Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
FORS TILINI IKKINCHI TIL SIFATIDA O'QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
d https://doi.org/10.5281/zenodo.10457404
Husainova Gulnoza
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti "Sharq tillari" kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada fors tilini o'qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning uslub va metodlari yoritilgan. O'zbekiston va Eron o'rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar kun sayin rivojlanib bormoqda. Fors tili o 'qituvchisi o 'z til guruhining dars dasturi, til o 'rganishdan maqsadi, ruhiy va aqliy qobiliyatlari va o'qish muddatidan kelib chiqib, shunga mos o'quv materiallarini tanlashi va munosib o 'qitish usullarini ishlab chiqishi kerak.
Kalit so'zlar: metod, texnologiya, key study, zamonaviy o 'qitish, fors tili.
ABSTRACT
This article describes the methods and methods of using modern technologies in teaching the Persian language. Political, economic and cultural relations between Uzbekistan and Iran are developing day by day. Based on the curriculum of the language group, the purpose of language learning, mental and intellectual abilities, and the period of study, the Persian language teacher should choose appropriate teaching materials and develop appropriate teaching methods.
Key words: method, technology, key study, modern teaching, Persian language.
KIRISH
Masalan, fors tilini savdo sotiq ishlari maqsadida o'rganayotgan tadbirkor bilan fors tilini ilmiy maqsadlarda o'rganayotgan talaba orasida osmon bilan yercha farq bo'ladi.
Savdo-sotiq uchun soha bilan bog'liq bir qator atama va iboralarni o'rganishning o'zi kifoya bo'lsa, fors tilidagi qadimiy qo'lyozmalarni o'qish, tahlil va tarjima qilish uchun fors tili tarixini, lug'at boyligini, fonetik tizimi, grammatikasi va xatotlik usullarini asosli ravishda o'rganish taqozo etiladi. Tabiiyki, buni o'qitadigan o'qituvchilarning va til o'rganuvchilarning bilim saviyasi, hayotiy tajribasi, dars materiallari va o'qitish usullari tubdan farq qiladi.
Fors tilini ikkinchi til sifatida o'qitish uchun har bir til guruhining maqsadi va bilim saviyasiga mos alohida dastur, dars materiallari va o'qitish usullarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
O'qituvchi eng yaxshi o'qitish metodini izlash maqsadida ta'lim metodlaridan xabardor bo'lishi kerak emas, balki til o'rganuvchining maqsadi talab-ehtiyojlaridan xabardor bo'lish orqali qanday mavzularni o'qitishi kerakligini bilib olishi zarur.
Talaba o'qituvchining gapirgan gaplarini tushuna olishi, o'zining strategiyasiga tegishli qo'llanmalar va darsliklarni o'qiy olishi, imtihon topshirishi, dars paytida savol bera olishi, o'rgangan narsalarini gapirib bera olishi kerak.
O'qituvchi shu maqsadda qaysi so'zlarga, grammatik materialga va til ko'nikmalariga ehtiyoji borligini aniqlaydi.
Talab-ehtiyojlarini o'rgangandan keyin, til o'rganuvchining jismoniy xususiyatlari, til bilish qobiliyati, his-tuyg'ulari, ta'lim muassasaning imkoniyatlarini hisobga olib, til materiallarini o'qitish uchun qaysi o'qitish metodi hamda dars jarayonida qanday faoliyatlar ma'qul ekanligini belgilaydi.
Shuning uchun o'qituvchi barcha ta'lim metodlari va dars jarayonlarining xususiyatlaridan xabardor bo'lishi kerak, toki kerak bo'lgan ularning orasidan bir yoki bir necha ta'lim metodlari, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Fors tilini ikkinchi til sifatida o'qitishda yangi pedagogik ta'lim asosida zamon talabiga javob beradigan darajada o'zgartirish kiritishni zamon taqozo etmoqda. O'quv qo'llanma va darsliklarni tuzishda yangi pedagogik texnologiyaga suyangan holda, talabalarning mustaqil ishlashdagi faoliyatini oshirish maqsadida turli xarakterdagi mashqlarni berib, ularni bajarishda talabalardan ancha bilim va fikr yuritish talab qilinadi.
Talabalarning ma'naviy va ma'rifiy bilimlarini takomillashtirish maqsadida, fors tilida Eronning mashxur klassik shoir va allomalari, Eron xalqining bayramlari, urf-odatlari, geografiyasi, iqtisodi va turmush tarzi haqida ma'lumotlar berildi. Bu mavzularni qamrab olgan matnlar til o'rganish materiali bo'lishi bilan birga talabalarning Eron haqidagi bilim doiralarini kengaytirib borishga yordam beradi.
Masalan so'roq gaplar va fe'l mavzulari misolida peagogik texnologiyalardan foydalanishning samarali usullarini ko'rib chiqishimiz maqsadga muvofiq bo'ladi.
Fors tilida ot kesimli sodda gaplarga savol tuzish uchun turli usullardan foydalaniladi.
1. Intonatsiya orqali;
2. 4*va 4a so'roq olmoshlari orqali;
3. So'roq yuklamalari orqali;
4. So'roq olmoshlari va so'roq so'zlari orqali.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
So'roq gaplaming yasalishi mavzusini o'zbek va fors tilini solishtirish orqali 'Venn diagrammasi " metodi orqali ko'rsatib berishni maqsad qildik.
Jadvaldan ko'rinib turibdiki, o'zbek tilida ham fors tilida ham so'roq gaplaming yasalishida so'roq yuklamalari, so'roq olmoshlari, so'roq ohangi, so'roq so'zlari ishtirok etadi. BBB metodini fors tilida so'roq gaplarning ifodalanishi maBzusiga tadbiq qildik Ba natija quyidagicha:
Jadvalning bilaman qismiga so'roq gap haqida umumiy bilganimiz yozildi. Biz o'zbek tilida so'roq gaplarning yasalishidan xabardor bo'lganimiz uchun jadvalning bilishni xohlayman qismiga fors tilida so'roq gaplarning yasalishi haqida savol berdik. Eng oxirgi Bilib oldim qismiga esa fors tilida so'roq gaplarning 4 xil yo'l bilan yasalishini to'liq yoritib berdik. Bundan ko'rinib turibdiki BBB jadvalidan muvafaqqiyatli foydalandik.
BBB jadvali
Bilaman
Bilishni xoxlayman
Bilib oldim
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
So'roq gaplar so'roq olmoshlari bilan yasaladi.
Fors tilida so'roq gaplar qanday yo'l bilan yasaladi?
Fors tilida so'roq gaplar 4 xil yo'l bilan yasaladi:
1. Intonatsiya
2. 45 va 4a so'roq olmoshlari
Ba y yuklamalari
4. So'roq so'zlari chetour , 4 che rang, chekare, ko'jo, ko'dom, chegune
BBB metodini fors tilida so'roq gaplarning ifodalanishi mavzusiga tadbiq qildik. Bunda talabalar ushbu metod orqali o'zbek Ba fors tilidagi so'roq gaplarning o'zaro tuzilishi Ba tarkibiy qismlari haqida muhim ma'lumotlarga ega bo'lishiga erishdik.
Barcha tillarda bo'lgani kabi fors tilida ham fe'l tilda gap yasalishida faol ishtirok etadigan eng muhim leksik unsurlardan biri hisoblanadi. Fe'l predmet yoki shaxsning ish-harakatini ko'rsatadi. Bu ish-harakat ma'lum zamonda ma'lum shaxs tomonidan bajariladi. Fe'lda zamon, shaxs-son ma'nosi o'z aksini topadi.
Fors tilida fe'l boshqa gap bo'laklari orasida muhim o'rin tutadi, u nafaqat ma'nolar boyligi va xilma-xilligi, balki qo'llanilish shakllarining ham ko'pligi jihatidan ajralib turadi.
Biroq fors tilida fe'llarning tuzilishiga ko'ra turlari to'g'risida turli qarashlar mavjud. Bizga ma'lumki, Y.A. Rubinchik fors tilidagi fe'llarni tuzilishiga ko'ra quyidagi uch turga bo'ladi: 1) sodda fe'llar; 2) prefiksli fe'llar; 3) qo'shma fe'llar; Ammo bundan ancha oldin Eron tilshunos olimi P. N. Xonlariy o'z tadqiqotlarida fors tilida fe'llarning tuzilishiga ko'ra besh turi mavjudligini aytib, fe'llarning yuqorida keltirib o'tilgan uch turdan tashqari yana ikki tur: fe'l ishtirokida yasalgan iboralar (<J*i va o'timsiz fe'llarni (j-^j cM) ham fe'l turlari sifatida
eslatib o'tsa, boshqa eronlik tilshunoslar H. Anvariy va H.A. Giviy fors tilidagi fe'llarni tuzilishiga ko'ra quyidagi olti turga bo'lib ko'rsatishadi: 1) sodda fe'llar (¿ou <jU J*i); 2) prefiksli fe'llar (^jAj ^ J**); 3) qo'shma fe'llar cM);
4) prefiksli qo'shma fe'llar ^ jM); 5) fe'l ishtirokida yasalgan iboralar
( J*^ ^jLp); 6) bir shaxsli o'timsiz fe'llar (4^^ ^ ^jV J*i).
Fe'lning prefiksli qo'shma fe'llar, fe'l ishtirokida yasalgan iboralar va bir shaxsli o'timsiz fe'llar kabi turlari rus va o'zbek eronshunosligida qo'shma fe'llar jumlasidan hisoblanadi.
Fors tilidagi fe'llarning soni boshqa tillarda mavjud bo'lgan fe'llar soniga nisbatan kamroq bo'lib, "Farhang-e forsi-ye emruz" ("Hozirgi fors tili lug'ati") muallifi G'ulomhusayn Sadriafshorning aytishicha: o'tmish davrlardan hozirgacha
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
bo'lgan fors tilida 600-700 atrofida fe'l mavjud bo'lib ularning ham katta qismini qo'shma fe'llar tashkil etadi. Y.A. Rubinchikning aytishicha, fors tilining fe'l tizimida so'z yasash usullari anchagina cheklangan bo'lib, sodda va prefiksli fe'llarning ushbu tildagi boshqa so'z turkumlaridan farqli ravishda asosan fors tilida soni uncha ham ko'p bo'lmagan so'z yasovchi affikslar yordamida, ya'ni affiksatsiya usuli bilan yasalganligini ko'rish mumkin. Biroq ushbu eronshunosning aytishicha, hatto ana shu affiksatsiya usuli bilan yangi fe'llarning yasalishi ham ilgari zamonlarda yuz bergan bo'lib, hozirgi fors tilida yangi sodda va prefiksli fe'llarning yasalishi deyarli yuz bermayapti. Bularning barchasi hozirgi fors tilida sodda va prefiksli fe'llarning qo'shma fe'llarga nisbatan anchagina kam bo'lishiga sabab bo'lgan.
Jumladan, fors tilida sodda fe'llarning soni unchalik ko'p bo'lmay bir sodda fe'lning ma'lum leksik va grammatik o'zgarishlarga uchragan turlarini ham alohida fe'l sifatida ko'rsatish orqali ularning soni ikki mingtadan oshishi to'g'risida da'vo qilgan o'tmish tilshunoslari va leksikograflarini tanqid qilgan P. N. Xonlariy fors tilidagi sodda fe'llarning soni uch yuztaga ham yetmasligini eslatib o'tsa, boshqa bir tadqiqotchi S. Karimiy aynan hozirgi fors tilida real qo'llanuvda bo'lgan sodda fe'llarni nazarda tutgan holda ularning soni ko'pi bilan 130 taga yetishi mumkinligi to'g'risida gapiradi. Yana bir eronlik tilshunos A. Sodiqiyning fikricha esa hozirgi fors tilidagi yozma va og'zaki nutqda ko'pi bilan 115 ta sodda fe'l ishlatiladi.
Biroq bularning barchasiga qaramasdan sodda va prefiksli fe'llarning fors tilidagi ish-harakatni ifodalash hamda gap tuzilishida tutgan o'rnini e'tiborga olmaslik ham mumkin emas. Bundan tashqari, shuni ham unutmaslik lozimki, sodda fe'llar fors tilidagi prefiksli va qo'shma fe'llarning yasalishida katta rol o'ynaydi.
Fe'lning turlari.
Oet»jTjrapHHHr Ty3HjTHiii Typjiapn
/ / KyuiMa 9 ripe4)HKCJiH#i C<wi 2
Fe'llarning tuzilishiga ko'ra turlarini "Baliq skeleti" metodi orqali ko'rsatib berish maqsadga muvofiq xisoblanadi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
Ushbu texnologiya baliq model chizmasi orqali namoyish etilib, bunda talabalar o'rtaga tashlangan muammoni xar tomonlama ochib berishga xarakat qiladilar. Baliq skeleti chizmasi vatmanga chizilib uning tepa qismiga yechilishi kerak bo 'lgan muammo yoziladi. Pastki qismiga muammoni xal etilish yo 'llari yozib boriladi.
Bu usul orqali o'quvchilar mustaqil, keng, ijodiy, tanqidiy fikrlashga o'rganadilar.
Fors tilida fe'llar tuzilishiga ko'ra uch turga bo'linadi:
1. Sodda fe'llar.
2. Prefiksli fe'llar.
3. Murakkab fe'llar yoki qo'shma fe'llar.
Xulosa qilib aytganda, fors tilini talabalarga ikkinchi til sifatida o'rgatishda yangi pedagogik texnologiyalar, taqdimotlar, audio - video materiallar orqali ta'lim berish yuksak natijalarga olib kelishi isbotlangan.