Научная статья на тему 'MERCHENDAYZINGNING RIVOJLANISH TARIXI VA XUSUSIYATLARI'

MERCHENDAYZINGNING RIVOJLANISH TARIXI VA XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
24
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tijorat / savdo zallari / savdogarlar / merchendayzing / gildiyalar / do’konlar. / commerce / trade halls / merchants / merchandising / guilds / stores.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Rustamov Jasur Mansurovich, Oltibekov Abdurasul

Ushbu maqolada bugungi kunda savdo korxonalarida savdo-sotiq ishlari, ularni olib borish shartlari, merchendayzingning rivojlanish tarixi va xususiyatlari, merchendayzingning fan va soha sifatida shakllanishi mualliflar tomonidan yoritib berilgan hamda taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, today's trading activities in trade enterprises, the conditions of their conduct, the history and characteristics of the development of merchandising, the formation of merchandising as a science and field, are highlighted by the authors, and proposals and recommendations are developed.

Текст научной работы на тему «MERCHENDAYZINGNING RIVOJLANISH TARIXI VA XUSUSIYATLARI»

MERCHENDAYZINGNING RIVOJLANISH TARIXI VA XUSUSIYATLARI

Rustamov Jasur Mansurovich

Samarqand iqtisodiyot va servís instituti "Marketing" kafedrasi stajyor-assistenti Oltibekov Abdurasul Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda savdo korxonalarida savdo-sotiq ishlari, ularni olib borish shartlari, merchendayzingning rivojlanish tarixi va xususiyatlari, merchendayzingning fan va soha sifatida shakllanishi mualliflar tomonidan yoritib berilgan hamda taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: tijorat, savdo zallari, savdogarlar, merchendayzing, gildiyalar, do'konlar.

Abstract: In this article, today's trading activities in trade enterprises, the conditions of their conduct, the history and characteristics of the development of merchandising, the formation of merchandising as a science and field, are highlighted by the authors, and proposals and recommendations are developed.

Key words: commerce, trade halls, merchants, merchandising, guilds, stores.

Merchendayzing odamlar hali puldan foydalanmagan davrlardayoq paydo bo'lgan. Ayriboshlashga asoslangan savdo amalga oshirilgan paytlarda tovarlarni chiroyli va to'g'ri joylashtirish, ayriboshlash joyini yaxshi tashkil qilish qobiliyati dastlabki savdogarlarga bir muncha yaxshi natijalarni bergan.

Qadim zamonlarda bizning zamondoshlarimizga qaraganda ularga anchagina qiyin bo'lgan, chunki savdogarlar ko'pincha o'z mijozlari bilan turli tillarda gaplashishgan. O'shandan beri merchendayzingning muhim bir qoidasi amal qilib keladi: sotuvchining deyarli tushuntirish va izohlarisiz xaridorga barcha narsa aniq va tushunarli bo'lishi lozim.

Asta-sekin savdogarlar tovarlarni namoyish qilish va do'konning o'ziga xosligini yaratish imkoniyatlarini yaxshilab bordilar.

O'tgan asrlardagi savdo ko'lami savdo korxonasi egasiga

merchendayzingni shaxsan nazorat qilish, uning strategiyasini ishlab chiqish imkonini bergan bo'lsa, bugungi kunda bunday imkoniyat bir yoki ikkita egasi bo'lgan kichik chakana savdo korxonalaridagina mavjud. Avvallari do'kondor barcha biznesni shaxsan o'zi

yoki oila a'zolarining yordami bilan amalga oshirganligi sababli, u barcha munosabatlar: tovarlarni ilgari surish va xaridorlarning o'z savdo nuqtasiga sodiqligini shakllantirish, xaridorlarning soni va do'konning dizayni, tovarlarni turlicha tartibda joylashtirish va sotish dinamikasi, xaridorlarning farovonligi va do'kondagi tovarlar assortimenti, sotuvchilarning hatti-harakati va xaridorlarning reaksiyasi o'rtasidagi bog'liqliklar borasida etarlicha tasavvurga ega bo'lgan.

Jamiyatni gildiyalar asosida tashkil qilish o'nlab yillar va hatto asrlar davomida oilalarda merchendayzing bo'yicha tajriba va bilimlarni to'plash imkonini bergan. O'tgan yigirmanchi asrning katta qismidan tashqari, barcha davrlarda savdogarlar ta'minotchilarni izlash va tovar-larni sotishga tayyorlashdan tortib, tovarlarni sotishgacha bo'lgan jarayonlar borasida va faoliyat natijalarining foyda va zararlarini hisobga olgan holda savdo jarayonlarining yaxlit manzarasi borasida tasavvurga ega bo'lganlar. Dastlab, merchendayzing alohida sohaga ajratilmagani holda, mazkur tushuncha shunchaki "chakana savdo san'ati" dan boshqa narsani anglatmas edi.

XIX asr oxiri-XX asr boshlarida fabrika va mashinali ishlab chiqarishning rivojlanishi kuzatila boshladi. Ushbu davrning vazifasi keng iste'molchilar doirasi o'ziga ravo ko'ra oladigan darajada yuqori sifatli tovarlarni ishlab chiqarishdan iborat edi. O'sha davr qahramonlari - tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilar, ixtirochilar Adam Smitning mehnat jarayonini alohida operatsiyalarga bo'lish zarurligi haqidagi g'oyalarini amalga oshirganlar. Frederik Teylorning boshqaruvning yangi turini shakllantirish, operatsiyalar bo'linishini va ularni bajarish uchun zarur bo'lgan vaqtni ilmiy asosda hisobga olishda o'rni beqiyosdir. Ishlab chiqarishning rivojlanishi asnosida oddy iste'molchilar ham aksariyat tovar va xizmatlardan foydalanish va ularni iste'mol qilish imko-niyatiga ega bo'ldilar. Ta'bir joiz bo'lsa, katta asal bochkasida o'ziga xos juda katta qatron bor edi.

Jamiyat taraqqiyoti natijasida ne'matlardan foydalanish imkoniyat-larining kengayishi hisobiga o'ziga xos to'lov sifatida sanoat va savdo xodimlarining dunyoqarashi yaxlitligiga putur eta boshladi. Ommaviy ishlab chiqarishning birinchi bosqichida tovarlarning tashqi ko'rinishiga putur etdi, chunki raqobatning asosiy turi

narx orqali raqobatlashishdan iborat bo'lgani holda, ushbu davrda asosiy e'tibor ularning tannarxini pasaytirishga qaratila boshladi. Biroq, ushbu davrga kelib yangi hodisa paydo bo'ldi-mashinali ishlab chiqarish mahsuloti arzon bo'lsa ham, xaridorlar ko'pincha qo'lda oddiy usulda tayyorlangan mahsulot uchun yuqori narx to'lashni afzal ko'ra boshladilar, chunki u mashinali ishlab chiqarish mahsuli bo'lgan

mahsulotga qaraganda xaridorlar ko'ziga quvonch baxsh etardi. XX asr boshlariga kelib, tovarlarning tashqi ko'rinishi va ergonomikasini yaxshilamasdan turib, xarajatlarni kamaytirish bo'yicha harakatlar kerakli va kutilgan natijani bermasligi ayon bo'lib qoldi. Evropa mamlakatlarida, keyinchalik AQSHda tovar ishlab chiqaruvchilar ularning estetikasiga ko'proq e'tibor bera boshladilar. Tovar ishlab chiqarishning jadal o'sishi savdo sohasida tub o'zgarishlarga olib keldi. Buning natijasi o'laroq, savdo ham o'z navbatida jadal o'sish jarayonlarini boshidan kechira boshladi, savdo xodimlari soni keskin ortdi. Bu endi o'z kasbining mohir ustalari sulolasining shunchaki yopiq gildiya tashkiloti bo'lmay qoldi. Kechagi hunarmandlar va dehqonlar oddiy sotuvchilarga, ba'zan menejerlarga aylanishdi, bu esa savdo xodimlarining o'rtacha darajasining pasayishiga olib keldi. Sotuvchi va xaridor o'rtasidagi munosabatlarni tashkil etish borasida etarlicha tajribasi bo'lmagan insonlar o'z faoliyatlarida qisqa muddatli navf ko'rishga ustuvorlik bera boshladilar, ular uchun bitta mijozni yo'qotish unchalik ham tashvishlanarli holat emas edi. Ko'pgina hollarda, bir martalik xaridlarga e'tibor qaratilgani holda, xaridorlarda chakana savdo korxonasiga bo'lgan moyillikni shakllantirishga deyarli e'tibor berilmasdan qoldi Urushdan keyingi 1950 yillarda savdo korxonalari soni va hajmining jadal o'sishi va kengayishi, savdo tarmoqlarining paydo bo'lishi sotuvchilarda merchendayzing ko'nikmalarini rivojlantirish zaruratini keltirib chiqardi.

Supermarketlar tarmog'ini ifoda etuvchi, bir muncha uyushgan chakana savdo bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlar ilk marta merchendayzingdan foydalana boshlaganlar. Shuni ta'kidlash lozimki, ular buni tovar ishlab chiqaruvchilar uchun qilishgani yo'q. Tovarlarni qidirish va tanlashni osonlashtirish, tanlash va sotib olish jarayonini qiziqarli faoliyatga aylantirish va shu tariqa xaridorning savdo maydonchasida o'tkazadigan vaqtini ko'paytirish orqali qo'shimcha samara olish mumkinligi aniqlandi[59]. MDH mamlakatlari bozoriga merchendayzing g'oyalari Coca-Cola, Pepsi Cola, Philip Morris kabi yirik transmilliy korporatsiyalar tomonidan olib kirilgan. Chakana savdo bilan shug'ullanuvchilar mamlakatimizda dastlab merchendayzing faoliyati bilan shug'ullana boshlashgan. Ular har kuni ishga barvaqt kelib, xaridorlar e'tiborini jalb qilish maqsadida tovarlarni "chiroyli" joylaashtirishga harakat qilishgan[44]. So'nggi bir necha yil ichida mahalliy iste'molchi uning diqqat -e'tibori uchun kurashayotgan tomonlarning doimiy ta'siriga ko'nikib qoldi. Do'kon ishlab chiqaruvchilarga "jangovar operatsiyalarni" olib borish uchun juda yaxshi joy bo'lib tuyuladi, chunki turli tadqiqot manbalariga ko'ra, to'g'ridan-to'g'ri do'konda qaror qabul qilish foizi 65-70% ni tashkil qiladi; kassa hududida rejalashtirilmagan xaridlar 89% ni tashkil etishi mumkin. Har bir ishlab chiqaruvchining vazifasi o'z mahsulotlarini yuzlab shunga o'xshash mahsulotlardan ajralib turishini ta'minlashdan iboratdir. Bu reklama materiallarini joylashtirish, tovarlarni terish, qadoqlash dizayni, mahsulotni reklama qilish uchun maxsus aksiyalarni o'tkazish va boshqalar orqali amalga oshiriladi.

Hozirgi vaqtda O'zbekistonda merchendayzing asosiy vositalaridan biri bo'lgan marketing kommunikatsiyalari asta-sekinlik bilan bo'lsada rivojlanib bormoqda. Ushbu vosita iste'molchilar faolligiga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladi. Merchendayzing

butun dunyoda o'sib borayotgan yo'nalish sifatida o'ziga yosh iste'dodli mutaxassislarni tobora keng jalb qilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

1. Allayorov R.A., Merchendayzing . O'quv qo'llanma. Samaarqand- . "Step-Sel" nashiryot-matbaa ijodiy bo'limi 2023. 172 bet

2. Samadov A.N., Eshmatov S.A.. Merchendayzing. O'quv qo'llanma - T: "Iqtisodiyot" - 2019.

3. Boyjigitov S.K. Xizmatlar marketing. O'quv qo'llanma - Sam: "STAP-SEL" -2023

4. Мерчендайзинг: учеб. пособие для студентов направления подготовки «Менеджмент» (профиль «Маркетинг») / сост. Э.Круг. - Благовещенск: Изд-во БГПУ, 2013. - 202 с.

5. Tony Morgan "Visual merchandising". Published in 2016 by Laurence King, 361-373 City Road.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.