Научная статья на тему 'KORPORATIV NIQOBLARNI OLIB TASHLASH KONSEPSIYASI VA UNI O’ZBEKISTON KORPORATIV HUQUQIDA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI'

KORPORATIV NIQOBLARNI OLIB TASHLASH KONSEPSIYASI VA UNI O’ZBEKISTON KORPORATIV HUQUQIDA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
390
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Korporatsiya / bankrotlik / yuridik shaxs / nazorat qiluvchi shaxs / korporativ niqoblarni olib tashlash. / Corporation / bankruptcy / legal entity / controlling person / lifting the corporate veil.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Ibrohimov, Azimjon Abdumomin Ogli, Koryogdiyev, Bobur Umidjon Ogli, Tojiboyev, Sarvar Zafarovich

Korporativ huquq asosini tashkil etuvchi prinsip yuridik shaxsning shaxsi, mol-mulki va javobgarligi unda ishtirok etuvchi shaxslar shaxsi, mol-mulki va javobgarligidan ajratilganligini nazarda tutadi. Biroq cheklangan javobgarlik imkoniyatini suiiste’mol qiladigan ayrim shaxslar faoliyati natijasida kreditorlar manfaatlariga zarar yetish xavfi tug’iladi. Shu nuqtayi nazardan rivojlangan mamlakatlar korporativ huquqida “korporativ niqoblarni olib tashlash (снятие корпоративной вуали)” institutiga murojaat etish amaliyoti joriy etilgan. Dunyo tajribasida cheklangan javobgarlik elementi bilan tashkil etiladigan yuridik shaxslar kreditorlari manfaatlarini kafotlash maqsadida ex ante va post control choralari ko’riladi. Ex ante control yuridik shaxs tashkil etilayotgan paytda kreditorlar manfaatlarini kafotlash choralari ko’rish nazarda tutadi. Bunday choralar qatoriga ustav kapitali minimal miqdoriga talablar belgilash, yuridik shaxs javobgarligini sug’urtalash kabilar kiradi. Post control esa javobgarlik yuzaga keladigan bosqichda kreditorlar manfaatlarini kafolatlash choralari ko’rishni nazarda tutib, “korporativ niqoblarni olib tashlash” konsepsiyasini qo’llash imkoniyatlari qonunchilikda mustahkamlanadi va takomillashtirib boriladi. Ushbu maqolada “korporativ niqoblarni olib tashlash” konsepsiyasi mohiyati hamda xalqaro tajribadan kelib chiqib, O’zbekiston korporativ huquqida ushbu konsepsiyani takomillashtirishga oid masalalar muhokama qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONCEPT OF "LIFTING THE CORPORATE VEIL” AND ISSUES OF ITS IMPROVEMENT IN THE CORPORATE LAW OF UZBEKISTAN

ABSTARCT The principle that forms the basics of corporate law implies that the identity, property and liability of a legal entity separate from the identity, property and liability of the shareholders and managers involved in it. However, there is a risk that the interests of creditors will be harmed as a result of the activities of some individuals who abuse limited liability formed in corporate law. In this regard, the practice of applying to the institute of "lifting the corporate veil” has been introduced in the corporate law of developed countries. In world practice, ex ante and post control measures are taken to ensure the interests of creditors of legal entities created with the element of limited liability. According to ex ante control, it means that taking measures to ensure the interests of creditors when establishing a legal entity. These measures include the establishment of requirements for the minimum amount of the share capital, liability insurance of legal entities, etc. Post control envisages measures to ensure the interests of creditors at the stage of emergence of liability of legal entities and to strengthen and improve in the legislation the possibility of applying the concept of “lifting the corporate veil”. This article discusses the essence of the concept of "lifting the corporate veil" and issues related to the improvement of this concept in the corporate law of Uzbekistan, based on international experience

Текст научной работы на тему «KORPORATIV NIQOBLARNI OLIB TASHLASH KONSEPSIYASI VA UNI O’ZBEKISTON KORPORATIV HUQUQIDA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI»

Scientific Journal Impact Factor

KORPORATIV NIQOBLARNI OLIB TASHLASH KONSEPSIYASI VA UNI O'ZBEKISTON KORPORATIV HUQUQIDA TAKOMILLASHTIRISH

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-1-1068-1082

Ibrohimov Azimjon Abdumo'min o'g'li,

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi o'qituvchisi,

e-mail: yurist_0990@mail.ru Koryog'diyev Bobur Umidjon o'g'li, Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi o'qituvchisi,

e-mail: boburkoryogdiev@gmail.com Tojiboyev Sarvar Zafarovich, Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi o'qituvchisi,

e-mail: Szafarovic@gmail.com

Korporativ huquq asosini tashkil etuvchi prinsip yuridik shaxsning shaxsi, mol-mulki va javobgarligi unda ishtirok etuvchi shaxslar shaxsi, mol-mulki va javobgarligidan ajratilganligini nazarda tutadi. Biroq cheklangan javobgarlik imkoniyatini suiiste'mol qiladigan ayrim shaxslar faoliyati natijasida kreditorlar manfaatlariga zarar yetish xavfi tug'iladi. Shu nuqtayi nazardan rivojlangan mamlakatlar korporativ huquqida "korporativ niqoblarni olib tashlash (снятие корпоративной вуали)" institutiga murojaat etish amaliyoti joriy etilgan.

Dunyo tajribasida cheklangan javobgarlik elementi bilan tashkil etiladigan yuridik shaxslar kreditorlari manfaatlarini kafotlash maqsadida ex ante va post control choralari ko 'riladi. Ex ante control yuridik shaxs tashkil etilayotgan paytda kreditorlar manfaatlarini kafotlash choralari ko 'rish nazarda tutadi. Bunday choralar qatoriga ustav kapitali minimal miqdoriga talablar belgilash, yuridik shaxs javobgarligini sug'urtalash kabilar kiradi. Post control esa javobgarlik yuzaga keladigan bosqichda kreditorlar manfaatlarini kafolatlash choralari ko 'rishni nazarda tutib, "korporativ niqoblarni olib tashlash" konsepsiyasini qo'llash imkoniyatlari qonunchilikda mustahkamlanadi va takomillashtirib boriladi. Ushbu maqolada "korporativ niqoblarni olib tashlash" konsepsiyasi mohiyati hamda xalqaro tajribadan kelib chiqib, O'zbekiston korporativ huquqida ushbu konsepsiyani takomillashtirishga oid masalalar muhokama qilinadi.

MASALALARI

ANNOTATSIYA

Kalit so'zlar: Korporatsiya, bankrotlik, yuridik shaxs, nazorat qiluvchi shaxs, korporativ niqoblarni olib tashlash.

КОНЦЕПЦИЯ СНЯТИЯ КОРПОРАТИВНЫХ ВУАЛИ И ВОПРОСЫ ЕЕ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ В КОРПОРАТИВНОМ ПРАВЕ

УЗБЕКИСТАНА

Иброхимов Азимжон Абдудумин угли,

преподаватель кафедры Гражданского права Ташкентского государственного юридического университета,

e-mail: yurist_0990@mail.ru Корёгдиев Бобур Умиджон угли, преподаватель кафедры Гражданского права Ташкентского государственного юридического университета,

e-mail: boburkoryo gdiev@gmail .com Тожибоев Сарвар Зафарович, преподаватель кафедры Гражданского права Ташкентского государственного юридического университета,

e-mail: Szafarovic@gmail.com

АННОТАЦИЯ

Принцип, лежащий в основе корпоративного права, подразумевает, что личность, собственность и ответственность юридического лица отделены от личности, собственности и ответственности ее участников и менеджеров. Однако существует риск ущемления интересов кредиторов в результате действий определенных лиц, злоупотребляющих ограниченной ответственностью в корпоративном праве. В связи с этим в корпоративное право развитых стран введена практика применения института «снятие корпоративных масок».

В мировой практике меры ex ante и post control принимаются для обеспечения интересов кредиторов юридических лиц, созданных с элементом ограниченной ответственности. ex ante control предполагает принятие мер по обеспечению интересов кредиторов при учреждении юридического лица. К таким мерам относятся установление требований к минимальному размеру уставного капитала, страхование ответственности юридических лиц и т.п. А post control предусматривает меры по обеспечению интересов кредиторов на стадии возникновения ответственности юридических лиц и укреплять и совершенствовать в законодательстве возможности применения концепции

1069

Scientific Journal Impact Factor

«снятия корпоративной вуали». В данной статье рассматривается сущность понятия «снятие корпоративных масок» и вопросы, связанные с совершенствованием этого института в корпоративном праве Узбекистана с учетом международного опыта.

Ключевые слова: корпорация, банкротство, юридическое лицо, контролирующее лицо, снятие корпоративных масок.

THE CONCEPT OF "LIFTING THE CORPORATE VEIL" AND ISSUES OF ITS IMPROVEMENT IN THE CORPORATE LAW OF UZBEKISTAN

Ibrokhimov Azimjon Abdumomin ogli

Lecturer at Civil Law Department of Tashkent State University of Law

e-mail: yurist_0990@mail.ru Koryogdiev Bobur Umidjon ugli Lecturer at Civil Law Department of Tashkent State University of Law e-mail: boburkoryogdiev@gmail.com Tojjiboyev Sarvar Zafarovich Lecturer at Civil Law Department of Tashkent State University of Law

e-mail: Szafarovic@gmail.com

The principle that forms the basics of corporate law implies that the identity, property and liability of a legal entity separate from the identity, property and liability of the shareholders and managers involved in it. However, there is a risk that the interests of creditors will be harmed as a result of the activities of some individuals who abuse limited liability formed in corporate law. In this regard, the practice of applying to the institute of "lifting the corporate veil" has been introduced in the corporate law of developed countries.

In world practice, ex ante and post control measures are taken to ensure the interests of creditors of legal entities created with the element of limited liability. According to ex ante control, it means that taking measures to ensure the interests of creditors when establishing a legal entity. These measures include the establishment of requirements for the minimum amount of the share capital, liability insurance of legal entities, etc. Post control envisages measures to ensure the interests of creditors at the stage of emergence of liability of legal entities and to strengthen and improve in the legislation the possibility of applying the concept of "lifting the corporate veil". This article discusses the essence of the concept of "lifting the corporate veil" and

ABSTARCT

issues related to the improvement of this concept in the corporate law of Uzbekistan, based on international experience.

Keywords: Corporation, bankruptcy, legal entity, controlling person, lifting the corporate veil.

KIRISH

Hozirda mamlakatimiz fuqarolik huquqini takomillashtirishga oid keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-apreldagi 5464-sonli Farmoyishi[1] bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish Konsepsiyasi" bilan ushbu sohani takomillashtirish yo'nalishlari belgilangan. Mazkur Konsepsiyaga muvofiq fuqarolik-huquqiy javobgarlik institutini takomillashtirish, korporativ munosabatlarni Fuqarolik kodeksining tartibga solish predmeti doirasiga kiritish, kreditor va qarzdorlar huquqlarining ishonchli kafolatlarini ta'minlash, jamiyat va xalqaro standartlarning axloqiy prinsip va ma'naviy me'yorlari («halollik», «adolat», «oqillik» va boshqa prinsiplar)ni inobatga olgan holda fuqarolik-huquqiy munosabatlarning amaldagi prinsiplarini takomillashtirish va yangilarini joriy qilish, yuridik shaxs direktorining fidutsiar majburiyatlari institutini qonunchilikka kiritish vazifalari haqli ravishda ta'kidlangan.

Ushbu vazifalar ijrosi o'laroq, yangilanayotgan ijtimoiy munosabatlarga mos qoidalar belgilashni maqsad qilib qo'ygan O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi loyihasida[2] muhim o'zgarishlar nazarda tutilmoqda. Buni korporativ huquqiy munosabatlarga oid qoidalarda ham ko'rish mumkin. Jumladan, Kodeks loyihasiga muvofiq korporativ huquqiy munosabatlar o'ziga xos xususiyatlarga ega alohida fuqarolik huquqiy munosabat ekanligi e'tirof etilgan, yuridik shaxs mazmuni va turlariga oid yangiliklar nazarda tutilgan. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasining "To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida"gi qonun loyihasi[3] ishlab chiqilgan bo'lib, unda korporativ javobgarlik masalalariga oid bir qator yangiliklar taklif etilmoqda. Ushbu maqolada amalga oshirilayorgan islohotlarga muvofiq korporativ huquqda yuridik shaxsni faktik nazorat qiluvchi va uning faoliyatidan foyda oluvchi shaxslarning javobgarligi masalalari yoritib o'tiladi.

Dunyo tajribasida cheklangan javobgarlik elementi bilan tashkil etiladigan

yuridik shaxslar kreditorlari manfaatlarini kafotlash maqsadida ex ante va post

control choralari ko'riladi. Ex ante control yuridik shaxs tashkil etilayotgan paytda

kreditorlar manfaatlarini kafotlash choralari ko'rish nazarda tutadi. Bunday choralar

qatoriga ustav kapitali minimal miqdoriga talablar belgilash, yuridik shaxs

javobgarligini sug'urtalash kabilar kiradi[4]. Post control esa javobgarlik yuzaga

1071

keladigan bosqichda kreditorlar manfaatlarini kafolatlash choralari ko'rishni nazarda tutib, "korporativ niqoblarni olib tashlash" konsepsiyasini qo'llash imkoniyatlari qonunchilikda mustahkamlanadi va takomillashirib boriladi. Milliy qonun ijodkorligi faoliyati tadbirkorlikka keng imkoniyat yaratish maqsadida xo'jalik jamiyatlari ustav kapitaliga qo'yilgan talablarni olib tashlash yo'lini tanladi. Bu esa aksariyat sivilistlar tanqidiga sabab bo'lib, ularning fikriga ko'ra yuridik shaxsning kreditorlari manfaatlari kafolati bo'lgan ustav kapitalining eng kam miqdori haqidagi qoidadan voz kechilishi fuqarolik muomalasi barqarorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shu munosabat bilan tadqiqot ishida post control sifatida O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining[5] 48-moddasida nazarda tutilgan "korporativ niqoblarni olib tashlash" konsepsiyasini takomillashtirib, yuridik shaxsning kreditorlar talablarini qanoatlantirish uchun to'lovga qobiliyatsizligi yuzaga kelgan hollarda cheklangan javobgarlik elementi bilan tashkil etilgan yuridik shaxs konstruksiyasini suiiste'mol qilgan faktik boshqaruvchi shaxslar zimmasiga subsidiar javobgarlik yuklash imkoniyatlarini kengaytirish haqidagi takliflar ilgari suriladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Korporativ niqoblarni olib tashlash" - bu ingliz-amerika huquq tizimiga xos bo'lgan konsepsiyadir. "Korporativ niqoblarni olib tashlash" konsepsiyasi faqatgina nazorat qiluvchi ishtirokchilar/aksiyadorlar javobgarligini nazarda tutmaydi. Ushbu konsepsiya kompaniyaning haqiqiy benefitsiarlari haqida ma'lumot olish maqsadida, shuningdek hattoki kompaniyani nazorat qiluvchi shaxslar foydasiga ham qo'llanishi mumkin. Shunga ko'ra "korporativ niqoblarni olib tashlash" konsepsiyasi ikki shaklga ajratiladi: 1) yuridik shaxsni uni nazorat qiluvchi shaxslar bilan bir shaxs deb topish ("отождествление" (идентичность) корпорации с контролирующим ее лицом); 2) "yorib o'tuvchi javobgarlik" (проникающая ответственность)[6, 30-31 b].

Bunda yuridik shaxsni uni nazorat qiluvchi shaxslar bilan bir shaxs deb topish -

huquqning ayrim subyektlari yuridik shaxs konstruksiyasidan qonun talablarini

"aylanib o'tish" yoki zimmasidagi majburiyatlardan ozod bo'lish maqsadida

foylangan hollarda amalga oshirilishi mumkin. Masalan, ayrim holatlarda biror bir

mamlakatda chet ellik shaxslarga ko'chmas mulkka (jumaladan chegara zonalarida

yer uchastkasiga) ega bo'lishga oid taqiq belgilashi mumkin. Shunday hollarda chet

ellik shaxslar tegishli mamlakat hududida yuridik shaxs tashkil etib, uning nomiga

shunday mol-mulkni rasmiylashtirish orqali qonun talablarini "aylanib o'tish"

imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin (hattoki, 2-bosqichda yuridik shaxs tashkil etib

qonun talablarini aylanib o'tish holatlari kuzatilgan (masalan, bir necha yuridik shaxs

1072

Scientific Journal Impact Factor

tashkil etib, ularni ta'sischi sifatida belgilab, yana bir yuridik shaxs tashkil etib, oxirgi yuridik shaxs nomiga mol-mulk olish)[7, 190 b].

"Korporativ niqoblami olib tashlash" konsepsiyasining tadqiqot ishi uchun ahamiyatli hisoblangan shakli bu - "yorib o'tuvchi javobgarlik"dir.

Adabiyotlarda "yorib o'tuvchi javobgarlik"ning, odatda, korporatsiya direktorlariga nisbatan qo'llanilmasligi, istisno tariqasida, direktorlarga nisbatan mulkchilik va boshqaruv funksiyalari birlashganda, ya'ni korporatsiya direktori bir vaqtning o'zida korporatsiya aksiyadori/ishtirokchisi ham bo'lgan holatlarda qo'llanishi mumkinligi qayd etiladi. Boisi cheklangan javobgarlik bu korporatsiya va aksiyador/ishtirokchi o'rtasidagi javobgarlikni ajratuvchi prinsip hisoblanib, direktor ishtirokchi/aksiyador bo'lmaganligi bois uning javobgarligida cheklangan javobgarlikni "yorib o'tish" yuzaga kelmaydi[6, 32 b]. Shuningdek ba'zi olimlar tomonidan qayd etilishicha, "bir kunlik firmalar" yoki "bir shaxsga tegishli bir necha kompaniyalar"da direktorlarni ushbu konsepsiya bo'yicha javobgarlikka tortish samarasiz hisoblanadi. Chunki bunday kompaniyalarda direktorlar sifatida mol-mulki bo'lmagan shaxslar nominal direktor sifatida tayinlanib, faktik boshqaruv nazorat qiluvchi shaxslar tomonidan amalga oshiriladi[7, 26 - 27 b].

Fikrimizcha, yuridik shaxs majburiyatlari bo'yicha subsidiar javobgarlik yuklanishi mumkin bo'lgan shaxslar doirasini ularning maqomiga qarab emas, balki yuridik shaxs faoliyatiga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga amalda ega bo'lganligidan kelib chiqib belgilash maqsaga muvofiq. Shunga yaqin firklar O. V. Gutnikov[8, 259 b] va D.V. Lomakin[9, 6 - 32 b] tomonidan ham bildiriladi. Unga ko'ra "yorib o'tuvchi javobgarlik" konsepsiyasi qoidalari kreditorlar manfaatlarini kafolatlash maqsadida joriy etilgan va yuridik shaxsning mol-mulki, shaxsi va javobgarligidan ishtirokchilar (menejerlar) shaxsi, mol-mulki va javobgarligining ajratilganligi prinsipidan istisno tarzda qo'llanadi. Ushbu konsepsiya yuridik shaxs majburiyatlari bo'yicha uning ishtirokchilari yoki menejerlari yoki yuridik shaxsni nazorat qilish imkoniga ega bo'lgan boshqa shaxslar zimmasiga javobgarlik yuklashda aks etadi. I.S. Shitkina hamda D.I. Stepanov fikriga ko'ra esa nazorat qiluvchi shaxslar shartnomaga ko'ra, ustav kapitalida ustunlik bilan (50 % ulush bilan) ishtirok etishi natijasida yuridik shaxs qarorlarini belgilab berish imkoniyatiga ega shaxslar. Biroq ustav kapitalida ustunlik bilan ishtirok etishning o'zi ishtirokchini nazorat qiluvchi shaxs deb topishga asos bo'lmaydi. Asosiy me'zon nazorat ostidagi yuridik shaxs xohish-irodasini shakllantirish va ifoda etishdan iborat faoliyatni belgilashga faktik ta'sir etganlik bilan aniqlanishi kerak[10, 145 - 160 b].

Scientific Journal Impact Factor

Rasman direktor hisoblanmasa-da, kompaniya joriy faoliyatiga ko'rsatmalari bilan haddan ortiq ta'sir ko'rsatadigan ishtirokchilar/aksiyadorlar esa de facto direktor yoki kvazi-direktor deb nom olgan[11]. Bunda asosiy e'tibor qaror qabul qilish markaziga qaratiladi, ya'ni ishtirokchini de facto direktor deb topish uchun qaror qabul qilish markazi boshqaruv organlaridan shu ishtirokchi/aksiyadorga ko'chishi kuzatiladi. Shundan kelib chiqib, Germaniyada kompaniya ustav kapitalida ustunlik bilan ishtirok etuvchi aksiyadorlar/ishtirokchilar zimmasiga ham fidutsiar majburiyatlar yuklatiladi.

"Korporativ niqoblarni olib tashlash" konsepsiyasining "yorib o'tuvchi javobgarlik" shakli nazorat ostidagi yuridik shaxsning mol-mulki yetarli bo'lmagan hollarda nazorat qiluvchi shaxslarning yuridik shaxs kreditorlari oldida javobgar bo'lishini nazarda tutadi va bu "to'g'ri yo'nalishdagi yorib o'tuvchi javobgarlik" deb nom olgan[6, 33 - 51 b].

Shuningdek ba'zi mamlakatlarning sud amaliyoti va huquq nazariyasida "teskari yo'nalishdagi yorib o'tuvchi javobgarlik"ni qo'llash imkoniyati ham nazarda tutilib, unga ko'ra nazorat qiluvchi shaxslarning qarzlari bo'yicha undiruv uning nazorat ostidagi yuridik shaxslari mol-mulkiga qaratiladi. Amerika va Gollandiya olimlari ushbu javobgarlik turini ma'qullaydi. Xususan, R.K. Van Dongen fikriga ko'ra ushbu javobgarlik, ayniqsa, nazorat qiluvchi shaxs kreditorlardan yashirish maqsadida o'z aktivlarini nazorat ostidagi yuridik shaxsga o'tkazib qo'ygan hollarda o'rinli chora bo'lib xizmat qiladi[12, 313 b].

Adabiyotlarda "vertikal", ya'ni "to'g'ri yoki teskari yo'nalishdagi yorib o'tuvchi javobgarlik"dan tashqari "gorizontal yorib o'tuvchi javobgarlik" ham qayd etiladi. Unga ko'ra nazorat qiluvchi shaxsning umumiy nazorati ostida bo'lgan bir nechta yuridik shaxslar o'rtasida aktivlarni "aylantirish" imkoniyati nazarda tutilib, ularning aktivlariga undiruv qaratish mumkin bo'ladi. Gorizontal javobgarlikda mol-mulk nazorat ostidagi bir yuridik shaxsdan (A kompaniyadan) nazorat ostidagi boshqa yuridik shaxsga (B kompaniyaga) o'tkazib yuborilganida ushbu kompaniyalarni nazorat qiluvchi shaxsning xatti-harakatlari natijasida yuzaga keladigan javobgarlik bo'yicha undiruvni B kompaniya mol-mulkiga qaratish mumkinligi nazarda tutiladi. Ushbu turdagi javobgarlik AQSHning aksariyat shtatlarida mavjud[6, 53 b].

Rus korporativ huquqida qayd etilishicha, ushbu konsepsiya bankrotlik ishi doirasida yuridik shaxsni nazorat qiluvchi shaxsga nisbatan qo'llanadi. Zarar huquq subyektlariga nazorat qiluvchi shaxs tomonidan bevosita emas, balki nazorat ostidagi yuridik shaxs faoliyatiga ta'sir o'tkazish bilan yetkaziladi, ya'ni zarar, dastlab, yuridik

Scientific Journal Impact Factor

shaxsda yuzaga keladi, uning aktivlari kamayadi, bu esa kreditorlar talablari qanoatlantirilishining imkonsiz bo'lib qolishiga olib keladi[13, 259 b].

"Межпромбанк" ЗАО majburiyatlari (75 mlrd. rubl.) bo'yicha subsidiar javobgarlikka tortilgan S. V. Pugachev ishi ushbu konsepsiya qo'llanishiga oid klassik namuna sifatida keltiriladi. "Межпромбанк" 3AOni bankrot deb topish doirasida A. Pugachev va bank ijro direksiyasi a'zolari zimmasiga nazorat qiluvchi shaxslar sifatida subsidiar javobgarlik yuklash masalasi qo'yiladi. Ish holatlariga ko'ra bank faoliyatini boshqarish bo'yicha sxema tashkil etilib, unga muvofiq bankning asosiy aksiyadorlari RFda tashkil etilgan 9 ta MCHJ shaklidagi yuridik shaxs hisoblangan. Mazkur yuridik shaxslar (MCHJ) ta'sischilari hisoblangan 5 ta offshor kompaniyaning barchasi OPK Trust Company Ltd kompaniyasiga tegishli bo'lgan. S. V. Pugachev esa OPK Trust Company Ltd kompaniyasi bilan ishonchli boshqaruv(trust) shartnomasini tuzib, "Межпромбанк" ЗАО faoliyatini bilvosita nazorat qiluvchi shaxsga aylangan. Shuningdek, qayd etilishicha, S.V. Pugachev "Межпромбанк" ЗАО binosida alohida kabinet tashkil etib, bevosita faktik boshqaruvni ham amalga oshirgan: bank xodimlariga bajarilishi majburiy ko'rsatmalar bergan, turli bitimlar amalga oshirilishi uchun undan rozilik olingan. Xususan, bank ijro direksiyasi raisi A. Didenko sudda taqdim etgan ko'rsatuvlarga ko'ra, bitimlar uchun mas'ul bank bo'linmasi tomonidan bitimlar mansabdor shaxs ism-familiyasi ko'rsatilmagan holda tasdiqlash uchun S.V. Pugachevga taqdim etilgan. Bitimlar S.V. Pugachev tomonidan muhr qo'yilgandan keyin ijroga yuborilgan. Barcha kreditlar uning ko'rsatmasi yoki roziligi asosida berilgan. Sud protsessida ushbu boshqaruv sxemasi va bitimlarni kelishish tartibi bank ijro direksiyasining boshqa a'zolari tomonidan ham tasdiqlanadi. Sud ishida S.V. Pugachevning nazorat qiluvchi shaxs ekanligi, uning ta'siri bilan tuzilgan kredit shartnomalari va bankning to'lovga qobiliyatsizligi (bankrotligi) o'rtasida sabab-oqibat bog'lanishi o'rnatiladi va S.V. Pugachev zimmasiga subsidiar javobgarlik yuklatiladi[14, 85 b].

"Yorib o'tuvchi javobgarlik" bo'yicha Germaniya qonunchiligining o'ziga xos xususiyati unda kompaniyalar guruhiga oid qoidalar mavjudligi bilan izohlanadi. Kompaniyalar guruhi ikki toifaga ajratiladi: 1) "shartnomaviy konsernlar" bo'yicha yuridik shaxslar o'rtasida shartnoma tuziladi (milliy qonunchilikda asosiy va sho'ba xo'jalik jamiyatlari kabi). 2) "faktik konsernlar"da bir yuridik shaxsning ikkinchi yuridik shaxs faoliyatini belgilab berish imkoniyati ustav kapitalida ustunlik bilan ishtirok etishdan kelib chiqadi.

Konsernlarni ajratilgan guruhlariga qarab ulardagi javobgarlik ham farqlanadi. "Shartnomaviy konsernlar" bo'yicha nazorat qiluvchi kompaniya zimmasida nazorat

Scientific Journal Impact Factor

ostidagi kompaniyaning yillik zararini qoplash majburiyati bo'ladi. "Faktik konsernlar"da esa nazorat qiluvchi kompaniya nazorat ostidagi kompaniyaga muayyan bitim tuzilishi natijasida yetkazilgan zararni qoplab berishi talab etiladi (ushbu javobgarlik turiga o'xshash holat O'zR qonunchiligida ham belgilangan. O'zRning "AJ to'g'risida"gi Qonunning[15] 8-moddasiga muvofiq sho'ba xo'jalik jamiyatiga majburiy ko'rsatmalar berish huquqiga ega bo'lgan asosiy jamiyat bunday ko'rsatmalarni bajarish uchun sho'ba xo'jalik jamiyati tomonidan tuzilgan bitimlar yuzasidan sho'ba xo'jalik jamiyati bilan solidar javobgar bo'ladi).

Nemis tadqiqotchilarining ta'kidlashicha, kompaniya guruhlariga oid qoidalar kreditorlar manfaatlarini kafolatlay olmagan hollarda "bir kishining kompaniyasi"ga oid qoida ham qo'llanishi mumkin. Bir necha ishtirokchisi bo'lgan kompaniyalarda ishtirokchilar nazorati o'rnatilishidan farqli ravishda bir ishtirokchiga tegishli bo'lgan kompaniyada kompaniya mol-mulki, biznes imkoniyatlaridan shaxsiy manfaatlar yo'lida foydalanib, turli korporativ suiiste'molliklar va huquqbuzarliklar sodir etish imkoniyati yuqori bo'ladi[6, 81 b]. Nemis huquqida ushbu javobgarlik turini yuzaga kelish shartlari sifatida quyidagi holatlar sanab o'tiladi:

- nazorat qiluvchi shaxslarning kompaniya mol-mulkidan o'z mulkidek foydalanishi. Bu ko'pincha buxgalteriya hisobotlarini noto'g'ri yuritish bilan birga kuzatiladi.

- kompaniya va nazorat qiluvchi shaxslar faoliyatining birlashib ketishi. Ya'ni nazorat qiluvchi shaxs va nazorat ostidagi yuridik shaxs bir turdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanadi, bunda yuridik shaxsning xodimlari, uskunalari, binolari va boshqa aktivlari nazorat qiluvchi shaxs faoliyatiga tez-tez jalb etiladi.

- yuridik shaxs faoliyatining moddiy jihatdan yetarli hajmda ta'minlanmaganlik (неrцокапнтапнзацнro). Bu ustav kapitalini shakllantirmaslik emas. Ushbu shart mazmuni shundan iboratki, kompaniya aktivlari qiymati u amalga oshiradigan faoliyat turida yetarli bo'lmaydi. Kompaniya tegishli faoliyat sohasida odatda talab etiladigan miqdorda mol-mulki bo'lmay turib, riskli bitimlar tuzadi. Kompaniyaning yetarli hajmdagi moddiy aktivlar bilan ta'minlamaslik kompaniya tashkil etilganida, avvaldan, vujudga kelishi mumkin yoki kompaniya faoliyati davomida undan aktivlar olib chiqib ketilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin.

- yuridik shaxs mustaqilligi prinsipini buzib uning faoliyatiga haddan ortiq ta'sir o'tkazish, faoliyatini belgilab beruvchi ko'rsatmalar berish[16, 63 b].

Fransiyada ushbu konsepsiya bankrotlik protsedurasi doirasida qo'llaniladi. Jumladan, korporatsiya bankrot bo'lgan hollarda korporatsiyani nazorat qiluvchi shaxs ham bankrotlikka jalb etilib, uning shaxsiy mol-mulki konkurs massasiga

Scientific Journal Impact Factor

kiritiladi. Kreditorlar talablari to'la qanoatlantirilgan hollarda nazorat qiluvchi shaxsga nisbatan bankrotlik ishi ochilmaydi.

Fransiyada "yorib o'tuvchi javobgarlik" konsepsiyasiga murojaat etishga quyidagi belgilar mavjudligi imkon beradi: kompaniyadan kreditorlarni aldash va kreditorlardan aktivlarni yashirish uchun foydalanilganligi; kompaniya direktorlari va ishtirokchilarining affillangan shaxslar ekanligi; boshqaruvda kamchiliklarga yo'l qo'yilganligi (qonun hujjatlari, ta'sis hujjatlari va ichki hujjatlarda ko'rsatilgan tartib-qoidalarga rioya etilmaganligi); nazorat qiluvchi shaxslarning kompaniya mol-mulkidan o'z mol-mulkidek foydalanishi; kompaniya aktivlarining noodatiy harakati; buxgalteriya hujjatlarini noto'g'ri yuritilishi; kompaniya aktivlarini yoki oladigan kreditlarini o'z ehtiyojlari uchun yo'naltirish; muayyan ishtirokchining ustav kapitalida ustunlik bilan ishtirok etishi; umumiy yig'lish o'tkazilmasdan qarorlar qabul qilinishi; yuridik shaxs aktivlarini kam qiymat muqobil ijro evaziga yoki tekinga o'tkazib berish.

Qolaversa, fransuz korporativ huquqida yolg'on ko'rinish yaratganlik nazariyasi (создание (ложной) видимости) ham mavjud. Unga ko'ra, shartnomaviy munosabatlarga kirishishda kompaniyani nazorat qiluvchi shaxslar o'zlarini shunday tutadiki, xuddi nazorat qiluvchi shaxs o'zining nazorati ostidagi kompaniya majburiyatlari bajarilishini kafolatlaydigandek ko'rinish hosil bo'ladi.

Bankrotlik protsedurasida konkurs massasiga de facto direktor sifatida harakat qilgan kompaniya ishtirokchilari mol-mulki kiritilishi mumkin bo'lib, ishtirokchilari kam sonli bo'lgan kompaniyalarda bunday holat yuzaga kelishi ehtimoli yuqori bo'ladi. Shuningdek, muayyan shaxsni faktik direktor deb e'tirof etish me'zonlari belgilanmagan, shu boisdan kompaniyaning joriy xo'jalik faoliyatiga doimiy ta'sir o'tkazib kelganligi aniqlangan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs nazorat qiluvchi shaxs deb topilishi mumkin.

Nazorat qiluvchi shaxslar zimmasiga boshqaruvda yo'l qo'ygan kamchiliklari tufayli yetkazilgan zarar natijasida kompaniya bankrotligi yuzaga kelib, kreditorlar talablarini qanoatlantirish uchun kompaniya mol-mulki yetarli bo'lmagan taqdirda javobgarlik yuklatiladi. Bunda isbotlash majburiyati da'vogar zimmasida bo'ladi. Buning uchun muayyan shaxsning faktik boshqaruvchi ekanligi, u tomonidan boshqaruvda xatoga yo'l qo'yilganligi (hatto ehtiyotsizlik natijasida ham) isbotlansa, uni kompaniya bankrotligi to'g'risidagi ishga jalb qilish mumkin bo'ladi. Bunda nazorat qiluvchi shaxs kreditorlar talablarini qanoatlantira olmasa, uning o'zi ham bankrot deb topilishi mumkin[6, 94 - 98 b].

Scientific Journal Impact Factor

Ushbu konsepsiyaga oid milliy qonunchilik haqida fikr yuritadigan bo'lsak, cheklangan javobgarlik elementi bilan tashkil etilgan yuridik shaxslarda (MCHJ va AJ-larida) yuridik shaxs majburiyatlari bo'yicha ishtirokchilar/aksiyadorlar zimmasiga javobgarlik yuklash bankrotlik ishi doirasida yuzaga kelishi mumkin. Xususan, amaliyotda sudlar tomonidan "korporativ niqoblarni olib tashlash" konsepsiyasini qo'llash holatlari ham uchrab turadi. Jumladan, FIB Sirdaryo tumanlararo sudining 06.03.2020 sanasidagi 2-1202-2003/367 son ish bo'yicha chiqargan qaroriga[17] ko'ra soliq organi tomonidan "SIRDARYO FAYZ SERVIS" MCHJning qarzlari bo'yicha uning rahbarini subsidiar javobgarlikka tortish haqida sudga da'vo arizasi kiritilgan. Ish holatlariga ko'ra MCHJning soliqlar va boshqa majburiy to'lovlardan qarzdorligi 5 850 048 so'mni tashkil etib, ijro ishi yuritish natijalariga ko'ra undiruvni amalga oshirish uchun qarzdorning mol-mulki yetarli emasligi aniqlangan. Ushbu holat bo'yicha sud tomonidan O'zR FKning 48, 329-moddalari qo'llanib, qarzdor majburiyatlari bo'yicha subsidiar javobgarlik MCHJ rahbari zimmasiga yuklatilgan. Biroq sud qarorida subsidiar javobgarlikka tortish shartlari ko'rsatib o'tilmagan. Quyida O'zR FK hamda O'zRning "Bankrotlik to'g'risida"gi Qonuni[18] asosida yuridik shaxs majburiyatlari bo'yicha yuridik shaxs ishtirokchilari va boshqaruv organlarini subsidiar javobgarlikka tortish shartlari ("korporativ niqoblarni olib tashlash" shartlari) haqida fikr yuritamiz.

O'zR FKning 48-moddasiga muvofiq, agar yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi) shu yuridik shaxs uchun majburiy ko'rsatmalarni berish huquqiga ega bo'lgan muassis (ishtirokchi) sifatidagi shaxsning yoki yuridik shaxs mol-mulki mulkdorining g'ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga keltirilgan bo'lsa, yuridik shaxsning mol-mulki yetarli bo'lmagan taqdirda bunday shaxs zimmasiga uning majburiyatlari bo'yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.

Muassis (ishtirokchi) yoki yuridik shaxs mol-mulkining mulkdori shu yuridik shaxsning ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan taqdirdagina majburiy ko'rsatmalar berish huquqiga ega.

Yuridik shaxs uchun majburiy ko'rsatmalar berish huquqiga ega bo'lgan muassis (ishtirokchi) yoki mulkdor yuridik shaxsning muayyan harakatni amalga oshirishi oqibatida nochor (bankrot) bo'lib qolishini oldindan bilib, o'z huquqidan uning ana shunday harakatni amalga oshirishini ko'zlab foydalangan holdagina yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi) ularning tomonidan vujudga keltirilgan deb hisoblanadi.

Mazkur qoidalardan kelib chiqadigan bo'lsak, quyidagilar yuridik shaxs ishtirokchilari/aksiyadorlari subsidiar javobgarligining zaruriy shartlari hisoblanadi: 1)

Scientific Journal Impact Factor

yuridik shaxs ishtirokchisining yuridik shaxs uchun majburiy ko'rsatmalar berish huquqiga ega ekanligi (ushbu huquq yuridik shaxsning ta'sis hujjatlarida bevosita ko'rsatilgan bo'lishi kerak); 2) aybli g'ayriqonuniy xatti-harakat sodir etganligi; 3) bankrotlik shaklidagi salbiy oqibat kelib chiqqanligi; 4) ishtirokchi/aksiyadorning g'ayriqonuniy xatti-harakati va yuridik shaxs bankrotligi yuzaga kelishi o'rtasida sabab-oqibat bog'liqligining mavjud bo'lishi; 5) kreditorlar talablarini qanoatlantirish uchun yuridik shaxs mol-mulkining yetarli emasligi.

Bunda ishtirokchi/aksiyor(lar)ning aybi yuridik shaxsning muayyan harakatni amalga oshirishi oqibatida nochor (bankrot) bo'lib qolishini oldindan bilib, o'z huquqidan uning ana shunday harakatni amalga oshirishini ko'zlab foydalanganligida (ya'ni to'g'ri yoki egri qasd shaklida) ifodalanadi.

Fikrimizcha, FKning 48-moddasi 4 - 6-bandlarida nazarda tutilgan solidar javobgarlik shartlarini quyidagi asoslarga ko'ra takomillashtirish talab etiladi:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Subsidiar javobgarlik ishtirokchi/aksiyadorning yuridik shaxs uchun majburiy ko'rsatmalar berish huquqi ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan bo'lsagina yuzaga kelishi mumkin. Odatda ta'sis hujjatlarida bunday shart nazarda tutilmaydi. Bu esa ishtirokchini, garchi yuridik shaxs qarorlarini belgilab bersa ham, subsidiar javobgarlikka jalb qilish imkoniyatini yo'qqa chiqaradi. Jumladan, FIB Mirobod tumanlararo sudining 09.03.2020 sanasida № 2-1002-2006/91 (1-1388/20) sonli ish bo'yicha chiqargan qarorida[19] ham yuridik shaxs ishtirokchisining yuridik shaxs uchun majburiy ko'rsatmalar berish huquqi ta'sis hujjatlarida ko'rsatilmaganligi da'vo talablarini qanoatlantirishni rad etish sabablaridan biri sifatida qayd etiladi.

Qolaversa, O'zR Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-son qarori bilan tasdiqlangan "Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalari"ning[20] 36-bandiga murojaat etadigan bo'lsak, uning mazmunidan yuridik shaxs faoliyatini belgilab berish imkoniyati aniqlangan har qanday ishtirokchi zimmasiga subsidiar javobgarlik yuklash mumkinligi kelib chiqadi. Unga ko'ra qarzdor, unga majburiy ko'rsatmalar berish huquqiga ega bo'lgan yoxud uning xatti-harakatlarini boshqacha tarzda belgilab berish imkoniyatiga ega bo'lgan uning muassislari (qatnashchilari) yoki mulkdorining aybiga ko'ra bankrot bo'lganda, qarzdorning muassislariga (qatnashchilariga) yoki mulkdoriga yuridik shaxs (qarzdor)ning mol-mulki yetarli bo'lmagan taqdirda, yuridik shaxs (qarzdor)ning majburiyatlari bo'yicha subsidiar javobgarlik yuklanishi mumkin. Ushbu qoidalarda yuridik shaxs ishtirokchisining majburiy ko'rsatma berish huquqi ta'sis hujjatlarida ko'rsatilgan bo'lishi haqidagi talab nazarda tutilmagan.

Scientific Journal Impact Factor

Shuningdek, FKning 48-moddasi bo'yicha yuridik shaxsning boshqaruv organlari a'zolarini javobgarlikka tortish mumkin emas. Boisi ushbu moddada javobgarlikning maxsus subyekti sifatida yuridik shaxs muassislari (ishtirokchi/aksiyadorlari) yoki yuridik shaxs mol-mulkining mulkdori (operativ boshqaruv yoki xo'jalik yuritish huquqi asosida tashkil etilgan yuridik shaxslarda) ko'rsatilgan. Boshqaruv organi a'zosi esa ushbu maqomdagi shaxs emas. Bordi-yu, yuridik shaxs boshqaruv organi a'zosi bir vaqtning o'zida ishtirokchi/aksiyador bo'lsa ham, uning javobgarligi boshqaruv organi a'zosi sifatida emas, balki yuridik shaxs ishtirokchisi/aksiyadori sifatida yuqorida sanab o'tilgan shartlar mavjudligida yuzaga kelishi mumkin.

Qayd etilishicha, qonun chiqaruvchi ushbu shartni belgilashda yuridik shaxs qarorlarini belgilab berish imkoniyatiga ega bo'ladigan shaxslarni nazarda tutadi. Qonunchilikdagi ushbu shart nemis korporativ huquqidan o'zlashtirilgan. Nemis korporativ huquqida esa aybdor ishtirokchi zimmasiga korporatsiya majburiyatlari bo'yicha javobgarlik yuklovchi boshqa mexanizmlar mavjud[21].

Fikrimizcha, qonunchilikda belgilangan "majburiy ko'rsatmalar berish huquqining ta'sis hujjatlarida ko'rsatilgan bo'lishi" haqidagi shartni olib tashlash, shuningdek qaror qabul qilish markaziga e'tibor qaratish o'rinlidir. Unga muvofiq qaror qabul qilinishiga faktik ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lgan nazorat qiluvchi shaxslar doirasi kengroq bo'ladi hamda ularga: 1) ustav kapitalida ustunlik bilan ishtirok etuvchi aksiyadorlar/ishtirokchilar; 2) yuridik shaxs ijro organi; 3) shuningdek yuridik shaxs harakatlarini belgilab berish imkoniyatiga amalda ega bo'lgan boshqa shaxslarni ham kiritish mumkin.

Mazkur shaxslarning ushbu maqomda bo'lishi o'z-o'zidan nazorat qiluvchi shaxslar sifatida zimmasiga subsidiar javobgarlik yuklash asosi bo'lmaydi. Ushbu javobgarlik asosi ham yuqorida sanab o'tilganidek, muayyan shartlar majmui (huquqbuzarlik tarkibi) bilan belgilanadi. Ya'ni subsidiar javobgarlik yuzaga kelishi uchun 1) huquqqa xilof xatti-harakat sodir etganligi; 2) kreditorlar talablarini qanoatlantirish uchun yuridik shaxsda mol-mulk yetarli emasligi; 3) yuridik shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi va sodir etilgan huquqqa xilof xulq-atvor o'rtasida sabab-oqibat bog'lanishining mavjudligi; 4) ayb; bilan birga 5) nazorat qiluvchi shaxslarning yuridik shaxs faoliyatini belgilab berish imkoniyatiga amalda ega bo'lganligi fakti ham isbotlanishi kerak.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-apreldagi 5464-sonli Farmoyishi // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi. - 2019-y. -08/19/5464/2891-son // URL: https://www.lex.uz/docs/-4272621

2. O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksini tasdiqlash haqida"gi Qonuni loyihasi // URL: https: //regulation.gov.uz/uz/d/29059.

3. O'zbekiston Respublikasining "To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida"gi Qonuni loyihasi // URL: https://regulation.gov.uz/uz/document/18367

4. Ronald J. Gilson, Alan Schwartz. Constraints on Private Benefits of Control: Ex Ante Control Mechanisms V Mechanisms Versus Ex P ersus Ex Post Transaction Re ansaction Review // URL: https://scholarship.law.columbia.edu/cgi/viewcontent.cgi?article=2760&context=facu lty_scholarship

5. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi // URL: https://lex.uz/docs/111189;

6. Быканов Д. Д. "Проникающая ответственность" в зарубежном и российском корпоративном праве: дисс...канд. юр. наук. - Москва, 2018. - c.

7. Kindler P. The single-member limited liability company (SUP). A necessary reform of EU law on business organizations. - Munich, 2016. - P. 26—

8. Гутников О. В. Гражданско-правовая ответственность в отношениях, связанных с правлением юридическими лицами: дисс. ... д-ра. юрид. наук. -Москва, 2018. - с. - 259;

9. Ломакин Д.В. Концепция снятия корпоративного покрова: реализация ее основных положений в действующем законодательстве и проекте изменений Гражданского кодекса РФ // Вестник ВАС РФ. - 2012. - № 9. - С.

10. Корпоративное право: Учебный курс. В 2 т. / Отв. ред. И.С. Шиткина. М., 2018. Т. 2. С. 716 (автор главы — И.С. Шиткина); Степанов Д.И. Феномен корпоративного контроля // Вестник гражданского права. 2009. № 3. С. 145—

11. Ю.Михальчук, Субсидиарная ответственность. Верховный суд разъяснил новые правила // Корпоративный юрист. - № 2. - 2018. - с. 21.

12. Van Dongen R.C. Identificatie in het rechtspersonenrecht. - 2009. - P. 313.

320.

27.

6-33.

160.

Scientific Journal Impact Factor

13. Гутников О. В. Гражданско-правовая ответственность в отношениях, связанных с правлением юридическими лицами: дисс. ... д-ра. юрид. наук. -Москва, 2018. - с. - 259;

14. Постановления Арбитражного суда Московского округа от 01.10.2015 № Ф05-10535/2011

15. O'zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi Qonuni, O'RQ-370-son 06.05.2014 // URL: https://lex.uz/docs/-2382409;

16. Нанаева Э.А. Гражданско-правовая ответственность основного общества (товарищества) по обязательствам дочернего общества в праве России и Германии: дисс.. .канд. юр. наук. - Москва, 2008. - с. 63 - 64.

17. FIB Sirdaryo tumanlararo sudining 06.03.2020 sanasidagi 2-1202-2003/367 son ish bo'yicha chiqargan qarori // URL: https://public.sud.uz/#!/sign/civil.

18. O'zRning "Bankrotlik to'g'risida"gi Qonuni // URL: https://lex.uz/docs/-955375;

19. FIB Mirobod tumanlararo sudining 09.03.2020 sanasida № 2-1002-2006/91 (11388/20) sonli ish bo'yicha qarori // URL: https://public.sud.uz/api/file/civil/1530425

20. O'zR Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-son qarori bilan tasdiqlangan "Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalari // URL: https://lex.uz/docs/-2223173

21. У. Холмирзаев. Проблемы ответственности лиц, контролирующих корпорации перед кредиторами в узбекском праве. https://cyberleninka.ru/article/n7problemy-otvetstvennosti-lits-kontroliruyuschih-korporatsii-pered-kreditorami-v-uzbekskom-prave

22. Иброхимов Азимжон Абдумумин Угли (2021). КОРПОРАЦИЯНИ БОШКАРИШДА ФИДУЦИАР МАЖБУРИЯТЛАР ВА УЛАРНИ УЗБЕКИСТОНДА ^УЛЛАШ ИМКОНИЯТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (10), 841-853. doi: 10.24412/2181-1784-2021-10-841-853

23. Koryogdiyev, Bobur Umidjon Ogli (2021). BITIMNI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH VA UNING OQIBATLARINI QOLLASH FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VOSITASI SIFATIDA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (11), 211-225. doi: 10.24412/2181-1784-2021-11-211-225

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.