Amur Temur va temuriylar davrida musiqa madaniyati ancha rivoj topdi. Bu davriga kelib "o 'n ikki maqom" tizimi shakllanib amalda qo'llana boshladi va u saroy musiqasi hisoblanib asosan saroyda amir va amaldorlar uchun ijro etilgan. "O'n ikki maqom"da usullar doira cholg'usida ijro etilgan va doira jo'rligida tanbur, rubob, g'ijjak, chang, ud, dutor kabi cholg'ular ijro etilgan. O'sha davrdagi cholg'ularni ijro uslubi va joyiga qarab ikki turga bo'lishimiz mumkin, saroyda ijro etiladigan cholg'ular ya'ni, ud, rubob, g'ijjak, arfa, doira va boshqalar. Doira, nog'ora, dovul va karnay, surnay cholg'ulari esa bayramlarda, sayillarda va to'y-tomoshalarda ijro etilgan. Bundan tashqari zarbli (doira, nog'ora, dovul) va damli (karnay, nafir) cholg'ulardan ovda va urushlarda ham unumli foydalanishgan.

Xalq orasida laparlar, o'lanlar va turli folklor qo'shiqlarda doira cholg'usi asosiy cholg'u hisoblangan va ayollar tamonidan ijro etilgan. XX asrga kelib doira

san'ati darg'asi va doirachilarning piri ustozi hisoblangan Usta Olim Komilov yangi doirachilar ijroviy maktabini yaratdi va Marg'ilonda musiqa to'garaklar faoliyatini yo'lga qo'ydi. Usta Olim Komilov, "Qo'sh qars", "Katta o'yin", "Pilla", "Qo'qoncha", "Tantana", "Andijon po'lkasi", "Sarboz", "Farg'onacha", "Dovul", "Shodlik" va boshqa ko'plab asarlarni doira va raqs uchun yaratdi. Hozirgi kunda bu asarlardan ta'lim muassasalarida darslik sifatida foydalanib kelinmoqda. Usta Olim ota asos solgan doirachilar maktabini uning eng yaqin shogirdi To'ychi Inog'omov Toshkentda davom ettirdi. Ustoz shogird an'analariga asoslangan bu maktab bugungi kunda ham faoliyatda bo'lib kelmoqda.

Hozirgi kunga kelib davlatimiz tomonidan musiqa va san'atga bo'lgan e'tibor sezilarli darajada oshdi. Bugungi kunga kelib, 300 dan ortiq bolalar musiqa va san'at maktablari, 20 ta ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktablari, shuningdek, R. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi, V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi va oliy ta'lim muassasalari faoliyat yuritib kelmoqda.

Respublikamizda musiqiy ta'lim sohasida mutaxassislarni tayyorlash uch bosqichli tizim asosida amalga oshirib kelinmoqda. Ularning birinchisi maktabdan tashqari ta'lim bosqichi bo'lib, asosan bolalar musiqa va san'at maktablarida umumiy musiqa, xoreografiya, teatr san'ati, tasviriy va amaliy san'at yo'nalishlari bo'yicha boshlang'ich bilim, malaka va ko'nikma hosil qilishdan iborat. Shuningdek, o'quvchi yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida madaniyat markazlari, "Barkamol avlod" yoshlar ijodiyot markazlari tashkil etilgan. Lekin ulardagi to'garaklar dasturi o'qishning keyingi bosqichini davom ettirish imkonini bermaydi.

Bolalar musiqa va san'at maktablaridagi musiqiy ta'lim yo'nalishida xalq cholg'ulari tarkibiga kiruvchi doira sinfi mavjud bo'lib, ta'lim muddati besh yil hisoblanadi. Musiqiy ta'limda doira ijrochilarini tayyorlashning eng muhim bosqichi bu bolalar musiqa va san'at maktabi hisoblanadi. Bu bosqichda o'quvchi doira cholg'usi haqida ilk tasavvur hosil qiladi hamda undagi ijrochilik mahoratini egallashning dastlabki jarayonlarini o'zlashtiradi. Ushbu jarayonda cholg'udagi ijro holati, uslublari, zarblari (shtrixlari)ni puxta o'zlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mashg'ulotlar yakka va ansanbl tarzda olib borilib, fortopiano jo'rligida ham asarlar ishlanadi. Bundan tashqari kslofon, marinbo kabi cholg'ulardan ham saboq beriladi.

Ushbu maktabda yutuqli tomonlar ko'p albatta, lekin kamchliklari ham yo'q emas, xususan doira sinfida bir qancha kamchiliklar mavjud. Bolaning ijrosi va pastonofkasini tog'ri shakllantira olmaslik, asar tanlashdagi kamchiliklar, aksariyat hollarda o'quvchilar o'zi ijro qilayotkan asarlarni mazmunini bilishmasdan ijro etishi va boshqa kamchiliklar mavjud. Albatta bunda o'qituvchi murabbiylar ham

ma'suliyatli bo'lishi kerak, chunki yosh ijrochilar asosiy bilim malakani ushbu

dargohdan olishadi.

Keyingi bosqich ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktablari, Respubilka san'at va madaniyat kolleji va Respublika estrada va sirk kolleji hisoblanadi. Bu bosqichdagi dolzarb muammolardan biri shundaki, ularning ikki yillik ixtisoslashtirilgan maktablarga aylantirilganligidir. Ikki yillik musiqiy ta'limda doira ijrochiligidan saboq oladigan o'quvchilar mutaxassisligi bo'yicha yetarlicha bilimni egallay olmaydilar. Bundan tashqari, darslarga bo'lgan munosabat qoniqarli emasligi, darslar shunchaki yuzaki o'tilish holatlari kuzatilib turadi. Shu sababdan darslarning davomatiga e'tibor berish bilan birga dars sifatiga ham etibor berish darkor. Yana shuni ayta olamizki, o'quvchining ijro imkoniyatidan kelib chiqib asar berilmaydi. Misol uchun musiqa maktabida ijro etgan asarini yana qaytarib ijro etishi yoki o'zining ijro imkoniyati yetmaydigan asarlarni ijro etish hollari kuzatiladi, bu esa asarning mazmun mohiyatini tinglovchiga yetkazib bera olmaslikni keltirib chiqaradi. Shu sababdan har bir bosqich uchun alohida darsliklar chiqarish kerak, bu darsliklar oddiydan murakkablashib borishi kerak bo'ladi.

O'quvchilarga turtki berib turadigan asosiy narsalardan biri bu Respublika va xalqaro ko'rik - tanlovlardir. Bunday konkurslarni doimiy tarzda o'tkizib turish kerak deb o'ylayman. Chunki o'quvchilar bu bellashuvga tayyorlanish mobaynida boshqa paytga nisbatan olganda ko'proq o'z ustida ishlashga harakat qilishadi. Ushbu bosqichdan keyingi uchinchi bosqich oliy bilim yurtlari hisoblanib, ularga O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, O'zbekiston davlat konservatoryasi va ularning mintaqaviy filallari, Yunus Rajabiy nomidagi o'zbek milliy musiqa va san'ati instituti, bundan tashqari respublikamizdagi pedagogika insitutlari va universitetlari kiradi.

Shuni aytib o'tishimiz kerakki, oliy ta'lim bosqichi majburiy emas, ixtiyoriy hisoblanadi. Bu dargohda tahsil olmoqchi bo'lgan talabalarning bilim saviyasi yuqori bo'lishi lozim. Oliy dargohning bakalavr bosqichi to'rt yilni tashkil etadi. Agar uchala bosqichni hisoblab chiqadigan bo'lsak jami o'n bir yilni tashkil qilmoqda. Lekin bu kam bo'lishi mumkin, chunki bir doirachi o'z sohasini yetuk kishisi bo'lish uchun kamida uzluksiz o'n besh yil bilim olishi kerak.

Oliy bilim yurtlaridagi doira sinfi yutuq va kamchiliklari haqida gapiradigan bo'lsak, birinchi navbatda yutuqli tamoni bilim malakasi yuqori bo'lgan professor o'qituvchilar dars berishidir. Chunki professor o'qituvchilar ijroning shunchaki ijrosiga emas uning sifatiga, mazmuniga chuqur e'tibor qaratishadi. Afsuski, bundan ba'zi bir talabalar unumli foydalana olmasligini kuzatishimiz mumkin. Yana bir muammali tamonlardan biri repertuar muammosi hisoblanadi. Aksariyat hollarda talabalar kollejda urgangan asarlarni, misol uchun, "Shodlik" , " Sarboz" "Larzon"

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

"pilla" va boshqa asarlarni qayta ijro qilishga urinadi, lekin "Shodiyona", "Doira darsligi", "Usul termalar 2" kabi yirik asarlarni ijro etishga harakat qilishmaydi. Vaholangki, ushbu asarlar oliy dargoh repertuariga mos hisoblanadi. Achinarli holatlardan biri shundaki, talabalar imtihonga oz muddat qolganda bilim olishga harakat qila boshlaydilar. Shunga o'xshash kamchiliklar ko'p, buni oldini olish uchun albbata ta'lim sifatini yaxshilash va o'quvchilarning bilim olishiga bo'lgan qiziqishini oshirish kerak.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Yurtimizdagi barcha musiqiy ta'lim muassasalari zamonaviy musiqa cholg'ulari, o'quv jarayonini tashkil etishda zarur bo'lgan barcha kerakli jihozlar bilan ta'minlangan. Hozirda bu o'quv dargohlarida ta'lim olish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Davlatimiz tamonidan yaratilgan bunday sharoitlardan to'g'ri va unumli foydalanishimiz kerak. Eng asosiysi, ustozlardan an'ana bo'lib kelayotkan milliy san'timizni kelajak avlodga buzmasdan qanday bo'lsa shundayligicha yetkazib berishimiz darkor.

REFERENCES

1. O'.Toshmatov, X.Beknazarov Cholg'ushunoslik (darslik) Toshkent- 2015.

2. D. Islomov. "Doira san'ati darg'alari" (monografiya) Toshkent - 2019.

3. D. Islamov " Sharq musiqasi tarixidan" ( monografiya) toshkent - 2017.

4. Q.Qobilqoriyev. "Doira cholg'usining o'zbek musiqa madaniyatidagi o'rni" (dissertatsiya) Toshkent - 2020.

5. Oqilxon Ibragimov "Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat rivojini o'rganish va targ'ib qilishning umumbashariy ahamiyati" Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari. Toshkent, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, 2017- yil, 6-aprel. Nashir etilgan yili:-T.:Fan,2019.

6. www.lex.uz,www.ziyonet.uz. Saytlari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.