SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
MUMTOZLILIGINI SAQLAB QOLGAN- FORS TILI
Nozima Tulkunovna Xodiyeva
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Eron- afg'on filologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi To shkent,O ' zbekiston [email protected] Xabibova Muxabbat Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Eron- afg'on filologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi To shkent,O ' zbekiston [email protected]
Fors zamini insoniyat tamadduni beshiklaridan biri sanaladi. Fors tili ham ushbu tamaddun namunalaridan biri hisoblanadi. Qudratli va musiqaviy fors tili asrlar davomida turli tanazzuldan juda balandda turgan.
Kalit so'zlar: qadimgi fors tili, mumtoz fors tili va hozirgi zamon fors tili.
Персидская земля считается одной из колыбелей тамаддунa человечества. Персидский язык также является одним из примеров этого тамаддуна. Могучий и музыкальный персидский язык на протяжении веков переживал различные упадки.
Ключевые слова: древнеперсидский язык, классический персидский язык и современный персидский язык.
The land of Persian is one of the cradles of human civilization. Persian is also one of these civilam samples. The Almighty and Music Persian is highly leveled from various recession over the cturies.
Key words: Ancient Persian language traditional Persian and Persian in nowadays.
Fors tili dunyoda eng yaxshi asralgan tillardan bo'lib, asrlar davomida o'z jozibasi va musiqaviyligini saqlab qola olgan edi. Shunday tarixiy haqiqat borki, davlatlar, imperiyalarni ushab turadigan mustahkam ustunlari, suyanadigan tog'lari bo'ladi. Buni Eron misolida ko'radigan bo'lsak, imperiyalarning manguligini saqlaydigan ustunlar misoli tog'lar kabi ulug'vor bu Fors tili edi.
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
KIRISH
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Insoniyat erasidan oldingi 7000 yil avval barpo bo'lgan Eron xalqlariga faylasuf Gegel "forslar-birinchi tarixiy odamlar " deb baho bergan edi.
Kultura jurnalining yozishicha: "Tilning o'zgarishi biologik rivojlanishga o'xshaydi. Keng diqqat - e'tibor va ajdoddan ajdodga o'tishi bilan ro'y beradi.."
Jurnalda tillar taraqqiyotini biologik o'zgarishga o'hshatilishi..beihtiyor mening yodimga "tillar taqdiri inson taqdiriga o'hshaydi ..ular tug'iladilar, o'zgarishga uchraydilar va o'ladilar.." degan kalimani yodimga tushiradi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Mutaxassislar e'tirofiga ko'ra bugungi kunda dunyoda 3 mingdan 7 mingtagacha til borligi e'tirof etiladi. 2005 yilda tuzilgan YuNESKO ro'yxati 6 912ta tilni qamrab oladi. Bu tillardan 32,8 foizi (2 269tasi) Osiyo va 30,3 foizi (2 092tasi) Afrika qit'asiga to'g'ri keladi.
Masalan, o'tgan ming yillikda dunyo tillarining 500tasi o'lik tilga aylangan bo'lsa, so'nggi yuz yillikda esa 1000ta til tarix qa'riga singib ketdi.
Tillarning taraqqiyoti va tanazzulida quyidagi holatlar alohida ajralib turadi: 1) tillarning o'lik tilga aylanishi (etrusk tili, shumer tili, sanskrit tili, qadimiy Xorazm tili, so'g'd tili)
2) tillarning boshqa tilga aylanishi (grek tili, yahudiy tili, arman tillari);
3) tillarning bo'linib ketishi (german tillari);
4) tillarning qo'shilishi natijasida yangi tillar vujudga kelishi (o'zbek, turkman tillari);
5) tillarning «tirilishi» (ivrit tili).
Ammo, qudratli va musiqaviy fors tili asrlar davomida bunday tanazzuldan juda balandda turgan. Tilning saqlanishi, asralishi bu millatning, Eron davlatining yorqin kelajagidan dalolat beradi.
Eron tillari genetik jihatdan hind tillariga eng yaqin tillar hisoblanadi. Bular orasida qadimgi eron tili- qadimgi fors, ovesto, skif tillari, o'rta fors-mumtoz fors tili(pahlaviy), so'ngi eron tillari- fors, pashtu, dari, tojik tillaridir.
"Kolcher" jurnalida fors tilida so'zlovchilar Eron, Afg'oniston va Tojikiston hududlarigacha kengaygani hamda insoniyat tarixidan kechgan asrlar jarayonida nisbatan kamroq o'zgarishlarga duch kelgani yoziladi. Bu poeziya tilida so'zlovchilar ko'payib borgani sababli fors tili taqdiri boshqalardan farq qiladi.
Qadimiy sharq tillari: moniy, avesto va portiy tilidagi yozuvlarda fors tilining shirinligi, musiqaviyligiga ishora etilgan. Uzoq o'tmishdan boshlab so'zlashuv va muloqotda berilgan ushbu hususiyat keyinchalik eronliklar va xorijiy eronshunoslar tomonidan faqat fors tili haqida qo'llaniladi.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Fors tili tarixi ham Eroning ko'hna sarzaminidek qadimiy umr va ming yillik tarixga egadir. Fors tili hind -evropa tillar guruhiga kiradi. Fors tilining hind tili bilan ega bo'lgan mushtarakliklari sababli hind tili hind va eron tillarining guruhini tashkil etganligidadir.
1872 yil sentyabr oyining o'rtalarida Berlinda bo'lib o'tgan uch kunlik uchrashuvi yakunida Evropa tilshunoslari va yozuvchilari fors tilini to'rtta klassik tillardan biri deb e'lon qildilar yunon, lotin va sanskrit. Sammitda hind-evropa tillari muhokama qilindi.
Ushbu uchrashuv fors tilini klassik bo'lish nuqtai nazaridan (yunon tilidan keyin) ikkinchi raqamga aylantirdi. Bu jihatdan fors tili lotin tilidan bir asr va ingliz tilidan 12 asr oldinda.
Xuddi shu yig'ilishda Avesto tili fors tilida s'ozlashmaydigan bo'lagi deb elon qilindi va Avestaning ildizlari Sharqiy Xurosondan (hozirgi Afg'onistonning shimoliy qismi, Tojikiston va Faruddan) kelib chiqqanligi va shu sababli bu yerlarda Zarotustraning tug'ilganligi aytiladi va u yerdan Ozarbayjonga ketgan.
Ta'rifda til, birinchidan, qadimiy bo'lsa, ikkinchidan, boy adabiyotga ega bo'lsa, uchinchidan, hayotining so'nggi ming yilligida kichik o'zgarishlarni amalga oshirgan bo'lsa, til klassik deb nomlanadi.
Binobarin, til o'zgarishlarga asoslanadi. Vaqt o'tishi bilan biron bir til o'zgarishsiz bo'lmaydi, lekin u qanchalik oz o'zgargan bo'lsa, shunchalik mumtoz va kuchli bo'ladi. Eroniylar va forslarning tili bu Firdavsiy va Hofiz ijod etgan til bilan bir xildir: Xuddi shu so'zlar, iboralar va grammatika. Bugungi fors tilida suhbat quradiganlar Shekspir o'qiladigan ingliz tiliga qaraganda osonlik bilan 900-chi yillarga tegishli bo'lgan yozuvlarni o'qishlari mumkin".
Sizga ma'lumki, ingliz tilida so'zlovchi bugungi avlod Shekspir tilini to'la anglamasligi mumkin, negaki, zamonaviy iste'molchilar uchun bir qadar qulay ingliz biznes tili paydo bo'lgan.
17 sentyabr 1872 yilida Berlinda bo'lib o'tgan konferentsiyada tilshunoslar va yozuvchilar o'rta asrlarda fors adabiyoti boshqa xalqlar adabiyotining etakchisi bo'lganligini va o'sha asrlarda fors tilida ijod etgan ko'pgina shoir, yozuvchi va mutafakkirlar (donishmandlar ,faylasuflar) yetishganliklarini tan oldilar. O'sha davr mutafakkirlarining fikrlari va aytgan so'zlari ibratli va abadiydir. 1922 va 1936 yillardagi uchrashuvlarda qadimiy va klassik hind-evropa tillari orasida fors tili (ikkinchi o'rin) maqomida ekanligi yana bir bor tasdiqlandi.
Fors tilining mumtozligi birinchidan - adabiy va adabiy nuqtai nazardan juda boy bo'lishligida, ikkinchidan, uning hayotining ming yildan oshiq vaqt davomida so'zlarida ozgina o'zgarishlar yuz berganligidadir.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Albatta, biron bir til vaqt o'tishi bilan o'zgarishlardan omon qolmaydi, ammo qancha oz o'zgarishlar bo'lsa, shunchalik mumtoz til va barqarorroq bo'ladi.
Usmoniylar davrida Usmonli imperiyasining forsiy tili bo'lgan, Birinchi jahon urushidan oldin hozirgi Turkiya va Suriyaning katta qismini qamrab olgan. Mamlakat aholisi o'z farzandlariga beradigan ko'plab forscha ismlar bor va ular hatto forscha ekanligini bilmasliklari ham mumkin.
Buyuk Britaniya mustamlakasiga qadar fors tili ham Hindiston yarim orolining rasmiy tili bol'gan va Bedil, Dehlaviy bu davrdagi fors tilida ijod etgan siymolardan hisoblanadi.
Pokistonda ham fors tilining mavqei yuqori bo'lgan. Iqbol Lohuriy o'zining fors tilidagi ijodlari bilan mashhur bo'lgan. Pokiston milliy gimni ham fors tilida kuylangan.
Fors tili 3 mamlakatda: Eron, Afg'oniston va Tojikistonning rasmiy tilidir va bu til ko'plab mamlakatlarda, masalan, Hindiston, Pokiston va yangi mustaqil bo'lgan Markaziy Osiyo respublikalarida juda muhim rol o'ynaydi.
Fors va yunon tillarini taqqoslash fors tilining qanchalik muhimligi va dinamikligi va barqarorligini ko'rsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Х.Махамадалиев, Х.Алимова, Г.Агзамова. Форс тили,-Тошкент-2010.
2. Гульфам А. Грамматические основы персидского языка,- Тегеран: САМТ,2006.
3. . Е.Э.Бертельс. Грамматика персидского языка., Ленинград-1926.
4. Рубинчик Ю.А. Грамматика современного персидского литературного языка,-М.:Восточная литература, 2001.
5. 1352.ù'j&3 ^J^UIA j^^
6. 1387 ùL*3 1 ^ .^ЬЪ1 f^jA
7. https://th-th.facebook.com/nurzamon.uz/posts/2943514899306629/