Научная статья на тему 'MARKAZIY OSIYODA YASSAVIYLIK, KUBROVIYLIK, NAQSHBANDIYLIK TARIQATLARINING TARQALISHI VA BU BORADA OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR (METODOLOGIYASI)'

MARKAZIY OSIYODA YASSAVIYLIK, KUBROVIYLIK, NAQSHBANDIYLIK TARIQATLARINING TARQALISHI VA BU BORADA OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR (METODOLOGIYASI) Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
58
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yassaviylik / kubroviylik / naqshbandiylik / tariqat / tasavvuf / sufiy / futuvvat / xojagon-naqshbandiya / hol / maqom / ruhiy kamolot / sufiylik ilmlari / diniy va irfoniy mavzular / sufiylik darajalari

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — M.Ilyosova

Yassaviism, Kubrovism, Naqshbandism, tariqat, sufism, sufi, futuvvat, khojagan-naqshbandiya, condition, status, spiritual maturity, sufi sciences, religious and mystical topics, levels of sufi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MARKAZIY OSIYODA YASSAVIYLIK, KUBROVIYLIK, NAQSHBANDIYLIK TARIQATLARINING TARQALISHI VA BU BORADA OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR (METODOLOGIYASI)»

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 05-June 2024 yil Ma'qullandi: 10- June 2024 yil Nashr qilindi: 18- June 2024 yil

KEYWORDS

yassaviylik, kubroviylik,

naqshbandiylik, tariqat,

tasavvuf, sufiy, futuvvat, xojagon-naqshbandiya, hol, maqom, ruhiy kamolot, sufiylik ilmlari, diniy va irfoniy mavzular, sufiylik darajalari

MARKAZIY OSIYODA YASSAVIYLIK, KUBROVIYLIK, NAQSHBANDIYLIK TARIQATLARINING TARQALISHI VA BU BORADA OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR (METODOLOGIYASI)

M.Ilyosova

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi bosqich talabasi M.Ilyosova International Islamic Academy of Uzbekistan

4th grade student https://doi.org/10.5281/zenodo.12087110

__ABSTRACT

Yassaviism, Kubrovism, Naqshbandism, tariqat, sufism, sufi, futuvvat, khojagan-naqshbandiya, condition, status, spiritual maturity, sufi sciences, religious and mystical topics, levels of sufi.

O'lkamiz tarixida ilm-fan turli ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta'sirida rivojlanib kelgan.

Xususan, islom ilmlarining XVII-XVIII asrlardagi taraqqiyoti tasavvuf namoyandalarining faol ilmiy izlanishlari, safarlari bilan bog'liq bo'lgan. Buning uchun o'sha paytlar, ulamolardan diniy ilmlar bilan bir qatorda ijtimoiy, mantiqiy, falsafiy ilmlarni bilish talab etilardi. Shunga ko'ra, olimlar bir asarni yozish uchun ko'plab va turli sohalarga oid ilmlarni o'rganganlar. Xususan, Olim shayx Azizon "Lamahot", So'fi Olloyor "Maslak ul-muttaqin" ("Taqvodorlar maslagi")ni yozish jarayonida ko'plab olimlarning asarlarini o'rganib, unumli foydalangani bugun ko'pchilikka yaxshi ma'lum. Bundan tashqari, tasavvuf yo'nalishida Ahmad Sirhindiy, Hoji Habibulloh Buxoriy, mavlono Muhammad Imlo, Muhammad Islom shayx Karruxiy, Muhammad Sharifxoja ibn Atoullohxo'ja shayxulislom kabi tariqat arboblari ham faoliyat ko'rsatgan1. Shuningdek Xo'ja Abdulxoliq G'ijduvoniyning "Zikri qalb sultoni", "Xo'jai jahon", "Vasiyatnoma" va "Maqomoti Yusuf Hamadoniy" asarlari, Xo'ja Ubaydulloh Ahrorning "Tabarruk risolalar", Xo'ja Muhammad Orif Revgariyning "Orifnoma"si, So'fi Olloyorning "Sabotul ojizin" va "Risolai aziza" asari, Nasafiyning "Xo'ja Mahmud Anjir Fag'naviy", "Mavlono Orif Deggaroniy", "Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari", "Naqshband va yetti pir" va "Dilda yor" asarlari, Xo'ja Ahror Valiyning "Risolai volidiyya" asari, Odina Muhammad Xorazmiyning "Mir'ot ul-obidin" va "Miftah al-asror" asarlari, Abdulhakim Shar'iy Jo'zjoniyning "Tasavvuf va

Balogardon", Ahmad Abdullayevning

1 https://www.bukhari.uz/?p=14124&lang=oz

Valixo'jayevning "Buyuk ma'naviy murshid Xoja Ahror Valiy" va "Xo'ja Ahror tarixi", Elyor Karimovning "Xo'ja Ahror hayoti va faoliyati" Fariduddin Attorning "Tazkirat ul-avliyo", Hamidjon Islomiyning "Tasavvuf allomalari", "Mahmud Hasaniy", "Mavlono Orif Deggaroniy" va "Sultonul orifiyn Xo'ja Ahmad Yassaviy" asarlari, Idris Shohning "Naqshbandiy tariqati" kabi bir qator mahalliy olimlarnining asarlarida yassaviylik, kubroviylik, naqshbandiylik bilan bog'liq tadqiqotlarni sanash mumkin2.

Ularning orasida xalq orasida eng mashhurlaridan biri bu yirik mutasavvif shoir Fariduddin Abu Homid Muhammad ibn Abu Bakr Ibrohim Attor Nishopuriy (1145-1221) qalamiga mansub "Tazkirat ul-avliyo" asari tasavvuf manbalari, xususan, sufiylar hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan asarlar orasida alohida o'rin tutib, o'zidan keyingi agiografik manbalarga katta ta'sir o'tkazgan. Jumladan, Attorning ushbu asari Abdurahmon Jomiyning (1414 - 1492) "Nafahot ul-uns" va Alisher Navoiyning (1441-1501) "Nasoyim ul-muhabbat" tazkiralari yozilishida foydalanilgan asosiy manbalardan biri bo'lgan. Muallif o'zining 97 sufiy hayoti, faoliyati va qarashlari haqidagi ma'lumotlar bilan birgalikda tasavvufga oid turli tushunchalar va atamalar sharhi berilgan ushbu asarini yozishda o'sha davrgacha yaratilgan tasavvuf manbalaridan samarali foydalangan. Fariduddin Attorgacha bo'lgan davrda sufiylar agiografiyasi borasida bir qator asarlar yozilgan, ular o'zidan keyingi davrlar agiografik manbalarining shakllanishida muhim o'rin tutgan. Jumladan, o'zidan oldingi manbalarga tayangan holda yozilgan "Tazkirat ul-avliyo" o'sha davrgacha yaratilgan sufiylar hayoti, faoliyati va qarashlari to'g'risida hikoya qiluvchi asarlarda to'plangan boy tajribalarni umumlashtiruvchi kitob sifatida maydonga kelgan3.

Yana bir tasavvuf manbalari orasida o'ziga xosligi bilab ajralib turuvchi manba bu Xoja Muhammad Porso (749/1348 - 822/1420), birinchi navbatda, sufiy sifatida maydonga kelgan bo'lsa-da, o'z tariqatining nazariy asoslarini mustahkamlash yo'lidan borib xojagon-naqshbandiya tariqati, shuningdek, umuman, tasavvuf ta'limoti borasida fundamental asarlar yozuvchi yirik tasavvuf nazariyotchisi sifatida tanildi. Porso o'zidan tafsir, fiqh, tasavvuf va kalom ilmlariga oid ko'plab asarlar, jumladan, tasavvufga oid "Fasl ul-xitob li-vasl al-ahbob" ("Do'stlar vasli uchun yaxshi-yomonni ajratib ko'rsatish"), "Sharhi Fusus al-hikam" ("Fusus ul-hikam" sharhi"), "Maqomoti Xoja Bahouddini Naqshband" ("Xoja Bahouddin Naqshband maqomlari"), "Maqomoti Xo'ja Alouddini Attor" ("Xoja Alouddin Attor maqomlari"), "Risolai qudsiya" ("Qudsiy so'zlar risolasi"), "Silsilayi tariqi Xojagon" ("Xojagon tariqati pirlari silsilasi"), "Risolai kashfiya" ("Kashfiya risolasi"), "Muqaddima" kabi asarlar qoldirgan bo'lib, ular orasida xojagon-naqshbandiya tariqatining nazariy asoslariga bag'ishlangan yirik hajmli "Fasl ul-xitob" asari alohida o'rin tutadi4.

O'zbekistonlik faylasuf olim Ja'far Xolmo'minovning yozishicha, Xoja Muhammad Porso o'zining bu asarida "omma va xossa o'rtasidagi farqlar, shariat va tariqat o'rtasidagi tafovut va o'xshashliklarni ko'rsatib berish maqsadida bir qancha diniy va irfoniy mavzularni fiqh, irfon, kalom va axloq ilmlari nuqtayi nazaridan tahlil va tadqiq etib o'tadi"5. Haqiqatan ham, asar, birinchi navbatda, tasavvuf masalalariga bag'ishlangan bo'lsa-da, muallif tasavvufning islom shariatiga muvofiqligini ko'rsatib berish maqsadida oyatlar va hadislarga tayangan holda fiqh

2 https://n.ziyouz.com/kutubxona/category/19-tasavvufga-oid-kitoblar

3 Komiljon Rahimov. Movarounnahr tasavvufi tarixi. Toshkent. Akademnashr. 2020. - B. 233.

4 Komiljon Rahimov. Movarounnahr tasavvufi tarixi. Toshkent. Akademnashr. 2020. - B. 248.

5 Xolmo'minov. J. Xoja Muhammad Porso va uning Fasl ul-xitob asari. - Toshkent: Sino, 2011. - B.183.

va kalom masalalarini ham keng yoritgan. "Fasl ul-xitob" asarning yozilish sabablariga bag'ishlangan qisqacha muqaddima hamda xojagon tariqati va Xoja Abduxoliq G'ijduvoniyga bag'ishlangan xotimadan tashqari quyidagi 8 bobdan iborat:

1. "Sufiylik ilmlari to'g'risida va ular qo'llaydigan atamalar sharhi" (61 bo'limdan iborat)

2. "To'g'ri yo'l" (54 bo'limdan iborat).

3. "Mushohada va ma'rifat" (55 bo'limdan iborat).

4."Rasululloh (s.a.v.)ning mo'jizalari hamda valiylarning karomatlari to'g'risida" (9 bo'limdan iborat).

5. "Uqubatlar" (12 bo'limdan iborat).

6. "Malomat ahli haqida" (22 bo'limdan iborat).

7. "Xalifalar va ahli bayt fazilatlari to'g'risida" (63 bo'limdan iborat)

8. "Qutblarning hollari to'g'risida" (70 bo'limdan iborat).

"Fasl ul-xitob"ning Tehron nashrini tayyorlagan eronlik manbashunos olim Jalil Misgarnajodning aniqlashicha, Xoja Muhammad Porso o'zining ushbu asarini yozishda 120 dan ortiq manbadan bevosita yo bilvosita foydalangan, ularning 12 tasi tafsir, 12 tasi hadis, 22 tasi fiqh, 13 tasi kalom, 29 tasi tasavvuf, 9 tasi tarix va tasavvuf tarixi, 9 tasi muhaddislar va sufiylar, 6 tasi axloqshunoslik (etika), 4 tasi payg'ambar (s.a.v.) siyrati va shamoyili hamda 3 tasi didaktik she'riyatga oid asarlar, shuningdek, 3 tasi boshqa dinlarning muqaddas kitoblaridir6. Mustamliy Buxoriy o'z asarida sufiylik yo'lining markazlashgan tizimini yaratishga uringan bo'lib, ushbu tizimda qat'iy ketma-ketlikda keladigan to'rt bosqich: ilm, vajd, hol va maqom bosqichlariga bo'linadigan sufiylik darajalari bosqichi alohida o'rin tutadi. Xoja Porso "Fasl ul-xitob"ning "Xalifalar va ahli bayt fazilatlari to'g'risida" nomli 7-bobidagi "Tasavvuf arboblari va ishoratlar to'g'risidagi bilimlarni yoygan kishilar vasfida" bo'limini Mustamliy Buxoriy tomonidan o'rtaga tashlangan sufiylik darajalari to'g'risidagi qarashlar keltirilgan: Birinchi daraja ilm, ikkinchi daraja vajd, uchinchi daraja hol va to'rtinchi daraja maqomdir. Bulardan ilk uchtasi (bo'lgan ilm, vajd va hol) bandaning sifatlaridir, to'rtinchisi bo'lgan maqom bandaning sifati hisoblanmaydi. Hollar maqomdan, vajdlar hollardan, ilm vajddan, gapirish esa ilmdan dalolat beradi. Ilm bo'lmaguniga qadar unga asoslanib gapirib bo'lmaydi, vajd yuz bermaguniga qadar ilm paydo bo'lmaydi, hol to'g'ri bo'lmaguniga qadar vajd yuz bermaydi, to'g'rilik maqomiga yetmaguniga qadar hol vujudga kelmaydi. Shuningdek, kimningki maqomi to'g'ri bo'lsa, uning holi maqomda hijob bo'ladi, kimningki holi pok bo'lsa, vajd uni holdan g'oyib qiladi, kimningki vajdi to'g'ri bo'lsa, ilmga asoslanib gapirishga ehtiyoji qolmaydi". Shuningdek, Xoja Porso bu o'rinda Mustamliy Buxoriyning sufiylik darajalaridan har biri ilm, vajd, hol va maqom tushunchalariga bergan nisbatan qisqacha ta'riflarini ham to'laligicha keltiradi7.

Bundan tashqari, "Fasl ul-xitob"ning turli joylarida Mustamliy Buxoriyning alohida o'rinlarda sufiylik ilmlari, ishorat, vajd hamda sufiylik maqomlari va hollariga bergan ta'riflari va tavsiflari ham keltirilgan. Jumladan, Xoja Porso asarining "To'g'ri yo'l" deb nomlanuvchi 2-bobidagi "Ramzlar va ishoratlar" bo'limida Mustamliyning sufiylik ilmlarining adadiy emas, balki madadiy va ilhomiy ilm ekani shuningdek, ishorat to'g'risidagi qarashlari keltiriladi8.

' Rahimov. K. Movarounnahr tasavvufi tarixi. - Toshkent: Akademnashr, 2020. - B. 249.

7 Xoja Muhammad Porso.Fasl ul-xitob. - Tehron: Markazi nashri Doneshgohiy, 2002. - B.535-536.

8 Xoja Muhammad Porso. Fasl ul-xitob. - Tehron: Markazi nashri donishgohiy, 2002. - B.175.

Tasavvuf bo'yicha yozilgan nodir asarlarni sanab o'tar ekanmiz Abdurahmon Jomiyning buyuk ilmiy merosini ham eslab o'tish lozim. Fors-tojik mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi, tasavvufning naqshbandiylik tariqati shayxi, sufiy shoir va faylasuf Nuriddin Abdurahmon ibn Nizomiddin Ahmad ibn Shamsiddin Muhammad Jomiy (1414 - 1492) o'zidan boy adabiy-falsafiy meros qoldirgan bo'lib, turli tadqiqotchilar uning asarlari sonini 45 tadan 48 tagacha deb ko'rsatishgan9. Jomiy asarlarning kattagina qismini sufiyona mazmundagi she'riy hamda tasavvuf ta'limoti va uning namoyandalariga bag'ishlan nasriy asarlar tashkil etib, uning 1476-1478-yillarda yaratilgan "Nafahot ul-uns min hazarot al-quds" agiografik asari bu borada muhim o'rin egallaydi. Abdurahmon Jomiy o'zining eng yirik nasriy asarlaridan bo'lgan "Nafahot ul-uns"ning muqaddimasida valiylik va valiy, ma'rifat va orif, mo'jiza, karomat va istidroj, valiylar karomatlari hamda sufiylarning nega "sufiy" deb nomlanganliklari to'g'risida umumiy ma'lumot bergach, asarning asosiy qismida tasavvuf paydo bo'lgan VIII asrdan tortib XV asrgacha bo'lgan davrda yashab o'tgan 618 sufiyning hayoti, faoliyati va qarashlari to'g'risida alohida bo'limlarda, shuningdek, 46 sufiyning hayoti, faoliyati va qarashlari to'g'risida boshqa sufiylarga bag'ishlangan bo'limlarda hammasi bo'lib 664 sufiy10 to'g'risida turli darajadagi ma'lumotlarni keltiradi11.

Aytib o'tish lozimki, Jomiyning "Nafahot ul-uns" asari tasavvuf paydo bo'lgan zamondan boshlab to shu kunlarga qadar sufiylik agiografiyasi - tasavvufning asoschilari va yirik namoyandalari hayoti va faoliyati to'g'risida yaratilgan asarlar orasida eng mukammali, shu janrdagi asarlarning eng yuksak namunasi hisoblanadi. Tadqiqotchilarning e'tirof etishicha, Jomiy o'ziga qadar yaratilgan sufiylik agiografiyasi namunalari - Abdulloh Ansoriyning "Tabaqot us-sufiya", Fariduddin Attorning "Tazkirat ul-avliyo" hamda boshqa mualiflarning bu boradagi ko'plab asarlarida to'plangan tajribalarni umumlashtirib, sufiylar hayoti, faoliyati va qarashlari to'g'risida hikoya qiluvchi ilmiy jihatdan mukammal bir asar ta'lif etishga muvaffaq bo'lgan12. "Nafahot ul-uns" asarini yozishda foydalanilgan asosiy manba Ansoriyning "Tabaqot us-sufiya" asaridir. Jomiyning o'zi "Nafahot ul-uns"ga yozgan muqaddimasida ushbu asarni yozishdan asosiy maqsadi Ansoriyning "hiraviy tilda"(Ansoriy yashagan davrdagi (XI asrdagi) Hirot forsiy lahjasi) yozilgan "Tabaqot us-sufiya" asarini kerakli izohlar va to'ldirishlar bilan o'z davrida qo'llanuvda bo'lgan forsiy tilga o'girish ekanligini ma'lum qiladi. Jomiy o'z asarida "Tabaqot us-sufiya"dan olingan har bir ma'lumotni keltirishda mazkur ma'lumotlarning asl manbasiga ishora qilish maqsadida "Shayxulislom shunday deydi: ..." jumlasini keltirib o'tgan. "Nafahot ul-uns" asarining Tehron nashrini tayyorlagan eronlik manbashunos Mahmud Obidiyning yozishicha, Jomiy o'z tazkirasida keltirilgan 173 sufiyning tarjimai holini faqatgina "Tabaqot us-sufiya"dan, shuningdek, 44 sufiyning tarjimai holini "Tabaqot us-sufiya" va boshqa manbalardan olgan13. Biroq "Nafahot ul-uns"da hammasi bo'lib 664 sufiyning hayoti, faoliyati va qarashlari to'g'risida ma'lumotlar keltirilganini e'tiborga olsak, mazkur asarni yozishda foydalanilgan manbalar soni anchagina ko'pligi ma'lum bo'ladi. Darhaqiqat, Jomiy ushbu asarni yozishda

9 Katta islom ensiklopediyasi (fors tilida). XVII. J.Tehron: Markazi Doiratul-maorifi buzurgi islomiy, 2013. - B. 368.

10 Komilov. N. Tasavvuf. - Toshkent: O'zbekiston, 2009. - B.19.

11 Abdurahmon Jomiy. Nafahot al-uns. - Lahur: Shabbir Brozers. 2002. - B.1-4.

12 Кныш А.Д. Мусульманский мистицизм: краткая история / А. Д. Кныш; пер. с англ. М. Г. Романов. — СПб.: Издательство ДИЛЯ, 2004. — C.155, 186.

13 Mahmud Obidiy. Nafahot al-uns. - Toshkent: Taraqqiy, 1906. - B.20.

faqatgina Ansoriyning zikr etilgan asaridan foydalanish bilan cheklanib qolmasdan, boshqa ko'plab manbalardan ham ma'lumotlar olgan. Jumladan, Mahmud Obidiyning o'zi Jomiy "Nafahot ul-uns" asarini yozishda Ansoriyning "Tabaqot us-sufiya" asaridan tashqari yana 84 ta manba, jumladan, 52 ta forscha va 32 ta arabcha manbadan foydalangani to'g'risida yozgan14.

Mashhur adib Alisher Navoiy nafaqat ko'plab she'riy va nasriy asarlar yaratgan adib, balki adabiyotshunoslik, tilshunoslik, tarix va tasavvufga oid qimmatli kitoblar yozgan yirik olim sifatida ham mashhurdir. U sufiyona mazmundagi she'riy asarlaridan tashqari o'z davridagi ilm-fanning boshqa sohalari qatorida tasavvufga bag'ishlangan maxsus asarlar ham yozgan. Jumladan, ustozi va tariqatdagi piri Abdurahmon Jomiyga bag'ishlangan "Xamsat ul-mutahayyirin" ("Besh hayrat") (1492 - 1493), o'ziga zamondosh sufiylar Pahlavon Muhammad va Sayyid Hasan Ardasherga bag'ishlangan "Holoti Pahlavon Muhammad" ("Pahlavon Muhammadning hayoti") (1493-1494) va "Holoti Sayyid Hasan Ardasher" ("Sayyid Hasan Ardasherning hayoti") (1488-1489) manoqiblari hamda sufiylarning hayoti va faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oluvchi "Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim al-futuvvat" ("Olijanoblik xushbo'yliklarini taratuvchi muhabbat shabadalari") (1496) tazkirasi uning sufiylar hayoti, faoliyati, karomatlari va qarashlariga bag'ishlangan asarlari hisoblanadi. Bundan tashqari, Alisher Navoiyning nasriy asarlari jumlasiga kiruvchi "Mahbub ul-qulub" ("Qalblar sevgilisi") (1500) asarida boshqa mavzular qatorida tasavvufga oid masalalar va tushunchalarga ham sharh berilgan15. Hazrat Navoiyga qadar turkiy tilda tasavvuf nazariyasi, shuningdek, sufiylar hayoti, faoliyati va qarashlari to'g'risida maxsus asarlar yozilmaganini16 e'tiborga oladigan bo'lsak, Navoiyning turkiy tildagi tasavvufshunoslikka asos solgani to'g'risida ham gapirish mumkin bo'ladi. Bundan tashqari, Navoiy maxsus tarzda sufiylar hayoti va faoliyatiga bag'ishlab yozilgan, ya'ni sufiylar agiografiyasiga oid ilk asarlar muallifi hamdir. Turkiy tildagi agiografik manbalar borasida tadqiqot olib borgan I.Ostonaqulov "Nasoyim ul-muhabbat" asari Sharq agiografiyasining turkiy tildagi eng muhim manbasi ekanligini nazarda tutgan holda Navoiyning o'zbek agiografiyasining asoschisi ekanligi to'g'risida gapirgan17.

XVII asrdagi O'rta Osiyo tasavvufining rivojiga hissa qo'shgan hamda o'zidan ulkan ilmiy meros qoldirgan So'fi Olloyor turkiy va forsiy tillarida ijod qilgan uning ijodining asosiy yo'nalishi islom ma'rifatini keng xalq orasiga yoyish va tasavvufning insoniy kamolot bilan bog'liq g'oyalarini targ'ib tashviq qilishdan iborat. U "Maslak ul-muttaqin" ("Taqvodorlar maslagi"), "Murod ul-orifin" ("Oriflar murodi"), "Mahzan ul-mute'in" ("Itoatkorlar xazinasi") asarlarini forsiy, "Sabot ul-ojizin" ("Ojizlar saboti"), "Favz un-najot" ("Najot tantanasi") masnaviylarini turkiy tilda yaratgan. Forsiy va turkiyda bitilgan boshqa she'rlari ham mavjud. "Mevalar munozarasi" nomli manzuma xam unga nisbat beriladi.

14 Mahmud Obidiy. Nafahot al-uns. - Toshkent: Taraqqiy, 1906. - B. 25 - 32.

15 Ishoqova. Z. Tasavvuf ta'limotida oriflik va valiylik talqini - Toshkent: Abu Matbuot-Konsalt, 2011. - B. 37-3

16 Boturxon Valixo'jayev. Mumtoz siymolar. - Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002. -B.45.

17 Ostonaqulov.I. Muhammad Siddiq Rushdiyning Tazkiratu-l-avliyo asarining sharq agiografik manbalarini o'rganishdagi ahamiyati. - Toshkent: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti, 2011. - B.13.

So'fi Olloyorning shoh asari "Maslak ul-muttaqin" bo'lib, 12 ming bayt, 135ta katta-kichik bobdan iborat. Ilohiy ma'rifatning badiiy talqiniga bag'ishlangan bu asar el orasida shuhrat tutganidan so'ng do'stu yaqinlari undan turkiy tilda ham shunday bir kitob yozishni iltimos qiladilar. Bunga javoban u "Maslak ul-muttaqin"ni birmuncha qisqartirib, o'zbek tilida nazmda bitgan va unga "Sabot ul-ojizin" deb nom bergan. O'zbek falsafiy didaktik adabiyotining yetuk namunasi bo'lmish ushbu asarda tasavvuf ta'limotining ma'naviy-axloqiy masalalarini keng yoritish bilan u turkiy tasavvuf adabiyoti rivojiga katta hissa qo'shgan.

Foydalanilgan manba va adabiyotlar:

1. Komiljon Rahimov. Movarounnahr tasavvufi tarixi. - Toshkent: Akademnashr. 2Q2Q. - B. 396.

2. Xolmo'minov J. Xoja Muhammad Porso va uning "Fasl ul-xitob" asari. - Sino. 2Q11. 11-son. -B.74.

3. Ishoqova 3. Tasavvuf ta'limotida oriflik va valiylik talqini. - Toshkent: Abu Matbuot-Konsalt. 2Q11. - B.46.

4. Ma'sudxon Ismoilov.Sabot ul-ojizin sharhi. - Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti. 2Q1B. - B. S27.

5. Sayfiddin Sayfulloh. Xojagon-naqshbandiya. - Toshkent: O'zbekiston. 2020. - B.2Q6.

6. Кныш А.Д. Мусульманский мистицизм: краткая история / А. Д. Кныш; пер. с англ. М. Г. Романов. - СПб.: Издательство ДИЛЯ, 2004. - 464 c.

7. Ostonaqulov I. Muhammad Siddiq Rushdiy va uning Tazkirat ul-avliyoi turkiy asari. -Toshkent: Toshkent islom universiteti, 2QQ7. - 1B4 b.

B. Mahmud Obidiy. Nafahot al-uns. - Toshkent: Taraqqiy, 19Q6. - 267 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.