Научная статья на тему 'GLOBАLLАSHUV DАVRIDА DIN VА YOSHLАR MА’NАVIYATINI YUKSАLTIRISH MАSАLАLАRI'

GLOBАLLАSHUV DАVRIDА DIN VА YOSHLАR MА’NАVIYATINI YUKSАLTIRISH MАSАLАLАRI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

239
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijtimoiy omil / davlatchilik / inson / ajdodlar / xalq.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Laziz Yusupovich Maxmudov

bu tezisda xalqimiz qalbidan chuqur joy olib milliy shakllanish kontekstida ro„y bergan ijtimoiy-siyosiy omillar uning milliy qiziqishlari haqida gapirib o„tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GLOBАLLАSHUV DАVRIDА DIN VА YOSHLАR MА’NАVIYATINI YUKSАLTIRISH MАSАLАLАRI»

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

GLOBALLASHUV DAVRIDA DIN VA YOSHLAR MA'NAVIYATINI

YUKSALTIRISH MASALALARI

Laziz Yusupovich Maxmudov

Toshkent tibbiyot akademiyasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

bu tezisda xalqimiz qalbidan chuqur joy olib milliy shakllanish kontekstida ro„y bergan ijtimoiy-siyosiy omillar uning milliy qiziqishlari haqida gapirib o'tilgan Kalit so'zlar: ijtimoiy omil, davlatchilik, inson, ajdodlar, xalq.

Bugungi kunda ko'p asrlar mobaynida xalqimiz qalbidan chuqur joy olib, hayot ma'nosini anglash, milliy madaniyatimiz va turmush tarzimizni, qadriyatlarimiz, urf-odat va an'analarimizni bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo'lib kelmoqda, albatta. Inson kamoloti, e'tiqodi va yuksak ma'naviyati haqida gap ketganda, ijtimoiy muhit haqida ham fikr yuritish joiz. Chunki qadimda ota-bobolarimiz o'z farzandlari tarbiyasi masalasiga katta mas'uliyat, jiddiy e'tibor bilan yondashganlar. Masalan, bola tarbiyasi bilan asosan diniy-dunyoviy ilm sohasida oqila enagalar yoki ilm-ma'rifatda katta obro'-e'tiborga ega ustoz-murabbiylar shug'ullangan. Dono xalqimizda "Qush uyasida ko'rganini qiladi" degan ibratli so'zlar bejiz aytilmagan. Ya'ni, har bir shaxsning o'sib kamol topishida u yashagan oila muhiti, ustozlari va mavjud ijtimoiy sharoitlar muhim o'rin tutadi. Afsuski, eski tuzum zamonida ta'lim-tarbiya, ma'rifat va madaniyatga ikkinchi darajali sohalar deb qaraldi. Inson maslagi va e'tiqodi, xalq ma'naviyati, millatimizning ma'naviy merosiga nisbatan bir tomonlama yondashilgan, bunday muqaddas tushunchalarga sinfiy va partiyaviy nuqtai nazardan baho berilgan. Yanada aniqroq aytadigan bo'lsak, yaqin o'tmishda ma'naviy merosning minglab durdonalari haqida so'zlash, yozish, targ'ib-tashviq qilish taqiqlangan edi. Yuzlab ma'naviyat darg'alari millatchilik, milliy biqiqlikda, dindorlikda ayblanib, qatag'on qilingan.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda diniy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish borasida qator xayrli ishlar amalga oshirildi. Prezidentimiz ta'rifi bilan aytganda, "ta'sirchan ijtimoiy fuqarolik idorasi"ga, ayni vaqtda "ona yurt ramzi"ga aylangan mahalla tizimi ozod va obod Vatan barpo etish, xalq farovonligini ta'minlashga yo'naltirilgan keng ko'lamli demokratik islohotlarni amalga oshirishda O'zbekiston davlati va jamiyati uchun mustahkam tayanch bo'lmoqda.

December 16

https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

Uzoq o'tmishda shakllangan noyob jamoat instituti bo'lgan mahalla tizimi bugungi kunda "mahalla - xalq vijdoni" degan munosib ta'rifga to'la javob berishini va jamiyatimizdagi islohotlar uchun mustahkam tayanch bo'lib xizmat qilayotganini ta'kidlash lozim. Yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek, "Biz milliy ma'naviyatni har tomonlama yuksaltirish masalasini o'z oldimizga asosiy vazifa qilib qo'yar ekanmiz, bugungi kunda ma'naviyatimizni shakllantiradigan va unga ta'sir o'tkazadigan barcha omil va mezonlarni chuqur tahlil qilib, ularning bu borada qanday o'rin tutishini yaxshi anglab olishimiz maqsadga muvofiq bo'ladi". Ayniqsa, hozirgi globallashuv sharoitida milliy ma'naviyatimiz va dinimizni turli mafkuraviy ta'sirlardan himoya qilishda diniylik va dunyoviylik bilan bog'liq umuminsoniy qadriyatlar ham alohida o'rin egallaydi.

Shuningdek, mamlakatimiz fuqarolari, ayniqsa, yoshlarimiz diniy-ekstremistik oqimlar ta'siriga tushib qolishining oldini olishda o'quv muassasalari, tashkilotlar va mahalla yig'inlari tomonidan o'tkaziladigan ma'rifiy tadbirlarda yoshlarni mustaqil dunyoqarashga ega vatanparvar, har tomonlama bilimli shaxs qilib tayyorlashga urg'u berish, diniy-ekstremistik oqimlar tarafdorlari tarqatayotgan g'oyalarning aslida islom ta'limotiga zid ekani va siyosiy maqsadlarga yo'naltirilganini aniq dalillar bilan isbotlab berish zarur. Diniy ekstremistik tashkilot tarkibida sodir etgan jinoyatlari uchun jazo o'tab kelgan shaxslar va ularning oilasi, ularning atrofidagi ijtimoiy muhitni doimiy nazoratini tashkil etish, ular tomonidan islomiy g'oyalarni buzib talqin qilgan holda yon-atrofida yashovchi fuqarolarga ta'sir o'tkazishiga yo'l qo'ymaslik, bu boradagi faoliyatda imom-xatib va mahalla fuqarolar yig'inining diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo'yicha maslahatchilari imkoniyatidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Tez o'zgarib borayotgan shiddatli zamonda - axborot asrida befarq va beparvo bo'lmasdan, aksincha, yon-atrofimizda sodir bo'layotgan voqea-hodisalarga daxldorlik bilan yashash, jahonning turli hududlarida qayta bosh ko'tarayotgan fashizm, millatchilik, shovinizm, diniy aqidaparastlik va terrorizm kabi xavfli baloyu illatlarga nisbatan murosasiz bo'lish, "ommaviy madaniyat" ko'rinishlariga qarshi kurashish haqida bot-bot ogoh etayotgan so'zlar bugun shunchaki da'vatlar emas.

Moziyning ochiq va achchiq sabog'i shu - dunyoda tekinu xolis narsaning o'zi yo'q. Birovning marhamati-yu maslahatiga uchib emas, aksincha, faqat o'z kuch-qudratimizga, salohiyatimizga, milliy qadriyatlarimizga, imon-irodamizga tayanib ish ko'rishimiz lozim. Chunki XXI asrning ikkinchi o'n yilligida -turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma'naviyati, odamlari o'rtasidagi o'zaro ta'sir va bog'liqlik tobora kuchayib borayotgan

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

51

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

murakkab jarayonlar qurshovida, ya'ni globallashuv zamonida yashayapmiz.

Bugun nainki yurtimizning, balki dunyoning u chekkasidan bu chekkasiga qadar - bir qadam. Bugun deyarli har bir xonadonda, o'quv dargohida, korxonada, ko'cha-ko'yda - zamonaviy kompbyuterlar bor va ular internetga ulangan. Demak, har qanday xabarni tezkor uzatish va qabul qilish imkoniyati mavjud. Endilikda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sharofati tufayli inson o'z uyida o'tirganicha dunyoning turli chekkalarida qanday voqea-hodisalar yuz berayotganini nafaqat eshitish, ayni chog'da ko'rib-kuzatish va hatto o'z munosabatini bildirish imkoniga ega. Davlatimiz rahbari barcha ommaviy axborot vositalari qatori internet ham yoshlarimiz uchun keng imkoniyatlar eshigini ochishini ta'kidlab, «Internet - bu katta bir do'kon. Do'konga borganda, odam xohlagan molini sotib oladi. Internetni ham shunday bir bozor, ya'ni axborot bozori, deb tushunish kerak», deydi. Binobarin, o'sib kelayotgan avlodni shunday tarbiyalashimiz kerakki, ular internet bozoriga kirganda faqat o'zi uchun zarur narsani olsin, internetdagi axborotdan foydalanish madaniyatini o'rgansin.

Shuning uchun terrorizm, diniy ekstremizm kabi tahdidlarga qarshi, boshqacha aytganda, jaholatga qarshi ma'rifiy yo'l bilan kurash olib borish, yurtimizdagi d avlat va din munosabatlari haqida xolis hamda to'laqonli axborot tarqatishni yanada yaxshilash maqsadida mamlakatimizda diniy tashkilotlarning maxsus saytlarini yaratish yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirilayotgani e'tiborga molikdir. Jumladan, dinga oid axborot resurslari: www.religions.uz - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita portali, www.tiu.uz -O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti portali, www.muslim.uz - O'zbekiston musulmonlari idorasi portali va boshqa diniy mazmundagi saytlar faoliyat yuritmoqda. Hozirgi davrda ko'plab ekstremistik uyushmalar va aqidaparastlar turli dinlar, shu jumladan, xristianlik, islom, yahudiylik dinlari ta'limotidan o'zining nopok maqsadlarida foydalanmoqda. Xususan, islom dinini niqob qilib, manfur ishlarni amalga oshirayotgan mutaassib kuchlar hali ongi shakllanib ulgurmagan, tajribasiz, g'o'r yoshlarni o'z tuzog'iga ilintirib, bosh-ko'zini aylantirayotgani ham achchiq haqiqat.

Bugun har birimiz bunday nojo'ya harakatlar avvalo muqaddas dinimizning sha'niga dog' bo'lishini, oxir-oqibatda esa ma'naviy hayotimizga salbiy ta'sir ko'rsatishini chuqur anglab olishimiz va shundan xulosa chiqarishimiz zarur.

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferena

December 16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni

REFERENCES

1. Otamuratov S. Milliy rivojlanish falsafasi. (siyosiy-falsafiy qirralari). - Toshkent: Akademiya, 2005. - 367 b.

2. Sh.Qahhorova. Global ma'naviyat - globallashuvning g'oyaviy asosi. Toshkent: Akademiya, 2008. -67 b.

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

53

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.