Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING YOSHGA DOIR PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING YOSHGA DOIR PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
13
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bola / mustaqil faoliyat / Maktabgacha yoshdagi bolalar / psixologiya / sog’lom / child / independent activity / preschool children / psychology / healthy

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Muhammadiyeva F.T., Musayeva D.Z.

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshga doir psixologik xususiyatlari va ularning bola sog‘lom rivojlanishidagi ahamiyatini bilib olishimiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF PRESCHOOL CHILDREN WITH AGE

in this article we can find out the psychological characteristics of preschool children regarding age and their importance in the healthy development of the child.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING YOSHGA DOIR PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

Muhammadiyeva F. T.

Maktabgacha ta'limfakulteti o'qituvchi

Musayeva D.Z.

Termiz davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim fakulteti 2-kurs talabasi

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING YOSHGA DOIR PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshga doirpsixologikxususiyatlari va ularning bola sog 'lom rivojlanishidagi ahamiyatini bilib olishimiz mumkin.

Kalit so'z: bola, mustaqil faoliyat, Maktabgacha yoshdagi bolalar, psixologiya, sog 'lom

Muhammadiyeva F.T.

Faculty of preschool education teacher

Musayeva D.Z.

Termez State Pedagogical Institute Faculty of preschool

education 2nd year student

PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF PRESCHOOL CHILDREN

WITH AGE

Annotation: in this article we can find out the psychological characteristics of preschool children regarding age and their importance in the healthy development of the child.

Keyword: child, independent activity, preschool children, psychology, healthy

Bola uch yoshga to'lib maktabgacha yoshiga o'tgandan so'ng uning jismoniy jihatdan o'sishi bir qadar sekinlashadi. Bolaning jismoniy jihatdan o'sishidagi notekislik bu davrda ham davom etaveradi. Masalan, bola tug'ilgandan bir yoshga to'lguncha bo'yining o'sishini quyidagi jadvalda ko'rishimiz mumkin. Maktabgacha yoshda jismoniy rivojlanish ko'rsatkichlari: Yoshi 0-1 1-2 2-3 3-4 4-5 5-6 6-7 Bo'yi (sm) 25 40 8 4 6-7 7-8 10 Maktabgacha yoshdagi bolaning tanasi, xususan, oyoqlarining uzayishi tufayli gavdasidagi umumiy mutanosiblik o'zgaradiBolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan maktabgacha yoshi bolalik davrining katta bir qismini tashkil etadi. Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyatlari rivojlanadi hamda shaxsiy individual xususiyatlari (shaxsiy fazilatlari) tarkib topa boshlaydi. Rus pedagoglaridan P.F.Lesgaftning fikricha, insonning maktabgacha yoshidagi davri shunday bir davrki, ana shu davr mobaynida kelgusida qanday xarakter xislatlari paydo bo'lishi belgilanadi va

мЭкономнка h соцнумм №11(126)-2 2024

www.iupr.ru

312

axloqiy sifatlarining asoslari yuzaga keladi. Insonning kamol topa borishida maktabgacha yoshdagi davrning ahamiyatiga doir P.F.Lesgaftning bu fikri rus pedagogi A.S.Makarenkoning quyidagi fikriga to'la mos keladi. A.S.Makarenko bolalarni juda kichik davridan boshlab tarbiyalash zarurligi haqida gapirib, tarbiyaning eng muhim asoslari bolaning besh yoshgacha bo'lgan davri mobaynida yuzaga keltiriladi. Mana shu davrda qilingan butun tarbiya, tarbiya jarayonining 90% ini tashkil etadi, degan edi. Haqiqatan ham bolaning maktabgacha yoshidagi davri shu qadar mazmundor va faol davrdirki, bu davr bolaning kelgusi o'sishida albatta o'z aksini qoldiradi. Shuning uchun maktabgacha yoshidagi davr ta'sir o'tkazish kuchi jihatidan g'oyat mas'uliyatlidir. Bola ilk yoshdan maktabgacha davrga o'tgach, uning butun yashash sharoitida jiddiy o'zgarishlar yuz beradi. Birinchidan, bola bog'cha yoshiga o'tgach, uning faoliyat doirasi ancha kengayib, mustaqilligi yanada ortadi. Uning o'yinlari, xatti harakatlari ham boshqacha mazmunga ega bo'la boshlaydi. Ikkinchidan, bolaning butun faoliyatida nutqning roli orta boradi. Uchinchidan, bola maktabgacha yoshga o'tgach, muayyan dastur asosida maxsus pedagog tomonidan tarbiyalana boshlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolaning yashash sharoitida yuzaga kelgan bu o'zgarishlar uning jismoniy va psixik jihatdan o'sib kamol topishniga ta'sir etmay qolmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy jihatdan rivojlanishi Yuqorida aytib o'tganimizdek, bolaning jismoniy jihatdan eng tez o'sadigan davri bir-ikki yoshligiga to'g'ri keladi.

Bola uch yoshga to'lib maktabgacha yoshiga o'tgandan so'ng uning jismoniy jihatdan o'sishi bir qadar sekinlashadi. Bolaning jismoniy jihatdan o'sishidagi notekislik bu davrda ham davom etaveradi. Masalan, bola tug'ilgandan bir yoshga to'lguncha bo'yining o'sishini quyidagi jadvalda ko'rishimiz mumkin. Maktabgacha yoshda jismoniy rivojlanish ko'rsatkichlari: Yoshi 0-1 1-2 2-3 3-4 4-5 5-6 6-7 Bo'yi (sm) 25 40 8 4 6-7 7-8 10 Maktabgacha yoshdagi bolaning tanasi, xususan, oyoqlarining uzayishi tufayli gavdasidagi umumiy mutanosiblik o'zgaradi. Maktabgacha yosh davrida bolaning oyoqlari nisbatan ko'proq o'sadi. Biroq shunday bo'lsa ham 6-7 yoshgacha bo'lgan bolaning suyaklari hali yaxshi qotmagan, ya'ni tog'aysimon holatda bo'ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning pay va muskullari hali baquvvat emasligiga qaramay juda harakatchan bo'ladilar. Bola 7 yoshga yetgach, umurtqa suyagining bo'yin qismida oldinga tomon, ko'krak qismida esa orqaga tomon ma'lum darajada egilish yuz beradi. Keyinchalik bolaning umurtqa suyagi mana shu shaklda saqlanib qoladi. Bola qaddi-bastining to'g'ri bo'lishida umurtqa suyagining ana shunday holda saqlanib qolishi juda katta ahamiyatga ega. Bog'cha yoshidagi bolaning bosh suyagi ham tez o'sadi. Bola uch yoshga to'lgandan so'ng bosh miya suyagining orqa va tepa tomonlari tez o'sadi. Maktabgacha yoshda bolaning ichki organlarida ham jiddiy o'zgarishlar ro'y beradi. Masalan, bolaning yuragi hajm jihatidan chaqaloq bolaning yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq uning muskullari hali yetarli darajada mustahkamlanmagan bo'ladi. Mana shuning uchun bog'cha yoshidagi bolaning yuragi bir qisqarishda organizm uchun yetarli qon siqib chiqara olmaydi. Bola yuragining katta odamlar yuragiga qaraganda nisbatan tezroq urishining sababi ham mana shundadir. Chunonchi, agar 1 yoshdagi bolaning yuragi bir marta qisqarishda

10,2 kub/sm qon siqib chiqarsa, 7 yoshli bolaning yuragi bir marta qisqarishda 23 kub/sm dan qon siqib chiqaradi. Katta yoshdagi odamning yuragi esa bir marta qisqarishda 60 kub/ sm dan ortiqroq qon siqib chiqaradi. Maktabgacha yoshdagi davrda yurakning nisbatan tezroq ishlashi tufayli bolaning qon bosimi katta kishilarga nisbatan biroz kuchliroq bo'ladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar nerv sistemasining o'sishi Maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasining rivojlanishida ularning nerv sistemalarida sodir bo'ladigan o'zgarishlar juda katta rol o'ynaydi. Bolalar nerv sistemalarining eng kuchli taraqqiy etadigan davri 1 yoshgacha bo'lgan davrga to'g'ri keladi. Yangi tug'ilgan bola bosh miyasining o'rtacha og'irligi 380-400 g keladi. Bola bog'cha yoshiga yetguncha uning miyasi g'oyat tez rivojlanib, deyarli uch baravar ko'payadi. Demak, bog'cha yoshiga yetgan bolalar miyasining og'irligi 1100-1200 g ga yetadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nerv sistemasining bundan keyingi takomillashishi davomida bosh miya po'sti qismidagi markazlarni bir-biri bilan tutashtiruvchi nerv tolalari ham miyelin qobig'i bilan qoplana boshlaydi. Bosh miyadagi nerv tolalarining miyelin qobig'i bilan qoplanishi aks ettirish jarayoni, ya'ni psixik jarayonlar va ularning rivojlanishi uchun juda katta ahamiyatga ega. Nerv tolalari miyelinizatsiyalashganda, birinchidan, qo'zg'alishlarning nerv tolalaridan tez o'tishi ta'minlansa, ikkinchidan, qo'zg'alishning faqat tegishli markazgagina borishini ta'minlaydi. Buning natijasida organizmga tashqi muhitdan ta'sir etib turuvchi turli qo'zg'atuvchilar ta'siri tufayli yuzaga keladigan shartli reflekslar (muvaqqat bog'lanishlar) nisbatan tez hosil bo'ladi. Bundan tashqari, har bir qo'zg'alishning tegishli markazigagina aniq borishi bog'cha yoshidagi bolalarning o'z harakatlarini epchillik bilan idora qila olishlarini ta'minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. F.Qodirova va boshqalar "Maktabgacha pedagogika" Toshkent 2019 yil

2. Ivanov P.I., Zuffarova M.E. Umumiy psixologiya., T., 2008 yil

3. M.H Quvvatova, Sh. Alisherova Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini o'stirishda lug'at ishining ahamiyati - Eurasian Journal of Academic , 2022 - in-academy.uz [1]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.