Научная статья на тему 'ABDULXOLIQ G‘IJDUVONIYYETTI PIR TA’LIMOTI ASOSIDA MA’NAVIY BARKAMOL SHAXSNI TARBIYALASH OMILI SIFATIDA'

ABDULXOLIQ G‘IJDUVONIYYETTI PIR TA’LIMOTI ASOSIDA MA’NAVIY BARKAMOL SHAXSNI TARBIYALASH OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
304
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yetti pir / ma’naviy meros / inson / kamolot / axloq / tariqat / ishorat / nafs mulki / xojagon / nafosat / komil / Seven pir / spiritual heritage / man / perfection / morality / sect / sphistication / perfection.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Yo‘ldoshev, Dilshod Ma’murovich

Ushbu maqola Abdulxoliq G’ijduvoniyning ma’naviy me’rosi, odob-axloqqa oid asarlari, yetti pir ta’limotining inson kamolotidagi ahamiyati yoritib berilgan. O’quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish asosida ijtimoiy faollikni shakllantirish mazmuni, ijtimoiy faollikning tarkibiy qismi sifatida vujudga kelgan ziddiyatlar va muammolarni bartaraf etish ko‘nikmasiga ega bo’lish o’quvchilarni kelajakda mikrosotsiumda munosib o’rin egallashlariga ko’maklashishi, o’quvchilar faoliyatida har doim namoyon bo’lmaydigan, biroq ularning xatti-harakatlari orqali seziladigan ijtimoiy faollikning muhim tarkibiy qismlari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABDULKHOLIQ GIJDUVANI AS A FACTOR OF EDUCATION OF A SPIRITUAL PERSON ON THE BASIS OF THE DOCTRINE OF THE SEVEN PEARS

In this article, the content of the formation of social activity on the basis of the formation of base competences in students, the ability to overcome conflicts and problems that have arisen as a component of social activity, the contribution of students to the development of a worthy place in the future microsium, the analysis of important components of social activity, which are not always

Текст научной работы на тему «ABDULXOLIQ G‘IJDUVONIYYETTI PIR TA’LIMOTI ASOSIDA MA’NAVIY BARKAMOL SHAXSNI TARBIYALASH OMILI SIFATIDA»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ABDULXOLIQ G'IJDUVONIY- YETTI PIR TA'LIMOTI ASOSIDA MA'NAVIY BARKAMOL SHAXSNI TARBIYALASH OMILI SIFATIDA

Yo'ldoshev Dilshod Ma'murovich

Qo'qon davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

Ushbu maqola Abdulxoliq G 'ijduvoniyning ma 'naviy me'rosi, odob-axloqqa oid asarlari, yetti pir ta'limotining inson kamolotidagi ahamiyati yoritib berilgan. O'quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish asosida ijtimoiy faollikni shakllantirish mazmuni, ijtimoiy faollikning tarkibiy qismi sifatida vujudga kelgan ziddiyatlar va muammolarni bartaraf etish ko 'nikmasiga ega bo 'lish o 'quvchilarni kelajakda mikrosotsiumda munosib o 'rin egallashlariga ko 'maklashishi, o 'quvchilar faoliyatida har doim namoyon bo 'lmaydigan, biroq ularning xatti-harakatlari orqali seziladigan ijtimoiy faollikning muhim tarkibiy qismlari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Yetti pir, ma'naviy meros, inson, kamolot, axloq, tariqat, ishorat, nafs mulki, xojagon, nafosat, komil

В данной статье раскрываеця содержание формирования социальной активности на основе формирования базовых компетенций у студентов, умения преодолевать конфликты и проблемы, возникшие как составляющая социальной активности, вклада студентов в освоение достойного места в будущем микросюжете, анализа важных составляющих социальной активности, которые не всегда являюця необходимыми.

Ключевые слова: семь мир, духовное наследие, человек, соверщенство, моралъ сетка, знак, вожделение, владение

In this article, the content of the formation of social activity on the basis of the formation of base competences in students, the ability to overcome conflicts and problems that have arisen as a component of social activity, the contribution of students to the development of a worthy place in the future microsium, the analysis of important components of social activity, which are not always

Keywords: Seven pir, spiritual heritage, man, perfection, morality, sect, sphistication, perfection.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017 yil 11 iyuldagi F-4988-sonli "Abdulxoliq G'ijduvoniy tavalludining 915 yilligini va Bahouddin

159

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Naqshband tavalludining 700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko'rish hamda uni o'tkazish to'g'risida"gi farmoyishining ijrosini ta'minlash maqsadida qabul qilingan Buxoro viloyati hokimining 2017 yil 14 iyuldagi 441-qarorida butun umrini insoniyat ma'naviy-ruhiy kamoloti yo'liga bag'ishlagan buyuk vatandoshlarimiz Xojai Jahon nomi bilan ma'lum va mashhur Abdulxoliq G'ijduvoniy hamda Bahouddin Naqshband hayoti va faoliyatini, ular qoldirgan boy ilmiy-diniy hamda ma'naviy-ma'rifiy merosining insonparvarlik mohiyatini chuqur o'rganish, shu asosda xalqimizni, ayniqsa, o'sib kelayotgan yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash zarurligi ta'kidlangan. Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy boy ma'naviy meros qoldirganlar. U kishi tasavvufning mumtoz tariqatlaridan dastlabkilari bo'lgan xojagon tariqatini asoslaganlar, risola, asarlar va ruboiylar yozganlar. Abdulxoliq G'ijduvoniy qoldirgan eng qimmatli ma'naviy meros xojagon tasavvufiy ta'limoti va tariqatidir. Xojagon tasavvufiy ta'limoti asosi bo'lgan sakkiz tamoyilning to'rttasini Xojai Jahonning o'zlari kashf etib, kiritganlar. Abdulxoliq G'ijduvoniydan qolgan qimmatli ma'naviy meros u kishi asoslagan to'rt rashha -"Yodkard", "Bozgasht", "Nigohdosht" va "Yoddosht"dir. Xalqimiz ma'naviy dunyosini boyituvchi xazina hisoblanadigan Abduxoliq G'ijduvoniy tomonidan yozilgan asarlar hozirgacha saqlangan. Xojai Jahonning eng qimmatbaho asarlari o'z yetuk shogirdlari hamda ma'naviy farzandlari Avliyoi Kabirga deb yozgan va barchamiz uchun haqiqat yo'lini ko'rsatadigan "Vasiyatnoma" (Nasihatlar) kitobidir. SHuningdek, bu asar Abdulxoliq G'ijduvoniyning "Risolai odobi tariqat" (Tariqat odobi risolasi), "Risolai vosoyo" (Nasihatlar risolasi), "Ibtidoi Jomi' ul-kalom" nomi bilan ham ma'lum. Abdulxoliq G'ijduvoniy o'z ustozlari Yusuf Hamadoniyga bag'ishlab yozgan asarlari "Maqomoti Xoja Yusuf Hamadoniy" (Xoja Yusuf Hamadoniyning maqomlari, erishgan darajalari) va "Risolai sohibiya" (Do'stlik haqida risola)lari ma'lum.

Shu bilan birga muallifi noma'lum bo'lgan "Az guftori Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy" (Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy aytganlari 22 dan) nomli risola ham mavjud. Bu risola savol-javob tarzida yozilgan bo'lib, tasavvufdagi ma'lum bir masalalar bayoniga bag'ishlangan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Abdulxoliq G'ijduvoniydan ruboiylar ham ma'naviy meros bo'lib saqlangan. Xojai Jahonning ruboiylari juda go'zal uslubda yozilgan bo'lib, she'riyat xazinasining inju-durdonalaridir. Xojagon Xojai Jahon nomi bilan mashhur bo'lgan, Buxoroi SHarifni dunyoga tanitgan Yetti Pirning birinchisi Abdulxoliq G'ijduvoniy

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tomonidan asoslangan O'rta Osiyodagi ilk mumtoz tasavvufiy tariqatlardan biridir. Xojagon Xojai Jahon nomi bilan mashhur bo'lgan, Buxoroi Sharifni dunyoga tanitgan Yetti Pirning birinchisi Abdulxoliq G'ijduvoniy tomonidan asoslangan O'rta Osiyodagi ilk mumtoz tasavvufiy tariqatlardan biridir. Manbalar tahlili asosida xojagon tariqati va ta'limoti Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniyga Ahmad Yassaviy Turkistongaketib irshod huquqi berilganidan so'ng 1151 yilda tashkil etilgan deb xulosa qilish mumkin.

Xojagon - xoja so'zining ko'plikdagi ko'rinishi bo'lib xojalar degan ma'noni anglatadi. "Xoja" so'zi fors tilidan olingan bo'lib, hurmatli, janob, xo'jayin, mulkdor degan ma'nolarni anglatadi. Tasavvufda "Xoja" iborasi, tariqat shayxlariga, ulug' pirlarga berilgan unvondir. Birinchi bo'lib bu unvon Yusuf Hamadoniyga berilgan. U kishining shogirdlari Abdulxoliq G'ijduvoniy ham "Xoja" unvoniga sazovor bo'lganlar. SHu sababli Abdulxoliq G'ijduvoniy asoslagan ta'limot ham Xojagon nomi bilan ataladi. Xojagon ta'limotidagi barcha shayxlar ham "Xoja" unvoni bilan ulug'langanlar.

Muhammad Porso "Fasl ul-xitob bi-vasl il-ahbob", ("Do'stlar visoliga yetishishga oq va qorani ajratuvchi kitob") asarining "Ba'zi az manoqibi va shamoili Hazrati Xojagon" ("Hazrati Xojagonlarning ba'zi manoqib va shamoillari borasida") degan bobida Abdulxoliq G'ijduvoniy haqida ma'lumotlar berilgan. Bu manbada yozilishicha, xojagonlar bandalikning yo'li va ubudiyat tariqining komil kishilaridir. Ular nurulloh olamidan foyda oluvchilardur. Har kim bu yo'lning foydasini 24 kamtarin xodimlaridan bo'la olsa va bu sadoqatli zotlarga e'tiqodda bo'lsa, umiddurki, ularga nisbatan bo'lgan muhabbat va mutobaat, ya'ni ergashish tufayli o'z maqsudiga yetgay. Bu azizlarning yo'llari Rasul (s.a.v) hamda sahobalarining yo'llaridir va bid'at ham nuqsonlardan xolidur. Ularning ravishi, yo'li to'xtab qoluvchi ham emas, biror narsaga o'xshovchi ham emas, balki hidoyat nuri, ma'rifat nurining aynan o'zi, ahli sunnat va jamoatning e'tiqodi, haqiqat izlovchilar va oriflar yo'lining nuridur. Havoi nafs, shaytonga tobe' bo'lish, fitna ahli va botin kishilar taqlid qiluvchilarning taqlididan omon saqlovchidir. Ya'ni, Xojai Jahon xonadonining xalifalari va mashoyixlari yo'lidur.

Xulosa sifatida shuni aytish joizki , "Lafzi nisba" va "Lafzi bor" tasavvuf yo'lidagi har bir insonning o'zini anglashiga, o'z o'rnini bilishiga, o'z vazifalarini tushunishiga va shunga uyg'un amal qilishga chorlar ekan. Bu tushunchalar insonni kamtarin, xoksor, niyozmand bo'lishga chaqiradi va uni kibru havodan saqlaydi. Xoja

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Abdulxoliq G'ijduvoniy asoslagan kamolot yo'li - xojagon ta'limotiga Alisher Navoiy yuksak ta'rif berib shunday yozgan: "Ularning ravishi tariqatda hujjatdur. Barcha foruqning maqbulidurlar. Hamisha sidqu safo yo'lida va (Muhammad) Mustafo (s.a.v.) shar'u sunnati mutobaatida va bid'atu havo muxolafatida qadam urubdurlar va pok ravishlarin ag'yor ko'zidin yashurubdurlar". Abdulxoliq G'ijduvoniy Haqqa vosil bo'lish, ruhni kamol toptirish va komil inson darajasida yuksalishning o'ziga xos yo'lini kashf etdi. Xojagon tariqati Abdulxoliq G'ijduvoniy ko'rsatgan kamolot yo'lidir. Xojagonlarning komil insonni tarbiyalashdagi yo'li me'yordagi yo'ldir. Chunki u shariatga asoslanadi. Bu yo'l doimo - shariat va sunnatga uyg'un, bid'atdan yiroq bo'lgan.

REFERENCES

1. Abdulxoliq G'ijduvoniy tavalludining 915 yilligini va Bahouddin Naqshband tavalludining 700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko'rish hamda uni o'tkazish to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi, № F-4988, 11 iyul 2017 yil.

2. Karimov I.A. Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda so'zlagan nutqi/Xalq so'zi, 1993, 15 sentyabr.

3. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q. -T.: SHarq, 1998.

4. Karimov I.A. Olloh qalbimizda, yuragimizda. - T.: O'zbekiston.1999.

5. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - T.: Ma'naviyat, 2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.