Tashkent Medical Academy Volume 3 | TMA Conference | 2022
The significance of the scientific, cultural Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in merosining ahamiyati va uning fan
JAMIYAT RIVOJINING FALSAFIY ONG BILAN ALOQADORLIGI
S. D. Norkulov
TTA Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori
D. T. Norkulov
TTA Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori
F. A. Umarova
TTA Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi, PHD
Jamiyat rivoji ong, xususan falsafiy ong bilan uzviydir. Chunki, jamiyat va ijtimoiy hayotning rivoji falsafiy ong orqali umumlashadi. Jamiyat rivoji to'g'risidagi falsafiy fikr, qarashlar, nazariya va ta'limotlar mazmuni, unda belgilab berilgan umumiy prinsiplar, dunyoqarash ko'rinishlari, ong shakllari jamiyatning ijtimoiy rivojiga bevosita ta'sir ko'rsatadi.
Falsafiy ong orqali:
1) jamiyatning milliy-madaniy merosi aks etadi;
2) milliy, ma'naviy qadriyatlar va milliy falsafiy meros o'rtasida uzviy aloqadorlik mavjud;
3) milliy falsafiy ongda muayyan xalqning ruhiyati, ong va tafakkur, turmush tarzi aks etadi va aksincha;
4) milliy-madaniy meros va qadriyatlar negizida jamiyatning ijtimoiy hayot sohalari rivojlanishi amalga oshadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2021 yil 19 yanvar kuni ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishida «Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdin)1 deb alohida ta'kidlab o'tdi. Shuningdek, ushbu yig'ilishda «Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks holda uning tarbiyaviy ta'siri bo'lmaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga o'rgatishimiz, ularni tarix ilmi,
1 Mnp3HëeBffl.M. MaiHaBHH-MaipH^HH nm^ap th3hmhhh Ty6gaH TaKOMH^amTHpnm, 6y 6opaga gaB^aT Ba ^aMoaT TamKH^oraapHHHHr xaMKop^uruHH KyHaHTHpnm Macamiapn 6yHHHa BHgeoceœKTop HHFHiHma. 2021 hhïï 19 aHBapb
December 16
181
Tashkent Medical Academy
The significance of the scientific, cultural
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in
Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan
tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur» deb milliy-madaniy meros va qadriyatlar masalasini chuqur o'rganish va targ'ib etish masalasiga to'xtalib o'tdi.
Ijtimoiy borliq, jamiyatning ijtimoiy hayot sohalari ijtimoiy ong va ma'naviyatdan mustaqil tarzda mavjud bo'la olmaydi. Ijtimoiy ongsiz, ma'naviyatsiz ijtimoiy borliq o'lik tanadir.
Jamiyat tarixida ijtimoiy hayot va ijtimoiy munosabatlarning: a) stixiyali; b) ongli rivojlanishini alohida ta'kidlash kerak. Uning stixiyali ko'rinishi ongning ta'sir doirasidan xoli ekanligini anglatadi. Bunday rivojlanish hamma vaqt ham samarali va maqsadga muvofiq manfaatlar uyg'unligini aks ettirmaydi. Ongli rivojlanish esa aksinchadir.
Jamiyatning demokratlashuvi tufayli jamiyatshunoslikdagi «ijtimoiy borliq ijtimoiy ongga bog'liq emas, ijtimoiy ong ijtimoiy borliqni aks ettiradi va u bilan belgilanadi», degan markscha yondashuvga qarashlar o'zgardi.
Mustaqillikgacha falsafiy ongda ana shu prinsip belgilovchi ahamiyatga ega bo'lgan. «Ijtimoiy ong» va «ijtimoiy borliq» munosabatida ijtimoiy borliqqa ustunlik berilgan. Ya'ni, ijtimoiy ongning ijtimoiy borliq bilan bog'liqligini tan olmaslik ijtimoiy hayotni idealistik talqin etish bilan barobar baholangan. Bu oxir-oqibatda falsafiy ongning ko'rinishi sifatida ijtimoiy ongning jamiyat ijtimoiy-ma'naviy hayotidagi o'rni va rolini bir tomonlama buzib talqin etilishiga sabab bo'lgan. Bu metodologik nuqtai nazar noilmiy yondashuv edi, deyish mumkin. Bu hol ongning jamiyat ma'naviy, ijtimoiy hayotiga ta'siri noto'g'ri idrok etilishiga olib keldi.
Bu yerda «ijtimoiy turmush» va «ijtimoiy (sotsial) reallik (voqelik)» tushunchalari o'rtasidagi farqni ham hisobga olish kerak. «Ijtimoiy turmush» va «ijtimoiy voqelik» bir xil tushunchalar emas. «Ijtimoiy (sotsial) voqelik» tushunchasi «ijtimoiy turmush» tushunchasidan keng ma'noga ega. Insonlarning jamiyatdagi siyosiy munosabatlari ham iqtisodiy munosabatlari singari o'ziga xos reallikdir. Madaniyat ijtimoiy-ma'naviy hodisa bo'lib, u ham moddiy ishlab chiqarish kabi real mavjuddir. Ijtimoiy turmush (sotsial voqelikning boshqa elementlari singari) ongdan mustaqil holda mavjud bo'lolmaydi. Har qanday ishlab chiqarish, iqtisodiy va boshqa ijtimoiy munosabatlar insonlar ongi darajasida mavjud bo'ladi, deyish mumkin. Demak, bu jamiyatda moddiylik va ma'naviylikning o'zaro munosabati muammosining to'g'ri yechimi bilan uzviydir.
Jamiyatning ijtimoiy-ma'naviy yangilanishi uning hayotida amal qilib kelgan falsafiy g'oyalar, qarashlar, qadriyatlar va prinsiplarning o'rnida yangicha yondashuv tufayli metodologik asoslarining o'zgarishi falsafiy ongda ham yangilanishlarning amalga oshishiga sabab bo'ldi. Natijada: 1) jamiyat hayoti va taraqqiyotiga
Yma BHgeoce^eKTop HHFHjnmH.
December 16
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_
Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan
taraqqiyotidagi o'rni
'qgtyonda^
qarashda «materialistik dialektika» prinsiplaridan voz kechildi; 2) «tarixni materialistik» tushunish g'oyasining bir tomonlama va cheklanganligi e'tirof etildi; 3) «Turmush ongni, ijtimoiy turmush ijtimoiy ongni belgilaydi» degan aqida o'zgardi.
Chunki, jamiyat taraqqiyotiga bunday qarash, uning doimiy yangilanishi va rivojiga emas, aksincha, uning tobora turg'unlashishiga, rivojlanish impulslaridan mahrum bo'lishiga olib keldi. Raqobat muhiti yo'qoldi. Yagona mulkchilik to'g'risidagi qarashlar falsafiy ongda ustuvor bo'ldi. Moddiy ishlab chiqarish, iqtisodning roli mutlaqlashtirildi.
Jamiyat ijtimoiy-ma'naviy hayoti rivojining falsafiy ong bilan aloqadorligi bo'yicha ba'zi xulosalarni chiqarish mumkin.
Birinchidan, jamiyatning ijtimoiy-ma'naviy hayoti bilan falsafiy ong o'rtasida uzviy aloqadorlik qonuniyati amal qiladi.
Ikkinchidan, fuqarolik jamiyatida ijtimoiy rivojlanishga ma'naviy omilning ta'siri, ularning o'zaro uzviy bog'liqligiga alohida ahamiyat bera boshlandi. Bu moddiy va ma'naviy hayotning uyg'unligi qonuniyatidir.
Uchinchidan, falsafiy ong va qarashlardagi o'zgarishlar jamiyatning ijtimoiy hayotidagi o'zgarishlarini xolisona to'g'ri anglash va baholashga xizmat qiladi.
December 16