SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
MUSIQANING SAN AT TURI SIFATIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TALIM-TARBIYASIDAGI ORNI
Maxfuza Maxamadjonovna Xalilova Muhammadzohid Abduqodirov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat Toshkent viloyati Chirchiq davlat
pedagogika instituti Musiqa ta'limi pedagogika instituti Musiqa ta'limi kafedrasi o' qituvchisi yo'nalishi 4-kurs talabasi
ANNOTATSIYA
Mualliflar MTT yoshidagi bolalarni musiqa san'ati orqali rivojlantirish, maktabga tayyorlash, tarbiyalashdagi o'rni haqida fikr yuritadilar Ushbu maqola maktabgacha bolalik davrida musiqa tarbiyasini olib borishda musiqa o'qitishning ish xususiyati, mazmuni va metodikasi xaqidagi umumiy ma'lumotlarni oz ichiga oladi.
Kalit so'z va iboralar: musiqa, estetik did, ahloqiy tarbiya, badiiy obraz, musiqiy uquv.
Musiqa (yun. mousiche —muzalar san ati) — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nag'ma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanat turi. Uning mazmuni o'zgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi muayyan musiqiy badiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (ko'tarinkilik, shodlik, zavqlanish, mushohadalik, g'amginlik, xavf-qo'rquv va boshqalar)ni o'zida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, musiqa shaxsning irodaviy sifatlari (qafiylik, intiluvchanlik, o'ychanlik, vazminlik va boshqalar)ni, uning tabiati (mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi. Musiqaning ushbu ifodaviy tasviriy imkoniyatlari yunon olimlari — Pifagor, Platon, Aristotel va Sharq mutafakkirlari — Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, Bobur, Kavkabiy, tasavvuf arboblari — Imom G'azoliy, Kalobodiy Buxoriy va boshqalar tomonidan yuqori baholangan, sharh va ilmiy tadqiq qilingan. Musiqaning odam ongi va hissiyotiga ta'sir etishining ajoyib kuchi uning ruhiy jarayonlarga hamohang bo'lgan protsessual — muayyan jarayonli tabiati bilan bogliqdir. Musiqa asarlari mazmunida musiqali obrazlarning o'zaro munosabatlari (taqqoslanish, to'qnashuv, rivojlanish kabi) jarayonida shakllanadi. Mazkur jarayonning xususiyatlariga ko'ra Musiqa mazmuni ham turli — epik, dramatik, lirik belgilarga ega bo'lishi mumkin. Bulardan insonning ichki dunyosi, ruhiy holatlarini ifodalashga moyil bo'lgan lirik musiqaning "botiniy" tabiatiga ancha yaqindir. Musiqaning mazmuni — shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy qiymatlarning birligidan iborat bo'lib, bunda malum xalq, jamiyat va tarixiy davrga xos ruhiy tarovat, sur'at, ijtimoiy fikr va kechinmalar umumlashgan holda ifodalanadi. Musiqa shakllari har bir davrning ma'naviy ma'rifiy talablariga javob bergan holda, ayni vaqtda inson faoliyatining
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
ko'pgina jabhalari (muayyan jamoaviy tadbirlar, odamlarning o'zaro etik va estetik tasir etish, muloqot qilish jarayonlari) bilan mushtarakdir. Musiqaning, ayniqsa, insonning axloqiy va estetik didini shakllantirish, hissiy tuyg'ularini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini rag'batlantirish vositasi sifatida roli juda muhimdir.[1]
Nutq, tovushli signal berish va boshqa tovushli—manoli jarayonlar singari, musiqa ham muayyan malumotlarni sadolar vositasida ifodalash imkoniyatiga ega. Jumladan, tovushlarning baland-pastligi, ingichka-yo'g'onligi, uzun-qisqaligi, kuchliligi va boshqa vositalar yordamida odamning ichki holatini ifodalash imkoniyati jihatidan musiqa nutqqa (nutq intonatsiyalariga) o'xshaydi. Ammo, sanat turi sifatida Musiqa fakat ungagina xos bolgan xususiyatlar (badiiy-estetik maqsadlarni ko'zlashi, mazmun va shakl badiiy qiymat sifatida kasb etilishi, ayniqsa, musiqa tovushlarining muayyan musiqa tizimlarida tashkil etilishi) bilan nutqdan farq qiladi. Har bir alohida olingan musiqa tovushi birlamchi ifodaviy imkoniyatga ega bolsada musiqa tovushlarining baland-pastlik munosabatlari lad tuzilmalarida, muvaqqat nisbatlari esa — musiqiy ritm va metrda oz aksini topadi. Dunyoning aksariyat xalqlari musiqa madaniyati, jumladan, o'zbek musiqa folklori, ananaviy musiqa va bastakorlik ijodiyotida lad asosini turli ko'rinishdagi diatonika tashkil etadi. Kompozitorlik Musiqada (ayniqsa, 20- asrda rivoj topgan yo'nalishlarda) diatonika bilan birga xromatika ham keng o'rin olgan. [2]
Musiqada asosiy badiiy vosita — kuy (melodiya)dir. Musiqaning og'zaki ananadagi uslublarida kuy badiiy obrazning yagona va tugal musiqiy ifodasi hisoblanadi. Ko'p ovozli kompozitorlik yo'nalishlarda garmoniya, polifoniya unsurlari ham muhim o'rin egallaydi. Musiqa asaridagi kuy (mavzu)lar rivoji uning kompozitsiyasn (shakl)ni tashkil etadi. Musiqa inson madaniyatida va jamoaviy hayotda o'ziga xos o'ringa egadir. U dam olish va ko'ngil ochish paytlari, turli marosim, bayram, bazm va sayillar, diniy va rasmiy tadbirlar, ommaviy va harbiy yurishlar, sport mashklari va mehnat jarayonida muayyan vazifalar bajaradi. Shuning uchun musiqa asarlari oz mazmuniga muvofiq holda bir nechta uslub, tur va janr guruhlariga ajratiladi.
MTT yoshidagi bolalar uchun musiqa mashg'ulotlari, ko'ngil ochish soatlari va barcha musiqiy faoliyatlarida foydalaniladigan, unda ijro etiladigan musiqiy asarlar, jumladan alla, vals, marsh, qo'shiq kabi janrlar bunga yaqqol misol bola oladi.
Musiqa shunday san'at turiki, u insonlarni kechinmalari, emotsional hissiyotlari orqali birlashtiradi. Ular orasidagi aloqa vositasiga aylanadi. Bir kompozitor tomonidan yaratilgan musiqa boshqa insonlar qalbida turli-tuman kechinmalar uyg'otishining o'zini bir mo'jiza deb atash mumkin. Musiqa tarbiyasi estetik tarbiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. [3]
Inson shaxsini shakllantiruvchi yetakchi omillardan biri- talim-tarbiyadir. Estetik tarbiya esa uning tarkibiy qismi sifatida go'zallikning mohiyati, estetik va
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
axloqiy hissiyotlarning birligi, sanatning xalqchilligi to'g'risidagi talimotga suyanib, o'quvchilarning obektiv dunyo haqidagi bilimini kengaytiradi va chuqurlashtiradi, ijodiy qobiliyatini va isteModini o'stiradi hamda ularda yuksak manaviy fazilatlarni tarkib topishiga yordam beradi. Odatda, estetik tarbiyaning maqsadi bolalarda estetik his-tuyg'u va fikrlarni rivojlantirish, go'zallikni ko'ra bilish va ulardan zavqlana olishdan iborat, deb tushuniladi.
Aslida estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari bu bilan chegaralanib qolmaydi, bolalarni gozallik va xunuklikni, yuksaklik va tubanlikni, shodlik, kulfatni anglash va ko'ra bilishga o'rgatadi. Estetik tarbiya umuminsoniy va milliy qadriyatlar qaror topishiga xizmat qiladi. Ayonki, tarbiya inson ongiga, his-tuyg'ulariga, tasavvuriga, e'tiqodiga, dunyoqarashiga, hatti-harakatlariga, xulq-atvoriga tasir otkazadi. Musiqa tili barchaga tushunarli va yaqindir.
Musiqa tovush tovlanishlari orqali fikr va tuyg'ularni aks ettiradi, hayot bosqichlarida insoniyatni tolqinlantirib kelgan axloqiy muammolarni bayon qiladi. Bunda musiqaning falsafiy mohiyati ham namoyon boladi. Ajoyib musiqa asarlari chuqur falsafiy mazmun bilan sug'orilgan boladi, musiqada hayot va olim, shaxs va jamiyat, ezgulik va zulm, qudrat va zaiflik kabi masalalar aks etadi.
Musiqaning inson ruhiyatiga ta sir qilishining tugallanmas imkoniyatlari haqida qadimdan musiqashunoslar, mutafakkirlar va olimlar diqqatini o'ziga tortgan. Faylasuflar, psixologlar, pedagoglar va jamoat arboblari sanatlar ichida musiqa sanatining insonni shaxs sifatida shakllanishiga tasir qiladigan xususiyatlari haqida aniqlashga uringanlar. Qadim zamonlardan musiqaning, ayniqsa, uning komponentlari -ritm va kuyning inson kayfiyatiga tasiri, uning ichki dunyosini o'zgartirishi haqida fikrlar mavjud bo'lgan.
Musiqa sanati estetik tarbiyaning muhim omili sifatida shaxs shakllanishiga kuchli tasir etadi. Oilada, bog'chada, maktabda musiqa mashg'ulotlarini maqsadga muvofiq tarzda uyushtirish, yosh avlodning ichki dunyosini boyitish va sanatni to'g'ri tushunishdagi samarali yo'ldir.[4]
Musiqa inson his-tuyg'ularini, orzu-umidlarini, xohish-istaklarini o'ziga xos badiiy tilda ifoda etadi va kishining his-tuyg'ulariga faol tasir etadi. Musiqa ham fan, ham sanatdir. U fizika va matematikaga asoslanadi, bu fanlar musiqani fanga aylantiradi. Lekin musiqa asariga shu fanning turg'un tushunchasi sifatida qarab bolmaydi. Chunki musiqa har doim rivojlanib turuvchi jonli sanatdir.
Musiqa sanati inson hayotining ilk yillaridanoq uning hamrohiga aylanib, umumiy madaniy rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shadi. Musiqa inson umrining doimiy yoldoshi. Stendalning aytishiga ko'ra, musiqa - sanat turlari ichida insonning yuragiga chuqur kirib, uning ichki kechinmalarini aks ettirishga qodirdir.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
«Musiqa sanatning ifodali turi tizimiga kiradi. Musiqa ham voqea-hodisalarni ifodali aks ettiradi. Ammo u me'morchilikdagi kabi fazo va moddiy ashyo olchovlari bilan belgilanmaydi. Musiqa ko'rish orqali emas, balki eshitish vositasida idrok qilinadi. Musiqa mavzui oz xususiyatiga ega bolib, inson va voqelikdagi barcha tomonlarni qamrab ololmaganligi uchun, eng avvalo, inson ichki manaviy dunyosini, uning tuyg'u va kayfiyatini ifodalaydi... musiqa voqelikning his-tuyg'uli qiyofasini yaratadi».[5]
Musiqa kayfiyat holatini ifodalashda keng imkoniyatga ega. Inson kayfiyati murakkab hissiyot bolib, u hech narsa bilan boglanmagan. Kayfiyat umumlashgan xususiyatga ega bolib, undan ikkilamchi tomonlar chiqarib tashlanadi va insonning voqelikka bolgan tuyg'u munosabatini belgilaydigan eng muhim tomonlari ajratib olinadi. Musiqaning kuch-qudrati shundaki, u shodlanish, qayg'urish, xayol surish, bardamlik, jasurlik, tushkunlik va shunga o'xshash inson ruhiy holatlarini xususiy va umumiy tarzda o'zaro bogliqlikda, bir-biriga singib ketishida namoyish qila oladi.
Musiqa «til»i barcha qismlarning uzviy birligini, asar shaklini ifodalaydi. Shakl -musiqa mazmunining moddiy ifodasidir. Bastakor fikri, tuyg'ulari, tasavvurlari eshituvchilarga musiqiy shakl orqali yetib boradi. Shu bois musiqa «til»ini egallashga, uning mazmun-mohiyatini anglashga, musiqadagi fikrlar, tuyg'ular, kechinmalar boyligini o'zlashtirishga keng yol ochadi.[6]
Osib kelayotgan avlod uchun musiqiy tarbiyaning ahamiyatini nihoyatda buyuk ekanligini qadimiy mutafakkirlar alohida urg'u bilan takidlashgan. Kelajak jamiyat azosining insoniy va ijobiy fazilatlari aynan bolalikdan boshlab shakllana boradi. Ana shu davrda musiqa ijobiy sifatlarni shakllantiruvchi vosita hisoblangan. Musiqa ashula va raqs tarkibida ham vujudga keladi va keyinchalik badiiy ijodning mustaqil turiga aylanadi, ola o'ziga xos badiiy ifoda «til»iga ega bolib, maxsus ishlab chiqilgan va tanlab olingan tovushlar ana shu «til»ning manbaidir.
Albatta, musiqa shaxsni shakllantirishning, uning ijobiy fazilatlarining yo'nalishlarini oz-ozidan belgilab bermaydi. Tarbiyaviy tasirning eng muhim tomonlari musiqiy asarning g'oyaviy mazmuniga bogliqdir. Ana shu bilan musiqiy-estetik tarbiyaning vazifalari belgilanadi. Mashxur polyak kompozitori K.Shimanovskiy o'zining «Jamiyatda musiqaning tarbiyaviy ahamiyati» nomli maqolasida, musiqaning tabiiy kuchi haqida gapirar ekan, - uning ikki qarama-qarshi yo'nalishda - yaratish va buzish uchun ishlatish mumkinligini — «kerakli ishga yo'naltirgan holda, tez oqar daryoning suvlaridan foydalanib, foydali va unumli ishlar uchun, yani tegirmonni aylantirish uchun ishlatgandek, musiqa kuchidan ham unumli foydalanish kerak», - deb aytgan. [9]
Musiqaning insonga tasiri, shaxsning va jamiyatning ruhiy hayotidagi o'rni kompleks muammo hisoblanadi. Ushbu murakkablik va serqirralik fanga darrov
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
kelmadi. Shu o'rinda Asafevning «...musiqa - bu ham sanat, ham fan, ham til, ham o'yimbdegan so'zlarini eslash maqsadga muvofiqdir. [8]
Demak, bolalarning musiqiy hamda shaxsiy xususiyatlarini shakllantirishda musiqa sanatining o'rni beqiyosdir. Musiqa kishiga har tomonlama tasir ko'rsatar ekan, kuy va uning musiqiy ifodasi kishining hissiyotiga chuqur tasir qilib, unda har xil hislarni uyg'otadi, turlicha kayfiyatlarni hosil qiladi. Qo'shiqning matni, g'oyaviy mazmuni faqat hissiyotga emas, balki tinglovchilarning ongiga ham tasir qilib, ularni hayajonlantiradi va fikrlashga majbur etadi. Kishilarda asarda aks etgan manaviy muammolarga nisbatan muayyan munosabat uyg'otadi. Bunday tasir g'oyat murakkab va kuchlidir.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. БкМ.Мирзиёев Буюк келажагимизни мард ва олийжаноб халкимиз билан бирга KypaMro.ToshKeHT "Узбекистон" - 2017й.
2. Ишмухамедов Р.Ж. М.Юлдашев Таълим ва тарбияда инновацион педагогик технологиялар.- Т. "Нихол" нашриёти, 2013, 2016.-279б.
3. Норенков И.П.Зимин Иннoвaционные технологии в образовании: Учебное пособие-М. Изд. МГТУ им. Н.Баумана 2006-336с.
4. Педагогика назарияси ва тарихи М.Х. Тухтахужаева тахрири остида. Т. "Молия-иктисод" 2008 - 208 б.
5. Иноятов И. У.Муслимов Н.А. ва Педагогика: 1000 та саволга 1000 та жавоб. 2012 й. Тошкент, "Илм-Зиё" нашриёти. 12 б.т.
6. Уразова М.Б.Эшпулатов Ш.Н Булажак мусика рахбарининг лойихалаш фаолияти. Методик кулланма. - Т. ТДПУ Ризографи, 2014 йил. 6,5 б.т.
7. American popular music. Larri Star & Christop'er Waterman. Oxford Universite Press. Inc. 2007.
8.Кадыров Р. Музыкальная педагогика.- Ташкент:УзДК.2013.
9. Зимина А.Н. Основы музыкального воспитания и развития детей младшего возраста- М. 2000