Tashkent Medical Academy Volume 3 | TMA Conference | 2022
The significance of the scientific, cultural Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in merosining ahamiyati va uning fan
MILLIY G'OYA, MAFKURA VA QADRIYATLAR
O'rol Murodovich Abilov
Toshkent tibbiyot akademiyasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2021 yil 19 yanvar kuni ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishida "Biz yaratayotgan yangi O'zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g'oyasi bo'ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan."1 deb ta'kidlab o'tdi.
Milliy g'oya shakllanishi va mustahkamlanishi jarayonining samarali faoliyat ko'rsatishi muayyan ideal (har jihatdan bekami ko'st, rasmana) - andozalar va qadriyatlar majmuining mavjud bo'lishini taqozo etadi. Negaki, milliy g'oya oldiga qo'ygan maqsad va vazifalarning mukammal hamda to'liq amalga oshishini ta'minlovchi kuchlar asosan shulardan iborat bo'ladi. Ularning milliy xususiyatlari, tarix silsilasining beshavqat sinovlaridan o'tgan-o'tmaganligi, jahon andozalari, tajribalariga mos kelish-kelmasligi, umuminsoniy qadriyatlarga uyg'unlasha olish olmasligi, barqarorlik xususiyatlari, erkinligi va shu kabi ko'plab sifatlari bor.
Shulardan biri milliy davlatchilikni rivojlantirish sohasidagi qadriyatlar bo'lib, o'z atrofidagi suverenitetlik, barqarorlik, hamjihatlik, tinchlik, ozodlik, mustaqillik kabi tushunchalarni qamrab oladi va birlashtiradi.
Suverenitetlik fransuzcha - oliy hokimiyat degan mazmunni bildiradi va u ikki xil: davlat va xalq suvereniteti yo'nalishlarida qo'llaniladi.
Davlat suverenitetligiga asosan mavjud hokimiyatning ichki va tashqi siyosatidagi to'la mustaqilligi hamda davlatning eng muhim belgisi sifatida qaraladi. Davlat suverenitetining asosiy vazifalari sifatida: hokimiyat organlari va fuqarolari to'g'risida qonunlar qabul qilish, ichki va tashqi siyosat hamda urush va tinchlik muammosini odilona hal qilish, barcha chigal muammolarni asosan odil sud hal qilishini ta'minlash, mansabdor shaxslar va davlat arboblarini tanlov asosida
1 Mnp3HeeBffl.M. MaiHaBHH-Maipn^HH nmnap th3hmhhh Ty6gaH TaKOMH^amTHpnm, 6y 6opaga gaBnaT Ba ^aMoaT TamKH^oraapHHHHr xaMKop^muHH KynaHTHpnm Macananapn 6yHHHa BngeoceneKTop HHEHjumn. 2021 hh^ 19 aHBapb
December 16
269
Tashkent Medical Academy
The significance of the scientific, cultural
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in
Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan
tayinlash, jinoyatga yarasha jazo va afv kabilar amal qiladi.
Xalq suvereniteti esa, barcha sohalarda ommaning to'liq hukmronligini ta'min etadi, fuqarolik hokimiyatiga xos xususiyatlar, erkin harakat qilish, imkoniyati yuzaga chiqadi va xalq boshqaruvini ta'min etadi. Hozirgi davrda xalq suvereniteti g'oyasi ko'pchilik davlatlarning konstitutsiyasida o'z ifodasini topgan. Shular qatori O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yettinchi moddasida "Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir" deb ko'rsatilgan. O'z-o'zidan ko'rinib turibdiki, yuqoridagilarning mavjud bo'lishi milliy g'oya shakllanishi va uning mustahkam amal qilishi asosiy tayanchlardir.
Tarixdan ma'lumki, barqarorlik ijtimoiy taraqqiyot, bunyodkorlik, yaratuvchilik, ijodkorlik faoliyatining asosiy zamini va zaruriy shartidir. Barqarorlik sharoitida, shuning natijasi o'laroq fan va madaniyat, shunga monand ishlab chiqarish, kishilarning ijtimoiy farovonligi beqiyos tezkorlik bilan gurkiraydi, o'sadi, sayqallanadi, kamolot sari intiladi, boyiydi. Uning teskarisi, beqarorlik esa, imkoniyat erishgan barcha sohalardagi yangilik va yutuqlarning kushandasi, inson zarur bo'lgan ijtimoiy taraqqiyotni sustlashtiruvchi yoki tamomila ayrim muddatga to'xtatuvchi holatdir. O'zbekistonda istiqlolning dastlabki kunlaridanoq bunday hol ro'y bermasligining barcha chora-tadbirlari ko'rilganligiga yurtimizda amalga oshirilayotgan va ro'y berayotgan ijobiy o'zgarishlarning jahonshumul ko'lami guvohdir.
Bundayin sarbalandlikning asosida, albatta, hamjihatlik, tinchlik va yurt osoyishtaligi yotadi. Mazkur holatga erishish o'z-o'zidan bo'lgan narsa emas. Kishilar ongida madaniy, ma'naviy jihatdan yangilanish, boqimandalik illatidan tamomila xalos bo'lish, ozodlik va mustaqillik kabi ne'matlardan to'la bahramand bo'la olish imkoniyatlariga tomon o'zgarish kabi xususiyatlarni ijobat qilishday vazifalar borki, bular barchasi jamuljam bo'lib, umum maqsad - milliy g'oya shakllanishi asoslarining ma'lum bir sifatida maydonga chiqadi.
Aytish joizki yuqoridagi xususiyatlarning amal qilishi ma'lum bir asosga ega bo'lgan holda, to'g'rirog'i, demokratik asosda, albatta, milliy xususiyatlar ehtiyojini hisobga olgan holda tashkil qilinmas ekan, u ko'zlagan samarani berishi qiyin. Ular demokratiyani rivojlanish sohasidagi qadriyatlar bilan mushtaraklashishi lozim. Bunday qadriyatlardan biri barcha fuqarolarning qonun oldida tengligidir. O'z huquqini kishilar, yuqori pog'onalardan emas mahalliy hokimiyatlardan talab qilishi va qidirishi lozim. Jamiyat taraqqiyoti va fuqarolar ruhiyatini, ongini shu darajada ko'tarish, barchaga barobar shu holatni joriy qilishgina jamiyatni erkin, ijodiy rivojlantirish, huquqiy fuqarolik
December 16 Republican Scientific and Practical Conference
270
Tashkent Medical Academy
The significance of the scientific, cultural
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in
Volume 3 j TMA Conference j 2G22 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan
jamiyatini to'laqonli qurish imkoniyatlarini yuzaga keltiradi. Qonun hamma uchun barobarligi faqatgina qog'ozda bo'lmasligini ta'minlash lozim. Qachonki, kishilar o'z huquqlarini bilmaslik oqibatlaridan qutulmas ekan, demokratik, huquqiy fuqarolik jamiyatiga o'tish muammoligicha qolaveradi.
Ijtimoiy taraqqiyotning demokratik rivojlanish jarayoni shaxsning sha'ni va qadr-qimmatini ayni paytda qay darajada e'zozlay olish imkoniyatlari va harakat me'yoriga ham ko'p jihatdan bog'liqdir.
Zero, mamlakatimizning ustivor yo'nalishlaridan biri hamda asosiy inson va inson omili sifatida barkamol avlodni tarbiyalashdek ulkan va muqaddas vazifani o'z oldiga maqsad qilib qo'yganligi bugungi yutuqlarimizning zamini, garovidir. Bu o'z navbatida mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy hayotda va faoliyatda erkin tanlash huquqi xalq qo'lida ekanligining ifodasi - hosilasidir. Tabiiyki, bobomiz sohibqiron Amir Temur nazdi bilan aytganda "Kuch adolatda" bo'lganligi kabi ularning pirovardida ijtimoiy adolat mezoni yotadi. Ijtimoiy adolat mezonining xalqparvarlik xususiyati Respublikamizda qabul qilingan va amaldagi qonunlarimiz miqyosida namoyon bo'lmoqda. O'zbekiston barcha fuqarolarining ijtimoiy va huquqiy himoyalanganligi shular sirasiga kiradi. Milliy g'oya maqsadining ideallari ayni shularga asoslanishi tarixiy taraqqiyotning haqiqatlaridan biridir. Bu o'rinda fuqarolik jamiyati yuzaga kelishi va uning oliy ko'rinishlaridan biri umummilliy birlik hamda hamjihatlikning mavjudligi milliy g'oya ideallarida insonparvar xususiyatlar ustivor ekanligidan dalolat beradi. Mamlakatimizda hayot insonparvarlik, demokratik tamoyillarga asoslanganligini ko'rsatuvchi omillar va qadriyatlar, amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlar ko'lamining beqiyosligi, jahon jamoatchiligi tomonidan hayrat bilan tan olinayotganligi, O'zbekiston davlatining milliy g'oyasi borligi va shuning yo'rig'ida o'z milliy demokratik taraqqiyot yo'lidan borayotganligini ifoda etadi.
Ma'lumki, har qanday jamiyatning asosini shaxslar tashkil etadi. Shaxslar maslak, qiziqish va inon ixtiyorlariga qarab aniq guruhlar, siyosiy tashkilotlar, uyushmalar va hokazolarga mansub bo'lishi mumkin. Bular barchasi shaxsning ma'naviy qiyofasini, sifatini belgilovchi omil va qadriyatlar shakli-shamoyilida o'zligini ko'rsatadi. Ayni sifatni belgilovchi qadriyatlarga o'zi tug'ilgan zaminga -Vatanga, o'z xalqiga xolis muhabbat, Ona Vatan bilan faxrlanish tuyg'usining metindek mustahkamligi, fuqarolik burchiga sadoqat, har bir millatning o'z milliy madaniyatiga hurmat, o'tmish avlodlar, ota-bobolarning insonparvar urf-odatlari va an'analariga, xalqning tarixiy-madaniy merosiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish kabilarni
December 16 Republican Scientific and Practical Conference
271
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science
Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan
taraqqiyotidagi o'rni
'.qqtyottüa^
kiritish mumkin. Undan tashqari, milliy odob-axloq qoidalariga rioya etish, o'zidan yoshi kattalarga hurmatda bo'lish, oilada, jamiyatda xotin-qizlar va bolalar sha'nining cheklanishiga yo'l qo'ymaslik, katta avlodning o'sib kelayotgan avlod oldida, o'sib kelayotgan avlodning katta avlod oldida ma'sul bo'lishi, yoshlarning yuksak axloqqa ega bo'lishi, ularning ma'rifatliligi darajasi kabilar ham shular jumlasidandir.
Ba'zilar ishlab chiqarishning ma'naviyatga, milliy g'oyamizga nima aloqasi bor, deb o'ylashlari mumkin. Juda ham aloqasi bor. Milliy g'oyamizning asosida adolatli, sharqona demokratik huquqiy davlatni qurish yotar ekan, bu borada islohotlarni amalga oshirish maqsad qilib qo'yilgan ekan, uning negizida halollik, ishbilarmonlik, imon-e'tiqod, bilimdonlik yotishi tabiiy hol. Bular bari milliy ma'naviyat va milliy g'oyaga borib taqaladi. Shundan ko'rinib turibdiki, ular bir-biri bilan mushtarak, bog'liq tushunchalardir. Shu bois ularni baravar rivojlantirish talab etiladi.
O'zbekiston aholisi milliy tarkibining murakkabligi va o'ziga xosligi shundaki, uning fuqarolari bir yuz yigirmadan oshiq millat, elat, etnik guruhlarning birlashmasidan tashkil topgan. Shu bois, birgalikda yashayotgan xalqlarning milliy o'ziga xosligini tan olish va hurmat qilish milliy g'oya shakllanishi va ma'naviy salohiyatimiz yangi qirralarini ochishda va rivojlantirishda muhim o'rin egallaydi. Yuzdan oshiq milliy madaniy markazlarning faoliyatini qo'llab-quvvatlashga bo'lgan intilishlar va aniq harakat dasturlari davlatimizning bu boradagi olib borayotgan ichki va tashqi siyosati to'g'ri yo'lga qo'yilganligidan dalolatdir. Negaki, turli din elatlar vakillarining o'zaro diniy va etnik jihatdan keng fe'lliligi, beg'araz hamkorlik, fuqaroviy hamjihatlik va boshqalar fikrimizni tasdiqlovchi dalillardir.
Hadisi Sharifda aytilishicha "Til millat ko'zgusidir". O'tmishdan ma'lumki, davlat tili mavjud jamiyat ma'naviyatining va taraqqiyotining asosini tashkil qiladi. Shu nuqtai nazardan, til milliy g'oya shakllanishi va amal qilishining ham asosidir, kalitidir. Shunday ekan, hali hanuzgacha harbiy va boshqa ko'pgina davlat tilida ish yuritish imkoniyati yetarli bo'lgan tashkilotlarda ham hamon rus tilida ish yuritilayotganligini qanday tushunish yoki baholash mumkin?! Davlat tili to'g'risidagi qonunga, Prezident farmoniga munosabat shu darajada bo'lishi kerakmi? Mutasaddi tashkilotlar va javobgar rahbar shaxslarning nega bu holatga e'tiborlari sust? Bular barchasi milliy g'oya maqsadlarining amalga oshish jarayonini sustlashtiradi, muddatini uzaytiradi, oxir oqibatda milliy davlatchilik xususiyatiga putur yetkazadi. Bu borada mavjud imkoniyatlarni butun shijoati va omilkorligini ishga solgan holda maqsadimiz sari yo'naltirish
December 16
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_
Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan
taraqqiyotidagi o'rni
'.qqtyottüa^
talab qilinadi. Negaki, bu kelajak jamiyatimizni bekami ko'st bunyod etishimizning shartlaridan biridir.
Yuqorida kiritgan mulohalarimiz milliylik jihatidan bekami ko'st shakllanishi va amal qilishining farz bo'lgan ideallari yoki bo'lmasa qadriyatlari bo'lanligi uchun ham bugungi kunda uni shak-shubhasiz yuzaga chiqarish lozimligini e'tiborga olgan holda ko'pchilik hukmiga havola etdik. Negaki, bu faqatgina mutasaddilarning ijro qilishi lozim bo'lgan masala emas, O'zbekiston xalqining - fuqarolarining umum vazifasidir.
December 16