Научная статья на тему 'Kino san’atida obraz tushunchasi'

Kino san’atida obraz tushunchasi Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
274
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sistema / obraz / tahlil / semantik vazifa / funksional fazifa / stuktura / film. / system / artistic image / analysis / semantic function / functional space / structure / film

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sayram Sobirova

Kinoda obraz tushunchasi va uni tahlilida e’tibor qaratish kerak bo’lgan jihatlar ko’p. Kino asarini tahlil etishda uni tashkil etuvchi qismlarning o’zaro munosabati muhim ahamiyat kasb etadi. Filmda obrazga mualliflar tomonidan yuklatilgan semantik hamda funksional vazifalar. Kinematografiya ham dialektik qonuniyatlarga bo’ysinadi, ya’ni dialektik xususiyat kasb etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONCEPT OF IMAGE IN THE FILM ART

There are many aspects of cinema that need to be considered in the concept of artistic image and its analysis. The relationship between the components of the film is of particular importance in the analysis of the work. The semantic and functional tasks assigned to the artistic image by the authors of the film require a thorough approach. Cinematography is also subject to dialectical laws, that is, it has a dialectical character.

Текст научной работы на тему «Kino san’atida obraz tushunchasi»

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

KINO SAN’ATIDA OBRAZ TUSHUNCHASI

Sayram Sobirova sayram .sobirova@mail.ru O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Kinoda obraz tushunchasi va uni tahlilida e’tibor qaratish kerak bo’lgan jihatlar ko’p. Kino asarini tahlil etishda uni tashkil etuvchi qismlarning o’zaro munosabati muhim ahamiyat kasb etadi. Filmda obrazga mualliflar tomonidan yuklatilgan semantik hamda funksional vazifalar. Kinematografiya ham dialektik qonuniyatlarga bo ’ysinadi, ya’ni dialektik xususiyat kasb etadi.

Kalit so’zlar: sistema, obraz, tahlil, semantik vazifa, funksional fazifa, stuktura,

film.

THE CONCEPT OF IMAGE IN THE FILM ART

Sayram Sobirova sayram .sobirova@mail.ru UzSIAC

Abstract: There are many aspects of cinema that need to be considered in the concept of artistic image and its analysis. The relationship between the components of the film is of particular importance in the analysis of the work. The semantic and functional tasks assigned to the artistic image by the authors of the film require a thorough approach. Cinematography is also subject to dialectical laws, that is, it has a dialectical character.

Keywords: system, artistic image, analysis, semantic function, functional space, structure, film.

Kirish. Borliqdagi barcha mavjudlik o‘ziga xos sistema hisoblanadi. Shunga ko‘ra obraz ham sistema, ya’ni butunlik bo‘lib, ushbu butunlik barcha sistemalarga xos bo‘lgan sifat va xususiyatlarga ega. Jumladan, ushbu sistema ham struktura hamda strukturani tashkil etuvchi o‘zaro bir-birini taqozo etuvchi birliklarning munosabatidan iborat. Kino san’atida sistemaning barcha tomonlarini o‘zida aks ettira olgan obraz to‘laqonli obraz sanaladi. Bunday obrazlar, ya’ni sistema darajasida talqin etilgan obrazlar tomoshabinni ishontira oladi.

Asosiy qism. Obraz tushunchasi - universal tushuncha. Chunki san’atning barcha turlariga xos termin sanaladi. Biroq san’atning barcha turlarida turlicha ko‘rinishda shakllanadi va namoyon bo‘ladi. Masalan, tasviriy san’at, haykaltaroshlik, badiiy adabiyot, teatr san’ati va kinematografiyada aks etayotgan

г<м

76

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

obrazlar o‘z tasviriy ifodasiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Jumladan, tasviriy san’atda bo‘yoqlar vositasida aks ettirilsa, badiiy adabiyotda so‘z vositasida aks ettiriladi. Kino san’atida yaratilgan obraz esa faqat aktyorgina emas, rejissor, operator, grimyor, rassom, kompozitor, montaj ustasi, chiroq ustalari mehnatlarining sintezi natijasi sifatida yuzaga keladi. Chunki rassom xolstning oldida o‘zi yolg’iz qoladi va bir o‘zi obraz yaratadi. Shuningdek, yozuvchi ham qog’oz va qalam oldida bir o‘zi bo‘ladi. Haykaltarosh yo‘nayotgan tosh oldida bir o‘zi bo‘ladi va bir o‘zi obraz yaratadi. Ko‘rinadiki, obraz universal tushuncha bo‘lsa-da, har bir san’at turida o‘ziga xos tarzda shakllanadi va ifodalanadi.

San’atshunoslikda obrazga berilgan juda ko‘p ta’riflar mavjud.

Obraz - biror-bir narsaning tasviriy ifodasi. Buyuk faylasuf Aristotel (m.a. 384-

m.a. 348) obrazsiz fikrlash va tasavvur etish mumkin emasligini ta’kidlagan [1]. Obraz san’atda universal kategoriya bo‘lib, borliqni ifodalashda estetik qiymatga ega obyektlar yaratish demakdir. Obraz tushunchasi asarning biror-bir elementi yoki tarkibiy qismiga nisbatan qo‘llaniladi va odatda bu qism yagona tizm hamda ma’no-mazmun taraflama shakllangan bo‘ladi. Chunonchi, badiiy obraz ifodaviylik va mantiqiylik kasb etishi bilan har qanday san’at asarining asosidir [2].

Boshqa estetik kategoriyalarga nisbatan badiiy obraz kelib chiqishiga ko‘ra keyinroq e’tirof etila boshlagan. Badiiy obraz haqidagi ilk eslatmalarni Aristotelning mimesis ta’limotida uchratamiz. Unda ijodkorning borliqqa taqlid etishi, shuningdek, hayotning umumlashmalashagan, tartibli ko‘rinishda shakllangan narsalarni yaratishi haqida so‘z ketadi. Aristotel shunday taqlid hosilasidan estetik zavq olinishini uqtiradi [2].

Aristotel ta’kidlaganidek, san’at hayotni badiiy obrazda aks ettirar ekan, badiiy obraz qanday tamoyillar o‘zi nima degan savol yuzaga keladi. Mutaxassislar tomonidan badiiy obrazga berilgan eng qisqa ta’rif quyidagicha: “Ijodkorning fikr, tuyg’u, hissiyot va kechinmalari sindirilgan manzara tasviri badiiy obraz deyiladi”[3].

Badiiy obrazga berilgan ta’rifadan ko‘rinib turibdiki, ijodkor yaratgan asari orqali fikr aytish bilan kifoyalanmay, o‘z tuyg’ulari hamda hissiyotlarini ham aks ettiradi.

Yana shuni ta’kidlash o‘rinliki, obraz tushunchasi keng va tor ma’nolarda tushuniladi. Keng ma’noda obraz tushunchasi ijodkorning firkini hamda his-tuyg’ulari sindirilgan hayot manzaralarini ifodalasa, tor ma’noda badiiy asarda aks ettirilga inson siymosini ifodalab keladi. Tor ma’nodagi, ya’ni inson siymosini ifodalovchi obraz tushunchasiga quyidagicha ta’rif mavjud: “Badiiy adabiyotda insonning alohida shaxs qiyofasida yaratilgan, ayni paytda badiiy umumlashma xususiyatiga va hissiy ta’sir kuchiga ega bo‘lgan surati badiiy obraz deyiladi”[4]

Har bir san’at turining o‘z sistem ko‘rinishi mavjud va kino san’ati bundan mustasno emas.

г<м

77

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Obrazlar san’at asarida tomoshabin uchun asosiy fikr tashuvchi va muayyan g’oyaga yo‘naltirivchi murakkab estetik kategoriya sanaladi. Film tomosha qilish davomida har bir kadrda ma’lum narsalarni ko‘ramiz: tasvir olinayotgan joy (zamon, makon, interyer/eksteryer), harakat, qahramon, ovoz komponentlari - bular bizga film janri, qahramonlarga yuklatilgan vazifa, voqealar rivojini tahmin qilishda ko‘mak beradi. Filmni tushunishda obrazning ahamiyati cheksiz. Ma’lum bir obrazni qabul qilish va tushinib yetish darajasi esa tomoshabinlarda turlicha ekanligi isbot talab etmaydigan haqiqat. Deluza o'zining Cinema 1. L'lmage-Mouvement (harakatdagi-tasvir) asarida kino bizga harakatdagi tasvirni (obrazni) taqdim etishini ta’kidlaydi [5].

Harakatdagi tasvir (obraz) muhim umumjahon til hisoblanadi. Ular madaniyatimizning bir qismi jihatida ham ulkan ahmiyat kasb etmoqda. Harakatdagi tasvir (obraz)lar “o‘qilishi” kerak: kamera rakursi, plan, tasvirning kadr ketma-ketligidagi o‘rni, yorug’lik, nur - bularning bari filmni talqin etishda o‘ta muhim jihaltlar.

Vaqt, ritm, montaj filmning maqsadiga xizmat qiladi.

Ba’zi narsalarni gapirgandan ko‘ra, ko‘rsatib bergan oson bo‘lsa, ba’zi holatlarda esa teskarisi kuzatiladi. Kameraning turli joylashuvi, turli muhit va bjshqalar fikr va axborotni turli tarzda yetkazishga xizmat qiladi. Harakatdagi tasvir (obraz) aktyor ijrosida -jestlar, yuz ifodasi, film kompozitsiyasida - tasvirga olish rakursi va masofasi, libos va boshqalar yordamida beriladi.

Harakardagi tasvirlar axborotni obraz hamda ovoz yordamidan taqdim etadi. Chunonchi, ovoz bir necha guruhlarga bo‘inadi: effektlar, dialoglar, musiqa va skunat. Shuningdek, ovoz harakatni yoki qaramaqarshilikni kuchaytiruvchi omil vazifasida kelishi ham mumkin. Filmning ta’sirchanligiga ovoz va tasvir (obraz) orqali erishiladi.

Filmning o‘z tili, o‘ziga xos qonun-qoidalari va janrlari mavjud. Unda axborot taqdim etilish usuliga ko‘ra turlicha sharhlanishi mumkin. Qadriyatlar, g’oylar turli yo‘l bilan taqdim etilishi mumkin bunda asar shakli, janri va mo‘ljaldagi tomoshabin dunyoqarashini inobatga olinadi. Harakatdagi tasvir (obraz) esa uning yetkazishning samarali usullaridan. Ammo, shunday bo‘lsa-da, ularga barcha mazmundagi g’oyalarni berishning eng maqbul ko‘rinishi deb qaramaslik kerak.

Xulosa. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda obraz haqida quyidagi xulosalarni bayon qilish mumkin:

1. Obraz alohida butunlik sifatida har qanday asar tarkibidagi birlik, uni tashkil etuvchi element sanaladi.

2. Har qanday asar sistema sanalar ekan, obraz sistema ichidagi sistema sanaladi. Ya’ni to‘liq asar makro sistema sanalsa, obraz unga nisbatan mikro sistema sanaladi. Demak, obraz -sistema, butunlik.

г<м

78

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

3. Har qanday butunlik strnktura va elementlar birligidan tashkil topganidek, obraz ham sistema sifatida o‘z strukturasi va elementlariga ega bo‘ladi. Shuni yodda tutish lozimki, asardagi nafaqat asosiy obraz, balki har qanday epizodik obrazlar ham (u juda qisqa ko‘rinishda berilgan bo‘lsa ham) alohida sistema deb qaralishi shart. Agar biz bunday epizodik obrazlarni sistema deb e’tirof etmasak, dialektik mantiq va dialektik falsafa qonuniyatlariga, ya’ni hayot qonuniyatlariga zid ish tutgan bo‘lamiz.

4. Har qanday asar sistema ekan, obrazlarni asardagi voqealar munosabatlari tizimida, ya’ni semantik, pragmatik, sintagmatik munosabatlarning yaxlit tizimida hamda doirasida tahlil va tasnif etish shart. Bunda asarning tarkibiy elementi sanalgan obrazning asar strukturasida joylashuvi masalasiga alohida e’tibor qaratish kerak.

5. Obraz - asar g’oyasini yuzaga chiqaruvchi asosiy vosita. Chunki obrazsiz birorta asar haqida so‘z yuritish mumkin emas. Shu nuqtai nazardan san’atning kinematografiya turiga tegishli obraz tushunchasi san’atning boshqa turlaridagi obrazlardan o‘zining yuzaga kelishiga ko‘ra o‘ta murakkab bosqichlar hosilasi ekanligi bilan ajralib turadi. Jumladan, kinematografiyadagi har qanday obraz ssenariy muallifi, rejissor, operator, rassom, ya’ni ijodiy va texnik xodimlarning umumlashgan sintez mehnati mahsuli sanaladi. Shu tomoni bilan kinematografiyadagi obrazlar san’atning boshqa turlaridagi obrazlaridan farqlanadi.

Ko‘rinadiki, kinematografiyadagi obraz faqatgina aktyorning mehnat mahsulidangina iborat emas. Bunda ijodiy va texnik jamoaning o‘rnini ham inobatga olgan holda kinematografiyadagi obrazga ta’rif berish zarur bo‘ladi.

Masalan, Y.Azamovning “O‘tgan kunlar” filmidagi Otabek yoki Kumush obrazlari talqini bunga misol bo‘la oladi. Bunda Otabek yoki Kumush obrazining bu darajada yorqin aks etishi faqatgina aktyorning mahorati bilan baholanmasligi shart. Agar biz shunday xulosaga kelsak, unda ssenariy muallifi, rejissor, operator, rassom va boshqalarning obraz yaratilishi jarayonidagi mehnati va mahoratini inobatga olmagan bo‘lamiz.

Ko‘rinadiki, kinematografiyadagi obraz tushunchasi o‘ta murakkab va serqirra sintez tushuncha sanaladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Harnessing the Use of Visual Learning Aids in the English Language Classroom

2. https://encyclopedia2.thefreedictionary.com/Artistic+Image

3. Yo‘ldoshev Q.va boshqalar. Adabiyot darslik majmua. T.: 2017. 10-b.

4. Yo‘ldoshev Q., Qosimov B. Adabiyot : Darslik majmua. -T.: O‘qituvchi, 2000. 45-b.

5. Chris Gehman, Steve Reinke. The Sharpest Point: animation at the end of

79

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

cinema, YYZ Books, 2005, p12. ISBN 0920397-32-8

References

1. Harnessing the Use of Visual Learning Aids in the English Language Classroom

2. https://encydopedia2.thefreedictionary.com/Artistic+Image

3. Yuldashev V. et al. Educational-methodical complex for literature. T.: 2017,

p.10

4. Yuldashev K., Kasimov B. Literature: Textbook. -T .: O‘qituvchi. 2000, 45 p.

5. Chris Gehman, Steve Reinke. The Sharpest Point: animation at the end of cinema, YYZ Books, 2005, p12. ISBN 0920397-32-8

80

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.