"O'QUVCHILIK" MAVQEIGA O'TISH DAVRINING O'ZIGA XOS
INQIROZLARI
Kazakova Gulchexra Davronovna Namangan shahar 27-umumta'lim maktabi
Аннотация: Maqolada bolalarning maktab ta 'limiga o 'tish davrida yuzaga keladigan jiddiy o'zgarishlar va bu o'zgarishlarni bartaraf qilish omillari xaqida so 'z yuritilgan.
Калит сузлар: Болалик даври, мактаб таълими, диццат, билим, цадрият,уцувчилик
ОСОБЕННОСТИ КРИЗИСОВ ПЕРЕХОДНОГО ПЕРИОДА «УЧЕНИК»
Казакова Гулчехра Давроновна Средняя школа №27 города Наманган
Аннотация: В статье говорится о серьезных изменениях которые происходят в период перехода детей на школьное образование, и о факторах устранения этих изменений.
Ключевые слова: Период детства, школьное образование, аттенция, знание, ценность, преподавание.
FEATURES OF THE CRISIS OF THE TRANSITION PERIOD "PUPIL"
Kazakova Gulchexra Davronovna School #27, Namangan city
Abstract: The article mentions the serious changes that occur during the transition period of children to school education and the factors of preventing these changes.
Key words: Childhood period, school education, attention, knowledge, value, being a teacher.
Bolaning maktabga o'tishi uning yaslidan bog'chaga o'tishiga qaraganda murakkab bosqichdir. Bolaning maktabga o'tishi bilan bog'liq bo'lgan ana shunday jiddiy o'zgarishlarni nazarda tutib, ularni maktabga har tomonlama; jismoniy, aqliy, ahloqiy va irodaviy tomondan tayyorlash kerak. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy jihatdan maktab ta'limiga tayyorlash eng muhim vazifalardan
ПШЛ^^И 180 http://oac.dsmi-qf.uz
biridir. Bolani maktab ta'limiga psixologik jihatdan tayyorligi - ob'ektiv va sub'ektiv tomondan qaraladi. Bolaning maktabdagi ta'limga ob'ektiv tayyorligi - uning psixologik rivojlanishi darajasidir.
Bolaning maktab ta'limiga sub'ektiv tayyorligi
1) Bolaning maktabda o'qishi uchun hoxish va intilishi.
2) kattalar bilan yangi shaklda o'zaro munosabatda bo'lishga tayyorlanishidir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda o'qishga, bilim egallashga hoxish va qiziqishlar kuchli bo'ladi. Ma'lumki, hoxish - faoliyatni maxsus tashkil etish, anglangan faoliyat motividir.
Bolaning maktabgacha tarbiya yoshida bir - birlariga nisbatan munosabatlari yangicha mazmun kasb etadi. Bola ilgari ota - onasi, guruhdagi tengdoshlari, tarbiyachisi bilan muloqotda bo'lgan bo'lsa, endi maktab o'qituvchisi, sinf rahbari bilan ham muloqotda bo'ladi. Bolalarda bu davrda mas'uliyat hissi shakllanadi. Bolalar nutqining o'sishida ularning savodxonligi katta rolt o'ynaydi. Bola maktabgacha yoshda o'ylamasdan gapiradi, keyinchalik esa bola gaplashayotgan til o'qitiladigan va o'rganiladigan ilm bo'lib oladi. Grammatik aniq o'qib o'rganish jarayonida bola nutqining fonetik jihati to'g'ri bo'lib boradi, nutqning sintaksis tuzilishi takomillashadi.
Maktabgacha yoshdagi bolaga singdirilgan bilim va qadriyatlar uning butun kelgusidagi hayotini belgilab berishi sababli maktabgacha ta'lim uyg'un rivojlangan shaxsni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Shuni hisobga olgan holda, o'tgan davrda yurtimizda maktabgacha ta'limni rivojlantirish va samarali faoliyat ko'rsatishiga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi hamda kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi Maktabga borish bolalarning hayotida juda katta voqeadir. Maktab hayoti bolalarga yangi bir dunyoni ochib beradi. Maktab davrida bolalarning asosiy faoliyatlari o'zgaradi. Endi bolalarning asosiy faoliyatlari, vazifasi va ijtimoiy burchi o'qish bo'lib qoladi.
6-7 yoshli bolalar uchun yangi faoliyat bo'lgan o'qish ulardan yangi sifat, xususiyatlarga ega bo'lishlarini talab etadi. O'qish faoliyati uchun bolalarda barqaror diqqat, o'tkir zehn, mustaqillik, ishchanlik va batartiblik xislatlari bo'lishi kerak. Bog'chadan maktabga o'tishlari natijasida kattalar bilan bo'lgan munosabatlarida ham birmuncha o'zgarish yuz beradi. Bolalarning maktabga o'tishlari, ularning yaslidan bog'chaga o'tishlariga qaraganda murakkab bosqichdir. Shuni ham nazarda tutish kerakki, bola maktabga o'tishi bilan uning ijtimoiy holatida ham o'zgarish ro'y beradi. Chunonchi maktab yoshiga yaqinlashgan bolalar bog'chada "katta" deb hisoblanar edilar. Maktabga o'tgach, ular yana «eng kichkinalar» qatoriga tushib qoladilar.
Bolalarning maktabga o'tishlari bilan yuzaga keladigan ana shunday jiddiy o'zgarishlarni nazarda tutib, ularni maktabdagi yangi hayotra har tomonlama
tayyorlash kerak. Bolalarni maktabdagi o'qish jarayoniga tayyorlashda ularning nutqini o'stirish juda zarur shartlardan biridir. SHuning uchun katta guruh bolalarini maktabdagi o'qishga tayyorlashda o'z ona tillarini yaxshi o'pganishlariga, ya'ni so'z boyligini orttirishga, to'g'ri talaffuz va to'la hamda to'g'ri jumla tuza olishlariga ahamiyat berish kerak. Bolalarning tashqi olam haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, boyitish ishlari ular nutqini o'stirish asosida olib borilishi kerak.
Shu narsa diqqatga sazovorki, hamma bog'chalardagi maktab yoshiga to'lgan bolalar maktabdagi o'qishga bab-baravar tayyor bo'lavermaydilar. Ayrim bolalar maktabga kelgach, yangi sharoitga tez kirishib keta olmaydilar. Ularda o'qish uchun qandaydir bir xususiyat yetishmayotgandek ko'pinadi. Bu o'pinda shunday bir savol tug'iladi. Bolalarni qay paytda psixologik jihatdan maktabdagi o'qishga tayyor deb hisoblash mumkin. Ayrim psixologlarning fíkricha, bola maktabda o'qishi uchun atrofdagi narsa va hodisalarga doir anchagina tasavvurlarga ega bo'lishi hamda ma'lum darajada aqliy jihatdan o'cran bo'lishi lozim. Biroq u hayotda shynday voqealar uchraydiki, anchagina tasavvur boyligiga ega bo'lgan va hattoki yozish hamda o'qishni biladigan bolalar ham maktabdagi o'qishga tayyor bo'lmaydilar. Ular maktab va o'qituvchining talablarini bajara olmaydilar. Aksincha, ayrim bolalar yetarli tasavvur boyligiga ega bo'lmasalar ham, maktabda o'qib keta oladilar. Lekin, bundan maktabdagi o'qish jarayoni uchun ma'lum darajada aqliy jihatdan o'cran bo'lish maktabda dastlab o'qib ketish uchun eng zarur shartlardan biridir. Lekin bu bolaning o'qishga tayyor ekanligini aniqlashdagi hal qiluvchi omil emas, chunki bu yerda yosh masalasi ham mavjud. Boshqa bir olimlar, bolaning o'qishga tayyor ekanini aniqlashdagi asosiy narsa iroda sifatlarining yetilganligidir, deydilar. Bu fikr bir yoqlamalikka yo'l qo'yishdan boshqa narsa emas.
Yetti yoshga to'lish davri bolalikning tugash davriga to'g'ri keladi. Xuddi ana shu davrdan boshlab bolalarda o'z-o'zini anglash tarkib topa boshlaydi. SHuning uchun bolalarning yetti yoshga to'lgan davridan boshlab tizimli sur'atda o'qitishga o'tish maqsadga muvofiqdir. K.D.Ushinskiyning fikricha bolaning maktabdagi o'qish faoliyatiga tayyorligi ayrim psixik jarayonlarning taraqqiyot darajasi bilan emas balki bola shaxsining umumiy taraqqiyot darajasi bilan aniqlanadi.
Ta'limga psixologik tayyorgarlik deganda bolaning ob'ektiv va sub'ektiv jihatdan maktab talabiga munosibligi nazarda tutiladi. U maktab ta'limiga avval psixologik jihatdan tayyorlanadi. Binobarin, uning psixikasi bilim olishga yetarli darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idrokining o'tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi o'zining qiziquvchanligi, dilkashligi, xayrihohligi, ishonuvchanligi, tafakkurning yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Maktab ta'limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror bo'ladi.
Bola diqqatining xususiyatlari rolli va syujetli o'yinlarda rasm chizish va qurish yasash mashg'ulotlarida loy hamda plastilindan o'yinchoqlar tayyorlashda o'zgalar nutqini idrok qilish va tushunishda matematik amallarni yechishda hikoya tinglash va tuzishda ko'rinadi. Bola o'z diqqatini muayyan ob'ektga to'plashga intiladi. Uning xotirasi qiziqarli ajobiy g'aroyib kishini taajjubga soladigan ma'lumot va hodisalarni puxta esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish imkoniyatiga ega bo'ladi. SHu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotlarni o'zlashtirib kelgan bo'lsa endi o'z hohish-irodasi bilan zarur ma'lumotlar to'plashga o'z oldiga aniq maqsad va vazifa qo'yishga harakat qiladi. Bolaning ana shu faolligi xotirasining muayyan darajada rivojlanganligini bildiradi. U she'r hikoya va ertaklarni esda qoldirish uchun ko'p takrorlash yod olishning eng qulay yo'l va usullaridan foydalanish ta'lim jarayonida unga juda qo'l keladi. Birinchi sinf o'quvchisi ko'pincha obrazli xotiraga suyanib bilish faoliyatini tashkil etsa ham bu ish xotiraning boshqa turlarini inkor qilmaydi. Aksincha ta'lim so'z-mantiq xotirasint taqazo etadi. So'z-mantiq xotirasining mavjudligi ma'nosini tushunib esda olib qolish jarayonining samaradorligi ortishiga keng imkoniyat yaratadi. Tajribadan ma'lumki bola ma'nosiz so'zlardan ko'ra ma'nodor tushunchalarni birmuncha tez va mustahkam eslab qolish xususiyatiga ega. Uning nutqi maktab ta'limiga tayyorgarlik bosqichida kattalar bilan muloqotga kirishishi kishilarning fikrini o'qib olish va to'g'ri idrok qilish darajasida nutqning tuzilishi esa grammatika qoidalariga mos, mantiqan izchil ifodali miqdor va ko'lam jihatidan fikr almashishga yetarli bo'ladi. u eshitgan va ko'rganlari to'g'risidagi ma'lumotlarni tushuna oladi. O'zidagi axborotlarni muayyan tartibda bayon qila biladi, aqliy faoliyat operatsyalaridan o'rinli foydalanadi.
Yuqorida aytilganlarning barchasi bolaning maktab ta'limiga psixologik jihatdan tayyorligining ob'ektiv tomonlarini ifodalaydi. Darhaqiqat, agar bola maktabdagi yangi sharoitga, uning talablariga osonlik bilan, engilgina moslasha olsa, uning qiziqishlar ko'lami rang-barang va keng tus olaversa, shubhasiz, bolaning maktabdagi talimga motivatsion tayyorligi to'laqonli kechkanligidan dalolat beradi.
Kichik maktab yoshida ta'lim jarayonini tizimli tashkil qilish, bolada beg'amlik davrining tuganlanganligidan dalolat beradi va o'qishga bo'lgan munosabatlar tobora o'zgarib boradi. Bu davrda bolaning qiziqishlari o'yin faoliyatidan o'quv faoliyatiga asta-sekin ko'chib o'tadi. O'qishga xos qiziqishlar ko'pincha bolalarning o'yin faoliyatiga ta'sir etadi, o'qishga xos qiziqishlar ko'pincha o'yinlar xarakteri va mazmuniga ta'sir qiladi. Har qanday ishining muvaffaqiyati ko'p jihatdan motivlarga bog'liq bo'lib, odam ana shu motivlar yordamida ish bilan shug'ullanadi. O'qish motivlari har xil bo'ladi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar o'zlarini bo'lajak mehnat faoliyatiga tayyorlashlarida motivlarga kamroq amal qiladilar. Bola hali motiv haqida o'ylab ko'rishdan ancha uzoqda. Kichik maktab yoshidagi bola o'z
bilim doirasini kengaytirish, foydali bilimlar olish, shuningdak, jamiyat oldidagi o'z burchini bajarish haqida ham uncha bosh qotirmaydi. Barcha mana shu motivlar unda ikkinchi darajali narsaga aylanadi. Ammo, yuqorida aytib o'tganidek, uning o'zi nima qilayotgani va maktabda bilib olayotgan narsaga bevosita qiziqishi, shuningdek, o'qituvchi, ota-onalar talablarini bajarishga intilishi, maqtov eshitishi, qilgan ishining ma'qul topilishi, yaxshi baholar olishi va hokozolar o'qishga nisbatan qiziqish uyg'otishning eng muhim vositalariga aylanib qoladi
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Xalilova N.I., Norqo'ziev D.B. Bolani maktab ta'limiga psixologik tayyorgarligi.met.qo'llanma.T.2009 y
2. G'oziev E.G'. Muomala psixologiyasi. T. 2002 y
3. Maxsudova M.A. Muloqot psixologiyasi. T.2006 y