Научная статья на тему 'MAKTABGA TAYYORLOV GURUHLARI TARBIYALANUVCHILARIDA ARTTERAPIYA YORDAMIDA IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH'

MAKTABGA TAYYORLOV GURUHLARI TARBIYALANUVCHILARIDA ARTTERAPIYA YORDAMIDA IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
724
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Journal of Education
Область наук
Ключевые слова
“Tasviriy faoliyat” / “MTT” / Renesans / “Men” / “Ijodkorlik” / “Art-terapiya” / “Mandaloterapiya” / “Musiqa terapiyasi” / “Izoterapiya”. / «Изобразительная деятельность» / «МТТ» / «Возрождение» / «Я» / «Творчество» / «Арт-терапия» / «Мандалоте-рапия» / «Музыкотерапия» / «Изотерапия».

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mahbuba B. Jumayeva

Maktabgacha katta yoshdagi bolalar faoliyatida noodatiy usullardan unumli foydalanish. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar faoliyatida qum terapiyasining ahamiyati, maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ijodiy faoliyatida hamda bolaning aqliy rivojlanishida qum terapiyasidan foydalanish yo‘llari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ВОСПИТАННИКОВ ДОШКОЛЬНЫХ ГРУПП С ПОМОЩЬЮ АРТ-ТЕРАПИИ

Эффективное использова-ние необычных приемов в деятельности детей старшего дошкольного возраста. Значение песочной терапии в деятельности взрослых дошкольников, способы использования песочной терапии в творческой деятельности взрослых дошкольников и в психическом развитии ребенка.

Текст научной работы на тему «MAKTABGA TAYYORLOV GURUHLARI TARBIYALANUVCHILARIDA ARTTERAPIYA YORDAMIDA IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH»

Oriental Journal of Education SJIF for 2022:6

ORIENTAL JOURNAL OF EDUCATION

journal homepage: https://www.supportscience.uz/index.php/oie

DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF PUPILS OF PRE-SCHOOL GROUPS

WITH THE HELP OF ART THERAPY

Makhbuba B. Jumayeva

Master's student

Pedagogical Institute of Termez State University Termez, Uzbekistan

ABOUT ARTICLE

Key words: "Visual activity", "MTT", "Renaissance", "I", "Creativity", "Art therapy", "Mandalotherapy", "Music therapy", "Isotherapy".

Received: 23.05.22 Accepted: 25.05.22 Published: 27.05.22

Abstract: Effective use of unusual methods in the activities of older children of preschool age. The importance of sand therapy in the activities of preschool adults, ways to use sand therapy in the creative activities of preschool adults and in the mental development of the child

MAKTABGA TAYYORLOV GURUHLARI TARBIYALANUVCHILARIDA ARTTERAPIYA YORDAMIDA IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH

Mahbuba B. Jumayeva

Magistratura talabasi

Termiz davlat universitetining Pedagogika Instituti Termiz, O'zbekiston

_MAQOLA HAQIDA_

Kalit so'zlar: "Tasviriy faoliyat", "MTT", Annotatsiya: Maktabgacha katta yoshdagi Renesans, "Men", "Ijodkorlik", "Art-terapiya", bolalar faoliyatida noodatiy usullardan unumli "Mandaloterapiya", "Musiqa terapiyasi", foydalanish. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar "Izoterapiya". faoliyatida qum terapiyasining ahamiyati,

maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ijodiy faoliyatida hamda bolaning aqliy rivojlanishida _qum terapiyasidan foydalanish yo'llari_

РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ВОСПИТАННИКОВ ДОШКОЛЬНЫХ

ГРУПП С ПОМОЩЬЮ АРТ-ТЕРАПИИ

Махбуба Б. Жумаева

Магистрант

Педагогический институт Термезского государственного университета Термез, Узбекистан

_О СТАТЬЕ_

Ключевые слова: «Изобразительная Аннотация: Эффективное использова-

деятельность», «МТТ», «Возрождение», «Я», ние необычных приемов в деятельности «Творчество», «Арт-терапия», «Мандалоте- детей старшего дошкольного возраста. рапия», «Музыкотерапия», «Изотерапия». Значение песочной терапии в деятельности

взрослых дошкольников, способы использования песочной терапии в творческой деятельности взрослых дошкольников и в психическом развитии _ребенка_

KIRISH

Muhtaram yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyev oliy majlisga yo'llagan murojatida "Ilm va ta'limning qadriga yetib, davlatimizda ilm va ta'lim o'rganish bilan muhit yaratilsa, bobolarimizga munosib hayot va kelajakni qura olamiz"-deya ta'kidlaganlar. Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek O'zbekistonning ertangi kuniga ishonchi mustahkamlash, ajdodlarga munosib bo'lish uchun islohatlarni ilmdan boshlash kerak. Chunki ilmsiz hech bir sohada natija bo'lmaydi. Keyingi uch yilda bu boradagi muammolarni samarali hal etish, mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshiriladi. Shu maqsadda qator farmon va qarorlar qabul qilinib, bu boradagi kompleks sa'y-harakatlar uchun puxta huquqiy zamin yaratildi.Maktabgacha ta'lim, umumiy ta'lim va oliy ta'lim tizimi mazmunan va sifat jihatdan yangilanib bormoqda.

ASOSIY QISM

Xususan "O'zbekistonda yangi bir uyg'onish - Uchinchi Renesans davriga poydevor yaratilmoqda". Bugun cheksiz iftixor bilan ayta olamizki, donishmand xalqimizning uzoqni ko'ra olishi, birdamligi va fidoyi mehnati bilan barcha sinovlardan munosib o'tib kelmoqdamiz. Shu nuqtayi nazardan, bizning insoniy qadr-qimmatimizni, g'urur va sha'nimizni, dinu diyonatimizni, milliy davlatchiligimizni tiklab bergan Mustaqillik kuni vatanimizning shonli tarixida hamisha eng yorqin sahifa bo'lib qoladi.

O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018-yil 7-iyuldagi 4-sonli hayat yig'lishi qaror bilan tasdiqlangan "Ilk qadam maktabgacha ta'lim tashkilotining o'quv dasturi maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda komptensiyaviy yondashuv o'sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo'lgan ahloqiy me'yor va qadryatlarni o'zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish "Men" obrazini qurish

bog'liq bo'lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko'zda tutishi belgilab berilgan. Jumladan "Ijodkorlik" sohasidagi o'quv tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so'ng 6-7 yoshli bola quyidagi layoqatlarga ega bo'lishi ko'rsatib o'tilgan: san'at va madaniyatga qiziqishni namoyon qiladi; milliy an'analarni qadrlaydi va ularni kundalikhayotning bir qismi sifatida idrok etadi, san'atning muayyan turini afzal ko'rishini mustaqil ravishda ifodalaydi; olingan bilim va ko'nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o'z ijodiy rejalarini tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi; insonning dunyo o'zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi.

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni ma'naviy-xissiy rivojlanishida tasviriy faoliyatning o'rni katta. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar musiqani badiiy asarlarni diqqat bilan tinglaydilar,tasviriy san'at asarlarini sinchiklab kuzatadilar, yomonlikni qoralaydilar. Bolada musiqiy va shoirona tinglash qobilyati rivojlanadi. Ularda ayrim musiqa janrlariga, adabiy va tasviriy san'at asarlariga nisbatan barqaror qiziqish paydo bo'ladi. Bolalarda badiiy-ijodiiy qobiliyat rivojlana boshlaydi. Kuztayotgan san'at asarlari, eshitayotgan musiqa asarlari, o'qilayotgan sh'rlarning eng nozik tomonlarini ko'ra biladilar, seza boshlaydilar. Badiiy asarlaridagi ba'zi sh'riy obrazlarni slab qoladilar va o'z nutqlarida ishlatadilar. Tevarak- atrofdagi go'zallikka, san'atga badiiy o'yin va faoliyatning har xil turlariga nisbatan ularda qiziqish shakllana boshlaydi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyat jarayonida jamoa bo'lib ishlash malakalarini shakllantirish dolzarb ahamiyatga molik masalalardan biridir. Bolalarni tasviriy faoliyat orqali turli ranglar jilosini his tishga, estetik qobilyatlarini o'stirishga faol chuqur fikrlashga va ko'tarinki kayfiyatda ishlashga o'rgatib borish muhimdir. Tasviriy faoliyat (rasm, loy ishi, applikatsiya, qurish yasash) bolalarda nafaqat qiziqish uyg'otadi balki ularni o'rab turgan olamni o'z ishida aks ttirishda, olamni ko'z oldida yaxlit xolda namoyon etishida va umuman har tomonlama shakllanishiga (estetik ahloqiy, aqliy) turtki bo'ladi. Bolalardagi fikrlash qobilyatini rivojlantirish uchun badiiy qobilyatning hamma turlaridan ham xayolning ma'lum maqsadga yo'naltirilgan bo'lishi ta'minlanadi. Bolalarni ijodiy maqsad qo'yishga o'rgatiladi. Shu orqali u bolalarning o'ziga xos qobiliyat va imkoniyatlarni o'rganadi. Bolalar orasida ashula aytishga, rasm chizishga, musiqaga xavas juda erta uyg'onadi. Ammo bu hali bolaning kelajakda qanday mutaxassis bo'lishini aniqlash huquqini bermaydi.

"Art terapiya" atamasi rassom Adrian Hill tomonidan kiritilgan. U 1938-yilda bemorlar bilan ishlashda ijodiy faoliyat bemorlarni o'z tajribalaridan chalg'itib, kasallikni yengishda yordam berishini payqadi. "Art terapiya" so'zi-san'at (ingliz tilida)-san'at, terapiya (yunoncha)- parvarish, davolash, ijodkorlik orqali insonning psixologik salomatligi va xissiy holati haqida g'amxorlik tushuniladi.

Ingliz tilida so'zlashadigan mamlakatlarda art-terapiya (Art Therapy)" asosan visual san'at deb ataladigan narsalarga (rasm, grafika, haykaltaroshlik, dizayn) yoki vizal aloqa kanali yetakchi rol o'ynaydigan ijodkorlikning bunday turlariga taalluqlidir (kino, videoart, kompyuter san'ati, ijro va

boshqalar). Bu Adrian Hillning asarlarida batafsilroq aks etgan. Bundan tashqari Kopytina, E. Kramer, M. Libman va boshqalarning asarlarida.

Art-terapiya atamasi psixo-korreksiyada qo'llaniladigan san'atlarning ham jamiyatini, ham amaldagi uslub yoki texnikani anglatadi. Art-terapiya metod sifatida insonni o'zining tasviriy mahsulotlarida ma'lum bir ma'noni ko'rishga va uning ichki dunyosi va tajriba mazmuni bilan bog'liqligini anglashga o'rgatish, shuningdek, o'tkazish qobilyatini rivojlantirishga qaratilgan ba'zi metodlardan foydalanishni o'z ichiga oladi. Atr-terapiya usulining jozibadorligi shundaki, bu usul asosan o'zini namoyon qilishi va muloqotning og'zaki bo'lmagan usullaridan foydalanadi. Ijodkorlik jarayonida miyaning o'ng yarim shari faol ishtirok etadi. Zamonaviy sivilizatsiya asosan og'zaki aloqa tizimi va chap "mantiqiy" yarim shardan foydalanadi. Odamning normal uyg'un rivojlanishi ikkala yarim sharning ham teng rivojlanishini va normal ta'sirni nazarda tutadi. Bundan tashqari inson faoliyatining ayrim turlari faqat o'ng yarim sharning ishini talab qiladi-ijodkorlik sezgi, madaniy ta'lim, oilaviy tashkilot, bolalarni tarbiyalash, va albatta muhabbat munosabatlaridagi romantizm.

Art terapiyaning vazifalariga quyidagilar kiradi:

1. Diagnostika . Ijodkorlik yordamida mijozning asosiy muammolari nimadan iboratligini, qaysi sohada u bilan yuz beradigan narsaga ko'proq e'tibor berish kerakligini aniqlash mumkin.

2. Tuzatish. Art -terapiya yordamida siz o'z xatti- harakatlarini yanada konstruktiv tarzda o'zgartirishga, qo'rquv, xavotirlardan xalos bo'lishga, e'tiqodlarni cheklashga, fobiyalarga yordam bera olasiz.

3. Rivojlanish. Art-terapiyaning asosiy funksiyalaridan biri insonning kuchli va zaif tomonlarini va ularning rivojlanishini aniqlashdir.

4. Estetik ehtiyojlarni qondirish. Art-terapevtik jarayon davomida haqiqiy ijodkorlik boshlanadi. Mijozlar rasmlar, musiqa, she'rlar va hatto kitoblarni yaratadilar. Qizig'ig'i shundaki bu ko'pincha o'zini to'liq "dunyoviy" deb hisoblaydiganlar bilan, ijodkorlik va ilhomdan uzoq bo'lgan hollarda yuz beradi.

5. Psixoterapiya. Albatta art-terapiya yordamida siz psixologik travma, qiyin tajribalar bilan ishlashingiz mumkin.

Art- terapiya insonning ijodiy salohiyati bilan chambarchas bo g'liq bo'lgan uning ichki, o'zini o'zi davolaydigan manbaalariga murojaat qiladi.

San'at darslari odamga salbiy his-tuyg'ularni, shu jumladan tajovuzni va ijtimoiy maqbul shaklda ozod qilish imkonini beradi. Masalan, haykallar yoki chizmalar ustida ishlash stressni yengillashtir va almashtirishga imkon beradi. San'at og'zaki bo'lmagan muloqot qilish imkonini beradi. Ba'zan odam ichki nizolarni visual tasvirlar yordamida, so'zlarni ishlatmasdan, nima yuz berayotganini to'g'gri tasvirlashga harakat qilmasdan tushunishi va ifodalashi osonroq bo'ladi.

San'at obektini yaratish jarayonini o'z ichiga olgan art-terapiya turlari izlanuvchiga ko'plab qiziqarli materiallarni olish imkoniyatini beradi, bu esa keyinchalik izohlash va tashxis q o'yish uchun ishlatilishi mumkin.

Art-terapiya odamni bostirishga odatlangan his-tuyg'ular va fikrlarni ishlab chiqishga imkon beradi. Bazida bu o'z his-tuyg'ularini ifoda etishning yagona usuli.

Art-terapiyaning afzalligi shundaki, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun deyarli barcha turdagi art-terapiya katta imkoniyatlar ochadi.

Ushbu uslub universal deb hisoblanadi. U mustaqil ravishda ishlatilishi mumkin, ammo ko'pincha badiiy darslar odatiy maslahatlar bilan birlashtirilib, ulardan ko'proq ma'lumot olishi maslahat berishi mumkin. Ko'pincha guruh mashqlari o'tkazilib, ularda bir nechta bola ijodkorlik bilan shug'ullanadi. Bu ularga aloqa va yordamga bo'lgan ehtiyojini qondirish imkonini beradi.

Art-terapiyaning yo'nalishlari va usullari:

Art-terapiyada ko'plab yo'nalishlar mavjud. Bundan tashqari, yangilari hali ham paydo bo'lmoqda. asosiy yo'nalishlar qatoriga quyidagilar kiradi:

Izoterapiy -rasm, tasviriy san'at yordamida davolash. Bolalar cho'tkalar va bo'yoqlar qalamlardan foydalanishadi. Bu maxsus "singnal rang tizimiga" asoslangan bo'lib, unga ko'ra texnologiya ishtirokchisi rang orqali o'zining hissiy holatiga signal beradi. Zamonaviy izoterapiya asosan badiiy ijod jarayonidir. Bunda rassomlik art-terapiyasi keng qo'llaniladi. Chizilgan rasm chizish jarayoni va natijasi quyidagi parametrlarga muvofiq tahlil qilinadi:

Varaqni to'ldirish tezligi

Rasmda ko'rsatilgan chiziqlar va shakllarning tabiati va ustun ton ranglari

Yorqin ranglar ijodkorlikni, ijobiy hissiy holatni ifodalaydi. Ba'zi ranglarning ustunligi yuqori sezuvchanlikni ifodalaydi.

Izoterapiyaning o'ziga xos usullari bolaning holati va imkoniyatlariga qarab tanlanadi.

Bugungi kunda ushbu uslub eng mashxurlaridan biridir. Rasm chizish kishiga chuqur mojorolarni yengish, g'azab tajavuz va umidsizlikni tashlash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, tarbiyalanuvchilar ish oxirida qoniqishni his qiladi. Inson tomonidan yaratilgan rasmlar yoki boshqa san'at asarlari ijtimoiy maqbullikni olishga o'ziga bo'lgan hurmatni oshirishga va izolatsiya va murakkablikni yengishga yordam beradi. Izoterapiya bolaning ma'lum vaziyatini, turli xil tajribalarni bevosita anglashni aks ettiradi, ko'pincha ongsiz va og'zaki bo'lmagan holda.

Bolalar rasmlarini tog'ri talqin qilish uchun quyidagi shartlarni hisobga olish kerak: bolaning visual faoliyatining rivojlanish darajasi, buning uchun u ilgari chizilgan rasmlarga qarash kerak;

Rasm chizish jarayonining o'ziga xos xususiyatlari (mavzuga mos tarkibni tanlash, rasm chizish jarayonida mavzuni saqlab qolish yoki uni o'zgartirish)

Bolalar bilan ishlashda izoterapiyaning o'ziga xos xususiyatlari shundaki, izoterapiya ijobiy

turtki yaratish uchun ishlatiladi, bolaning qiyinchiliklardan qo'rqishini yengishga yordam beradi, muvaffaqiyat holatini yaratishga yordam beradi shuningdek, o'zaro yordam, hissini tarbiyalaydi bolalarning xayolotini rivojlantirishga yordam beradi.

Mandaloterapiya -mandaladan foydalangan holda ishlash. Mijozga mandala yaratish taklif etiladi- uni chizish, rangli iplardan to'qish, qum yordamida katta hajmdagi buyumlar yaratish va hk.

Musiqa terapiyasi:Art-terapiy yo'nalishi, bu musiqa yordamida davolashni nazarda tutadi. Shunday qilib, odamga tayyor musiqa tinglash, uni ijro etish yoki o'z ritmlarini yaratish taklif qilinishi mumkin.

Musiqa turli xil terapevtik effektlarni keltirib chiqarishi sir emas. Bu yoki boshqa tovushlar bolalarning asab tizimiga bevosita ta'sir qiladi, ma'lum fiziologik reaksiyalarni, shuningdek hissiyotlarni keltirib chiqaradi.

Masalan, bitta musiqiy kompozitsiya yurak urish va nafas olishni tezlashtiradi, quvnoq kayfiyatni yaratadi, boshqasi esa odamga to'liq dam olishga yordam beradi. Musiqiy terapiya individual yoki guruhiy bo'lishi mumkin.

Ko'pchilik pedagog va psixologlarning tadqiqot ishlari bolalarning ijodiy faoliyatlari, hissiyotlari, estetik tasavvurlarining o'ziga xos xususiyatini va ulardagi estetik tasavvur va hissiyotlarning qanday rivojlanishini ochib bergan. Bu tekshirishlar bolalardagi estetik tasavvur va hissiyotlarni rivojlantirishni ulardagi ijodiy qobilyatni rivojlantirish bilan birga q o'shib olib boorish kerak degan xulosaga olib keladi. Estetik tasavvurning o'ziga xosligi shundaki, idrokning boshqa turlariga qaraganda narsalarni his qilish shakli - "ko'rinadigan" va "eshitiladigan" narsalar butunlay boshqa mazmun kasb etadi. Oddiy idrok qilishda narsalarning ko'rinishi, ohangdorligi unchalik muhim bo'lmay, balki uning ahamiyati muhimdir.

XULOSA

Bolalarda go'zallikni idrok qilish jarayoni aniq ifodalangan, ta'sirli, faol tusda bo'ladi. Bu ayniqsa, ular qo'g'irchoq teatri, kino, multfilm, telespektakllarni tomosha qilganlarida aniq namoyon bo'ladi. Bolalar asar qahramonlarini harakat qiladilar, ularda muayyan vaziyatda o'zini qanday tutishini aytib turadilar, o'zlarini ular bilan birga o'ynayotgandek his etadilar. Bu yoshdagi bolalarda tanish bo'lgan san'at asarlarini sinchiklab kuzatadilar, ulardagi ijobiy qahramonlarning xatti-harakatlaridan quvonadilar, yomonlikni qoralaydilar. Bolada musiqaviy va shoirona tinglash qobiliyati rivojlanadi. Ularda ayrim musiqa janrlariga, adabiy va tasviriy san'at asarlariga nisbatan barqaror qiziqish paydo bo'adi. Bolalarda badiiy-ijodiy qobiliyat rivojlana boshlaydi, ular mustaqil ravishda topishmoqlar, ashulalar, ertaklar, she'rlar to'qiydilar, applikatsiya va rasmlar ishlaydilar. Endi ular o'zlarining ishlarini baholaydigan bo'lib qoladilar. Bolalarda ijodiy faoliyatni shakllantirishda Art-terapiya va qum san'atidan foydalanish yaxshi natijalarni yuzaga chiqardi. Art -terapiya faoliyatlarida bolalar qiziqishlari va emotsiyalari rivojlana bordi. Yangilik yaratishga

bo'lgan qiziqish ijobiy his-tuyg'ular va emotsiyalar shakllana boradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Sh.M. Mirziyoyev Oliy majlisga murojati. "Xalq so'zi" gazetasi 2020-yil.

2. PQ-3261 09.09.2017 Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qaror.

3. "Maktabgacha pedagogika" F.R. Qodirova, Sh.Q. Toshpo'latova, N.M. Kayumova, M.N. A'zamova, Shin A.V., Mirziyoyeva Sh.Sh., Grosheva I V, T. 2019

4. Shaxsga yo'naltirilgan yondashuv asosida ta'lim jarayonini rejalashtirish. Shin A.V., Mirziyoyeva Sh.Sh., Grosheva I V, T. 2020

5. O'yin orqali ta'lim olish. Shin A.V., Mirziyoyeva Sh.Sh., Grosheva I V, T. 2020

6. Doniyorov, A., & Karimov, N. (2020). An incomparable book of a great scholar. Bulletin Social-Economic and Humanitarian Research, (8), 63-71.

7. Omonov, Q., & Karimov, N. (2020). Importance Of Ancestoral Heritage. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(09), 196-202.

8. Ziyamukhamedov, J. (2022). PU Sungling's Creative Legacy as a Classic Example of Medieval Chinese Literature. International Journal of Early Childhood Special Education, 14(1).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.