INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© D.F. Kayumova1H_
1Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: yosh avlodni barkamol, sog'lom va komil inson ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada 6-7 yoshli bolalarni maktab ta'limiga tayyorshining axamiyati haqida so'z borgan.
MAQSAD: jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqiyotini jadallashtirish, inson omilini vujudga keltirish davr talabiga aylandi. Maktabga tayyorlov guruh bolalarini sog'lom va yetuk boyish masalalari hamisha insoniyatni qiziqtirib kelgan va ijod qilishga yo'naltirgan masalalardan biridir. O'zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan poklanish, ma'naviy va jismoniy barkamol yosh avlodni tarbiyalash borasida ham jiddiy o'zgarishlar qilishni taqozo etdi.
MATERIALLAR VA METODLAR: maktabgacha 6-7 yoshdagi bolalarni sensor etalonlarini rivojlantirishning nazariy jihatdan tadbiq etilishi tadqiqoti jarayonida suhbat, so'rovnoma, kuzatish kabi metodlaridan foydalanildi va olingan natijalarning ishonchlilik darajasi tahlil orqali tasdiqlandi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: bola o'z diqqatini muayyan ob'ektga yo'naltirish, to'plash, taqsimlash bo'yicha ma'lum darajada ko'nikmaga ega bo'lib, o'z diqqatini boshqarish va kerakli paytda to'plashga intiladi. Uning xotirasi qiziqarli, ajoyib-g'aroyib, kishini taajjubga soladigan ma'lumot va hodisalarni puxta esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotlarni o'zlashtirib kelgan bo'l-sa, endi o'z xohish-irodasi bilan zarur ma'lumotlar to'plashga, o'z oldiga aniq maqsad va vazifa qo'yishga harakat qiladi, bolaning ana shu faolligi xotirasining muayyan darajada rivojlanganini bildiradi. U she'r, hikoya va ertaklarni esda qoldirish uchun go'yo takrorlashi, yod olishning eng qulay yo'l va usullaridan foydalanishi ta'lim jarayonida unga juda qo'l keladi.
XULOSA: yoshlarni jamiyatdagi o'rni, yoshlarni tarbiyalashga bog'liq milliy an'analar, sermazmun milliy qadriyatlarning ildizlari ajdodlarimiz merosini o'rganish va ommalashtirish, milliy tarbiyada umuminsoniy qadriyatlarning o'rnini yuksaltirish va uning maktab faoliyatida uyg'unlashuvini ta'minlash, o'zbek oilasiga xos xususiyatlarni (mentalitetini) yaratish va keng targ'ib etish jamiyatning asosiy negizi hisoblanmish istiqlol
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
mafkurasiga mos shaklan va mazmunan shakllantirish bolalarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlashning garovidir.
Kalit so'zlar: maktab faoliyatida uyg'unlashuv, ijod qilish, sog'lom va yetuk, milliy qadriyatlar, milliy an'analar, milliy tarbiya, maktab ta'limi, ta'limga sifatli tayyorlash.
Iqtibos uchun: Kayumova D.F. Maktabgacha 6-7 yoshdagi bolalarni sensor etalonlarini rivojlantirishning nazariy jihatdan tadbiq etilishi. // Inter education & global study. 2024. №8. B.195-205.
ТЕОРЕТИЧЕСКАЯ РЕАЛИЗАЦИЯ СЕНСОРНОГО ОРИЕНТИРОВОЧНОГО РАЗВИТИЯ ДОШКОЛЬНИКОВ 6-7 ЛЕТ_
© Д.Ф. Каюмова1И
1 Институт переподготовки и повышения квалификации директоров и специалистов дошкольных образовательных организаций, Ташкент, Узбекистан
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: важное значение приобретает воспитание подрастающего поколения в гармоничном, здоровом и совершенном человеческом духе. В этой статье рассказывается об особенностях подготовки детей 6-7 лет к школьному обучению.
ЦЕЛЬ: ускорение социально-экономического развития нашего общества, создание человеческого фактора стало требованием времени. Подготовка к школе вопросы здорового и зрелого обогащения детей группы-один из тех вопросов, который всегда интересовал человечество и направлял его к творчеству. Обретение Республикой Узбекистан независимости, очищение, осуществляемое во всех сферах жизни общества, потребовало серьезных изменений в воспитании духовно и физически развитого подрастающего поколения.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в процессе исследования теоретической реализации сенсорного ориентировочного развития дошкольников 6-7 лет использовались такие методы, как беседа, анкета, наблюдение, а степень достоверности полученных результатов подтверждалась анализом.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: ребенок приобретает определенную степень умения направлять, концентрировать, распределять свое внимание на конкретном объекте, стремится контролировать свое внимание и концентрировать его в нужный момент. Его память будет интересной, чудесно-необычной, способной к внимательному запоминанию, запоминанию, запоминанию информации и явлений, удивляющих человека. Усвоив ту или иную информацию до этого времени под непосредственным руководством взрослого, он теперь по собственному желанию старается собрать необходимую информацию, поставить перед собой конкретную цель и задачу, свидетельствующую о том, что у ребенка в той или иной степени развита память об этой деятельности. Тот факт, что он повторяет стихи, рассказы и
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 8
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
сказки как бы для запоминания, использует наиболее удобные способы и способы запоминания, очень пригодится ему в учебном процессе.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: роль молодежи в обществе, национальные традиции, связанные с воспитанием молодежи, изучение и популяризация наследия наших предков, воспитание общечеловеческих ценностей в национальном воспитании и обеспечение их гармонизации в школьной деятельности, создание и широкая пропаганда особенностей (менталитета) узбекской семьи в формах и содержании, соответствующих идеологии независимости, считающейся основой общества. формирование детей в школе гарантия качественной подготовки к обучению.
Ключевые слова: гармонизация в школьной деятельности, творчество, здоровое и зрелое, национальные ценности, национальные традиции, национальное воспитание, школьное образование, качественная подготовка к обучению.
Для цитирования: Каюмова Д.Ф. Теоретическая реализация сенсорного ориентировочного развития дошкольников 6-7 лет. // Inter education & global study. 2024. №8. С. 195-205.
A THEORETICAL REALIZATION OF SENSORY ORIENTATION DEVELOPMENT OF PRESCHOOLERS 6-7 YEARS OLD_
© Dilnoza F. Kayumova1®
1Institute of Retraining and Advanced Training of directors and specialists of Preschool Educational Organizations, Tashkent, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: it is important to educate the younger generation in the spirit of a harmonious, healthy and perfect person. In this article, we talked about the achamity of 6-7-year-old children who are ready for school education.
AIM: to accelerate the socio-economic development of our society, the creation of the human factor has become a requirement of the time. Preparing for school the issues of healthy and mature enrichment of the children of the group is one of those issues that has always interested humanity and guided it to creativity. The independence of the Republic of Uzbekistan, the purification carried out in all spheres of society, required serious changes in the upbringing of the spiritually and physically developed younger generation.
MATERIALS AND METHODS: in the process of researching the theoretical realization of sensory orientation development of preschoolers 6-7 years old, methods such as conversation, questionnaire, observation were used, and the degree of reliability of the results obtained was confirmed by analysis.
DISCUSSION AND RESULTS: the child acquires a certain degree of ability to direct, concentrate, distribute his attention on a specific object, strives to control his attention and concentrate it at the right moment. His memory will be interesting,
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 8
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
wonderfully unusual, capable of careful memorization, memorization, memorization of information and phenomena that surprise a person. Having assimilated this or that information up to this time under the direct supervision of an adult, he now voluntarily tries to collect the necessary information, set himself a specific goal and task, indicating that the child has a more or less developed memory of this activity. The fact that he repeats poems, stories and fairy tales as if for memorization, uses the most convenient ways and methods of memorization, will be very useful to him in the educational process.
CONCLUSION: the role of youth in society, national traditions related to the upbringing of youth, the study and popularization of the heritage of our ancestors, the education of universal values in national education and ensuring their harmonization in school activities, the creation and widespread promotion of the characteristics (mentality) of the Uzbek family in forms and contents corresponding to the ideology of independence, considered the basis of society. the formation of children in school is a guarantee of high-quality preparation for learning.
Keywords: harmonization in school activities, creativity, healthy and mature, national values, national traditions, national upbringing, school education, high-quality training.
For citation: Dilnoza F. Kayumova. (2024) 'Theoretical realization of sensory orientation development of preschoolers 6-7 years old', Inter education & global study, (8), pp. 195-205. (In Uzbek).
Tayyorlov guruh bolalarini maktab ta'limiga maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanayotganida tayyorlanadi. Bunda u maktabda o'quvchilarga qo'yiladigan har xil talablar bilan tanishadi, fan asoslarini o'rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayyor bo'ladi. Ta'limga psixologik tayyorlik deganda, bolaning ob'ektiv va sub'ektiv jihatdan maktab talabiga munosibligi nazarda tutiladi. U maktab ta'limiga avval psixologik jihatdan tayyorlanadi. Binobarin, uning psixikasi bilim olishga etarli darajada rivojlanadi. 6-7 yoshdagi bola idrokining o'tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, o'zining qiziquvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi, tafakkurining yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Maktab ta'limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror bo'ladi. Bola diqqatining xususiyatlari rolli va syujetli o'yinlarda, rasm chizish va qurish-yasash mashg'ulotlarida, loy hamda plastilindan o'yinchoqlar tayyorlashda, o'zgalar nutqini idrok qilish va tushunishda, matematik amallarni yechishda, hikoya tinglash va tuzishda ko'rinadi.
Birinchi sinf o'quvchisi ko'pincha yaqqol obrazli xotiraga suyanib bilish faoliyatini tashkil etsa ham, bu ish xotiraning boshqa turlarini inkor qilmaydi, aksincha, ta'lim so'z-mantiq xotirasini taqozo etadi. So'z-mantiq xotirasining mavjudligi ma'nosini tushunib esda olib qolish jarayonining samaradorligi ortishiga keng imkoniyat yaratadi. Tajribadan ma'lumki, bola ma'nosiz so'zlardan ko'ra ma'nodor tushunchalarni birmuncha tez va mustahkam eslab qolish xususiyatiga ega. Uning nutqi maktab ta'limiga tayyorgarlik
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 8
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
bosqichida kattalar bilan muloqotga kirishish, kishilarning fikrini uqib olish va to'g'ri idrok qilish darajasida, nutqining tuzilishi esa grammatika qoidalariga mos, mantiqan izchil, ifodali, miqdor va ko'lam jihatdan fikr almashishga yetarli bo'ladi.
Fiziologik rivojlanish. Mazkur davrda organizmning tayanch-harakat va yurak-qon-tomir tizimlarining intensiv rivojlanishi hamda takomillashishi, mayda mushaklarning rivojlanishi, markaziy asab tizimidagi ayrim bo'linmalarning rivojlanishi va differensirovkalanishi ro'y beradi. bolaning vazni oyiga taxminan 200 gr atrofida, bo'yi o'sishi esa 0,5 sm ga ortib boradi, tana proporsiyalari o'zgara boshlaydi. 7 yoshli bolalarning bo'yi o'rtacha 113-122 sm ga, o'rtacha vazni esa 21 -25 kg ga teng bo'ladi. Miya sohalari deyarli katta yoshli kishilarnikidek shakllangan. Harakat sohalari yaxshi rivojlangan. Suyaklar mustahkamlanishi davom etadi, lekin umurtqa egilishlari hali barqaror emas. Yirik va ayniqsa, mayda motorikanin rivojlanishi davom etadi. Qo'l panjalari mushaklarning koordinatsiyasi intensiv rivojlanadi. Umumiy jismoniy rivojlanish bolaning nozik motorikasi rivojlanishi bilan bog'liq bo'ladi. Qo'l barmoqlarining mashq qildirilishi boladagi intellektni oshirish, nutqni rivojlantirish va yozishga tayyorgarlik ko'rish vositasi bo'lib sanaladi.
Psixik jarayonlarning rivojlanishi. Bu yosh bosqichining o'ziga xos tomoni bo'lib bilishga doir va fikriy psixik jarayonlarning faol rivojlanishi hisoblanadi. Bola kuzatishga, qarab izlash kabi ixtiyoriy harakatlarni bajaradi. Mana shu yoshda sensor etalonlar - shakl, rang, o'lcham to'la o'zlashtiriladi. Maydon-makonni anglashning rivojlanishi davom etadi. Bola pastga, tepaga, boshqa tomonga kabi tushunchalar bilan amallarni bajara boshlaydi. SHuningdek, endilikda o'ng va chap tomonni tasavvur qilish aniq shakllangan bo'lishi lozim. Biroq, bu yoshdagi bolalarda bir vaqtning o'zida turli xildagi belgilarning hisobga olinishi lozim bo'ladigan paytlarda xatolikka yo'l qo'yishlari uchrashi mumkin.
Diqqat. Maktabgacha yosh oxiriga kelib ixtiyoriy diqqat rivojlana boshlaydi. Bola diqqatini ongli ravishda ma'lum bir predmetlarga va ob'ektlarga yo'naltirib va jamlab tura oladi. Diqqatning barqarorligi ortishi - 20-25 daqiqa, diqqat hajmi 7-8 ta predmetni qamrab oladi. Bola ikkiyoqlama tasvirlarni ko'ra olishi mumkin. Bolalarda diqqat juda erta rivojlana boshlaydi. Bir-ikki haftalik chaqaloqlarda diqqatning hech qanday alomati ko'rinmasa ham, oradan sal o'tmay, ya'ni bolaning bir oylik davridan boshlab, i xtiyoriy diqqat alomatlari yaqqol ko'rina boshlaydiA Demak, bolaning bir oylik davrida lining diqqatini har turli kuchli qo'zg'atuvchilar (qattiq tovush, ortiqcha yorug'lik kabi) ixtiyorsiz ravishda o'ziga jalb qila boshlaydi. Ikki-uch oylik bolalar esa, shaqir-shuqurga quloq soladigan (shaqildoqlaming tovushiga ovunadigan) bo'la boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarning diqqatlarini yorqin (yaltiroq) rangli narsalar ham beixtiyor jalb qila boshlaydi. Bolaning ko'z o'ngidagi narsa qanchalik rang-barang bo'lsa, bola unga shunchalik ko'p e'tibor beradi.Bog'chagacha tarbiya yoshidagi bolalarning diqqati nihoyatda beqaror bo'lishi bilan xarakterlanadi. Masalan, bolaga yangi o'yinchoq bersangiz u o'yinchoqni juda qiziqib ko'ra boshlaydi. Lekin ayni shu paytda yana bir boshqa o'yinchoqni ko'rsatsangiz, birinchi o'yinchoqni tashlab, ikkinchisiga talpinadi. Yasli yoshidagi bolalar diqqatining beqarorligi flziologiya nuqtai nazaridan ularda hali tormozlanish protsesslarining kuchsizligi bilan bog'liqdir.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Tormozlanish jarayoni qo'zg'alish jarayonining keng yoyWb ketishini to'xtata olmaydi. Ana shuning uchun kichik bolalaming diqqati bir narsadan ikkinchi narsaga chalg'ib ketaveradi. Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining g'oyat beqaror bo'lishi turmush tajribalarining juda ozligi bilan ham bog'liqdir. Bolalarga hamma narsa yangilik bo'lib tuyulaverganidan ulaming diqqatlari bir narsadan ikkinchi narsaga tez-tez chalg'ib ketaveradi. Bola ko'z o'ngidagi narsaning o'zi bolaga juda qiziq tuyulgani sababli ham diqqati chalg'ib ketadi. Masalan, N.M. Menchinskayaning hikoya qilishicha, Sasha (1 yosh 8 oylik) echki va uning bolalari haqidagi ertakni zo'r qiziqish bilan tinglaydi. Bo'ri kelib eshikni taqillatgani hikoya qilinganda, Sasha bo'rining qanday taqillatganini ko'rmoqchi bo'lib, devorga tap-tap etib uradi, lekin ba'zan taqillatishga shu qadar mahliyo bo'lib ketadiki, ertakni tamomila unutib qo'yadi.
Ilk bolalik davridagi bolalarda diqqatning bo'linuvchanligi juda zaif, ko'lami esa tor bo'ladi. Bu yoshdagi bolalar diqqatlarini faqat ko'zlariga yaqqol ko'rinib turgan bir narsagagina qarata oladilar. Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining rivojlanishida nutqning roli juda kattadir. Bolaning tili chiqib nutqni egallay boshlashi, katta kishilar bilan muloqotda bo'lishdan tashqari, ulaming ko'rsatmalarini bajarish imkoriiyatini ham beradi. Yuqorida aytib o'tganimizdek, kichik yoshli bolalar kattalarga qarashishni, imkoniyatlari boricha ulaming mehnatlariga aralashishni juda yoqtiradilar. Kattalaming iltimos va topshiriqlarini bajonidil ado etadilar, o'z-o'ziga xizmat ko'rsatishga oid oddiy yumushlarni qiziqib bajaradilar, ota- onalarining uy-xo'jalik ishlarida qarashishga harakat qiladilar. Mana shulaming hammasi, diqqatni ma'lum darajada to'plash va muayyan bir maqsadga qaratishni talab etadi. Bu esa bolalarda ixtiyoriy diqqatning rivojlanishiga asos yaratadi.
Xotira. Maktabgacha yosh oxiriga kelib bolada psixik faollikning ixtiyoriy shakllari paydo bo'ladi. U endilikda predmetlarni qarab chiqa oladi, maqsadga qaratilgan kuzatishni amalga oshira olishi mumkin, ixtiyoriy diqqat paydo bo'ladi va buning natijasida ixtiyoriy xotira elementlari yuzaga kela boshlaydi. Ixtiyoriy xotira bola o'zi mustaqil ravishda maqsadni belgilaganda - eslab qolish va eslash holatlarda namoyon bo'ladi. Bolaning eslab qolish istagini har tomonlama rag'batlantirish zarur, chunki bu nafaqat xotiraning, balki bilishga doir boshqa qobiliyatlar - anglash, diqqat, fikrlash, tasavvur qilishning ham muvaffaqiyatli rivojlanish garovidir. Ixtiyoriy xotiraning paydo bo'lishi vositalangan xotiraning - eslab qolishning eng mahsuldor shakli rivojlanishiga yordam beradi. Bu yo'ldagi birinchi qadamlar eslab qolinadigan materialning o'ziga xosliklari - yorqinligi, ommabopligi, noodatiyligi, ko'rgazmalilik va boshqa shu kabilar bilan shartlanadi. Bu davrda maktabgacha yoshdagi bolalarni eslab qolish maqsadlarida tasniflash va guruhlash usullariga maqsadli ravishda o'rgatish mumkin.
Fikrlash. Ilgarigidek, etakchi bo'lib ko'rgazmali-qiyofaviy fikrlash hisoblanadi, lekin maktabgacha yosh oxiriga kelib so'zli-mantiqiy fikrlash shakllana boshlaydi. U so'zlarn ishlata bilish, fikr-mulohazalar mantig'ini tushuna olish mahoratining rivojlanishini ko'zda tutadi. Bu erda albatta katta yoshlilarning yordami zarur bo'lib hisoblanadi, chunki bolalarning, masalan, predmetlar kattaligi yoki sonini taqqoslashlaridagi bolalarcha fikr-mulohazalarining nomantiqiyligi mavjud bo'lishi ma'lumdir. Maktabgacha bo'lgan yoshda
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
tushunchalarning rivojlanishi boshlanadi. To'la holda so'zli-mantiqiy, tushunchali yoki abstrakt fikrlash o'smirlik yoshiga kelib shakllanadi. Katta maktabgacha yoshdagi bola sabab-oqibatli aloqadorliklarni belgilay olishi, muammoli vaziyatlar echimini topa olishi mumkin bo'ladi.
Tasavvur. Bola hayotining bu davri tasavvur qilishning o'ziga xos faolligi bilan tavsiflanadi. Dastlab bu fakat yaratuvchilik tasavvurlari bo'ladi, ya'ni, biron-bir ertaknamo qiyofalarni tasavvur qilishga imkon beradigan tarzda bo'ladi, keyinchalik esa but unlay yangi qiyofalarni yaratishga qodir bo'lgan ijodiy tasavvurga aylanadi. Bu bolada fantaziyani rivojlantirish uchun o'ta muhimdir. Bolalarda asta-sekin shakl haqidagi umumiy tasavvur shakllanadi, bunday tasavvur maktabda geometriya, chizmachilik kabi fanlarni o'zlashtirish uchun asos bo'ladi.
Tug'ilgan bolalar geometrik figuralarni his eta boshlaydilar. M: bir nechta turli butilkalarni bolaning oldiga terib qo'ysak, bola ovqat eydigan butbilkasini ko'zi bilan, labi bilan teshib yuboray deydi.Bola biroz ulg'aygandan so'ng o'yinchoqlarini geometrik figuralar bilan solishtira boshlaydi. M: Mana bu tayoq stolbaga o'xshaydi, mana bu tarvuzga o'xshaydi ya'ni hamma narsalarni bir-biriga o'xshatish. Predmetlarning shaklini aniqlashda geometrik figuralar etalon bo'lib xizmat qiladi. Shakl xuddi razmerga o'xshab bir predmetni ikkinchi predmetdan farqlashga yordam beradi. Bolalarda shakl haqidagi tasavvurlarini shakllantirish sensor tarbiyaning bir muammosi deb hisoblanadi. Kam tanish bo'lgan predmetlar shaklini hech narsa bilan o'xshata olmaydi, shuning uch un shaklning belgisiga ko'ra ularni umumlashtira olmaydilar. Predmet shaklini aniqlashda geometrik figuralarning rol katta. 2-3 yashar bolalar geometrik figuralarni oddiy o'yinchoq deb his etadilar. M: silindr — stakan, stolba; konus — stakan, stolba; konus - minora.
Nutq. Grammatika va leksikaning rivojlanishi davom etadi, nutq ravon bo'la boradi. So'z boyligi ortadi, bolalar umumlashtiruvchi otlarni ishlata boshlaydilar, sinonimlar, antonimlar va sifatlardan foydalana boshlaydilar. Agarda bola bilan birga ko'p o'qils a va muloqot qilinsa, unda bu yoshga kelib ham monologik nutq (tushuntirishli va talqin qiluvchi, bayoniy nutq) hamda muloqotda ishtirok eta olish mahorati yaxshi darajada shakllangan bo'ladi. Yozma nutq shakllana boshlaydi. So'z boyligi taxminan 3 000 ta so'zgacha boyib boradi. Bog'cha yoshidagi bolalar nutqining rivojlanishi ularning faoliyati, muloqoti bilan uzviy bog'liqdir. Bola so'zlarning mazmuni va shaklidagi o'zgarish, uning muloqot shakllari o'zgarishi bilan bog'liq bo'ladi. Ilk bolalik davriga xos situativ nutq ishchan muloqot shaklidan nosituativ bilishga yo'naltirilgan va nosituativ - shaxsiy muloqot shakliga o'tilishi bolalar nutqiga ma'lum bir talablarni qo'yadi. Bu talablar bola nutqining yangi -yangi tomonlarini, turli kommunikativ masalalarni xal qilishi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarni tarkib toptiradi. Bog'cha yoshidagi bolaning nutqi ijtimoiy aloqalarni o'rnatish funksiyasini bajara boshlaydi. Buning uchun esa bolada ichki nutq tarkib topishi, monologik xususiyat kasb etib borishi lozim bo'ladi. Bog'cha yoshida bola nutqining rivojlanishidagi muhim xususiyat nutq tafakkur quroliga aylanishidan iborat. Bola so'z lug'at boyligining o'sishida ikki muhim tomon - miqdor va sifat tomonlari mavjud. Lug'at boyligining miqdoriy o'sishi D.B.Elkoninning ko'rsatishicha bevosita bolaning hayot sharoitlari va tarbiyalanish
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
xususiyatlariga bog'liq so'nggi yillarda u yoki bu yoshdagi bolalar nutqining lug'at tarkibini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlarda avvalgi tadqiqotlarga nisbatan yuqoriroq mikdoriy ko'rsatkichlar aniqlandi. Jumladan, V.Loginaning ma'lumotlariga ko'ra 3 yoshga kelib, bola lug'atida 1200 ta so'z mavjud bo'ladi. 6 yoshli bolaning faol lug'ati esa 3000-3500 so'zni o'z ichiga oladi. Vaholanki, 40-60 yil oldin o'tkazilgan tadkiqotlarda 3 yoshli bolaning lug'ati 400-600 so'zdan, 6 yoshli bolaning faol lug'ati esa 2500-3000 so'zdan iborat deb ko'rsatilgan edi. Situatsion - ishchan muloqot shaklidagi bolalar leksikasi (nutqi) konkret predmetli vaziyat bilan bog'liq. Bu xolat shunda ko'rinadiki, bolaning nutqida ot so'z turkumiga oid so'zlar ko'p bo'ladi. Sifat turkumidagi so'zlar yoki umuman uchramaydi, yoki buyumlarning faqat tashqi xususiyatlari: rangi, o'lchami (barcha sifatlarning 96,4%)ni ifodalaydi. 98% fe'llar faqatgina aniq predmetli harakatlarga nisbatan ishlatiladi. Bolalarning nosituativ - bilishga yo'naltirilgan (vaziyatga situatsiyaga bog'liq bo'lmagan) muloqotida ular kattalardan har xil narsa va hodisalar haqida axborot olishga bog'liqlikdan ozod bo'ladi. Asta sekin atrof-olamdagi narsalarning turli xususiyatlarini aks ettiruvchi so'zlar zaxirasi kengayib boradi. Jumladan, estetik xususiyatlarni ifodalovchi sifat turkumiga oid so'zlar (11,25%) va emotsional xususiyatlarni ko'rsatuvchi so'zlar (5%) paydo bo'ladi, irodaviy va intellektual harakatlarni anglatuvchi fe'l turkumidagi so'zlar (6,24%) vujudga keladi. Nosituativ - shaxsiy muloqatda, bola odamlar o'rtasidagi munosabatlar xakida axborot olishga, o'zining fikrini kattalar fikri bilan taqqoslashga harakat qilar ekan, uning nutqida umumiy grammatik murakkablashish ro'y beradi. Sifat turkumidagi so'zlar quyidagi nisbatda bo'ladi: atributiv (tashqi xususiyatlarini ifodalovchi) -69,80%, estetik xususiyatlarni ifodalovchi sifatlar 14,65%, axloqiy xususiyatlarni ifodalovchi sifatlar - 9,3%. Irodaviy va intellektual harakatlarni ifodalovchi fe'llar ancha ko'payib, nutqida ishlatilayotgan barcha fe'llarning 9,76%ni tashkil etadi. Bolaning lug'at boyligi nafaqat miqdor jihatdan, balki sifat jihatdan ham o'sib boradi. Bu asosan bolalarning so'zlar mazmunini o'zlashtirishi bilan kechadi. Lug'atni egallash jarayoni tushunchalarni egallab borish bilan uzviy bog'liq. Bog'cha yoshidagi bolalar eng avvalo ko'rgazmali ifodalangan yoki ularning faoliyatlariga jalb etilgan predmetlar, hodisalar, sifatlar, xususiyatlar, munosabatlarning nomlanishini o'zlashtiradi. Buni bola tafakkurining ko'rgazmali-harakat va ko'rgazmali-obrazli xarakterda ekanligi bilan tushuntirish mumkin. Shu tufayli ham, bog'cha yoshidagi bolalar lug'atida abstrakt (mavxum) tushunchalar deyarli uchramaydi. Agar, 3-7 yoshdagi boladan berilgan topshirikda nutqiy faoliyatning elementi bo'lmish so'z bilan muayyan amallarni bajarish talab etilsa, masalan, gap tarkibidan so'zlarni ajratib olish vazifasi berilsa, S.N.Karpovaning tadqiqotida ko'rsatishicha, bolada unga aytilgan gap belgilaydigan vaziyatga oriyentir olishning ancha barqaror moyilligi kuzatiladi. Bu maqsadda bolaga nutqning tushunarli mezonlarini o'rgatilmasdan, faqat ta'riflarni, ya'ni so'zlarni ko'rgazmali namoyish etish orqali ta'riflashni ishlatish mumkin. Katta bog'cha yoshi davrida so'zlarning tuzatilishini stixiyali tarzda o'zlashtirish natijasida bolalarda so'zni tarkibiy jihatdan taxlil etishning elementar shakllari yuzaga keladi. Nutqning fonetik (tovush) sistemasini o'zlashtirish jarayoni tovushlarni to'g'ri talaffuz etish va fonematik eshitishning rivojlanishini o'z ichiga oladi. Nutqning fonetik
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
tarkibini o'zlashtirish bir yoshning oxirlariga kelib boshlanadi. Bog'cha yosh davrining boshiga kelib, bolalar asosan ona tilining barcha tovushlarini egallab bo'ladilar. Biroq shunday bog'cha yoshidagi bolalar ham uchraydiki, ularda ancha katta yoshda ham nutqiy nuqson talaffuz kamchiliklari uchraydi. Buning asosiy sababi nutq apparati motorikasining sekin rivojlanishidir.
Shaxs rivojlanishi. Maktabgacha yoshdagi bolaning ongidagi asosiy o'zgarish bo'lib "harakatlar ichki rejasi"ning paydo bo'lishi hisoblanib, u bolaga nafaqat ko'rgazmali tarzda, balki ongli ravishda ham turli xildagi tasavvurlarni hosil qilishga yordam beradi.
Bolaning o'z-o'zini anglashida "Men" obrazini anglashi refleksif qobiliyatini belgilaydi, ya'ni, tahlil qilishi, o'z harakatlarining maqsadlari va natijalari uchun javob bera olishi, shu jumladan, o'z kechinmalari, hissiyotlarini anglashi. Aynan shu yangilanish bolaning ma'nan rivojlanishining asosi bo'lib hisoblanadi. 6-7 yoshli bolaning psixik va shaxsiy sohalarida rivojlanishining eng muhim yangi hosilasi sifatida motivlarning bo' ysundirilishi hisoblanadi. "Men qilishim kerak", "men qila olaman" motivlarining anglanishi "men xohlayman" motivi ustidan ustunlik qila boshlaydi.
O'z "Men"ini anglash va mana shu asosida maktab yoshi oxiriga kelib ichki hissiyotlarning paydo bo'lishi yangi ehtiyojlarni tug'diradi. Butun maktabgacha yosh davomidagi faoliyatning etakchi turi bo'lib hisoblangan o'yin mana shuning natijasida endi bolaning ehtiyojlarini to'la qondira olmay qoladi. Bolada endilikda o'z bolalarcha hayoti doirasidan tashqariga chiqishga intilish, ijtimoiy-ahamiyatli faoliyatda o'z o'rnini egallash istagi yuzaga keladi, ya'ni, bola yangi ijtimoiy hissiyotni - "maktab o'quvchisi o'rnini"ni egallashga intiladi, bu esa 6-7 yoshli bolalarning shaxsiy hamda psixik rivojlanishidagi eng muhim natija va o'ziga xosligi bo'lib sanaladi.
6-7 yoshda bola o'zini nafaqat uning o'zi hosil qilgan amaliy harakatlar chegaralarida anglay boshlaydi, balki u o'zining atrof-muhitga va boshqa kishilar orasidagi o'z o'rniga nisbatan munosabatlarini tushuna olish hamda tahlil qila olishga (bu yosh uchun xos bo'lgan shaklda) qobil bo'ladi: o'zini ijtimoiy munosabatlar tizimidagi sub'ekt sifatida tushunish - o'zining ijtimoiy "Men"ini anglash paydo bo'ladi. O'z-o'zini baholash bu yoshdagi bolada qoidaga ko'ra, o'zini ko'ra olish tendensiyasiga ega bo'ladi. Bunda bola tashqi baholashga juda bog'liq bo'ladi, chunki u o'zi haqida ob'ektiv fikrni tuza olish imkoniga ega bo'lmaydi, u o'zining qiyofasini tengdoshlari va kattalar o'z nomiga eshitgan baholardan kelib chiqib tuzadi. Maktabgacha yoshda bo'lgan bolalar yaxshi, va birinchi bo'lishga jon-dili bilan intiladilar, muvaffaqiyatsizlikka uchraganda juda xafa bo'ladilar, kattalarning munosabati, kayfiyati o'zgarib qolishiga yorqin va emotsionalb ravishda reaksiya ko'rsatadilar. Bu davrda bolalarning guruhda taniqli va yoqimsiz bolalarga ajralib qolishlari aniq namoyon bo'ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning etakchi ehtiyoji bo'lib ham o'z tengdoshlar, ham kattalar bilan muloqoti sanaladi. Oldingi yosh davridagidek etakchi faoliyat bo'lib syujetli -rolli o'yinlar qolaveradi. Bu yoshdagi o'yinlarning o'ziga xosligi bo'lib shu narsa hisoblanadiki, bunda bolalar kishilarning murakkab o'zaro harakatlarini o'zlashtirishni va uni amalga oshirib ko'rishni, atrof-muhitdagi asosiy hayotiy vaziyatlarni sinab ko'rishni
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
boshlaydilar. O'yinlar murakkablasha boradi, ba'zan kattalar har doim ham tushuna olmaydigan alohida mazmunga ega bo'ladi. Bunda bolalar butun o'yin maydonini to'la kuzatib turishga, o'yindagi barcha ishtirokchilarni ko'rib turishga va zaruriy o'yin harakatlariga bog'liq bo'ladigan o'z xulq-atvori yoki rolini o'zgartirib turishga qodir bo'ladilar.
6-7 yoshli bolaning muloqoti. Bu yoshdagi muloqot vaziyatli-shaxsiy, ya'ni, berilgan konkret vaqtdagi vaziyatni emas, balki "nima bo'ldi" yoki "nima bo'ladi" tarzidagi vaziyatni aks ettiruvchi sifatida bo'ladi. Muloqotning asosiy mazmuni kishilar dunyosi, xulq-ator qoidalari, tabiiy hodisalardan iborat bo'ladi. Kattalar dunyo tabiatini ochuvchi ijtimoiy me'yorlar, ijtimoiy kontaktlar va odamlar orasidagi qoidalarning tashuvchisi bo'lib sanaladi. muloqot jarayonidagi etakchi ehtiyoj - o'zaro tushunish, his-tuyg'ularni his qilish ehtiyojidir. Bola kattalar bilan o'zining ham ijobiy, ham salbiy yorqin kechinmalari bilan o'rtoqlashadi. Ota-onalar hamda pedagoglaning asosiy vazifasi bolaning emotsiyalarini ularning bola hayoti uchun ahamiyatliligini kamaytirmagan holda qabul qilishdan iboratdir.
Tengdoshlari bilan muloqotda bola yoshining quyidagicha namoyon bo'lishi ifodalanadi: muloqot tashabbusini boshlash;birinchi yaqinlik; biri-biriga, tan olinishga va hurmatga ehtiyoj; musobaqalashuv tarzidagi taqlid qilish; sherikka nisbatan yuqori sezuvchanlik (ranjish, qarshilik, janjal); guruhda bolalarning tutgan o'rni bo'yicha farqlanishi paydo bo'ladi.
7 yoshlarga kelib bolada maktabgacha bo'lgan yosh davri tugaydi. Bu davrdagi asosiy ko'nikmalar bo'ilb quyidagilar sanaladi: bola tomonidan odam turmush madaniyati predmetlari va narsalari dunyosining o'zlashtirilishi; boshqa kishilar bilan pozitiv muloqot qila olish qobiliyati;"maktab o'quvchisi ichki hissiyoti"ning shakllanishi, ya'ni, ongli ravishda, u nima qilish kerakligi va kattalar undan nimani kutayotganliklarini to'la tushuna olish bilan bolaning maktabga borish istagining paydo bo'lishi.
Maktabgacha yoshda davomida bolalar narsalar dunyosini kishilik madaniyatining predmetlari sifatida o'zlashtiradilar; boshqa kishilar bilan pozitiv muloqot qilishni o'rganadilar; ularda jinsiy identifikatsiyalanish rivojlanadi, maktab o'quvchisi pozitsiyas i shakllanadi. Maktabgacha bo'lgan yosh oxiriga kelib bola endilikda bilishga doir va shaxsiy rivojlanishning yuqori darajasiga ega bo'lib, bu unga maktabda keyinchalik muvaffaqiyatli o'qishga imkon beradi.
Yirik psixologlarning tadqiqotlariga qaraganda oqilona tashkil qilingan ta'lim jarayoni mazkur yoshdagi bolalarning tafakkurini jadal rivojlantiradi. Masalan, ular lingvistika, fizika, matematikaga doir ilmiy tushunchalarni oAlasAn-adilaA soddaroq masalalar tuzadilar, engilroq mashqlarni bajara oladilar, ijodiy va mahsuldor fikr yuritishga intiladilar.
l.Olti yoshli bolaning maktab ta'limiga psixologik jixatdan tayyorligining obektiv tomoniga reja asosida, tartibli, maqsadga yo'naltirilgan, bola turmushi va faoliyatining tafovutlari, sharoitlari, o'ziga xosligi, uning sihat-salomatligi, usuliy jihatdan tayyorgarligi, oddiy ko'nikmalami oAlasAn-gani kabi omillar kiradi.
2. Bolani maktab ta'limiga psixologik tayyorlanishining sub'ektiv tomoniga esa uning maktabda o'qish xohishi, intilishi, katta yoshdagi odamlar bilan muloqotga kirishish istagi mazkur tayyorgarlik bilan uzviy bog'liqdir Bolada shu davrga kelib, o'qish, bilim olish haqida
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
to'g'ri tasavvur shakllanadi. U maktab jamoasi a'zolarining mas'uliyatli vazifalarini anglaydi va ularga itoat qilishga, ularning ko'satmalarini bajarishga moyil bo'ladi.
Xulosa qilib aytganda, bola maktab o'quvchisi bo'ldi. Uning hayotida burilish yuzaga keldi. Uning asosiy faoliyati, birinchi va eng muhim vazifasi o'qish, ya'ni yangi bilimlarni ko'nikma va malakalarni orttirishdan, tabiat hamda jamiyat haqida sistemali ma'lumotA to'plashdan iborat bo'lib qoladi. O'z-o'zidan ma'lumki, kichik maktab yoshidagi o'quvchilaraa o'qishga nisbatan yuksak javobgarlik munosabati birdaniga tarkib topib qolmaydi. Garchi bunda anchagina individual farqlar kuzatilsa ham, o'qishga bo'lgan munosabatlar va motivlarning rivojlanish dinamikasi odatda qonuniy xarakterga ega bo'ladi. Yuqorida ko'reatib o'tilganidek, odatda, yetti yoshli bolalar ta'limning boshlang'ich davrida maktab mashg'ulotlarining yaqin kelajakdagi istiqbollarini ijobiy idrok qiladilar. Bolalarda hatto xarakterli xususiyatlari jihatidan farq qiladigan o'ziga xos ehtiyoj ham bor. Bu aslida, hali o'qishga, bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishga bo'lgan ehtiyoj emas, biron yangi narsani, tevarak-atrofdagi voqelik hodisalarini bilishga bo'lgan ehtiyoj ham emas, balki o'quvchi bo'lish ehtiyojidir desak mubolag'a bo'lmaydi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. F.R. Qodirova. R.M Qodirova. «Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi». T., «Istiqlol», 2006.
1. 2.Axmedjanov M.M., Xo'jaev B.Q., Hasanova Z.D. Pedagogik mahorat- Buxoro Davlat universiteti, 2014
2. Manzura, N. (2021). Sustainable Activity in the Teaching Profession and Its Foundations. PsychologyandEducationJournal, 58(2), 1339-1345.
3. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta'limda innovatsion texnologiyalar / Ta'lim muassasalari o'qituvchi-o'qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar. - T.: "Iste'dod" jamg'armasi, 2008. - 180 b.
4. Nishonova Z.T., Alimova G.K. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostiasi T.: TDPU 2017 - 264 b.
5. G'oziyev E. Ontogenez psixologiyasi Nazariy- eksperimental tahlil T.: Noshir 2010. -356 b.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Dilnoza Fatxullaevna Kayumova, stajor tadqiqotchi, [Дильноза Фатхуллаевна Каюмова, стажер-исследователь], [Dilnoza F. Kayumova, researcher]; manzil: O'zbekiston, Qushbegi ko'chasi 30B, 100022, Toshkent [адрес: Узбекистан, ул. Кушбеги, 30В, г. 100022, Ташкент], [address: Uzbekistan, 316, Qushbegi 30B, 100022, Toshkent city]