Научная статья на тему 'LALMIKORLIKDA NAV, EKISh MUDDATI VA ME’YORLARINING XANTAL YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASIDAGI ROLI'

LALMIKORLIKDA NAV, EKISh MUDDATI VA ME’YORLARINING XANTAL YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASIDAGI ROLI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

98
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xantal / yomg'irli sharoit / tog' oldi zonasi / urug'lanish darajasi / ekish vaqti / dalaning unib chiqishi / don hosildorligi. / горчица / богарной условия / предгорной зона / норма высева / срок посева / полевой всхожесть / урожай зерна.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — L. B Mavlanov, P. X Bobomirzaev, J. Xudoyberdiev

Maqolada ekish vaqti va me’yorining dalaning unib chiqishi va xantal donining hosildorligiga ta’siri yoritilgan, shuningdek, yomg‘irli tog‘ oldi zonalarida xantal ekish normalari va muddatlari bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье описано влияние сроков и нормы высева на полевой всхожести и урожай зерна горчица а также даны рекомендации по нормам и срокам посева горчицы в предгорных зон богарных условиях

Текст научной работы на тему «LALMIKORLIKDA NAV, EKISh MUDDATI VA ME’YORLARINING XANTAL YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASIDAGI ROLI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

LALMIKORLIKDA NAV, EKISh MUDDATI VA ME'YORLARINING XANTAL YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASIDAGI ROLI

L. B Mavlanov

TDAU Samarqand filiali 2-bosqich, magistranti,

P. X Bobomirzaev

TDAU Samarqand filiali prof.v.b, q.x.f.d (DSc),

J. Xudoyberdiev

Agrobiologiya fakulteti 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada ekish vaqti va me'yorining dalaning unib chiqishi va xantal donining hosildorligiga ta'siri yoritilgan, shuningdek, yomg'irli tog' oldi zonalarida xantal ekish normalari va muddatlari bo'yicha tavsiyalar berilgan.

Tayanch so'zlar: xantal, yomg'irli sharoit, tog' oldi zonasi, urug'lanish darajasi, ekish vaqti, dalaning unib chiqishi, don hosildorligi.

АННОТАЦИЯ

В статье описано влияние сроков и нормы высева на полевой всхожести и урожай зерна горчица а также даны рекомендации по нормам и срокам посева горчицы в предгорных зон богарных условиях.

Ключевые слова: горчица, богарной условия, предгорной зона, норма высева, срок посева, полевой всхожесть, урожай зерна.

ABSTRACT

The article describes the influence of the timing and seeding rate on field germination and mustard grain yield, and also gives recommendations on the rates and timing of mustard sowing in rainfed foothill zones.

Key words: mustard, rainfed conditions, foothill zone, seeding rate, sowing time, field germination, grain yield.

Kirish. Oxirgi 10 yilda jahonda xantalning maydoni 0,7 dan 1,1 mln.gektarga o'zgardi. Jahon bozoridagi xantalning 70%i

May 12-13

391

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Kanada davlati hissasiga to'g'ri keladi[16].

Dunyoda xantalni eng ko'p yetishtiradigan davlat Hindiston hisoblanib, yiliga 2,0 mln. tonna, Pakiston va Bangladesh esa, 150 ming tonnadan urug' yetishtiradi. Bu mamlakatlarda yetishtirilgan xantaldan o'simlik moyi olinib, bu xantal urug'ining asosiy qismi turli oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash uchun yuboriladi [15].

Oxirgi vaqtlarda bu ekinga bo'lgan qiziqish farmasetivka, oziq-ovqat, kosmetologiya va medisina sohalariga juda kerakli xomashyoligi bilan bog'liq. Xantal urug'i tarkibida 30-47 % moy saqlaydi. Xantal moyi yuqori sifatli taomi bilan xarakterlanadi. U oziq-ovqat maqsadlarida konserva, nonbulka, qandolatchilik sanoatida shuningdek yengil sanoat a farmasetika tarmoqlarida ishlatiladi. Dehqonchilikning mahsuldorligini oshirish va barqarorligini ta'minlashda tuproq unumdorligini saqlash va qayta tiklash muhim hisoblanadi. Qishloq xo'jalik ekinlarining yetishtirishda tuproqdagi organik o'g'itlarning keskin tanqisligidan saqlashning samarali usullaridan biri ekintlarni tuproqqa yashil massa sifatida haydash hisoblanadi. Xanalga bo'lgan qiziqishning oshishi uning qisqa o'suv davrida yuqori yashil massa hosil qilishidir.

Xantal eng qimmatbaho o'simliklardan hisoblanadi. Dunyoda xantal moyli o'simlik sifatida eng ko'p ishlatiladigan o'simliklardan biridir. Hozirgi vaqtda xantal dunyoda eng ko'p tarqalgan moyli ekin bo'lib, kungaboqar, soya va moyli zig'irdan keyin to'rtinchi o'rinda turadi. U oziq-ovqat sanoatida, konserva va qandolat mahsulotlari olishda,to'qimachilik va dori-darmon ishlab chiqarishda foydalaniladi. Xantal moyi qo'shilgan nonlar yumshoq bo'lib, qotib qolmaydi. Xantal moyida efir ham bo'lib, upa-elik olishda ishlatiladi. Xantal kunjarasidan achchiq, kuydiruvchi ta'mli xantal kukuni olinib, qog'oz tayyorlanadi. Oq xantal, qo'zoqcha hosil qilguncha chorva mollari uchun ertangi ko'k poya beradi.100 kg ko'k poyasi 16 oziq birligi saqlaydi. Ko'k no'xat, vika va boshqa ekinlarga qo'shilib,ko'kat o'g'it sifatida ekiladi. Xantal ko'p gullagani uchun asalarilar bu o'simlikka o'chbo'ladi.O'zbekistonda xantal urug'i uchun ekilganda gektaridan 22-25 s.gacha urug'olinadi. Shuningdek, xantal urug'i tarkibida sinigrin glikozidi, mirozin fermentlarbor. Sinigrin glikozidi ferment ta'sirida glyukoza, kaliy bisulfat va zaharli xantal efir moyiga parchalanadi.

Xantal karamdoshlar oilasiga mansubdir. Barcha uch tur 150 dan ortiq bir yillik va ko'p yillik, madaniy va yovvoyi Sinapis va Brassica turlardan iborat. Uning madaniiy 3 xil bo'lib oq (Sinapis alba), kul rang (Sinapis arvensis) va qora (Sinapis nigra) turlari mavjud. Ular ko'plab umumiy

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

morfologik va biologik xususiyatlarga ega va turlarning farqlari turli xil yetishtirish sharoitlari va kelib chiqishi bilan bog'liq.

Kelib chiqishi O'rta yer dengizi hisoblanib, u yerdan shimoliy yarim sharning deyarli barcha mamlakatlariga, Amerika, Yaponiya, Hindistonga tarqaldi. Hindistonda oq xantal mamlakat shimolida bog'dorchilik ekinlari sifatida yetishtiriladi, uning yosh barglari qish mavsumida sabzavot sifatida ishlatiladi. Xantal Toshkent,Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Xorazm viloyatlarida hamda Qoraqalpog'iston Respublikasidagi ekinzorlarda begona o't sifatida, shuningdek yo'l yoqalarida va aholi yashaydigan yerlarda o'sadi. Xantal hozirda 21 dan ortiq mamlakatlarda yetishtiriladi.

Dehqonchilikning mahsuldorligini oshirish va barqarorligini ta'minlashda tuproq unumdorligini saqlash va qayta tiklash muhim hisoblanadi. Qishloq xo'jalik ekinlarining yetishtirishda tuproqdagi organik o'g'itlarning keskin tanqisligidan saqlashning samarali usullaridan biri tuproqqa yashil massa sifatida haydash hisoblanadi. Xantal o'simligi qisqa davrda 20-30 t/ga yashil massa hosil qiladi, undan yashil o'simlik sifatida foydalanish mumkin. Shu bilan birgalikda asalarichilikda asal yig'diruvchi o'simlik sifatida foydalanish mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O'zbekistonda noan'anaviy ekin xantalni agrobiologiyasini o'rganish va uni respublikamizda yetishtirish dolzarb ahamiyatga egadir.

Noan'anaviy ekin xantal o'simligining lalmikorlik mintaqasi sharoitida ilk marotaba agrobiologiyasini asoslash va uni yetishtirish texnologiyasi ishlab chiqish muhim hisoblanadi.

Materiallar va usullar. Dala tajribalari noan'anaviy ekin xantal o'simligining lalmikor tog' oldi mintaqasi sharoitida xantal o'simligining maqbul (qulay) ekish muddatlarini va me'yorlarini aniqlash maqsadida Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining Baxmal ilmiy-tajriba stansiyasining lalmikor maydonida ilmiy tajribalar olib borildi.

Tajribada xantalni bahorgi 20 mart, 1 aprel xamda 10 aprel oylaridagi ekish muddatlarining har birida ekish me'yori gektariga 2,0; 2,5; 3,0 va 3,5 mln. dona unuvchan urug' hisobida ekilib o'rganildi. Dala tajribalari 4 qaytariqli hisobga olinadigan paykallarning kattaligi 31,5 m2, 3 yarusli qilib joylashtirildi.

Dala tajribalaridagi barcha kuzatish, o'lchash, hisoblash va tahlil ishlari umumqabul qilingan uslub va tavsiyalar asosida olib borildi [1].

Dala tajribalarda olingan natijalarining statistik tahlili

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

WinQSB-2.0 hamda Microsoft Excel dasturlari yordamida B.A.Dospexov uslubi bo'yicha hisoblandi [2].

Olingan natijalar va ularning tahlili. Ilmiy manbalar tahlilariga ko'ra, o'simlik urug'larning ekish-unib chiqish davri, rivojlanish fazalarining davomiyligi juda ko'p omillarga harorat, namlik, yorug'lik, oziqa moddalar bilan taminlanishi, navning biologik xususiyatlari, agrotexnik tadbirlarga bog'liq holda o'zgardi [3;4;5;6;7;8;9;10;11;12;13;14].

Tajribalarimizda bahorgi muddatda (21.03) gektariga (2,0; 2,5; 3,0 va 3,5 mln donadan ekilgan xantal o'simligining 1m2da ko'chatlar soni o'rtacha 186 tadan 253 tagacha, dala unuvchanligi 63,3-74,3 % ni va hosildorlik 7,9 - 9,8 s/ga tashkil qildi.

Tog' oldi mintaqasi sharoitida aprel oyi (01.04.2022) boshida havo xaroratining ko'tarilishi va tuproqda namlikning yetarli bo'lishi gektariga 2,0; 2,5; 3,0 va 3,5 mln. donadan ekilgan xantal o'simligi 1m2da ko'chatlar soni o'rtacha 211 tadan 227 tagacha, dala unuvchanligi esa 74,3 - 84,3 % ni bo'lishi aniqlandi va gektarida 10,7 s/ga dan 14,3 s/gacha hosilni tashkil etdi.

Aprel oyning ikkinchi o'n kunligida (10.04.2022) muddatida gektariga 2,5; 3,0; 3,5 va 4,0 mln donadan ekilgan dala maydonida xantal o'simligi 1m2da ko'chatlar soni o'rtacha 218 tadan 293 tagacha, dala unuvchanligi esa 73,3 - 87,3 % ni bo'lishi aniqlandi va gektarida 12,1 s/ga dan 15,0 s/gacha hosilni tashkil etdi.

Tadqiqotdan olingan natijalariga ko'ra mart va aprel oylarida gektariga 2,5 mln donadan ekilgan variantlarda 2,0 va 3,0; 3,50 mln donadan ekilgan variantlarga nisbatan hosildorlik yuqori bo'lishi aniqlandi.

Xulosalar. Xulosa o'rnida aytish mumkinki, xantal xosilini shakllanishi malum darajada uning ekish muddati va me'yorlariga bog'liq. Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko'ra xantalni 10 aprelda getariga 2,5 mln. dona unuvchan urug' ekilganda eng yuqori don hosili gektaridan 15,2 sentner bo'ldi. Ekishni 10 apreldan erta (21.03; 1.04) va kech (20.04) muddatlarida ekish hamda ekish me'yorlarini gektariga 2,5 mln.unuvchan urug'dan oshirib borish bilan hosil kamayishi kuzatildi.

REFERENCES

1. Дала тажрибаларини утказиш услублари.- УзПИТИ, -Тошкент, 2007.-145 б.

2. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. -М., 1985. -356 с.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

3. Rustamov, M., Bobomirzayev, P., & Fayzimurodov, J. (2022). KUZGI YUMSHOQ BUGDOYNING "JASMINA" NAVI DON HOSILDORLIGIGA EKISH MEYORLARNING TA" SIRI. Academic research in educational sciences, (Conference), 258-263.

4. Ризаев, Ш. (2006). Тупрокка ишлов бериш чукурлиги ва гербицид меъёрларини бегона утлар, кузги бугдой ва унинг сифатига таъсири. к/х ф. н. Диссертация автореферати. Самарканд. 2006. б. 11 (Doctoral dissertation, Диссертация автореферати. Самарканд. 2006. б. 11).

5. Дияров Г.К., Rizaev Sh.X. Влияние сроков посева и норм минеральных удобрений на продолжительность вегетационного периода кунжута. Ж. Актуальные проблемы современной науки. Информационно аналитеческий журнал, Россия. № 1, 2023.28-34 с.

6. Sanaev, S. Т., & Rakhmatov, I. I. Results of evaluation after growing sorts of vegetable (sweet) corn as re-sowing. In IX International Scientific and Practical Conference (pp. 231-234).7.Бойжонов, У. Урмон Мирзохидов, Гулрабо Рустамова, & Алишер Ботиров (2022). САМАРКАНД ИЛМИЙ ТАЖРИБА СТАНЦИЯСИ КОЛЛЕКЦИЯ МАЙДОНЛАРИДАГИ ИСТЩБОЛЛИ УРИК НАВЛАРИДА ФЕНОФАЗАЛАРНИ УТИШ МУДДАТЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3, 287-292.

8.Sanaev, S. Т., & Saparniyazov, I. A. (2019). The influence of mulching methods on the cultivation, development of productivity of varieties and hybrids of vegetable (sweet) corn in the conditions of Karakalpakistan. Корацалпогистонда фан ва таълим, 100-108.

9. Т. Ostonakulov, O. Alimardonov, I. Amanturdiev, A. Shamsiev. (2021). Management of Agrophysical Soil Properties, Plant Growth and the Formation of a Potato Yield with Early and Double-yielding Culture by Optimizing Row Spacing and Maintenance Measures in Southern UZBEKISTAN. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 11907-11916. Retrieved from https://www.annalsofrscb.ro/index.php/iournal/article/view/4045

10. F.Toshkentboeva Sh.Nurkabulov G'.G'aybullaev MIKRO VA MAKRO O'G'ITLARNING KUZGI BUG'DOY HOSILDORLIGI VA DON SIFAT KO'RSATKICHLARIGA TA'SIRI. O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi jurnali, 2021/11/26.

11. Бозоров, К. Ш., & Муминова, З. К. (2019). Продуктивность озимой пшеницы в зависимости от способа

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

г

основной обработки почвы и норм фосфорных удобрений на эродированных типичных сероземах. Актуальные проблемы современной науки, (2), 127-130.

12. Fayzimurodov, J., & Toshmurodov, E. (2023). Beda o'simligining chorvachilikka va tuproq unumdorligiga foydali xususiyatlari. Science and innovation in the education system, 2(4), 76-78.

13. Бозоров, К. Ш., & Муминова, З. К. (2019). Продуктивность озимой пшеницы в зависимости от способа основной обработки почвы и норм фосфорных удобрений на эродированных типичных сероземах. Актуальные проблемы современной науки, (2), 127-130.

14. Mashrabov, M. I., Makhmatmurodov, A. U., & Kadirova, G. A. (2022). THE CHANGING OF PHOSPHATE REGIME OF SOILS WITH CARBONMAGNESIA SALTING UNDER THE INFLUENCE OF NEW COMPLEX FERTILIZERS AT COTTON CULTIVATION. Academic research in educational sciences, 3(Speical Issue 1), 64-74.

15. https://proagro.com.ua/rus/periodical/basic/as167/3946.html

16.https://propozitsiya.com > gorchichnye-realii-i-perspektivy

Bahtiyorovich A. F. et al. Breeding of Oil Flax for Rainfed Conditions //Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences. - 2022. - Т. 10. - С. 1-3.

17. Озилов З. и др. ЛАЛМИКОРЛИКНИНГ TOF ОЛДИ МИНТА^АСИ ШАРОИТИДА ХАНТАЛНИНГ УСИШИ, РИВОЖЛАНИШИ ВА ХОСИЛДОРЛИГИГА ЭКИШ МУДДАТЛАРИ ВА МЕЪЁРЛАРИНИНГ ТАЪСИРИ //Innovative Development in Educational Activities. - 2023. - Т. 2. - №. 6. - С. 571-575.

18. Очилов З. А., Жураев М. А., Мавланов Л. Б. ЛАЛМИ ЕРЛАРНИНГ TOF ВА TOF ОЛДИ, ^ИР-АДИРЛИК, ТЕКИСЛИК МИНТА^АЛАРИДА ЭКИШ УЧУН ЮМШОК БУЕДОЙНИНГ ЯНГИ НАВЛАРИ //Educational Research in Universal Sciences. - 2023. - Т. 2. - №. 3. - С. 387-392.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.