Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
OILADA ESTETIK TARBIYA
Surayyo Rustamovna Mamatova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada estetik tarbiya, kishilarda san'at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o'zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish kabi tushunchalar yoritib beriladi.
Tayanch so'zlar. Estetika, estetik qobiliyat, ommaviy madaniyat, kommunikatsiya texnalogiyasi, jamiyat.
Estetik tarbiya - jamiyatda ma'naviy muhitni paydo qilishga ko'mak beruvchi muhim unsur bo'lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir. Hozirda estetik tarbiyaning ko'lami tobora kengaymoqda. Shunga ko'ra, u o'z oldiga talaygina muhim vazifalarni qo'ygan. Bular:-kishilarda san'at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o'zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish;jamiyat a'zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg'usini uyg'otish;tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg'u bilan munosabatda bo'lishga va ularni ravnaq toptirish yo'lida astoydil faoliyat olib borish ko'nikmalarini hosil qilish;o'tmish ma'naviy merosimizga hurmat hissini uyg'otish, milliy g'urur, milliy iftixor tuyg'ularini shakllantirish uchun zamin yaratish; ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ'ib qilishga undashdir.
Estetik tarbiyaning asosiy vositalari tarkibiga- san'at, information texnologiyalar, tabiat, mehnat, sport kabi sohalarni kiritish mumkin.
San'at - estetik tarbiyaning muhim vositasi. Bugungi kunda jamiyatimizda inson faoliyatini boshqarib borishdan ko'ra, ushbu jarayonni insonning o'zi tashkil etishi kerakligi bot-bot uqtirilmoqda. Bu jarayonda san'at mohiyatan shaxsning his -tuyg'ulariga ta'sir ko'rsatishga qodir bo'lgan muhim vosita sifatida insonni doimo o'ziga jalb etib kelgan. San'at insonning ehtiroslar va tuyg'ular olamiga singib borib ularni yig'latadi, kuldiradi, o'ylashga majbur qiladi. Shuning uchun bo'lsa kerak san'at barcha davrlarda insonga hamroh bo'lib kelgan
San'at o'zining estetik bisotini to'laligicha namoyon qilishi uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog'lanadi. Chunonchi, inson tafakkurini go'zallashtirish
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
estetikaning tadqiqot obyekti hisoblansa, estetik tarbiyaning predmeti esa ma'naviy dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan belgilanadi.
Informatsion texnologiyalar-estetik tarbiyaning global vositasi. Bir paytlar tabiiy va texnika bo'yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta'lim muassasalari talabalariga " Sizning idealingiz asosan qaysi sohalarda aks etadi?", degan savolga ularning ko'pchiligi san'at, adabiyot va ma'rifat sohasida ko'proq aks etadi, degan javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi.
Aytish mumkinki, axborot va kommunikatsiya texnologiyasi bugungi kunda insoniy va iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi natijasida odamlarning turmush tarzini, o'zaro aloqasini hatto tashqi ko'rinishi ham tubdan o'zgarishiga olib keldi.
Mahalla-estetik tarbiyaning muhim vositasi. Mahallaning shaxs estetik tarbiyasi ta'siri nihoyatda katta. Modomiki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat bo'lib, u bugun shaxsning ijtimoiy- siyosiy faolligini oshirishga, uning ijtimoiy-huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko'mak beruvchi makon sifatida ham yuksak ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mahalla shaxs nafosatli tarbiyasiga yaqindan ta'sir ko'rsata olishi bilan boshqa omillardan ajralib turadi. Shu jihatdan mahalla o'z navbatida o'z oldiga qo'ygan ezgu maqsadlarni bajarishi bilan zamonaviy insonni nafosatli jihatdan tarbiyalaydi.
Tabiat- estetik tarbiyaning zaruriy vositasi. Shuni maxsus ta'kidlash kerakki, zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik ustuvor omil bo'lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan mukammal bo'lib yetishishiga monelik ko'rsatadi. Shuning uchun inson va tabiat o'rtasidagi munosabat inqiroz va halokat yoqasiga kelib qolgan hozirgi vaqtda bu muammoni chetlab o'tish maqsadga muvofiq bo'lmaydi.
Mehnatning estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati. Mehnat ham moddiy, hamda ma'naviy go'zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning muhim vositasiga aylanadi. Bu jarayon ijtimoiy- foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta'sirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga keltiradigan zararini kamaytiradi. Qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat ma'naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi.
Sport - estetik tarbiyaning zamonaviy vositasi. Sport estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alohida e'tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad avlodni jismonan baquvvat, sog'lom, vatanning jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Hozirda yurtimizda sportni rivojlantirishga doir ko'plab dasturlar
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
ishlab chiqilgan va ular jamiyat munosabatlaridan amalda ishtirok qilmoqdalar. Keyingi kunlarda O'zbekiston ko'plab sport turlari bo'yicha jahon musobaqalarni uyushtiruvchi va o'tkazuvchi mamlakat sifatida jahon hamjamiyatda ko'zga ko'rinib bormoqda. Ana shularning barchasi muayyan ma'noda inson nafosatli dunyoqarashini, tafakkurini sog'lomlashtirishga qaratilgan. Bir so'z bilan aytganda, sport estetik tarbiyaning muhim vositasi sifatida "Farzandlari sog'lom yurtning kelajagi porloq bo'ladi",- degan maqsadni amalga oshirishga muhim hissa qo'shadi. Milliy ma'naviyatga ta'sir o'tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda estetik tarbiya jarayoniga ham sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Bu esa ijtimoiy-ma'naviy munosabatlar tizimida estetik tarbiyani maqsadli yo'naltirishni taqozo etmoqda. Ta'kidlash o'rinliki, estetik niqobi ostida turli xil ko'rinishdagi "sog'lom turmush tarzi targ'ibotchilari", "ko'ngilochar" va "musaffo tuyg'u" baxsh etuvchi saytlar talaygina. Eng dahshatlisi keyingi paytlarda internet tarmog'i vampirizm estetikasi va uning targ'iboti bilan bog'liq saytlarning ko'payib borayotganligi tashvishlanarli holdir. Bu targ'ibot saytlarni oddiygina qidiruv buyrug'i orqali topish mushkul emas. Bunday tahdidlarga qarshi go'zal qadriyatlarni dunyoga tanitish, xalqimizning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan personajlarni yaratish orqali kurashishni zamon talab etmoqdaki, bu yoshlarni ma'naviy jihatdan yuksaltirishda estetik tarbiyaga zaruriyat mavjudligidan dalolat beradi.Bu estetik tarbiyaga nisbatan tahdidlarning birinchi jihati. Estetik tarbiyaga tahdidning ikkinchi jihati insonning tashqi va ichki ko'rinishidagi bog'liqlikni o'rganishga bo'lgan zaruriyat bilan belgilanadi. Bu ilm bugungi kunda biologiya va tibbiyotda fizionomiya nomi bilan mashhur. Vaholangki, o'tmishda bu sohaga jiddiy e'tibor berilib, qator risolalar yaratilgan. Jumladan, olmon mumtoz faylasufi I.Kant bu ilmga "ichki olamni o'rganuvchi ilm" deb ta'tif bergan bo'lsa, sharq allomalari bu borada "Risolai fil farosa" (X asr), "Farosatnoma" (XVI asr) kabi asarlarni yozib qoldirganlar. Odatda, farosat tushunchasi estetik baho bilan belgilanadi. U ranjish, nomunosib holat, ko'ngilga xush yoqmagan ishlar qilganda munosabat bildiramiz. Shuning uchun bo'lsa kerak,kamdan kam hollarda "farosatli kishi, farosati bor, farosatli"degan so'zlarni ishlatamiz. Biroq. Did, fahm, farosat kabi tushunchalar aynan estetika ilmiga tegishli bo'lib, fahm-haqiqatga, farosat-ezgulikka,did-go'zallikka munosabat orqali namoyon bo'ladi. Har uchchala hodisaning asosida ham qobiliyat yotadi. Shu ma'noda fahm-aqliy, farosat-axloqiy, did-estetik qobiliyatni yuzaga chiqaradi. Ayniqsa, estetik did va farosat murakkab tarbiya jarayonini taqozo etadi. Chunki u ham aqliy, ham axloqiy, ham hissiy tarbiya uyg'unlashgan umumiylikdan iborat.
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. B. X. Xodjayev Umumiy pedagogika nazariuasi va amaliyoti, Toshkent-2017.
2. I.J. Xasanboyev va boshqalar, Pedagogika nazariyasi va tarixi, Toshkent - 2021
3. X. Ibragimov, SH. Abdullayeva. Pedagogika nazariyasi (darslik). «Fan va texnologiya», 2008
4. Hoshimov K. va boshqalar. Pedagogika tarixi. — O'qituvchi, 1996 .
5. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).
6. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
7. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).
8. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.
9. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.
10. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
11. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 18701914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).
12. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
13. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 7(6).
14. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).
15. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
16. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
17. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйккалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).