Научная статья на тему 'BOLALARDA TASVIRIY QOBILIYATLARNI ANIQLOVCHI TUSHUNCHALAR'

BOLALARDA TASVIRIY QOBILIYATLARNI ANIQLOVCHI TUSHUNCHALAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4971
204
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
ma`naviyat / axloq / madaniy-tarixiy meros / tafakkurini rivojlantirish / fikrini mustaqil va erkin ifodalash / spirituality / morality / cultural and historical heritage / development of thinking / independent and free expression of opinion

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilbar Shonazarovna Eshova

Maqolada Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqildi. Maktabgacha ta’limning vazifasi bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash: bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘ligini ta’minlash haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONCEPTS DETERMINING DESCRIPTIVE ABILITIES IN CHILDREN

The article develops an action plan to implement the tasks set out in the program for further improvement of the preschool education system for 2017-2021. The task of pre-school education is to bring up children with the rich national, cultural and historical heritage and spiritual and moral heritage of the people: to form national patriotic feelings in children, to form the need for education in preschool children, to prepare them for education , to develop children's thinking, to form the skills of independent and free expression of their thoughts, to ensure the physical and mental health of chilren

Текст научной работы на тему «BOLALARDA TASVIRIY QOBILIYATLARNI ANIQLOVCHI TUSHUNCHALAR»

BOLALARDA TASVIRIY QOBILIYATLARNI ANIQLOVCHI

TUSHUNCHALAR

Dilbar Shonazarovna Eshova

Buxoro davlat universiteti Maktabgacha ta'lim kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha 20172021 yillarga mo'ljallangan dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqildi. Maktabgacha ta'limning vazifasi bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va ma'naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash: bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o'qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta'lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o'zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog'ligini ta'minlash haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: manaviyat, axloq, madaniy-tarixiy meros, tafakkurini rivojlantirish, fikrini mustaqil va erkin ifodalash

CONCEPTS DETERMINING DESCRIPTIVE ABILITIES IN CHILDREN

ABSTRACT

The article develops an action plan to implement the tasks set out in the program for further improvement of the preschool education system for 2017-2021. The task of pre-school education is to bring up children with the rich national, cultural and historical heritage and spiritual and moral heritage of the people: to form national patriotic feelings in children, to form the need for education in preschool children, to prepare them for education , to develop children's thinking, to form the skills of independent and free expression of their thoughts, to ensure the physical and mental health of chilren

Keywords: spirituality, morality, cultural and historical heritage, development of thinking, independent and free expression of opinion

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan maktabgacha ta'limda alohida e'tibor qaratilib, bir qancha qaror va farmoyishlar qabul qilindi. Bu qarorlar ijrosini ta'minlashda bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlarini tatbiq etish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ta'lim muassasalarining moddiy texnika bazasini, Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha 2017-2021

yillarga mo'ljallangan dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqildi. Maktabgacha ta'limning vazifasi bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va ma'naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash: bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o'qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta'lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o'zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog'ligini ta'minlashdan iborat.

Asosiy maqsadlardan yana biri zamonaviy tasviriy san'at orqali bolalardagi qobiliyat hamda imkoniyatlarni aniqlab, ularni to'g'ri shakllantirish va yuzaga chiqarishdir.

Tasviriy faoliyat bo'yicha maktabgacha ta'lim muassasasi dasturi va maktabda tasviriy san'at dasturi bolalarda tevarak-atrofga nisbatan estetik munosabatni tarbiyalash, ijodiy qobiliyat vabadiiy tasvirlarni rivojlantirishni ko'zda tutadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi mashg'ulotlarida, maktabda muvaffaqiyatli o'qib ketishlari uchun zarur bo'lgan vazifalar hal etiladi. Rasm, applikatsiya, loy ishlari, qurish-yasash jarayonida bolalarda fikr yuritishning tahlil, sintez, takrorlash, aniqlashtirish kabi jihatlari shakllanadi. Shuningdek, bu jarayonlarda bolalar jamoada ishlashga, o'z harakatini o'rtoqlarining harakatiga bo'ysindirishga o'rganadilar. Bolalar bog'chasida tasviriy faoliyat mashg'ulotlari bolalarda, o'quv faoliyatida zarur bo'lgan malaka va ko'nikmalarni shakllantiradi.

Bunday malaka va ko'nikmalarga: topshiriqni tinglash va yodda tutish, ma'lum vaqt orasida bajarish, o'z ishini rejalashtirish va baholash, boshlangan ishni oxiriga etkazish, xato va kamchiliklarini topish va uni tuzatish, material, ish qurollari va ish joyini tartibli saqlash va boshqalar kiradi.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida bolalar asosan amaliy ish bajaradilar, san'at asarlari bilan rasmga qarab hikoya qilish, kitobdagi illustratsiyalarni ko'rib chiqish jarayonida tanishadilar. Maktabda tasviriy san'atning turlari - rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik va dekorativ san'at asarlari bilan yanada chuqurroq tanishadilar. Maktabgacha ta'lim muassasasida tasviriy faoliyat mashg'ulotlari xilma-xildir. Masalan, rasm chizish, mazmunli va dekorativ applikatsiyalar va loy, plastilin bilan ishlash mashg'ulotlari.

Bolalar tevarak-atrofdagi hodisa va predmetlarni kuzatib, ko'rib chiqadilar, so'ng xotiralariga asoslanib, ularni chizadilar. Bolalar ob'yektlar o'rtasidagi mazmunli bog'lanishlarda uzoqdagi predmetlarni kichiklashtirib tasvirlaydilar. Bolalarni tasviriy san'atga o'rgatish metodlari bolalarning xususiyatlarini hisobga olgan holda olib boriladi.

Agar tasvirlanayotgan predmetning tuzilishi sodda bo'lsa, tasvir tushuntirilgandan so'ng, o'chirib tashlanadi. Agar murakkab tuzilishga ega bo'lgan predmet tasvirlansa,

tarbiyachining doskada ko'rsatib berishi bilan ketma-ket tasvirlanadi. Tarbiyachi predmetning umumiy konturini qalamning uchi bilan yengilgina belgilab chiqadi hamda uning kengligini, balandligini ham ko'rsatadi. So'ng bola predmetining xomaki rasmi bilan naturani solishtirib, uning qismlarini, shaklini aniqlaydi, tuzatadi. Ish jarayonida ko'rsatish va tahlil qilish uchun rasmlar to'plami, bolalar kitobchalaridagi rangli rasmlar, shuningdek, o'quv xarakteriga ega bo'lgan alohida rasmlardan foydalanadi. Rasm bo'yicha o'tkaziladigan har bir mashg'ulot tarbiyachining suhbatidan va rasmni nimadan boshlash kerakligini tushuntirishdan boshlanadi. Ishning amaliy bajarilishiga o'tishda tarbiyachi bolalarning tartibli ravishda chizish qoida va yo'llarni eslatib turadi. Bolalar ishini tahlil qilishda diqqatni predmet proportsiyasi, konstniksiyasi, qismlarining bog'liqligi, rang va kompozitsion tuzilishiga e'tibor qaratish lozim.

Maktabgacha ta'lim muassasasida katta guruhdagi kuzatishlar bo'yicha rasm chizishga katta e'tibor beriladi, chunki bu narsa bolalarni naturaga qarab rasm chizishga tayyorlashda dastlabki bosqich hisoblanadi. Bu narsa bolalarda ko'rish xotirasini rivojlantiradi, ba'zida predmet bolalarda natura sifatida to'g'ri tasvirga yordam beradi. Bolalar guruhdagi olib boriladigan tasviriy faoliyati mashg'ulotlarida, qalamdan, mo'yqalamdan erkin foydalanishga o'z xarakterini va qo'l kuchini idora etishga o'rganadilar.

Bu malakani egallash, bolalarda qo'lini yengil, erkin, bir tekisdagi harakat qilish xususiyatlari rivojlanadi. Bolalar turli shakldagi, kattalikdagi, turli proportsiyadagi predmetlarni chizish jarayonida predmetning ish xususiyatiga qarab yo'nalishni saqlash zarurligiga, harakatini, predmetning uzunligiga mos ravishda harakatlanishga o'rganadilar. Maktabgacha ta'lim muassasasida olib boriladigan tasviriy faoliyati materialdan toza va tartibli foydalanishga o'rganadilar, ularni toza saqlashga, faqat zarur materiallardan foydalanishga, ularni ishlatish yo'llarini rejalashtirishga o'rganadilar, katta ahamiyat beriladi. Bu mashg'ulot bolalarda diqqatni, ko'rish xotirasini rivojlantiradi. Bolalar bog'chasining tayyorlov guruhida naturaga qarab rasm chizish yoki tasvirga nisbatan talablar oshadi va bu talablar maktab talabiga yaqinlashadi. Bolalar naturani tahlil qilishga butun umumiy shaklni qog'ozga xomaki tushirib olishga, rasmni naturaga solishtirishga, xato va kamchiliklarini to'g'rilashga, naturaga o'xshatishga urinadilar. Naturaga qarab tasvirda ishning kclma-ketligini ko'rsatish, maktabgacha ta'lim muassasining tayyorlov va katta guruhida o'rganishning boshlang'ich bosqichidagina amalga oshiriladi. Ko'rsatishdan doimo foydalanish, bolalarni rasmni mexanik ravishda ishlashga odatlantirib qo'yadi.

Bolalarning tasviriy faoliyati mashg'ulotlari geometrik shakllarni topa yoki ko'ra olishga, ularni terminlar bilan atashga, kengligi, kattaligi, balandligini, qismlarning bir-biriga nisbatan fazoviy joylashishi bilan tanishishni bolalarni maktabning 1-sinfida elementar matematik tushunchalarini puxta egallashlariga yordam beradi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida kerakli materiallardan qurish-yasash bolalarda ko'z bilan

chamalashni shakllantiradi va bolalarni tasviriy faoliyatni o'zlashtirishiga yordam beradi. Maktabgacha ta'lim muassasasining katta guruhidagi naturaga qarab rasm chizish mashg'ulotlarda mantiqiy fikr yuritishga, kuzatishga, asosiy ajratib ko'rishga, predmetning fazoviy xususiyatlarini tahlil qilishga, o'zlari mustaqil ravishda tasviriy vositalarni tanlashga o'rganadilar. Biilarning hammasi esa maktabda o'qish jarayonida zarurdir.

Shunday qilib, bolalarning tasviriy faoliyati mashg'ulotlarida maktabda o'qishga tayyorlash axloqiy, estetik tarbiyalab, ularda badiiy did va ijodiy qobiliyatlarni o'stirishda, ularning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda tarbiyachi to'g'ri tashxic qo'ya olishi va yo'naltira olishi lozim.

REFERENCES

1. Ражабова И. Х., Эшова Д. Ш. Методы и средство внедрения инновационной педагогической технологии в систему ДО. Academy,№ 3 (54) 2020.

2. Eshova S. D., Rajabova K. I. Organization of didactic games for preschoolers.

3. Makhmudovna N. M. et al. Language is a Means of Cognition and Communication for Teaching in Education //International Journal of Psychosocial Rehabilitation. -2020. - Т. 24. - №. 1. - С. 247-256.

4. Эшова Д. Ш. Методы развития творческих способностей у детей дошкольного возраста //Academy. - 2020. - №. 12 (63).

5. Эшова Д. Ш., Ражабова И. Х. Методы и средства внедрения инновационной педагогической технологии в систему дошкольного образования //Academy. -2019. - №. 11 (50).

6. Эшова Д. Ш. ПРОБЛЕМЫ ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 6 (51).

7. Эшова Д. Ш. РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ МЛАДШЕГО ВОЗРАСТА В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ //Проблемы науки. - 2021. - С. 69.

8. Хасанова, Гульноз Касымовна. "Педагогические особенности формирования творческой активности учащихся в начальном образовании." Научный журнал 6 (40) (2019).

9. Хасанова, Гулноз Косимовна. "Цель использования электронных образовательных ресурсов в системе обучения и образования." Научный журнал 6 (40) (2019).

10. Хасанова, Г. К. (2019). Цель использования электронных образовательных ресурсов в системе обучения и образования. Научный журнал, (6 (40)).

11. Хасанова, Г. К. "ДИДАКТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОБУЧЕНИЯ УЧЕНИКОВ НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ ЛОГИЧЕСКОМУ МЫШЛЕНИЮ С ПОМОЩЬЮ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ." Проблемы науки (2021): 90.

12. Хамроева Н. Н. Комплимент как одна из форм фатического общения KOMPLEMENT AS ONE OF FATIC COMMUNICATION FORMS //М1ЖНАРОДНИЙ НАУКОВИЙ ЖУРНАЛ «ШТЕРНАУКА. - 2020. - С. 107.

13. Nizomiddinovna K. N. Compliment as one of the forms of Phatic Communication //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 10. - №. 1.

14. Hamroyeva N. ИЛТИФОТНИНГ ПРАГМАЛИНГВИСТИК ХУСУСИЯТЛАРИ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

15. Hamroyeva N. ИЛТИФОТ-ФАТИК МУЛО^ОТНИНГ БИР КУРИНИШИ СИФАТИДА //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. -№. 2.

16. Temirovna O. L., Chorievna R. L. Methodology to organize independent work of students in mathematics lessons in primary school //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 10. - С. 387-393.

17. Ражабова Л. Ч., Очилова Л. Т. Методика использования мультимедийных образовательных технологий и средств в процессе обучения школьников младших классов //Academy. - 2019. - №. 12 (51).

18. Ражабова Л. Ч., Бахранова А. А. Профилактика конфликтов средствами игровой деятельности у детей старшего дошкольного возраста //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 33.

19. Rajabova L. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning shart-sharoitlari //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 3. - №. 3.

20. Sharipova M. " Alpomish" dostoni-o'zbek xalqi tarixi badiiy ifodasi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

21. Sharipova M. O'quvchi yoshlar tarbiyasida o'lmas an'ana va marosimlarning ahamiyati //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

22. Sharipova M. Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi (" Alpomish" dostoni misolida) //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). -2020. - Т. 1. - №. 1.

23. Sharipova M. O'lmas an'ana va marosimlar-ma'naviyatimizning nodir xazinasi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

24. Ахмедова М. Ш., Шарипова М. Б. ВОСПИТАНИЕ РЕБЕНКА НА ОСНОВЕ НАРОДНЫХ ТРАДИЦИЙ //Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч. - 2016. - С. 118.

25. Niyazova, Gulbahor. "Сюжетно-ролевая игра как фактор формирования положительных морально-нравственных качеств личности дошкольника." ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz) 1.1 (2020).

26. Niyazova D. G., Niyazova D. S. Professional training of future teachers for creative activity //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. - 2021. - Т. 11. - №. 1. - С. 569-570.

27. Xalilova M. F., Niyazova D. S. Ecological education of children in primary school //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. - 2021. - Т. 11. - №. 1. - С. 615-622.

28. Ниязова С. ECOLOGICAL EDUCATION OF CHILDREN IN PRIMARY SCHOOL //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 5. - №. 5.

29. Rajabova I. Ossobennosti organizatsii i provedeniya didakticheskix igr s detmi starshego doshkolnogo vozrasta //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). -2020. - Т. 1. - №. 1.

30. Хамроева Н. А., Назарова Д. Ж. Особенности речевого развития детей старшего дошкольного возраста //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 37.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.