Nafasov D.Sh. Pedagogika kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Yangiboyev S. Urganch davlat pedagogika institute PedagogikafakultetiPedagogika ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi
MUHAMMAD SODIQ QOSHGARIY VA UNING "ODOB AS-SOLIHIN" (YAXSHI KISHILAR ODOBI) ASARI, ASARDA ILGARI SURILGAN
XULQ-ODOB ME'YORLARI
Annotatsiya. O'zbek xalqi turli an 'analariga boy, milliy qadriyatlari keng ma'no va chuqur tarixga ega. Mustabid tuzum davrida toptalgan qadriyatlarni qayta tiklash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan bugungi kunda odob-axloq va yoshlarni tarbiyalashda qadriyatlarimizga oid manbalarni o'rganish va hayotga tatbiq etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Muhammad Sodiq Qoshg'ariy (1740-1843) ning "Odob as-solihin" ("Yaxshi kishilar odobi") kitobidir. Mazkur asar kundalik turmushimizda har kuni har daqiqada bilish zarur bo'lgan turmush odobiga oid xulq-odob qoidalarining majmuidir. Bu asar XIX asr boshlarida xalqimizning odob-ahloq me 'yorlari va milliy qadriyatlarini o'zida mujassamlashtirgan.
Kalit so'z: "Odob as-solihin", pedagog olim, "Zubdat al-masoyil", "Axloqi Muhsiniy", "Axloqi Jaloliy", "Axloqi Nosiriy", bob salomlashish, ko'rishish, qo'l olishish, ruxsat so'rash.
Nafasov D.Sh., doctor of philosophy (PhD) in pedagogical sciences
associate professor Head of the Department of Pedagogy
Yangiboyev S.
2nd level student of Pedagogical Education
Faculty of Pedagogy Urganch State Pedagogical Institute
MUHAMMAD SADIQ KASHGARI AND HIS WORK "ODOB ASSALIHIN" (THE ETIQUETTE OF GOOD PEOPLE), THE STANDARDS OF BEHAVIOR ADVANCED IN THE WORK
Abstract. The Uzbek people are rich in various traditions, national values have a wide meaning and a deep history. Today, when all the opportunities have been created to restore the adriats lost during the regime, learning and implementing the sources of our values in the education of young people is of
urgent importance. It is the book "Odob al-Salihin" ("Etiquette of good people") by Muhammad Sadiq Kashgari (1740-1843). This work is a set of rules of conduct related to the manners of life that we need to know every minute of our daily life. This work embodies the moral standards and national values of our people at the beginning of the 19th century.
Key words: "Etiquette as-Salihin", pedagogue scientist, "Zubdat al-Masoyil", "Ethics of Muhsini", "Ethics of Jalali", "Ethics of Nasiri", chapter greeting, seeing, shaking hands, permission to ask.
Kirish. Muhammad Sodiq Qoshg'ariy haqida bizgacha juda oz ma'lumot etib kelgan. Lekin hozirgi paytda bizga ma'lum bo'lgan "Odob as-solihin" asarining o'ziyoq bizga uni mashhur pedagog olim sifatida tanitadi. Muhammad Sodiq Qoshg'ariy 1740 yilda Qoshg'arda kambag'al dehqon oilasida tug'ilgan va 1843-yilda u shu erda vafot etgan. Biz olimning qay darajada tarbiyashunos ekanligini u tomonidan yaratilgan asarlarning mazmunidan bilamiz. Bizgacha uning "Odob as-solihin" ("Yaxshi kishilar odobi"), "Zubdat al-masoyil" ("Masalalarning qaymog'i"), "Dur al-muzoxir" ("Ko'makdoshlarning durdonasi") hamda "Tazkirai xojagon" ("Xojalar tazkirasi") nomli asarlari etib kelgan. Sharqning buyuk allomalari Yusuf Xos Hojib, Imom Ismoil al-Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Sa'diy SHeroziy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqalar yuksak ahloqiylikni shakllantirishga oid yirik asarlar, hikmatlar yaratganlar. SHu bilan birga hulq-odob tarbiyasiga oid "Axloqi Muhsiniy", "Axloqi Jaloliy", "Axloqi Nosiriy", "Qobusnoma" kabi asarlar yaratilgan. O'zida shaxs va uning tarbiyasini yo'lga qo'yish masalalarini aks ettiruvchi asarlarni yaratish an'anasi mavjud bo'lgan davrda Muhammad Sodiq Qoshg'ariy tomonidan turkiy tilda "Odob as-solihin" ("YAxshi kishilar odobi"), "Zubdat as-masoyil" ("Masalalarning qaymog'i") nomli asarlar yaratildi.
Tadqiqot metodlari. "Odob as-solihin" asari 5 marta, 1889 hamda 1901-yillarda Toshkent shahrida va 1891-1892 hamda 1986-yillarda Istambul shahrida qayta nashr etilgan. Asarning nomi va mazmunidan ham anglanib turganidek, unda ilgari surilgan g'oyalar insonning hayoti davomida zarur ahamiyat kasb etuvchi hulq-odob qoidalari xususida kishilar, shu jumladan, yoshlarga muayyan darajada ma'lumotlar berishga xizmat qiladi. "Odob as-solihin" asarida ijtimoiy hayot hamda kundalik turmushda har bir inson tomonidan qat'iy amal qilinishi zarur bo'lgan zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki) odob va ahloq qoidalari, ularning ijtimoiy ahamiyati, yoshlar tarbiyasini yo'lga qo'yishdagi o'rni va roli borasida batafsil so'z yuritiladi. Muhammad Sodiq Qoshg'ariy tomonidan yaratilgan "Odob as-solihin" asari muallifning o'zi ta'kidlab o'tganidek, muqaddima va 7 bobdan iborat bo'lib, har bir bob o'zida 4 faslni aks ettiradi. Muqaddimada asarning maqsadi ochib beriladi. Asarning yozilishidan ko'zda tutilgan maqsad borasida so'z yuritilar ekan, insonning ijobiy hulq-atvorga ega bo'lishini taqozo etuvchi ijtimoiy zaruriyat mohiyati batafsil ochib beriladi. Asarda ilgari surilgan asosiy g'oya - insonlarning ijobiy xulq-atvorga ega bo'lishlari jamiyatda ruhiy
xotirjamlik va moddiy farovonlikni qaror toptiruvchi asosiy omil ekanligini asoslashdan iboratdir. Alloma mazkur g'oya mohiyatini sharhlar ekan, inson odob-axloq qoidalarini egallay olmasa hamda ijobiy hulq-atvori bilan muaddab (odobli) va muzazzab (toza) bo'lmasa, nafaqat o'zi, balki butun dunyoga yomonlik tarqatadi degan qarashni ilgari suradi. Ayi o'rinda quyidagi masnaviyni keltiradi: Beadab tanho va xudro dosht bad, Balki otash dar hama ofoq zar.
Tadqiqot natijalari. Har bir inson ichki hamda tashqi odob qoidalarining mohiyatini to'laqonli ravishda anglab, ularga qat'iy amal qilishi zarur. Inson odob-axloq qoidalarining mohiyatidan qanday yo'l va usullar orqali boxabar bo'lishi mumkin degan savolga javob berar ekan, alloma ular yetuk mutafakkirlar tomonidan qimmatli, mo'tabar kitoblarda jam etganligi, mazkur kitoblarning mazmuni bilan tanishish orqali odob-axloq qoidalari va ularga amal qilish shartlari xususida muayyan ma'lumotlarga ega bo'lish imkoniyati mavjudligini alohida ta'kidlab o'tadi. Asarda komil inson bo'lib etishishda kundalik hayot hamda amaliy turmushda o'ziga xos ahamiyat kasb etuvchi botiniy (ichki) va zohiriy (tashqi) odob-axloq qoidalari: salomlashish, ruxsat so'rash, muloqot, uxlash, yo'l yurish, mehmon kutish, ziyofat, ovqatlanish, shuningdek, er-xotin munosabatlarini yo'lga qo'yish odobi va ularga amal qilish shartlari borasida so'z yuritiladi. Suhbat ahlining o'zini tutishi, tozalik, ozodalik hamda safarga chiqish qoidalari ham asar mazmunining markaziy qismidan o'rin olgan. Birinchi bob salomlashish, ko'rishish, qo'l olishish hamda ruxsat so'rash qoidalari to'g'risida ma'lumotlar berishga yo'naltirilgan bo'lib, mazkur bob to'rt fasldan tashkil topgan. Ikkinchi bobda uxlamoq, kiyim kiyish, yo'l yurish odoblari haqida fikr yuritiladi. Masalan, uxlash oldidan eshiklarni mahkamlab yopish, idishlarning og'zini berkitish, o'rnidagi ko'rpa-to'shaklarni bir bora qoqib yozish, o'choqda gi olovni hamda chiroqni o'chirish, uxlaydigan o'rnini yumshoq qilmaslik, o'ng qo'lga bir oz suyanib yotish tavsiya etiladiki, ushbu qoidalarning ahamiyati ularga rioya qilmaslik natijasida ro'y bergan noxush voqealar misolida ochib beriladi. Uchinchi bobda suhbatlashish odobi borasida so'z yuritiladi. Bizga yaxshi ma'lumki, suhbatlashish odobi va uning shartlariga amal qilish ijtimoiy munosabatlarning mo''tadil kechishini ta'minlovchi asosiy va o'ta muhim omillardan biri bo'lib, aksariyat mualliflar tomonidan yaratilgan hamda axloq-odob muammolariga bag'ishlangan asarlar mazmunidan alohida o'rin olgan. «Odob as-solihin» asarida ham muallif suhbatlashish odobi va uning o'ziga xos jihatlari borasida batafsil so'z yuritadi. Muhammad Sodiq Qoshg'ariy "Odob as -solihin" asarida, kasal holini so'rash, ta'ziya va musibat odoblari haqida ham fikr yuritadi. Ushbu holatlarda amal qilinadigan qoidalar mohiyatidan xabardor bo'lish ham har bir kishi uchun foydadan holi bo'lmaydi. Biron mo'minning vafoti haqidagi xabarni eshitilganda boshiga musibat tushgan kishilarga ta'ziya izhor etiladi. Ushbu tadbir dafn marosimidan oldin yoki keyin amalga oshirilishi mumkin. Ta'ziya bildirish uch kungacha joiz, undan so'ng makruh deyiladi.
Tadqiqot munozaralari. Yettinchi bobda safar qoidalari va ularning mohiyati yoritib beriladi. Allomaning fikriga ko'ra, safarga chiqishdan
ko'zlangan maqsad quyidagi uch ko'rinishda ifodalanadi: farz, fazilat, muboh (ruxsat etiladigan). Ayni o'rinda safar farzining o'zi quyidagi besh ko'rinishni namoyon etadi: jihod, haj, ota va onaning chaqirig'iga muvofiq, raddi mazolim (zulmni qaytarish) hamda ilm olish maqsadida uyushtirilgan safar. Muboh safarining uyushtirilishidan ko'zlangan maqsad ham ikki ko'rinishda namoyon bo'ladi: 1) o'z manfaati yo'lida, o'zgalardan biror narsani ta'ma qilmagan holda uyushtirilgan tijorat safari. Muboh safarining mohiyatini yoritar ekan, Muhammad Sodiq Qoshg'ariy tijorat safarini uyushtirishdan asosiy maqsad faqat mol-dunyo orttirish bo'lsa, u holda bunday tijorat safari unga ziyon etkazishini alohida uqtirib o'tadi; 2) navi-nav'i tafarruj (ko'ngil ochish) maqsadida safar uyushtirish. Alloma vaqti-vaqti bilan bunday safarlarni ham uyushtirib turish maqsadga muvofiq ekanligini aytib o'tadi. Muhammad Sodiq g'oshg'ariyning ta'kidlashiga ko'ra, har qanday maqsad yoki ko'rinishdagi safarlarni uyushtirish chog'ida ayollarga albatta ularning turmush o'rtoqlari (mahrami) hamrohlik qilishlari zarur. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, Muhammad Sodiq Qoshg'ariy tomonidan yaratilgan "Odob as-solihin" asari jamiyat a'zolari, shu jumladan, yoshlarning ma'naviy-axloqiy jihatdan barkamol bo'lishlarida katta ahamiyatga ega. Mazkur asar har bir inson tomonidan o'rganilishi va kundalik turmushda qat'iy amal qilinishi zarur bo'lgan hulq-odob qoidalarining majmui sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Muhammad Sodiq Qoshg'ariy pedagogik qarashlari referat // O'zbek tili va adabiyoti. Toshkent, 1972. 4-5 sonlar.
2. Ahmad Yassaviy. Hikmatlar. Toshkent, 1990. 256 bet.
3. Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat. Toshkent, 1991. 268 bet.
4. Ibrohim Haqqul. Tasavvuf saboqdari. Buxoro, 2000. 78 bet.