Научная статья на тему 'MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA TURK SAN’ATI VA MADANIYATI TARIXINI O‘RGATISHNING TARBIYAVIY AHAMIYATI'

MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA TURK SAN’ATI VA MADANIYATI TARIXINI O‘RGATISHNING TARBIYAVIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1477
309
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqa / teatr / me’morchilik / saxna / ijod / iqtidor / ohang / tasviriy san’at / tarbiya

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sh.Boratov

Ushbu maqolada turk xalq madaniyati va san’atini o‘rgatish orqali o‘quvchilarda qardosh xalqlar musiqa va san’atiga xurmat nazari bilan qarash va bu orqali ijodkorlik, baynalminallik tuygusini shakllantirish borasida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA TURK SAN’ATI VA MADANIYATI TARIXINI O‘RGATISHNING TARBIYAVIY AHAMIYATI»

MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA TURK SAN'ATI VA MADANIYATI TARIXINI O'RGATISHNING TARBIYAVIY AHAMIYATI

Sh.Boratov Qo'qon DPI

Annotatsiya: Ushbu maqolada turk xalq madaniyati va san'atini o'rgatish orqali o'quvchilarda qardosh xalqlar musiqa va san'atiga xurmat nazari bilan qarash va bu orqali ijodkorlik, baynalminallik tuygusini shakllantirish borasida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: musiqa, teatr, me'morchilik, saxna, ijod, iqtidor, ohang, tasviriy san'at, tarbiya.

EDUCATIONAL SIGNIFICANCE OF TEACHING THE HISTORY OF TURKISH ART AND CULTURE IN MUSIC CULTURE LESSONS

Sh.Boratov Kokand SPI

Abstract: In this article, by teaching the Turkish folk culture and art, it is discussed how to respect the music and art of the brotherly peoples in the students, and through this, create a sense of creativity and internationality.

Keywords: music, theater, architecture, stage, creativity, talent, melody, visual arts, education.

O'zbek va turk xalqlari azaldan bir-biri bilan inoq va ahil bo'lgan buni biz yozma manbaalardan bilishimiz mumkin. Bizlarning avlod-ajdodlarimiz bobokalonlarimiz og'a-ini bo'lgan.Turkiya mamlakati haqida so'z borar ekan bevosita go'zal yurt san'at va madaniyati boy insonlari san'atga oshno bir o'lka ko'z oldimizda nomoyon bo'adi. Bugun O'zbekistonda umumta'lim maktablarida musiqa madaniyati fanida 6-sinfda Sharq mamlakatlari mumtoz musiqasi o'rgatilib boriladi. Bevosita musiqa madaniyati fani o'qituvchidi romonidan turk xalq musiqasi, san'ati, me'morchiligi teatr haqida batafsil ma'lumot berib boriladi. Ma'lumki musiqa madaniyati darsi integratsion dars bo'lganligi sababli har bir xalqning madaniyati yashash tarzi va geografik joylashuvi haqida ma'lumotlar berib boriladi. Jumladan turk xalq musiqasi ,teatr, tasviriy san'ati haqida soatlab gapirish mumkin.Turk musiqasi tarixiga bir nazar tashlasak sehrli dunyo ekanligiga amin bo'lamiz.

Turk musiqasi - Turk mumtoz musiqasi XV asrdan Anadoluda ijod eta boshlagan oshiqlar faoliyati bilan bog'liq. Ular turk baxshi (o'zon) an'analarini davom ettirib, turli terma va qo'shiqlarini soz, bog'lama, qo'biz jo'rligida badiha shaklida ijro etgan.

I icclT^^^^H 194 http://oac.dsmi-qf.uz

Og'zaki an'anadagi professional musiqasida maqomlar asosiy o'rin tutadi. Shuningdek, turkum shakliga ega fasl (vokal cholg'u asar) janri keng tarqalgan. Sozlardan nay, tambur, ud, qonun keng qo'llaniladi. Diniy musiqa janrlaridan ilohiya, sharqiya, mavlaviya kabi aytim shakllari mavjud. Bastakorlardan Marokiy, Ismoildada afandi, Hofiz Po'st, Sulton Salim III (Usmoniylar hukmdori), Kvntemir o'g'li va boshqa mashhur.Ko'p ovozli kompozitorlik musiqa Turkiyada respublika barpo etilgandan keyin qaror topdi. Ko'p ovozli musiqaning xalq musiqasiga, milliy ohanglarga asoslanishi borasida ko'p izlanishlar olib borgan Ahmad Adnan Saygun musiqani jahon miqyosida tanitishda katta xizmat qildi. Kompozitorlik musiqaning keng yoyilishida "Prezident simfonik orkestri" ning roli katta. Bu orkestr AQSH, Yevropa va Janubiy Koreyada konsertlar bergan. Istanbul, Izmir, Antaliya va Chukurova davlat simfonik orkestrlari ham faoliyat yuritadi. Ulardan tashqari Bilkent simfonik orkestri, Borusan Istanbul filarmoniyasi orkestri, Oqbank orkestri singari xususiy jamoalar bor. Xalq musiqasi yo'lida ijod qilayotgan Narimon Oltintog' Tufakchi, Ahmad G'ozi Oyxon, Musa Ero'g'li, Belqis Oqqala xalq o'rtasida mashhur. 1960-yillardan rok musiqa yo'nalishlariga qiziqish paydo bo'ldi. Hozirgi paytda popmusiqasida Ibrohim Tatlisas, Sezan Aqsu, Nilufar, Teoman, jazda Karam Go'rsev, Ilxan Ershaxin, Nukhet Ruajan kabi san'atkorlar mashhur. Bastakor, musiqachilar Istanbul (1923), Anqara (1936), Izmir (1951) konservatoriyalarida tayyorlanadi. Ankara operetta teatri (1928), Opera teatri (1950) va Istanbul opera teatri (1960)ning ochilishi musiqa san'ati rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. 1948-yilda Istanbulda ochilgan akademik balet maktabi (1950-yildan Anqarada) milliy kadrlar tayyorlaydi. Davlat opera va balet bosh direktsiyasi tomonidan 1998-yildan buyon har yili xalqaro festivallar, Istanbulda xalqaro musiqa festivallari o'tkazib kelinadi.

Teatr - Turkiyada teatr san'ati uzoq tarixga ega. Xalq ijodining an'anaviy shakllari - qo'g'irchoq va chodirxayol teatri (qorago'z), maydonchalarda namoyish etiladigan o'rta o'yin tomoshalari professional turk teatrining tamali bo'ldi. Tanzimat davrida garb modelidagi teatr faoliyat boshladi. Bu davrda turk yozuvchilari ham pyesalar yozishga kirishdilar. Ibrohim Shinosiyning "Shoirning uylanishi" nomli komediyasi turk teatri uchun burilish nuqtasi bo'ldi. 1908-yildan so'ng professional va havaskorlik teatrlari tashkil qilina boshladi. Istanbul, Izmir, Bursa, Adana va Ankara shlarida teatr binolari kurildi. 1914-yil Istanbulda "Dorulbadiyai usmoniya" nomli teatr ochildi. U turk teatr san'atining rivojiga katta turtki berdi. 1927-yildan bu teatrga rahbar bo'lgan Muhsin Ertug'rul birinchi bolalar teatrini ham tuzdi. 1949-yil barpo etilgan Davlat teatrining Anqara, Istanbul, Izmir va Bursa shaharlarida 18 ta doimiy sahnasi mavjud bo'lib, yiliga 100 ga yaqin asarni sahnalashtiradi. "Kichik sahna" nomli ilk xususiy teatr 1951-yilda ochilgan. Undan keyin Chiyir sahna, Cho'ntak teatri, Muammar Qoracha teatri, Istanbul operettasi singari xususiy teatrlar ish boshladi.

1982-yildan Istanbulda Hodi Chaman Yeditepa o'yinchilari, Enis Fosforo'g'li teatri, Xo'dri Maydon madaniyat markazi, Anqarada Anqara San'at teatri faoliyat ko'rsatadi.

Tasviriy san 'at - Turkiya hududida Qadimgi Sharq, Ellin, Rim, Vizantiya san'ati yodgorliklari saklanib qolgan. Tasviriy san'at o'rta asrlarda miniatyura janrida rivoj topdi. 16-asrda bu san'at gullab yashnadi. Badiiy to'qish, gilamdo'zlik, kandakorlik, yog'och o'ymakorligi rivojlandi. 17-18-asrlarda dastgoh rangtasviri yuzaga keldi. Zamonaviy tasviriy san'at 19-asrdan boshlab shakllandi. 1910-yillarda bir guruh rassomlar - Ibrohim Challi, Hikmat O'nat, Nomiq Ismoil, Avni Lifij, Fayxaman Duran Yevropada ta'lim oldilar hamda impressionizm va simvolizm yo'nalishida asarlar yaratdilar. 1929-yil rassomlarning "Mustaqillar" nomli jamiyati, 1933-yil "D guruhi" tuzildi. Rangtasvirchilar Zaki Faiq, Izer, Nurullan Berk, Elif Nasi, Kemal Tollu, Abidin Dino va haykaltarosh Zuxtu Muridog'li impressionizm yo'nalishini tark etgan holda, yangi yo'nalishni yaratdilar. Yangi usul an'anaviy madaniyatning muhim elementlarini 20-asr Yevropa san'atining g'oyalari bilan uygunlashtirishdan iborat edi. 1936-yil Istanbuldagi "Sanoyi nafisa maktabi", "Nafis san'atlar akademiyasi"ga aylantirildi. Turkiya rassomlik san'atida turli oqim va yo'nalishlar rivojlangan. 1949-50 yillarda "Yangi guruh" deb nomlangan ijodiy guruh tashkil qilindi. Bu guruh "D guruhi"dan keyin eng mahoratli guruhga aylandi. Bu guruh rassomlari yangi usul va yangi texnik vositalar bilan eksperimentlar o'tkazdi. Guruh a'zolari 1955-yilgacha ijtimoiy hayot mavzularida ijod qildilar.1950-yillarda Turkiya san'atida dastlabki abstrakt rassomlar ijod qila boshladi. Ular qatorida Adnan Koker, Lutfu Gunay, Semey Arel, Sabri Berkel kabi rassomlar bo'lgan. Murod Morova, Zohid Buyukishlayen, Ismat Do'g'on kabilar hozirgi davrning tanikli rassomlari hisoblanadi. Yangi asarlar 1977-yildan buyen har yili Istanbulda bo'lib o'tadigan "Yangi tendensiyalar" deb nomlangan San'at festivalida namoyish etiladi. Monumental haykaltaroshlik, grafika ham rivojlangan. Abstraksionizm yo'nalishida Quzgun Ajar xalqaro tanlovlarda sovrinlar olishga sazovor bo'ldi. Dastlabki haykaltaroshlik sohasidagi ta'lim chet el rassomlari tomonidan va chet el badiiy ta'lim institutlarida amalga oshirilgan. 1937-yilda olmon haykaltaroshi Rudolf Belling Turkiya Davlat Badiiy akademiyasining haykaltaroshlik bo'limini boshqargan, ko'p shogird tayyorlagan. U Istanbuldagi aksariyat mahobatli monumentlar muallifi. Haykaltaroshlik ko'rgazmalarining eng kattasi R. Belling boshchiligida Istanbul Texnika universitetida o'tkazilgan.Turkiya san'atini dunyoga tanitayotgan ijodkorlardir. amaliy bezak san'ati sohasida kulolchilik, gilamdo'zlik, zargarlik, yog'och o'ymakorligi, kashtachilik g'oyat rivojlangan.Musiqa madaniyati darslarida har bir millat va xalqlarning musiqa madaniyati o'rgatilib borilar ekan fan o'qituvchisining asosiy vazifasi bolalarda qardosh xalqlar musiqa san'ati va madaniyatiga xurmat nazari bilan qarashga o'rgatish ijodkorlik, baynalminallik tuyg'usini shakllantirish bo'lishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sh.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. 2017 yil.

2. S.Begmatov.6-sinf uchun musiqa darsligi.T.G'afur G'ulom nashriyoti.2017 y.

3. Levey, Maykl; Usmonli san'ati olami, 1975 yil, Temza va Xadson.

4. Rouson, Jessica, Xitoy bezaklari: Lotus va ajdar, 1984, Britaniya muzeyi nashrlari.

5. Rojers JM va Uord RM.; Buyuk Sulaymon, 1988, Britaniya muzeyi nashrlari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.