Научная статья на тему 'О‘ZBEK MUSIQA MADANIYATI RIVOJIDA О‘TMISH MEROSINING О‘RNI VA AHAMIYATI'

О‘ZBEK MUSIQA MADANIYATI RIVOJIDA О‘TMISH MEROSINING О‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
3510
242
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqa / madaniyat / ijodiy faoliyat / milliy va umuminsoniy qadriyatlar / ijrochilik san’ati / an’ana / ma’naviy meros / maqom / dutor / hofiz / sozanda va bastakor.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Zuhra Ilyasovna Arzibayeva

Mazkur maqolada о‘zbek musiqa san’atining о‘tmishda va hozirgi kunda xalqimizning ma’naviy saviyasini oshirishdagi ahamiyati hamda yangi О‘zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotida musiqa san’ati yetakchi omillardan biri ekanligi va о‘zbek musiqa madaniyatini shakllanish jarayonlari ilmiy asoslab beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «О‘ZBEK MUSIQA MADANIYATI RIVOJIDA О‘TMISH MEROSINING О‘RNI VA AHAMIYATI»

O'ZBEK MUSIQA MADANIYATI RIVOJIDA O'TMISH MEROSINING

O'RNI VA AHAMIYATI

Zuhra Ilyasovna Arzibayeva O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada o'zbek musiqa san'atining o'tmishda va hozirgi kunda xalqimizning ma'naviy saviyasini oshirishdagi ahamiyati hamda yangi O'zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotida musiqa san'ati yetakchi omillardan biri ekanligi va o'zbek musiqa madaniyatini shakllanish jarayonlari ilmiy asoslab beriladi.

Kalit so'zlar: musiqa, madaniyat, ijodiy faoliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ijrochilik san'ati, an'ana, ma'naviy meros, maqom, dutor, hofiz, sozanda va bastakor.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF THE HISTORY OF THE PAST IN THE DEVELOPMENT OF UZBEK MUSIC CULTURE

Zuhra Ilyasovna Arzibayeva Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article scientifically substantiates the importance of Uzbek music in the past and present in raising the spiritual level of our people, as well as the fact that musical art is one of the leading factors in the social development of new Uzbekistan and scientifically substantiates the formation of Uzbek musical culture

Keywords: music, culture, creativity, national and universal values, performing arts, tradition, spiritual heritage, maqom, dutar, hafiz, musician and composer.

Bugungi kunda O'zbekistonda musiqa san'ati va madaniyatini yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Musiqa madaniyatining turli yunalishlari bo'yicha yosh iste'dodlarni izlab topish, ularning ijodiy faoliyatini yuksaltirish yuzasidan g'amxo'rlik qilish muhim ahamiyatga molik vazifalardan biriga aylandi. "...Xalqimizning ma'naviy saviyasini oshirish, yosh avlodni yuksak insoniy g'oyalar, ona Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida kamol toptirishda musiqa san'atining o'rni va ahamiyati beqiyosdir"1. Zero, o'tmishdagi musiqiy ijrochilik an'analarini tiklash, zamonaviy sharoitlarda saqlab qolish, o'zbek milliy musiqiy asarlari va sozlarini

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 avgustdagi "O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi PK-3212-sonli qarori (Elektron resurs) // www.uza.uz.

xorijiy mamlakatlarda namoyish etish, musiqa ta'limida yangi an'analarni tarkib toptirish, xalq ma'naviy merosini asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazish, jamiyat hayotida musiqa madaniyatining tutgan o'rnini tahlil etish dolzarb vazifa hisoblanadi.

O'zbek xalqining musiqa merosi boy an'analarga va qadimiy tarixga egadir. Uning davrlar osha rivoji, xalq musiqasi va mumtoz musiqasi negizida rivoj topib kelganligi amaliyotdan ma'lumdir. Musiqa san'ati insoniyatning ma'naviy boyligi, estetik dunyoqarashi va kelajak kamolotini belgilovchi mezonlardan biri sifatida ardoqlanib kelinadi. Unda har bir xalqning milliy an'analari, urf-odatlari, marosim va qadriyatlari munosib o'rin olgan. Musiqa ijrochiligi, xalq musiqa madaniyatining shakllanib, rivoj topuvchi jonli jarayoni ekanligi hammaga ma'lum. Uning namoyandalari bo'lmish sozanda, xonanda va bastakorlar xalq madaniyatining o'ziga xos mutasaddilari sifatida ardoqlanib kelingan. Bu borada o'tmish risolalarda ham tarixiy muammolar zikr etib kelingan. Jumladan, Abu Nasr Farobiyning "Katta musiqa kitobi", Zaynullobiddin Husayniyning "Qonuni ilmi, amali musiqi", Abdurahmon Jomiyning "Risolai musiqiy", Alisher Navoiyning "Majolis un-nafois", Darvesh Ali Changiyning "Musiqiy risola"lari bunga yorqin misoldir.

Musiqa madaniyati tarixi mavzusiga doir XX asrda yaratilgan asarlar ko'lami nihoyatda kengdir. Ular orasida o'zbek xalq musiqasi tarixini o'rganishda Bekjon Raxmon o'g'li va Muhammad Yusuf Devonzoda (Harratov)ning 1925 yil Moskvada arab alifbosida nashr etilgan "Xorazm musiqiy tarixchasi" risolasi muhim ahamiyatga ega. Ushbu risolada Xorazm musiqachilari ijodi, Xiva xonligi hududiga Shashmaqomning kirib kelishi, Muhammad Raximxon Feruzning musiqa san'atini rivojlantirish borasidagi harakatlari haqida qimmatli ma'lumotlar beriladi. Qirq olti yildan ziyod (1864-1910) hukumat tepasida turgan shoir, bastakor va musiqiyshunos Muhammad Rahimxon Feruz (1846-1910) homiyligi va rahnamoligida Xorazm Olti yarim maqomi bir butun majmua sifatida xatga tushirildi. XX asrning 20-yillariga kelib noyob iste'dod sohibi, zakiy shoir, sozanda va musiqiyshunos, qo'li gul san'atkor Muhammad Komil Devoniy (1887-1938) o'z salaflari ishini davom ettirib, xuddi shu nota yozuvi vositasida Xorazm mumtoz musiqasining qadimiyroq qatlami bo'lmish dutor maqomlarining yetti turkumini ko'y va so'z matnlari bilan Olti yarim maqom (Tanbur maqomlari)ga qo'shib yozib oldi. Xorazm musiqashunoslarining juda katta tarixiy va ilmiy ahamiyatga ega bo'lgan bu topilmasi o'zbek musiqasi tarixining zarhal sahifalaridan biridir. O'z davrida tanbur chizgilarining qaytadan kashf qilinishi zamonaviy o'zbek maqomshunosligining yangi bosqichga ko'tarilib borayotgani dalilidir. Keyingi yillarda maqomshunoslik borasida jiddiy izlanishlarga yul ochildi. Zamonaviy ilmlarga tayangan yangi avlod vakillari maydonga chiqa boshladi. Shular qatorida navqiron maqom ustozi Rustam Boltayev va musiqashunos Botir Rahimovlarning nomlarini qayd etish mumkin. Ular Xorazm tanbur chizgilari

I ibiSi^^Bl ^ http://oac.dsmi-qf.uz

ustida uzoq yillar ilmiy va ijodiy izlanishlar olib borib, mazkur yozuvlardagi nota matnlarini zamonaviy takt tizimiga o'girishga va ijrolarini tiklashga muyassar bo'ldilar2.

O'z vaqtida ulug' ustozlar qo'li bilan bitilgan mo'tabar nota yozuvlarining keng ilmiy muomalaga joriy etilishi umumbashariy miqyosga molik tadbirdir. Vaholanki, u bir vaqtlar deyarli uzilish arafasiga yetib qolgan jonli udumlarning vorisiylik rishtalarini tiklashdagi amaliy ahamiyati bilan bir qatorda, o'tmishning buyuk musiqashunoslaridan meros qolgan ilmiy yutuqlarni zamonaviy fan taraqqiyoti xizmatiga jalb etish imkoniyatini ham tug'diradi.

Musiqa san'atining azaliy an'analari Sharq xalqlari madaniyatida shakllanib rivoj topganligi hamda butun bashariyatga ijodiy ta'sir etganligi, fanda o'z ijobatini topgan. Shuningdek, o'zbek milliy musiqa madaniyati tarixini o'rganishda Abdurauf Fitratning ham hissasi salmoqli bo'lib, muallifning mazkur masalaga bag'ishlangan asar va maqolalarida o'zbek mumtoz musiqasi, uning uslublari va ularning turk, arab, fors musiqalaridan farqi, "Shark musiqasi" nazariyasi va uning asoslari to'g'risidagi tahliliy fikr-mulohazalari bayon etiladi. Musiqiy risolalar, odatda, nazariy yo'nalishga qaratilgan bo'ladi, va ularda umumiy qonun-qoidalar mavhum riyoziy tilda bayon etiladi. Ijodiyotning nozik sifatlari, xususan, el-elatlarning kuy va ashulalariga xos jihatlar, ko'pincha nazariy qarashlardan tashqarida qoladi. Shuning uchun qo'shimcha ma'lumotlar, garchan asosiy musiqiy risolalarga nisbatan ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo'lsa ham, o'tmish tarixini o'rganishda nazariy qonun-qoidalarni to'ldirib, ma'lum davr musiqiy hayoti haqida kengroq va atroflicha taassurot paydo etish imkoniyatini beradi.

Hayot taraqqiyoti jarayonlarida, G'arb madaniyatining o'ziga xos kamol topganligini esa, hozirgi zamon musiqa san'ati ko'lamidan ilg'ab olish mushkul emas. Buning negizida musiqa san'ati va uning ichki unsurlarini professionallik darajada umumlashish bosqichlarini o'tashi, bu jarayonda mutanosib tovush pardalarini o'yg'unlashtirish hamda barcha barobar qabul qilishlari kabi mezonlar, umumbashariyat musiqa san'atining go'zal uyg'unlashishiga olib kelganligini e'tirof etish lozimdir. Natijada, musiqa san'ati ijodiyotida G'arb musiqa san'atiga intilish, o'xshatish, madaniyatiga ergashish kabi munosabatlar yuzaga keldi. Buning natijasida 1920-yilda Toshkent rus opera va balet teatri, viloyat musiqali drama teatrlari, 1926-yilda M.Qoriyoqubov rahbarligida tashkil topgan "O'zbek etnografik ansambli" asosida 1929-yilda bunyodga kelgan "O'zbekiston davlat musiqali drama teatri", uning asosida 1939-yili "O'zbek davlat opera va balet teatri" va "Muqimiy nomidagi O'zbek davlat musiqali drama va komediya teatr"lari faoliyat ko'rsata boshladi. Shuningdek, O'zbekiston davlat filarmoniyasi tarkibida "O'zbekiston

2 Ziyayeva D. X. O'zbekiston shaharlari XIX asr ikkinchi yarmi -XX asr boshlarida: shahar madaniyati va urbanizatsiya jarayonlari. - Toshkent: Yangi nashr, 2017. - B.370.

ashula va raqs ansambli", "Dutorchi qizlar ansambli", "Tamaraxonim ansambli", "Xorazm garmonchi qizlar ansambli", "Simfonik orkestr", "O'zbek xalq cholg'u asboblari orkestri", "Xor akapella jamoasi" kabi ijrochi jamoalar zamonaviy o'zbek musiqa madaniyatini rivojlantirish jarayonida samarali xizmat qildilar3.

O'zbek milliy musiqa san'ati uzoq tarixiy yo'lni bosib o'tdi. Xususan, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida ko'lami, ijro yo'llari, shakllari, murakkabligiga qarab an'anaviy musiqa san'ati professional musiqa asarlari (maqom, katta ashula, dostonchilik) va xalq kuylariga (lapar, yalla, ko'shiq, ashula) bo'lingan. XX asr boshlarida o'zbek musiqasi san'atiga alohida e'tibor bilan yondoshilgan. XX asrning ilk yillarida O'zbekistonda siyosiy-ijtimoiy va madaniy muhitning o'zi yangilanish sharoitlari bilan xarakterlanadi. Markaziy Osiyoda jadidchilik harakati, ulug' namoyandalari va ularning ijodiy faoliyati alohida ahamiyatlidir. Bunda, Yevropa uslubdagi milliy teatrlarning bunyodga kelishi ham o'z ta'sirini ko'rsatgan. Bunda Mahmudxo'ja Behbudiy, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat, Tavallo, Abdulla Avloniy va Abdulla Shakuriy kabi namoyandalarining ijodiy faoliyatlari alohida ahamiyatlidir. Bundan ko'rinadiki, bu davrda o'zbek xalqi musiqa san'ati namoyandalari faoliyati ikki yo'nalishda rivojlangan. Mumtoz musiqa namunalari asosan yetuk hofiz, sozanda va bastakorlar tomonidan yaratilib, o'zining janrlari va ijro an'analari murakkabligi tufayli maqomchilik san'ati va dostonchilik ijro uslublari, maktablari bilan ajralib turadi.

O'zbek xalq mumtoz musiqasi o'zining mukammalligi va murakkabligi bilan boshqa xalqlar orasida alohida o'ringa egadir. Mumtoz musiqaning eng yirik shakli maqomlardir. Maqomlar O'zbekistonning uch vohasida mavjud bo'lib, Buxoroda "Shashmaqom", Xorazmda "Xorazm maqomlari", Farg'ona vodiysida "Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari" deb yuritilgan. Bundan tashqari, maqomlar yo'llarida yaratilgan, shaklan va ijroviy xususiyatlari doirasi maqomlarga xos bo'lgan "Suvora"lar, katta ashula, surnay maqom yo'llari, dutor maqomlari hamda cholg'u yo'llari mavjuddir. Mumtoz musiqaning shaklan muhimligi, qonun-qoidalarga egaligi, talqin uslublarining mavjudligi uning murakkabligidan dalolat beradi. Maqomlar Sharq xalqlarining juda qadim zamonlardan mavjud bo'lgan musiqa janrlaridan biri sifatida musiqa merosida juda muhim o'rinni egallaydi.

O'z davrida Buxoro amiri saroyida maqomlarga juda katta qiziqish bilan qaralgan. Amir Said Olimxon maqom musiqasini yuksak darajada qadrlagan, o'zi ham dutor chalishda mohir bo'lgan. An'analarga ko'ra, amirlikda xalq musiqachilari orasidan iqtidorli bolalar tanlab olinib, tajribali musiqachilar qo'liga topshirilgan. Masalan, Buxoroning mashhur maqom ustalari Usta Shodi Azizov, Boboqul Fayzullayev, Shohnazar Sohibov kabilar saroy musiqachilari qo'lida ta'lim olganliklari fikrimizning dalilidir. Toshkent va Farg'ona vodiysida ham mumtoz

3 Rizayev Sh. O'zbek dramaturgiyasi va teatrining asoschisi // Teatr, 2006, №1. -B.10-12.

I ihSi^^Bl ^ http://oac.dsmi-qf.uz

musiqaning ma'lum variantlari yuzaga keldi. Ushbu yo'nalish asosan katta ashula yo'llaridan iborat bo'lgan. Ashurali Hofiz, Mirza Qosim Hofiz, Mo'minjon Hofiz, Muydin Hoji, Berkinboy Fayziyev, Mulla To'ychi Toshmuhammedov, G'anijon Mirzayev, Jo'raxon Sultonov, Ma'murjon Uzoqov, Turg'un Karimovlar mazkur yo'nalishda mohir ijrochilari bo'lganlar. Farg'ona vodiysida mahalliy ijrochilik maktablari ham shakllangan bo'lib, ular orasida ayniqsa, Qo'qon, Marg'ilon, Beshariq kabi ijrochilik maktablari o'z davrida juda mashhur bo'lgan.

XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Xorazm vohasi o'zbek musiqa san'atida o'zining ijrochilik va xonandalik an'analari bilan ancha mashhur bo'lgan4. Vohada maqom ijrochiligi doston yo'llari, xalq ommaviy qo'shiqlari o'z yo'nalishlari doirasida rivojlangan. Bu davrda Xorazmda Komil Xorazmiy, Muhammad Rahimxon Feruz, Niyozjon Xo'ja kabi mashhur bastakorlar ijod qilishgan. XX asr boshlarida Turkistonning deyarli barcha shaharlarida jadidlarning havaskorlik to'garaklari va milliy teatrlari tashkil topdi. 1911-1917 yillar davomida 20 ga yakin pyesalar yozildi. K.Nusratillayevning "To'y", Abdulla Qodiriyning "Baxtsiz kuyov", Xo'ja Muinning "Eski va yangi maktab", A.Bodrining "Ahmoq" pyesalari shu davrda yaratilgan5.

Xulosa qilib aytganda, XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Turkiston, Buxoro amirligi va Xiva xonligida musiqa san'atida jiddiy o'zgarishlar va yangilanishlar yuz berdi. Yevropalik musiqa bilimdonlari Buxoro amirligi va Xiva xonligida mumtoz musiqa va xalq og'zaki namunalarini o'rganish va ularni notalashtirish, xalq musiqa cholg'ularini to'plashga e'tibor qaratdi. Turkiston shaharlarida musiqiy jamiyatlar tuzilib, havaskorlar jalb etildi. Rus musiqa bilimdonlari tomonidan o'zbek xalq qo'shiqlarini o'rganilishi, ularning notalashtirilishi, xorij matbuotida nashr ettirilishi kabi holatlar o'z davrida musiqa san'atining rivojiga munosib hissa qo'shdi. Ayni paytda, Buxoro va Xorazm hududida hamda Farg'ona vodiysida o'zbek musiqa san'ati an'analarini saqlab qolish uchun zaruriy chora-tadbirlarning olib borilishi o'zbek mumtoz musiqasi an'analarining rivojlanishiga xizmat qiladi.

Foydalangan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 avgustdagi "O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi PK-3212-sonli qarori (Elektron resurs) // www.uza.uz.

2. Ziyayeva D. X. O'zbekiston shaharlari XIX asr ikkinchi yarmi -XX asr boshlarida: shahar madaniyati va urbanizatsiya jarayonlari. - Toshkent: Yangi nashr, 2017. - B.370.

4 Мирзарахимoв, Б. Х. (2019). Культура туризма как стратегия развития книговедения. Вы перспективные oбласти развития науки и технoлoгий (pp. 5758).

5 Mamatov, M., Isomiddinov, A., & Yuldashev, S. (2019). Factors of Developing the Intellectual Abilities of the Youth. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 16(2), 311-313.

I ГсОТ^^^^Н 20 http://oac.dsmi-qf.uz

3. Rizayev Sh. O'zbek dramaturgiyasi va teatrining asoschisi // Teatr, 2006, №1. -B.10-12.

4. Мирзарахимов, Б. Х. (2019). Культура туризма как стратегия развития книговедения. in перспективные области развития науки и технологий (pp. 5758).

5. Mamatov, M., Isomiddinov, A., & Yuldashev, S. (2019). Factors of Developing the Intellectual Abilities of the Youth. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 16(2), 311-313.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.