Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1126-1130
MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOGLARNING KREATIVLIGINI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI
Nargis Ilhom qizi Saydullayeva
Jizzax davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagoglarning kreativligini rivojlantirishning ahamiyati xaqida so'z borgan.
Kalit so'zlar: shaxsiy hayot, o'z-o'zini anglash, fuqarolik, kasbiy va axloqiy jihat, xulq-atvor, o'qituvchining mahorati, kreativ faoliyat, kreativlik.
ABSTRACT
This article discusses the importance of developing the creativity of teachers in preschool education.
Keywords: personal life, self-awareness, citizenship, professional and ethical aspect, behavior, teacher skills, creative activity, creativity.
KIRISH
Tarbiya mazmunining eng muhim xususiyatlaridan biri - bu insonning hayotiy jihatdan o'z-o'zini anglashi, uning shaxsiy hayoti va faoliyati o'zi yashab turgan muhitning sub'ekti sifatida e'tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy jihatdan o'z-o'zini anglash muhim ahamiyatga ega. O'qituvchi o'quvchilarni, o'z-o'zini tarbiyalashga, ya'ni o'z ustida ongli, batartib ishlashga o'rgatsagina tarbiya jarayoni samarali natijalar beradi. O'quvchilarni o'z-o'zini tarbiyalash metodlariga ko'nikma hosil qildirish o'qituvchining mahoratiga, tarbiyaviy faoliyatni to'g'ri tashkil etishiga bog'liq. O'quvchilar odatda yaqin kishilarining, ba'zan o'qituvchilarining xulq-atvoriga taqlid qiladilar. Shuning uchun o'qituvchi o'z pedagogik mahoratiga tayanib, o'quvchi qalbida o'ziga nisbatan ishonch, mehr tuyg'ularini uyg'ota olishi lozim. O'quvchilar o'qituvchining darsda va hayotda o'zini qanday tutishini, kiyinishi, muomalasini, kishilar bilan o'zaro munosabatini kuzatib boradilar. Bu ham o'quvchilarning o'z-o'zini tarbiyalashda ta'sirchan vosita hisoblanadi va ijtimoiy mavqeini oshirishning muhim usulidir. O'quvchilar o'qituvchining bevosita nazoratida ta'lim va tarbiya jarayonida, dam
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1126-1130
olishda, jamoat ishlarida, o'z-o'zini tarbiyalash usullariga ko'nikma hosil qiladilar, bu usullar o'quvchilarni tashabbuskorlikka, mustaqil fikr-mulohaza yuritishga undaydi.
ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA "Kreativlik" tushunchasi o'zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G'arb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida noan'anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil-mutoyiba tuyg'usi va erkinlik mavjud bo'lishiga e'tiborni qaratadilar (Myordok, Ganim, 1993 y.; SHternberg, 1985 y.). Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug'ilish jarayoni, deb tushunadilar (Xui, Sternberg, 2002 y.; Rudovich, Xui, 1997 y.; Rudovich, Yue, 2000 y.). Garchi g'arblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari turlicha bo'lsa-da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholaydilar (Kaufman, Lan, 2012 y.). Ko'pgina pedagog-tarbiyachilar o'zlarida kreativlik qobiliyatini mavjud emas, deb hisoblaydilar. Buni ikki xil sabab bilan asoslash mumkin:
□ birinchidan, aksariyat pedagog-tarbiyachilar ham aslida "kreativlik" tushunchasi qanday ma'noni anglatishini etarlicha izohlay olmaydilar;
□ ikkinchidan, kreativlik negizida bevosita qanday sifatlar aks etishidan behabarlar.
NATIJALAR
Talaba (o'quvchi ) bolalarni kreativ fikrlashga o'rgatish, ularda kreativ tafakkurni shakllantira olish uchun avvalo tarbiyachining o'zi kreativ, ijodkor shaxs bo'lishi zarur. Bordi-yu, uning o'zi kreativlik sifatlariga ega bo'lmasa, u holda qanday qilib, talaba (o'quvchi ) bolalarni kreativ fikrlashga rag'batlantira oladi. Tarbiyachining ijodkor va kreativ bo'lishi yoki bo'lmasligi emas, balki darslarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi g'oyalarni ta'lim jarayonida sinab ko'rishga intilishi zarur. Darslarda tarbiyachi "kreativlik yo'l xaritasi" ga ko'ra quyidagi 4 ta yo'nalish bo'yicha harakatlanadi va ulardagi harakatlar pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar (Patti Drepreau) sanaladi :
• Ijodiy fikrlash ko'nikmalarini namoyon etish;
• Talaba (o'quvchi ) bolalarni o'quv fanlarini qiziqish bilan o'zlashtirishga rag'batlantiruvchi strategiyalardan foydalana olish;
• Innovatsion yondashuv va pedagogik masalalarning echimini topishga kreativ yondashish;
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1126-1130
Pedagogning kreativlik potensiali ko'p darajali jarayon va u quyidagi tamoyillarga tayanadi. Pedagog kreativlik potensialining ustuvor tamoyillari kreativlikning yorqin namoyon bo'lishi quyidagilarda aks etadi: 2.Shaxsning individual xususiyatlari va hayotiy faoliyatda 3.Individuallikka erishish
4.Birbutunlik, izchillik, tizimlilik va imkoniyatlarni oshirib boorish 5.Ijodiy yo'naltirilganlik va muammoli xarakterga egalik
MUHOKAMA
Pedagog-tarbiyachi o'z-o'zidan ijodkor bo'lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma'lum vaqt ichida izchil o'qib-o'rganish, o'z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo'lgani kabi bo'lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo'lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo'yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o'zini o'zi ijodiy faoliyatga yo'naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e'tibor qaratishi zarur. O'zini o'zi ijodiy faollashtirish - shaxsning ijodiy faoliyatda o'z imkoniyatlarini to'laqonli namoyon qilishi va rivojlantirishining ijodkor va kreativ bo'lishi yoki bo'lmasligi emas, balki mashg'ulotlarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi g'oyalarni ta'lim jarayonida sinab ko'rishga intilishi zarur.
O'zini o'zi ijodiy faollashtirish - shaxsning ijodiy faoliyatda o'z imkoniyatlarini to'laqonli namoyon qilishi va rivojlantirishining ijodkor va kreativ bo'lishi yoki bo'lmasligi emas, balki mashg'ulotlarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi g'oyalarni ta'lim jarayonida sinab ko'rishga intilishi zarur. Mashg'ulotlarda "kreativlik yo'l haritasi"ga ko'ra quyidagi 4 ta yo'nalish bo'yicha harakatlanadi va ulardagi harakatlar pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar (Patti Drapeau) sanaladi:
• 1) ijodiy fikrlash ko ' nikmalarini namoyon etish;
• 2) mashg'ulotlarni qiziqish bilan o'zlashtirishga rag'batlantiruvchi
• strategiyalardan foydalana olish;
• 3) innovatsion yondashuv va pedagogik masalalarning echimini topishga
• kreativ yondashish;
• 4) kutiladigan natija
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1126-1130
XULOSA
Ma'lumki, shaxsning u yoki bu qobiliyatlarini hosil qiluvchi xislatlar va xususiyatlar orasida bir xillari yetakchi rol o'ynasa, boshqalari yordamchi vazifasini bajaradi. Pedagogik faoliyatda shaxsning o'zaro fikr almashuv bilan bog'liq xususiyatlari yetakchi rol o'ynaydi. Birinchi navbatda pertseptiv, ya'ni idrok qilish sohasiga taalluqli bo'lgan xususiyatlar (ulardan eng muhimrog'i kuzatuvchanlikdir) yetakchi rol o'ynaydi, o'kituvchiga o'kuvchining psixologiyasini, uning psixik holatini o'xshash tarzda idrok etish, muayyan holda umuman sinf jamoasining axvoliga va xususan mazkur pedagogik vaziyatdagi ahvoliga to'g'ri baho berish imkonini beradi. O'qituvchi shaxsining o'zaro fikr almashuv bilan bog'liq xususiyatlari tarkibiy qismi sifatida empatiyaga, ya'ni o'kuvchilarning psixik holatini tushunishga va ularga achinishga tayyorgarlikni hisoblash mumkin. Buning zarur sharti bolalarga bo'lgan mhabbatdir.
REFERENCES
1. Qodirova F.R., Qodirova R.M. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. - Toshkent: «Istiqlol», 2006.
2. "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi Ozbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018-yil 7-iyuldagi 4-sonli hay'at yig'ilishi qarori bilan tasdiqlangan va nashr etilgan dasturi.
3. Г.И.ХАСАНОВА "Таълим жараёнида дастурлаштирилган укитиш технологиясидан фойдаланишнинг афзалликлари" Жиззах: 2020. 420 бет. 223-225б
4.Хасанова, Г. (2021). Олий таълим ташкилотлари педагогларининг Креатив кобилиятларини ривожлантиришнинг мазмуни. Academic Research in Educational Sciences, 2(1), 778-782
5.М.Усмонова . Укувчи шахсига йуналтирилган педагогик технологиялар Таълим технологиялари. 2016 йил. 4-сон.
6.М.Усмонова .Педагогик жараён лойихаси - машгулотлар самарадорлигини таъминлаш воситаси сифатида Бошлангич таълим ва жисмоний маданият йуналишида сифат ва самарадорликни ошириш: муаммо ва ечимлар Халкаро илмий конферентсия. Тошкент. 25 май, 2017 йил
7.Садиковна, у. м. (2013). Ali §ir Nevai Eserlerinde Bitki Adlari . Dil ve Edebiyat Ara§tirmalari , (8) , 0-0 . Retrieved from
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1126-1130
8. Maxfuza Usmanova, THE CONCEPT OF EDUCATIONAL PROFESSIONAL COMPETENCE AND ITS YIELD FACTORS , Архив Научных Публикаций JSPI: 2020: Архив №54
9. Norquziyeva, M. (2020). The role of educational technology in shaping the professional stability of students. Архив Научных Публикаций JSPI.
10.Abdurakhmonovna, N. M. (2020). Methodology of giving professional knowledge to future teachers. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1378-1383.
11. Manzura, N. (2021). Sustainable Activity in the Teaching Profession and Its Foundations. PsychologyandEducationJournal, 58(2), 1339-1345.
12.Abdurahmonovna, N. M. (2021). Pedagogical and Psychological Aspects of Professional Sustainability of Future Teachers.
12. Хасанова, Г. И. К (2021). БОЛАГА ЙУНАЛТИРИЛГАН ТАЪЛИМНИ АМАЛГА ОШИРИШДА ТАРБИЯЧИНИНГ КАСБИЙ КОМПЕТЕНТСИЯСИНИНГ АХАМИЯТИ. Academic research in educational sciences, 2(9), 1051-1056.
13. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son "Ozbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to,g'risida"gi qarori.
14. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son "2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.