Научная статья на тему 'MERCHENDAYZINGNING TO‘RTTA PRINSIPI VA UNI AMALIYOTDA QO‘LLANILISHI'

MERCHENDAYZINGNING TO‘RTTA PRINSIPI VA UNI AMALIYOTDA QO‘LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
23
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
savdo / marketing / tovarlar xususiyatlari / merchendayzing / to’rt prinsip / do’kon qoidalari. / sales / marketing / product characteristics / merchandising / display rules / shop rules.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Rustamov Jasur Mansurovich, Erkinov Izzat

Ushbu maqolada bugungi kunda savdo korxonalarida savdo-sotiq ishlari, ularni olib borish shartlari, merchendayzingning to‘rtta prinsipi va uni amaliyotda qo‘llanilishi mualliflar tomonidan yoritib berilgan hamda taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, today's trading activities in trade enterprises, the conditions of their conduct, merchandising practice and its relationship with marketing are covered by the authors, and suggestions and recommendations are developed.

Текст научной работы на тему «MERCHENDAYZINGNING TO‘RTTA PRINSIPI VA UNI AMALIYOTDA QO‘LLANILISHI»

MERCHENDAYZINGNING TO'RTTA PRINSIPI VA UNI AMALIYOTDA

QO'LLANILISHI

Rustamov Jasur Mansurovich

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "Marketing" kafedrasi dotsenti v.b., PhD

Erkinov Izzat

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda savdo korxonalarida savdo-sotiq ishlari, ularni olib borish shartlari, merchendayzingning to'rtta prinsipi va uni amaliyotda qo'llanilishi mualliflar tomonidan yoritib berilgan hamda taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: savdo, marketing, tovarlar xususiyatlari, merchendayzing, to'rt prinsip, do'kon qoidalari.

Abstract: In this article, today's trading activities in trade enterprises, the conditions of their conduct, merchandising practice and its relationship with marketing are covered by the authors, and suggestions and recommendations are developed.

Key words: sales, marketing, product characteristics, merchandising, display rules, shop rules.

Merchendayzing turlarining turli tasniflari mavjud. Klassik tasnifga ko'ra kategorik, vizual, kombinatsiyalangan, tashrifli, eksklyuziv va kommunikativ merchendayzing turlari farqlanadi (2-ilova).

Shu tariqa, merchendayzing o'z ichiga quyidagilarni oladi: kommunikativ ko'rinish, ya'ni mijozlar bilan muloqot qilish qobiliyati; vizual merchendayzing, ya'ni tashqi dizayn va maxsus atmosfera hisobiga e'tiborni jalb qilish; kategorik ko'rinish, ya'ni bitta savdo nuqtasida faqat bitta toifadagi tovarlar bilan ishlash; tashrifli - bitta tovar toifasi bilan bir nechta savdo nuqtalarida ishlash; kombinatsiyalangan tur, ya'ni bir nechta marka tovarlarini turli xil savdo nuqtalarida namoyish qilishni nazorat qilish va eksklyuziv - brend tovarlar bilan ishlash.

Hissiy tashkil etuvchilaridan kelib chiqqan holda, merchendayzingning boshqa turlari ham farqlanadi:

1. Yoritish merchendayzingi (Light merchendayzing)-do'konning savdo zallarining yoritilish darajasi, yoritish tizimini (tabiiy, sun'iy) aks ettiradi. Ayrim turdagi mahsulotlarni yoritishning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rib chiqadi. Merchendayzingda yoritish dekorativ bezash masalalarini hal qilishga ko'maklashadi, u do'konning me'moriy echimi bilan uyg'unlashgan bo'lishi lozim;

2. Rangli merchendayzing (Color merchendayzing)-savdo maydonchasining rangli intereri xususiyatlarini, turli xil ranglar va ranglar jilosiing tanlashni aks ettiradi. Rang odamlarning his-tuyg'ulariga, kayfiyatiga sezilarli ta'sir qiladi. Xususan, qizil rang junbushga keltiradi, lekin tezda charchatadi; sariq rang issiq sifatida qabul qilinadi, u iliqlik beradi, tetiklantiradi; yashil rang inson asab tizimiga tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi, asabiylikni yo'qotadi; kulrang apatiya va zerikishni keltirib chiqaradi; qora rang kayfiyatni keskin pasaytiradi va hokazo;

3. Xushbo'y hidlar merchendayzingi (Aromatic merchendayzing) -hidlarni qabul qilish va ularning kuchini aks ettiradi. Hid merchendayzing vositasi sifatida shunisi bilan qiziqki, eshitish va vizual ko'rish kanallarida bo'lgani kabi, insonda bu borada ishonchsizlik filtri mavjud emas.

4. Ovozli merchendayzing (Voice merchendayzing) - turli xil ovoz va ohanglarni qabul qilish darajasi, musiqa ko'magida sotuvlarni amalga oshirish darajasini aks ettiradi.

1-rasmda B. Berman va D. Evanslarning fikridan kelib chiqqan holda, merchendayzing turlarining tasnifi keltirilgan.

1.-rasm. B.Berman va D.Evans bo'yicha merchendayzing turlarining tasnifi

Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda, merchendayzingning ko'p qirrali ekanligi borasida xulosalar qilishimiz mumkin. Masalan, vizual merchendayzingda "makro" va "mikro" merchendayzing tushunchalari tovarlarni taqdimot qilishning turli darajalariga nisbatan qo'llaniladi. Vizual merchendayzingning makrodarajasiga quyidagi masalalar kiritiladi:

1) Savdo hududini global zonalarga bo'lish, masalan: "Lyuks modalar" do'konida savdo hududini yosh va jins belgisi bo'yicha erkaklar kiyimi zonasi, ayollar kiyimi zonasiga ajratish;

2) Savdo hududini assortiment yoki uslub (stil) kateogriyasi bo'yicha zonalarga bo'lish, masalan: "basic" ( bir muncha talab yuqori bo'lgan bazaviy modellar) va "fashion" (eng so'nggi modaga mos bo'lgan buyum va mahsulotlar);

3) Tovarlarni iste'mol qilish faolligi darajasi bo'yicha savdo hududini zonalarga bo'lish, masalan: kassa, kiyib ko'rish xonalari va kirish eshiklari oldidagi faol zonalar, savdo zonalarining oxirgi yo'laklari va burchaklari kabi passiv zonalar.

Makromerchendayzing do'kon dizaynining konseptual jihatlarini o'z ichiga oladi: savdo jihozlarining turlari va tiplari, yoritish, kiyim uchun maneken va kiyim ilgichlardan foydalanish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

1. Allayorov R.A., Merchendayzing . O'quv qo'llanma. Samaarqand- . "Step-Sel" nashiryot-matbaa ijodiy bo'limi 2023. 172 bet

2. Samadov A.N., Eshmatov S.A.. Merchendayzing. O'quv qo'llanma - T: "Iqtisodiyot" - 2019.

3. Boyjigitov S.K. Xizmatlar marketing. O'quv qo'llanma - Sam: "STAP-SEL" -2023

4. Мерчендайзинг: учеб. пособие для студентов направления подготовки «Менеджмент» (профиль «Маркетинг») / сост. Э.Круг. - Благовещенск: Изд-во БГПУ, 2013. - 202 с.

5. Tony Morgan "Visual merchandising". Published in 2016 by Laurence King, 361-373 City Road.

6. Barker, Hannah. That Most Precious Merchandise Published by University of Pennsylvania Press. 2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.