Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-547-553
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASIDAGI INTEGRATSION YONDASHUVDAN FOYDALANISH
Shaxnoza Shavkatovna Xudoyberdiyeva
Jizzax shahar, 3-sonli DMTT direktori
ANNOTATSIYA
Maktabgacha ta'lim tashkilotida integratsion yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash holatini o'rganish muhim vazifa sanaladi. Shu boisdan ushbu maqolada biz maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda xorijiy mamlakatlar tajribasidagi integratsion yondashuvdan foydalanishning ahamiyati xaqida so'z yuritdik.
Kalit so'zlar: shaxsiyatlik, ijtimoiy-emotsional, kommunikativ, xabardorlik, matematik, jismonan, ijodiy barkamollikka erishish, intellektual, axloqiy tarbiya, estetik hislar, jismoniy rivojlantirish.
KIRISH
Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim - tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori[1]bilan tasdiqlangan «Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha 2017-2021 yillarga mo'ljallangan dastur»ning asosiy maqsadli vazifalari va yo'nalishlari qatorida ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish belgilangan.
Qarorga ko'ra, maktabgacha ta'lim tizimini tanqidiy o'rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo'yicha komissiya tashkil etilgan hamda uning asosiy vazifalari qatorida quyidagilar belgilangan:
-I- maktabgacha yoshdagi bolalarni uyg'un rivojlantirish sohasidagi ilg'or
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-547-553
xorijiy tajribani hisobga olgan holda, sifatli maktabgacha ta'limni tashkil etishda davlat talablarini qayta ko'rib chiqish;
-I- mavjud amaliyot va ilg'or xorijiy tajribani o'rgangan holda, nodavlat
maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish, ularning tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlash.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
O'zbekiston Respublikasini rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta'minlash, yosh avlodning komil inson bo'lib kamol topishiga bevosita bog'liqdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2017 yil 16 avgust kuni bo'lib otgan yigilishda maktabgacha ta'lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to la qamrab olish bo'yicha muhim vazifalar qo'yildi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik hujjat-Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 9 sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida"gi PQ-3261-sonli Qarori, 30 sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari"gi PF-5198-sonli Farmoni hamda "Ozbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi -faoliyatini tashkil etish to,g,risida"gi PQ-3305-sonli Qarori qabul qilindi.
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, uning hududiy bo'linmalarining asosiy vazifalari va faoliyati yo'nalishlari qatorida ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish berish belgilandi.
NATIJALAR
Barcha mamlakatlarda pedagoglar faoliyati uchun maksimal qulay sharoitlarning yaratilgani, pedagogning ijodiy erkinligi, katta hajmdagi hisobotlarning yo'qligi, davlat bog'chalari pedagoglari ijtimoiy statusining yuqoriligi, bolalar o'zlarini namoyon qilishlari uchun yaratilgan ijodiy muhit, jumladan xonalarning hatto kichik detallarigacha qulay dizayni va jihozlangani, ular uchun boy adabiyotlar va rivojlantiruvchi o'yinlarning mavjudligi, erta bolalikdan jamiyatda o'zini tutish va shaxsiy gigiena ko'nikmalarini tarbiya qilish maktabgacha ta'lim tizimi muvaffaqiyatining asosini tashkil etadi.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-547-553
Quyida biz ba'zi bog'chalarning faoliyatiga nazar tashlaymiz.
Koreya bog'chalarda asosan musiqa, rasm, hisoblash mashg'ulotlari integratsion shaklda tashkil etiladi. Koreys bog'chalarida bolalarda mustaqillik, tashabbuskorlik, ijodkorlik kabi ma'naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga katta e'tibor berilishi, ta'lim-tarbiya jarayonini uzviylikda olib borilishi, O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimida Koreya tajribasidan foydalanish imkoniyatlarini kengligini ko'rsatadi.
Xitoy bog'chalarida bolalar tarbiyasi integratsion ko'rinishga ega ya'ni, jismoniy rivojlanish bilan uyg'unlikda olib boriladi, maktabacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni jismonan, aqlan, estetik rivojlanishlarida ko'mak beradi, bu bilan bolani eng kichik yoshidan barkamol shaxs bo'lib rivojlanishini ta'minlaydi.Bolalar bog'chasida tarbiyaning asosiy vositasi o'yin hisoblanadi, u yerda bolalarning rivojlanishi uchun butun sharoitlar yaratilgan, o'z qobiliyatlarini namoyon qilish imkoniyatlari ta'minlangan. Bolalar bog'chasida qat'iy tartib va intizom o'rnatiladi, bolalar erkaliklari ta'qiqlanadi. Tarbiyachilar bolaning shaxsiy hususiyatini yaxshi biladilar, lekin bu hususiyatlari tug'ma deb hisoblamaydilar. Bolalar bog'chasida o'zaro urushlar, erkaliklar, kattalar talabiga bo'ysunmaslikka yo'l qo'yilmaydi, yomon intizom ilk ko'rinishidayoq bartaraf etiladi, agar bola o'zini yomon tutsa, tarbiyachi uning yoniga kelib, bu holatini sezganini bildiradi, lekin gapirmaydi. Bola o'z aybini tushungachgina tarb iyachi uning nomini aytib chaqiradi. Urush, xonadan haydab chiqarish, umuman jazolash man etiladi. Intizomni yaxshi ushlab turishning samarali yo'li bu - taqqoslash va rag'batdir, deb hisoblashadi. Bolalarni yoshligidan boshlab o'z xulq-atvorlarini tahlil etishga o'rgatib boriladi. Bolalar diqqat bilan eshitadilar va to'g'ri hayotiy misollarni eslab qoladilar. Har bir tartibsizlikka tanbeh beriladi, aks holda bola bu tarbiyasizlikni to'g'ri hisoblab, o'ziga singdirib olishi mumkin deb hisoblanadi. Xitoy bolalaridagi qat'iylik va mehnatsevarlik an'anaviy fazilatlarga aylangan.
Yaponiyada maktabgacha ta'lim tizimi ham o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Yaponlar farzandlari bilan 5 yoshgacha shoh bilan gaplashgandek muomala qilishadi, 5 yoshdan 15 yoshgacha qul bilan gaplashgandek, 15 yoshdan keyin esa tengdoshi bilan gaplashgandek muomala qilishadi. 15 yoshli o'smir - o'zining majburiyatlarini yaxshi biladigan, va qoidalarga bo'ysinadigan yoshdagi katta odam deb hisoblanadi. Yaponlar bolaning erta voyaga yetishi tarafdoridirlar. Turli yoshlarda tarbiyaning turli muammolariga urg'u beradi. Masalan, 1 yoshda - o'ziga ishonch hissini uyg'otish. 2 yoshda - amaliy san'at qul mehnatini ko'rsatish. 3 yoshda - burch hissini
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-547-553
tarbiyalash. 4 yoshda - yaxshilik va yovuzlikni farqlashga o'rgatish. 5 yoshda -liderlik hislatlarini tarbiyalash, mustaqillikka, reja tuzish va ulami bajarishga o'rgatish.
Yaponiyada maktabgacha tarbiya beshta yo'nalishni o'z ichiga qamrab olgan, bular: - ijtimoiy munosabatlar; - salomatlik, xavfsizlik; - til; - atrof muhit; - his-tuyg'ularini ifodalash. Bolalarga oilada va jamoatda muomala qilishni, o'ziga ishonishni, yangi ko'nikmalarni egallashga, xalq ertaklarini va kitoblarni o'qib tilga va madaniyatga o'rgatadilar. Yaponiyadagi maktabgacha tarbiya tamoyillari -sog'lom, mustaqil, har tamonlama rivojlangan, bilimga ega va o'z madaniyati hamda Vatanini sevuvchi jamiyat a'zosini yaratishga qaratilgan.
Yapon bolalari tabiatni juda sevadilar va chuqur his etadilar. Balkim, aynan shuning uchun ham Yaponiyada turli daraxtlar, tabiat hodisalariga bag'ishlangan milliy bayram va festivallar ko'p bo'lsa kerak. Yoshlikdan go'zallikni sevishni va tabiatni his etishni o'rgatilgan yapon bolalar bu tuyg'ular bilan umrbod yashaydilar.
Malayziya maktabgacha ta'lim tizimida 5 xil: ijtimoiy muloqatchanlik, intellektual salohiyat, jismoniy yetuklik, ruhiy tarbiya, mehnat ko'nikmalarini shakllantirish kabi yo'nalishlarda bolalarnirivojlantirib borilishi ham maktabgacha yoshdagi bolalar ma'naviy-axloqiy tarbiyasiga integratsion yondashishni belgilaydi.
Fransiyada maktabgacha talim tashkilotlarida mashg'ulotlar tonggi soat 8:30 dan kechki 16:20 ga qadar olib boriladi. Chorshanba kunidan tashqari barcha kunlar mashg'ulot kunlari hisoblanadi. Chorshanba kunlari bolalar raqs, dyuzdo, futbol va shu kabi boshqa mashg'ulotlar bilan band bo'ladilar. Tashkilotlarda tabiatga doir mashg'ulotlar va rasm chizish ko'nikmalari shakllantiriladi. Shuningdek, chiroyli yozuvga alohida etibor qaratiladi. "Escargot" deb ataluvchi metod bog'chalarda keng qo'llaniladi va ushbu metod bolalarda tabiatga bo'lgan muhabbatni va hayvonlarga bo'lgan mehrni oshirishga xizmat qiladi. Barcha bolalarning faoliyati tabiat quchog'ida tashkil etishga va tarbiyaviy sifatlarni tabiat bilan uyg'un holda rivojlantirishga, shaxsiyatlik, ijtimoiy-emotsional, kommunikativ, xabardorlik, matematik, jismonan, ijodiy kabi bolalar rivojlanishning olti yo'nalishiga ahamiyat berilishi talim-tarbiya jarayoniga integrativ yondoshishni bildiradi.
MUHOKAMA
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda integratsion yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash holatini o'rganish maqsadida quyida bir nechta horij mamlakatlari tajribasi tahlil etilgan. Biz barcha
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-547-553
mamlakatlarning maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tizimiga nazar tashladik. Axamiyatlisi Germaniya maktabgacha ta'lim tizimi bo'ldi. Keling, Germaniya maktabgacha ta'lim tizimini batafsil o'rganib chiqamiz. Germaniyada maktabgacha ta'lim tashkilotlarinmg rang-barang shakllari va turlari hayratlantiradi. Eng qiziqarli bolalar bog'chalari turlari quyidagicha:
1. Waldkindergarten (nemischa Wald so'zidan - o'rmon, Kindergarten -bolalar bog'chasi). Bunday bolalar bog'chalarini yaratish fikri Skandinaviyada boshlangan. Ko'pincha bunday bog'chalar o'rmonda joylashadi. Bolajonlar doimo ochiq havoda bo'ladilar, daraxtlar va boshqa o'simliklarni o'rganadilar, tabiiy materiallardan turli narsalar yasaydilar. Bolalarga tabiatni sevish va uni asrab-avaylash o'rgatiladi.
2. Bauernhofkindergarten (nemischa Bauernhof so'zidan - dehqon xovlisi, qo'rg'oni; Kindergarten - bolalar bog'chasi). Bunday bog'chalar dexqon xo'jaliklarida, fermalar yoki ularga yaqin yerlarda joylashgan bo'ladi. Bolalar kuchlari yetguncha fermerlarga mollarni boqishda, dala va bog' larda sabzavot va mevalar o'stirishda yordam beradilar.
3. Reggio-Kindergarten. Bunday bolalar bog'chalarini yaratish konsepsiyasi Italiyaning Rejio-Emilio shahrida paydo bo'lgan va nomi ham shundan olingan. Bunday maktabgacha tarbiya tashkilotsi bozor (yarmarka) maydonini eslatuvchi -o'rtada katta bir xona (xoll) va undan shaharchaning turli «mavzelariga» - kichik xonalarga chiquvchi inshootni eslatadi. Bunday turdagi bog'chalarda bolalar joylashgan muhit asosiy tarbiyachi deb ataladi. Har kuni ertalab bolalar tarbiyachi bilan katta xonada yig'ilishib, kun rejasini maslahatlashadilar, so'ngra xonalarga tarqalishadi. Bitta xona qurilish va turli konstruktorlar yig'ish xonasiga aylantiriladi. Bu yerda bolalar kubiklar o'ynashi, konstruktorlar yig'ishi mumkin. Yana rasm chizish xonasi ham bor, odatda u yerda bo'yoqlar va devorlarga vatman qog'ozlar osib qo'yilgan. Bolalarga maxsus kiyim kiygazib ko'yiladi va ular xohlagan yerlariga - devorlar, pol, bir-birlariga rasm chizishlari mumkin. Bu yerda hunarmandchilik, musiqiy va boshqa xonalar ham bor. Bunday bog'chalarda tarbiyachilar bolalarga faqat atrofdagi joyni o'zlashtirishlarida ko'maklashadilar.
4. Freinet-Kindergarten. Maktabgacha pedagogikaning bu yo'nalishi o'z nomini bolalar tarbiyasiga o'ziga xos yondashish usulini ishlab chiqqan italiyalik oilaviy juftlik familiyasidan olingan. Bu yo'nalishning asosiy tamoyili - bolaning butunlay erkinligi va mustaqilligidir. Fraynet-bog'chasida bolalar nima qilishlari, qanday o'yin o'ynashlari, nima bilan shug'ul lanishlari, qachon ovqatlanishlari va
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-547-553
uxlashlarini o'zlari hal qiladilar. «Bolalar konferensiyasi» deb atalmish yig'ilishlarda bolalar MTT doirasida hulq-atvor qoidalarini o'zlari belgilashadi. Bunday bog' cha larda ijod qilish, syujet-rol o'yinlari, eksperimentlar, tabiat qo'yni yoki shaharning korxona va tashkilotlariga ekskursiyaga borishlarga katta ahamiyat beriladi.
5. Integratsion bolalar bog'chalari. Bunday turdagi MTT larda sog'lom bolalar bilan birgalikda jismonan va ruhiy nosog'lom bolalar birgalikda tarbiyalanadi. Bunday sharoit oddiy bolalar uchun chidamlik, bag'rikenglik va hurmat qilishni o'rganishga ajoyib imkoniyat, deb qaraladi. Imkoniyatlari cheklangan bolalar jamiyatdan ajralgan holatda bo'lmaydilar, o'z tengdoshlari bilan muloqot va hamjihatlikda bo'lishni o'rganadilar. Shunday bog'cha va maktablarning soni ko'pligi Germaniyada nogironlarning yashashi, ta'lim olishi va o'zini namoyon qilishi uchun qulay sharoitlar yaratadi.
6. Internatsional bolalar bog'chalari. Bunday MTT lar emigrantlar uchun yaratilgan bo'lib, ko'pincha ularni emigrantlarning o'zlari farzandlari uchun tashkil etadilar. Germaniyada turk-nemis, yahudiy, rus-nemis bolalar bog'chalari juda ko'p. Bu tashkilotlarning konsepsiyasi bilingvallik[5]tamoyiliga asoslangan. Ya'ni, guruhlarda doimo bolalar bilan ona tilida so'zlovchi tarbiyachi bilan birga nemis tilida so'zlovchi tarbiyachi ham bo'ladi. Shuningdek, Germaniyada Valdorf bolalar bog'chalari va Montessori tizimida ishlaydigan bolalar bog'chalari ham mavjud. Agar o'rta statistik nemis bolalar bog'chasini olsak, uning faoliyati loyihalar tamoyili asosida tashkil etilganligi namoyon bo'ladi. Masalan, «Kasb» loyihasi davrida bolalar tarbiyachi bilan ekskursiyalarga boradilar, turli narsalar yasaydilar, teatrlashtirilgan sahnalar qo'yadilar, pechene pishiradilar, loydan narsalar yasaydilar va hokazo. Germaniya maktabgacha tashkilotlarida bolalarning ijodkorligi, ma'naviy-axloqiy tarbiyasiga yondashishda integratsiya usulidan keng foydalaniladi.
XULOSA
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni tarbiyalashdagi bunday ijobiy qarashlar bilan bir vaqtda, xulosa tariqasida aytish joizki xorijiy mamlakatlarning maktabgacha ta'lim tizimlarini o'rganish, ularning ilg'or tajribasini tahlil etish va respublikamiz sharoitiga moslashtirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish mamlakatimiz maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirib zamonaviylashtirishga imkon yaratadi desak mubolag'a bo'lmaydi.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-547-553
REFERENCES
1. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari. -T.:2018 y.
2."Ilk qadam" davlat o'quv dasturi.- T.:2018 y.
3. Г.И.ХАСАНОВА "Таълим жараёнида дастурлаштирилган укитиш технологиясидан фойдаланишнинг афзалликлари" Жиззах: 2020. 420 бет. 223-225б
4. Хасанова, Г. (2021). Олий таълим муассасалари педагогларининг креатив кобилиятларини ривожлантиришнинг мазмуни. Academic Research in Educational Sciences, 2(1), 778-782.
5.Norquziyeva, M. (2020). Булажак укитувчиларнинг касбга муносабатини узгартириш-касбий баркарорликни таъминлаш гарови. Архив Научных Публикаций JSPI.
6. Abdurahmonovna, N. M. (2021). Pedagogical and Psychological Aspects of Professional Sustainability of Future Teachers.
7. Manzura, N. (2021). Sustainable Activity in the Teaching Profession and Its Foundations. Psychology and Education Journal, 58(2), 1339-1345.
8. Norquzieva. Mensuring professional stability of future teachers in pedagogical activity European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 6, 2020
9.Maxfuza Usmanova, THE CONCEPT OF EDUCATIONAL PROFESSIONAL COMPETENCE AND ITS YIELD FACTORS , Архив Научных Публикаций JSPI: 2020: Архив №54
10.М.Усмонова . Укувчи шахсига йуналтирилган педагогик технологиялар Таълим технологиялари. 2016 йил. 4-сон.
11. М.Усмонова .Педагогик жараён лойиxаси - машFулотлар самарадорлигини таъминлаш воситаси сифатида Бошлаетич таълим ва жисмоний маданият йуналишида сифат ва самарадорликни ошириш: муаммо ва ечимлар Халкаро илмий конферентсия. Тошкент. 25 май, 2017 йил