Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNING ESTETIK DIDI RIVOJLANISHIDAGI O`ZIGA XOS XUSUSIYATLAR'

MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNING ESTETIK DIDI RIVOJLANISHIDAGI O`ZIGA XOS XUSUSIYATLAR Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
5310
254
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
estetik did / estetik idrok / she’r / estetik hissiyot / qiziqish / estetik ehtiyoj / estetik did / mulohaza / ijodiy mahorat.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — B.U. Axmedov, D.Yu. Xoliqova

Maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning estetik didi rivojlanishidagi o`ziga xos xususiyatlar haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNING ESTETIK DIDI RIVOJLANISHIDAGI O`ZIGA XOS XUSUSIYATLAR»

YneHHH XXI BeKa • 2022 • № 3 (84)

MAKTABGACHA TA'LIM YOSHIDAGI BOLALARNING ESTETIK DIDI RIVOJLANISHIDAGI O ZIGA XOS XUSUSIYATLAR

B.U. Axmedov1, D.Yu. Xoliqova2

Maqolada maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning estetik didi rivojlanishidagi o'ziga xos xususiyatlar haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: estetik did, estetik idrok, she'r, estetik hissiyot, qiziqish, estetik ehtiyoj, estetik did, mulohaza, ijodiy mahorat.

Shaxsning estetik xususiyatlari tug'ma emas, ammo ular ijtimoiy muhit va faol pedagogik rahbarlik sharoitida ilk yoshdan boshlab rivojlanib boradi. Estetik rivojlanish jarayonida bolalarni estetik idrok, tasavvur, tushunchalar, mulohazalar, qiziqishlar, his-tuyg'ular, badiiy va ijodiy qobiliyatlarni tarkib toptirish amalga oshiriladi.

Bolalarning estetik rivojlanishi ularning kundalik jo'shqin hayoti bilan chambarchas bog'liqdir. Ilk yoshdagi bolalarni nazarda tutganda, hali ularning estetik tarbiyasi to'g'risida emas, balki ularning hissiy va sensor rivojlanishi to'g'risida o'ylash kerak. Bola yaltiroq bo'yoqdan xursand bo'ladi, bir maromdagi tovush va harakatlardan huzur qiladi. Bola hayotining birinchi yilida ularning sensor-hissiy qabul qiluvchanligi takomillashib boradi. Bu yoshdagi bolada hissiy kechinmalarning shakllanishida kattalar muhim rol o'ynaydi. Kattalarning ochiq yuz bilan jo'shqin ohangda gapirishlari bolaga buyumlarning u yoki bu xususiyatlariga ijobiy munosabatda bo'lishlariga yordam beradi. Va, aksincha, kattalarning ogohlantiruvchi ovozi, ular yuzidagi tundlik alomati yoki xo'mrayib qarashlari, jerkib, siltab tashlashlari va hokazolar bolalarda shu buyumga yoki uning sifatiga salbiy munosabatni shakllantiradi. Bola hayotining ikkinchi yilida uning idroki sekin-asta takomillasha boradi. Bolalar endi faqat borliq xususiyatlarini emas, shu bilan birga san'at asarlaridagi ayrim estetik ifoda vositalarini ham idrok eta boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarda musiqaning quvnoq va g'amgin kuylariga, ularning qattiq va sokin ohangiga, ohista va tezligiga javob ta'siri paydo boladi va hokazo. O'rta guruhga kelganda bolalar estetik idrokinnng rivojlanishida muhim o'zgarishlar yuz beradi. Ularning estetik idroki ancha aniq va tabaqalashgan bolib qoladi. Ammo shunga qaramay, u qisqa-qisqa bo'lib, bolaning shaxsiy tajribasi va qiziqishiga bog'liq bo'ladi. Bu yoshdagi bolalar badiiy obrazni eng oddiy estetik baholay oladilar, ba'zi bir estetik vositalarni to'g'ri anglaydigan, tasvir mohiyatini tushunadigan bo'lib qoladilar.

Bolalarda go'zallikni idrok qilish jarayoni aniq ifodalangan, ta'sirli, faol tusda bo'ladi. Bu ayniqsa, ular qo'gMrchoq teatri, kino, multfilm, telespektakllarni tomosha qilganlarida aniq namoyon boladi. Bolalar asar qahramonlari harakatiga bemalol qo'shilib harakat qiladilar, ularda muayyan vaziyatda o'zini qanday tutishni aytib turadilar, o'zlarini ular bilan birga o'ynayotgandek his etadilar. Bu yoshdagi bolalar tanish bo'lgan san'at asarlarini yangi asarlar bilan solishtiradilar va ba'zi bir xulosalar chiqaradilar. Bolalar she'rni nasrdan, badiiy asarning ba'zi bir janrlarini, tasviriy faoliyat va musiqaning bir xil turlarini (ertakni hikoyadan, marshni raqsdan, allani o'yindan va hokazo) bir-biridan ajrata boshlaydilar. Katta guruhning oxirlariga kelganda ular musiqani, badiiy asarlarni diqqat bilan tinglaydilar, tasviriy san'at asarlarini sinchiklab kuzatadilar, ulardagi ijobiy qahramonlarning xatti-harakatlaridan quvonadilar, yomonlikni qoralaydilar. Bolada musiqaviy va shoirona tinglash qobiliyati rivojlanadi. Ularda ayrim musiqa janrlariga, adabiy va tasviriy san'at asarlariga nisbatan barqaror qiziqish paydo bo'ladi. Bolalarda badiiy-ijodiy qobiliyat rivojlana boshlaydi, ular mustaqil ravishda topishmoqlar, ashulalar, ertaklar, she'rlar to'qiydilar, applikatsiya va rasmlar ishlaydilar. Endi ular o'zlarining va o'rtoqlarining ishlarini baholaydigan bo'lib qoladilar. Kuzatayotgan san'at asariari, eshitayotgan musiqa asarlari, o'qilayotgan she'rlarning eng nozik tomonlarini ko'ra biladilar, seza

1Axmedov Baxshullo Ubaydulloyevich - Shofirkon tuman 21-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti musiqa rahbari (Buxoro, O'zbekiston).

2Xoliqova Dilorom Yunusovna - Shofirkon tuman 21-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi (Buxoro, O'zbekiston).

Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84)

boshlaydilar. Badiiy asarlardagi ba'zi she'riy obrazlarni eslab qoladilar va o'z nutqlarida ishlatadilar. Tevarak-atrofdagi go'zallikka, san'atga, badiiy va o'yin faoliyatining har xil turlariga nisbatan ularda qiziqish shakllana boshlaydi.

Shunday qilib, maktabgacha ta'lim yoshi davri tarbiyaviy ta'sir orqali bolalarni estetik ruhda tarbiyalash maqsadlaridan va uning bola shaxsini shakllantirishda tutgan o'rnidan kelib chiqib, estetik rivojlanishlarini takomillashtirishdir. Estetik tarbiyaning vazifalari tarbiyaning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, bolalarning yosh imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Estetik tarbiya vazifalarini hal etish bolalarda tashabbuskorlik, ma'lum natijalarni oldindan bilish, ularga intilish, orzu qila bilish kabi sifatlarni shakllantirish bilan uzviy bog'langandir. Estetik tarbiyaning mazmuni bolaning estetik faoliyati orqali amalga oshiriladigan bilim, malaka va ko'nikmalarni estetik hissiyot, qiziqish, estetik ehtiyoj, estetik did va mulohazalarni tarbiyalashni o'z ichiga oladi. Bular quyidagi yo'llar bilan amalga oshiriladi: O'yin, mehnat jarayonida, maishiy faoliyatda ijtimoiy va tabiat voqealari bilan tanishtirish. Orqali tevarak-atrofdagi borliqqa nisbatan estetik munosabatni tarbiyalash; san'at asarlari (badiiy tarbiya) vositasida estetik tarbiya berish.

Bolalardagi fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun badiiy qobiliyatning hamma turlarida ham xayolning ma'lum maqsadga yo'naltirilgan bo'lishi ta'minlanadi. Bolalarni ijodiy maqsad qo'yishga o'rgatiladi. Bolalarning mustaqil ijodiy faoliyatlari bayramlarda, ko'ngil ochish kechalarida, ekskursiya va sayrlarda, har xil o'yinlarda amalga oshiriladi. Bolalar o'zlarining badiiy ijodiy mahoratlarini, qobiliyatlarini bemalol, erkin namoyish qilishlari uchun tarbiyachi kerakli shart-sharoitni yaratib berishi zarur. Bolalarning bu xildagi mustaqil faoliyatlariga rahbarlik qilishda tarbiyachi yakka tartibda yondoshishi lozim. Shu orqali u bolalarning o'ziga xos qobiliyat va imkoniyatlarini o'rganadi. Bolalar orasida ashula aytishga, rasm chizishga, musiqaga havas juda erta uyg'onadi. Ammo bu hali bolaning kelajakda qanday mutaxassis bo'lishini aniqlash huquqini bermaydi. Lekin tarbiyachilar va ota-onalar bolalarning qiziqishlariga diqqat-e'tibor bilan qarashlari lozim. Ular bolani diqqat bilan kuzatayotib, unda musiqa, rasm, qurish-yasash va boshqa sohalardagi iste'dodning ilk kurtaklarini ko'rishlari mumkin. Boladagi qobiliyatlarning shakllanishi kattalarning mana shu kurtaklarni avaylab o'stirishlariga, ularga to'g'ri rahbarlik qilishlariga bog'liq.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Hasanboyeva O., Tadjieva М., Toshpulatova Sh. va boshq. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi. Т.: Ilm-ziyo, 2012.

2. Имомова Ш.М., Норова Ф.Ф. УЧЕБНЫЕ МЕТОДЫ ОРГАНИЗАЦИИ СПОРТИВНО-ОЗДОРОВИТЕЛЬНЫХ МЕРОПРИЯТИЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ// Вестник науки и образования, 2021. № 9 (112). Часть 2. С.38.

© B.U. Axmedov, D.Yu. Xoliqova, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.