Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI KREATIVLIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI KREATIVLIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

7615
496
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bo„lajak o„qituvchi / tajriba-sinov ishlari / kreativ kompetentlik / kreativlik sifatlari / kreativ metod va strategiyalar. / future teacher / experiments / creative competence / creative qualities / creative methods and strategies

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nilufar Muhammadovna Orinova

Mazkur maqolada bo„lajak o„qituvchilarni kreativ kompetentligini rivojlantirishga oid tajriba sinov-natijalari, shaxsga xos kreativlik sifatlari, kreativ kompetentlikni rivojlantirish omillari, yo„llari hamda kreativ o„qitishning metod va strategiyalari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article describes the results of experiments on the development of creative competence of future teachers, the characteristics of individual creativity, the factors and ways of developing creative competence, as well as methods and strategies of creative teaching.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI KREATIVLIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-394-399

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI KREATIVLIK KOMPETENTLIGINI

RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

Nilufar Muhammadovna O'rinova

Farg'ona davlat universiteti dotsenti

Dilfuza Alisher qizi Yo'ldosheva

Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada bo'lajak o'qituvchilarni kreativ kompetentligini rivojlantirishga oid tajriba sinov-natijalari, shaxsga xos kreativlik sifatlari, kreativ kompetentlikni rivojlantirish omillari, yo'llari hamda kreativ o'qitishning metod va strategiyalari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: bo'lajak o'qituvchi, tajriba-sinov ishlari, kreativ kompetentlik, kreativlik sifatlari, kreativ metod va strategiyalar.

ABSTRACT

This article describes the results of experiments on the development of creative competence of future teachers, the characteristics of individual creativity, the factors and ways of developing creative competence, as well as methods and strategies of creative teaching.

Keywords: future teacher, experiments, creative competence, creative qualities, creative methods and strategies.

KIRISH

Rivojlanishning innovatsion yo'lini tanlash, yuqori texnologiyalarni yaratish va amalga oshirish, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida bilim va ma'lumotlarning o'sib borayotgan o'rni yuqori malakali mutaxassislarga katta talab qo'ymoqda. Bu ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasining yangi shakllarini talab qiladi va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga qodir bo'lgan yangi avlod o'qituvchilarini shakllantirishni ustuvor yo'nalishlardan biri sifatida belgilaydi.

Oliy ta'lim muassasalari va ulardagi o'quv-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash, pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimi sifatini oshirish, bo'lajak o'qituvchilarni zamonaviy kasbiy kompetensiyalar bilan qurollantirish, ularda kasbiy faoliyatga nisbatan akmeologik motivatsiyani shakllantirish pedagog

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-394-399

larning kreativ kompetentligini rivojlantirish jarayonidagi muhim vazifalardan sanaladi[1].

METODOLOGIYA

Farg'ona davlat universitetida olib borilgan tajriba-sinov ishlari jarayonida bo'lajak o'qituvchilarning kreativ kompetentligi darajasi va bu haqidagi mavjud tushunchalarini aniqlashga imkon beruvchi anketa so'rovi, pedagogik kuzatuv hamda suhbatlar tashkil etildi. Tajriba-sinov ishlariga Farg'ona davlat universiteti Filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyoti yo'nalishi hamda Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakultetining Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish yo'nalishi 124 nafar 4-kurs talabalari jalb etildi.

O'tkazilgan tajriba-sinov ishlarida S.Mednikning anketa so'rovi[2] va Pol Torrensning "Ijodkorlik qobiliyatlarini o'rganish testi"dan foydalanildi[3]. Anketa so'rovlari va test natijalari tahlil qilinganda quyidagi holatlar aniqlandi:

So'ralgan respondentlarning 21% yuqori darajada kreativlikni namoyon qildilar. Ular muntazam ravishda turli tashabbuslarni ilgari suradilar, kreativ jihatdan o'ta faol, izlanuvchandirlar.

Respondentlarning 36% esa o'rta darajada kreativlikni namoyon etishdi. Ularning kreativlik qobiliyati doimiy namoyon bo'lmaydi. Kreativ kompetentligini rivojlantirish zarur.

Past darajada kreativlikka ega respondentlar esa 43%ni tashkil etdi. Ular tashabbusni ilgari surishga intiladi, lekin kreativlik qobiliyati yetarlicha namoyon bo'lmaydi.

Natijalarni tahlil etish asosida bo'lajak o'qituvchilarni kreativligini ijobiy deb baholay olmaymiz. Chunki, pedagogik kuzatish va anketa so'rovlarimizdan ma'lum bo'ldiki, talabalarning 70-80% kreativ kompetentlikka ega bo'lish imkoniyatiga ega bo'lgani holda, atigi 30-40% talabalargina kreativ kompetentlik sifatlarini namoyon eta oldilar.

Yuqoridagilar asosida ta'kidlash lozimki, bo'lajak o'qituvchilarda kreativ kompetentlik borasida yetarli darajada bilim, ko'nikma va malaka shakllanmagan, ularning kreativ kompetentligini rivojlantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon o'ziga xos xususiyatlarga ega.

Shu bois pedagoglar oldida turgan asosiy vazifa-bu yoshlarda kreativlik, uning o'ziga xos sifatlari to'g'risida nazariy bilimlarni berish, ular asosida talabalarning kreativ kompetentligini rivojlantirishdan iborat. Mazkur vazifani ijobiy hal etishda ta'lim jarayoni, shu jumladan fanlarni o'qitishda faol ta'lim texnologiyalaridan

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-394-399

foydalanish, mashg'ulotlarni noan'anaviy shakl, metod va vositalari yordamida qiziqarli va mazmunli tashkil etish kutilgan samaralami beradi.

Shaxsga xos kreativlik sifatlari muayyan bosqichlarda izchil rivojlantirilib boriladi. Shaxsning kreativlik sifatlariga ega bo'lishi uning individual qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini o'z kasbiy faoliyatini sifatli, samarali tashkil etishga yo'naltiradi. Quyida shaxsga xos kreativlik sifatlaridan namunalar keltirib o'tamiz:

1-rasm.

Shaxsga xos kreativlik sifatlari quyidagilar:

Ijodiy yo'nalganlik

Mantiqiy fikrlash qobiliyati

Eruditsiya (bilag'onlik)

Boy tasavvurga egalik

Ijodiy ta' sirchanlik va tashabbuskorlik

O'z ijodkorligini to'la-to'kis namoyish etish

Refleksiya qobiliyati

Mavjud tajriba yangi qarorlarni

Aytib o'tilganidek, barcha sha

Hissiyotga boylik

Tavakkal qila olish qobiliyati

Tafakkur tezligiga egalik

Ichki sezgining rivojlanganligi

O'ziga xos (orginal) g'oyalarni ilgari sura olish qobiliyati;

Innovatsion qobiliyatga egalik

Yuksak badiiy qadriyatlarga egalik

va bilimlar asosida qabul qilish malakasi

xslarda bo'lgani kabi pedagoglarda ham

kreativlik sifatlari o'z-o'zidan rivojlanmaydi. Shunga ko'ra, tadqiqotlarda shaxs (jumladan, pedagoglar)da kreativlik sifatlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishning bir qator yo'llari yoritiladi. Patti Drepeau tomonidan ham shaxs (jumladan, pedagoglar)da kreativlik sifatlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishning to'rtta yo'li ko'rsatilgan:

- Kreativ fikrlash ko'nikmasini shakllantirish;

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-394-399

- Amaliy kreativ harakat ko'nikmalarini rivojlantirish;

- Kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish;

- Kreativ mahsulot (ishlanma)lardan foydalanish[4].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bo'lajak o'qituvchilar o'zlarining kreativ fikrlash qobiliyatlarini qulay muhitda to'la namoyon qilishlari mumkin. Agar bo'lajak o'qituvchilarda muvaffaqiyatsizlikka uchrash va qo'rquv hissi mavjud bo'lsa yoki tanqidga uchrasalar bunday vaziyatda ularda kreativ fikrlash ko'nikmalarini samarali shakllantirish yoki rivojlantirish mumkin bo'lmaydi. Bo'lajak pedagoglarda kreativlikni odatga aylantirish orqaligina kreativ fikrlash ko'nikmasini muvaffaqiyatli shakllantirish mumkin. Bu jarayonda ular tomonidan mavzu mazmunining puxta anglanishi va kreativ fikrlash ko'nikmalarini baholashda qo'llaniladigan metod va vositalar muhim ahamiyat kasb etadi.

Bo'lajak o'qituvchilarda kreativ fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishda pedagog alohida o'rin tutadi. Bu jarayonda "pedagogning roli auditoriyada kreativlik muhitini yaratishdan iborat. Vaholanki, pedagog guruhda bo'lajak o'qituvchilar o'zini erkin seza oladigan va o'z fikrlari, g'oyalari bilan bo'lisha oladigan muhit yaratishi lozim. Bo'lajak o'qituvchilar inson ongida yuz berayotgan jarayonlarni yanada faollashtirish uchun o'rnatilgan qonun qoidalar, standartlardan chetga chiqib, turli savollar berishda erkin harakat qilishlari kerak. Pedagog bo'lajak o'qituvchilardagi kreativlikni noodatiy g'oyalarni o'rtaga tashlash va ularni verbal va noverbal tarzda rag'batlantirish orqali qo'llab-quvvatlaydi. Pedagogning bo'lajak o'qituvchilar berayotgan kreativ g'oyalariga nisbatan to'g'ri munosabati ularning mumkin bo'lgan va mumkin bo'lmagan shartlarni anglashida muhim ahamiyatga ega. Mazkur elementlarning barchasi pedagog-talaba munosabatining muhim qismi bo'lib, bo'lajak o'qituvchilar muvaffaqiyatini ta'minlaydi. Kreativ muhitda ta'lim olayotgan bo'lajak o'qituvchilarda asta-sekin kreativ vazifalarni bajarishga nisbatan qiziqish ortadi, shuningdek, kreativ tafakkurga ega pedagogni kuzatish natijasida kreativ fikrlashga moyil bo'ladi. Kreativlik xarakteridagi o'quv-bilish muhiti bo'lajak o'qituvchilarda ta'lim jarayonida katta ahamiyatga ega bo'lgan tanqidiy va kreativ fikrlash ko'nikmasining rivojlanishiga olib keladi.

Bo'lajak o'qituvchilarning kreativ tafakkurga ega bo'lishlari ularda ijodiy muhitning qanchalik tarkib toptirilganligiga bog'liq. To'laqonli kreativlik xarakteriga ega ta'lim muhitini yaratish puxta o'ylangan rejaga tayanadi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-394-399

Pedagoglar agarda o'zlarining kreativ o'qitish metod va strategiyalarini qo'llash (ya'ni keng ko'lamda o'ylash va kreativ fikrlash jarayonini tashkil etish)da katta samaradorlikka erishishni istasalar, buni bo'lajak o'qituvchilar ongiga singdirishlari va o'z vazifalarini sidqidildan bajarishlari lozim. Qolaversa, "kreativ xarakterga ega muhitdagina bo'lajak o'qituvchilar o'rganayotgan mavzuning mazmuni, o'quv axborotlar o'rtasidagi o'zaro aloqani tushunish imkoniyatiga ega bo'ladi va bu haqida fikrlashni boshlashadi.

Muayyan omillar pedagoglarda kreativlik sifatlari, malakalarini rivojlantirishga to'sqinlik qiladi. Shu sababli pedagogik jarayonda pedagoglar ushbu omillarni bartaraf etishga e'tibor qaratishlari lozim. Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to'sqinlik qiladi:

1) tavakkal qilishdan qochish;

2) fikrlash va xatti-harakatlarda qo'pollikka yo'l qo'yish;

3) shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi;

4) boshqalarga tobe bo'lish;

5) har qanday holatda ham faqat yutuqni o'ylash[5].

Kreativ muhitda pedagog bo'lajak o'qituvchilar diqqat-e'tiborini jalb etish maqsadida biror bir yangilikdan foydalanadi. Qiziquvchanlik va shubhani uyg'otuvchi ma'lumot, bo'lajak o'qituvchilarni o'ziga jalb etib, ularda o'qishga bo'lgan intilishni kuchaytiradi.

Oliy ta'lim muassasalarida ham pedagoglar bo'lajak o'qituvchilarda kreativ fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda ularning jamoa bo'lib, kichik yoki katta guruhlarda ishlashlari uchun zarur shart-sharoitni yaratib bera olishlari zarur. Zero, katta va kichik guruhlarda ishlash jarayonida bildirilgan har qanday fikrni kreativ jihatdan rivojlantirish imkoniyati yuzaga keladi.

Pedagog kreativlik darslarida jamoa tuyg'usining ahamiyatini anglagan holda, doimiy ravishda guruhlarni o'zgartirib, bo'lajak o'qituvchilarda jamoa bo'lib ishlash, boshqalar qobiliyati va mahoratini hurmat qilish ko'nikmasini shakllantiradi. Vaholanki, yakka tartibda ishlash ma'lum vaziyatlarda samara bersa, kreativlik darslarida kichik guruhlarda ishlash maqsadga muvofiqdir, chunki kreativlik ko'nikmasi ijtimoiy fenomendir; A.J.Rouning fikriga ko'ra, kreativ qarashlar jamoa bo'lib ishlash jarayonida va kreativ hamkorlik natijasida shakllanadi[6].

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, oliy ta'lim tizimiga kreativ kompetentli yondashuvning joriy etilishi ta'lim maqsadi, mazmuni, o'qitish shakli, o'qitish

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-394-399

usullari, pedagogik texnologiyalari, nazorat usullarini hamda ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi o'rtasidagi munosabatlarida jiddiy o'zgarishlarni amalga oshirishni talab etadi. Shunga ko'ra, oliy ta'lim muassasalarida ta'limni tashkil etishning mavjud shakllari bo'lgan ma'ruza, amaliy, seminar va laboratoriya mashg'ulotlarini mazmun jihatidan o'zgartirish nazarda tutiladi. Ma'ruza darslarini muammoli ta'lim shaklida, seminar darslarni kreativ tafakkurni va amaliy mashg'ulotlarda tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan bo'lishligi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

REFERENCES

1. Sharipov SH.S. Kasb-hunar ta'limida Talabalar ijodkorlik qobiliyatlarini uzluksiz rivojlantirish. Monografiya. -T.: Fan, 2005. - 140 b.

2. Z.T. Nishonova, Z.Qurbonova, D.S.Qarshiyeva, N.B.Atabayeva Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya - Т.: Fan va texnologiyalar 2014,124-b.

3. Тест креативности Торренса. Диагностика творческого мышления http://psycabi.net/testy/577-test-kreativnosti-torrensa-diagnostika-tvorcheskogo-myshleniya.

4. Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). - Alexandria - Virginia, USA: ASCD, 2014.

5. Pedagogik kompetentlilik va kreativlik asoslari" moduli bo"yicha o"quv-uslubiy qo"llanma. :- Toshkent 2015,40 b.

6. Роу А.Дж. Креативное мышление / Пер.с.англ. В.А.Островкого. М.: НТ Пресс, 2007,176c.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.