Научная статья на тему 'KONSTITUTSIYA YOSHLAR NIGOHIDA'

KONSTITUTSIYA YOSHLAR NIGOHIDA Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
davlat boshqaruvi / o‘zgartirish va qo‘shimchalar / qonunchilik / hokimiyat / jamiyat / huquq va erkinliklar. / public administration / amendments and additions / legislation / power / society / rights and freedoms.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Behruz Alisher O‘g‘li Ergashev

Mazkur maqolada yangi Konstitutsiyaning ba’zi moddalari tahlil qilindi. Unga ko‘ra asosiy o‘zgarishlar, qo‘shimchalar haqida fikr yuritilib, inson huquq va erkinliklari joriy qonunchiligimizning asosi bo‘lgan Konstitutsiyada qay darajada e’tirof etilgani haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, some articles of the newly revised Constitution were analyzed. According to this, the main changes and additions are considered, and it is said that human rights and freedoms are recognized at the level of the Constitution, which is the basis of our current legislation

Текст научной работы на тему «KONSTITUTSIYA YOSHLAR NIGOHIDA»

KONSTITUTSIYA YOSHLAR NIGOHIDA

Behruz Alisher o'g'li Ergashev

TDTU yurisprudensiya yo'nalishi 1-bosqich talabasi Ilmiy rahbar: TDTU "Xaqaro ommaviy huquq" kafedrasi mudiri y.f. d.,prof.

A.A. Dadasheva

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada yangi Konstitutsiyaning ba'zi moddalari tahlil qilindi. Unga ko'ra asosiy o'zgarishlar, qo'shimchalar haqida fikr yuritilib, inson huquq va erkinliklari joriy qonunchiligimizning asosi bo'lgan Konstitutsiyada qay darajada e'tirof etilgani haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: davlat boshqaruvi, o'zgartirish va qo'shimchalar, qonunchilik, hokimiyat, jamiyat, huquq va erkinliklar.

ABSTRACT

In this article, some articles of the newly revised Constitution were analyzed. According to this, the main changes and additions are considered, and it is said that human rights and freedoms are recognized at the level of the Constitution, which is the basis of our current legislation.

Keywords: public administration, amendments and additions, legislation, power, society, rights and freedoms.

Joriy qonunchilikning negizi, asosi bo'lgan Konstitutsiyamizning yangi tahriri loyihasi umumxalq referendumiga qo'yilib, qabul qilindi. 1992-yilda qabul qilingan Konstitutsiyamizga 31 yil davomida 15 marta o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilgan. Bu safar o'zgarishlar ko'lami 50 % dan oshganligi sabab, ya'ni 65 % ga yangilangani tufayli hujjatning yangi tahriri qabul qilindi.

Milliy g'urur timsoli bo'lgan Konstitutsiyamizni asrab-avaylashimiz, himoya qilishimiz, unga rioya qilishimiz uchun avvalo yangi Konstitutsiya bilan tanishib chiqmog'imiz, undagi o'zgarishlar, yangilanishlar va qo'shimchalar bilan to'liq o'rganib chiqmog'imiz darkor. Undagi o'zgarishlar bilan tanishib chiqishdan avval ,,Konstitutsiya nima?" degan savolga javob berish maqsadga muvofiqdir.

Konstitutsiya (lotincha "Constitution" - tuzilish, belgilash) - davlatning Asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va

509

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

Tashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^^^^^^TheCOn

erkinliklari, jamiyat va shaxsning o'zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o'zaro munosabatlarini belgilab beradi.

Yangi Konstitutsiyaning 65 ta moddasiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilib, ulardan 16 tasi inson huquq va erkinliklarini kafolatlashga qaratilgan. Shu o'rinda, Shavkat Mirziyoyev konstitutsiya islohoti haqida 2021-yil 6-noyabr kuni, ikkinchi prezidentlik muddatiga kirishishi yuzasidan inauguratsiya marosimidagi nutqida birinchi marta aytib o'tgan edi. O'sha yili prezidentimiz konstitutsiya bayrami arafasida xalqqa yo'llagan tabrigida: "Konstitutsiyani yangilashdek g'oyat muhim, strategik vazifani hal etishda yetti marta emas, yetmish marta o'ylash" zarurligini ta'kidlagan edi. 2022-yil may oyida konstitutsiyaviy komissiya tuzilib, hujjatni yangilash jarayoni boshlangan edi.

Bir narsani e'tiborga olish kerakki, huquq sohasining o'ziga xos spetsifik xususiyati shundaki, zamon rivojlangan sari qonun ham bunga mos bo'lishi kerak. U eng tez o'zgaruvchi ijtimoiy fan sanaladi, shu sababli qonunchilikda ham o'zgarishlar tez-tez uchrab turadi.

Konstitutsiyaning birgina sahifasini o'z ichiga olgan Muqaddima qismida ham qisqacha bayon etilgan bo'lsada, to'liq mazmun ifoda etuvchi ma'lumotlar olishimiz mumkin. Xususan, unda davlatchiligimizning 3000 yildan ortiq tarixiy tajribasi mavjud ekanligi, insonning hayoti, erkinligi, sha'ni va qadr-qimmati oliy qadriyat ekanligi, mamlakatimizning bebaho bo'lgan tabiiy boyliklarini hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashimiz va qo'shni davlatlar bilan do'stona munosabatda bo'lishimiz haqida so'z boradi. Shuningdek, undagi birgina inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligini tantanali ravishda e'lon qilishi haqidagi jumlasi keyingi sahifalarda 46 moddani o'z ichiga olgan bir butun "Inson hamda fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari" deb nomlangan bo'limni tashkil etadi.

Xo'sh, o'zi Konstitutsiyaga o'zgartirish kiritish qanday amalga oshiriladi? O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o'zgartirishlar undagi hechqanday boblarni tashkil etmagan va atigi 154-155-moddalarni qamrab olgan ,,Konstitutsiyani o'zgartirish tartibi" deb nomlangan so'ngi bo'limidan ma'lumot olishimiz mumkin. O'zgartirish 2 xil usulda amalga oshirilishi nazarda tutiladi: birinchisi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari va Senatining a'zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko'pchilik tomonidan qabul qilingan konstitutsiyaviy qonun asosida bo'lsa, ikkinchisi, O'zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi. Biroq, uning ba'zi qoidalari qayta muhokama qilinishi mumkin emasligi ham ta'kidlangan. Ya'ni, Konstitutsiyaning 1-moddasi va 154-moddasining 2-qismi qayta ko'rib chiqilishi mumkin emas. Har bir davlat asosiy

510

2024-yil, 7-dekabr

qonunida birinchi navbatda o'zining boshqaruv shaklini ifoda etishi lozim. Konstitutsiyaning 1-moddasi ham davlat boshqaruv shaklini bayon etadi. 1992-yilda qabul qilingan Konstitutsiyada O'zbekiston suveren demokratik davlat ekanligi qayd etilgan bo'lsa, yangi tahririda esa, "O'zbekiston boshqaruvning Respublika shakliga ega bo'lgan, suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat" deya tariflanadi. Shuning barobarida, 15-moddadagi „O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi" degan jumla bilan yakunlanibgina qolmay, unga yangi normalar -Konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega, yagona huquqiy makonning asosini tashkil etishi va O'zbekiston e'tirof etgan xalqaro shartnomalar huquqiy tizimimizning tarkibiy qismi ekanligiga alohida urg'u berildi. Bu esa o'z-o'zidan O'zbekistonning inson huquqlari bo'yicha xalqaro universal hujjatlariga amal qilish yo'lida sobitqadam ekanligini, har bir normativ-huquqiy hujjatlar xalqaro andozalarga to'liq mos ekanligi, ayniqsa, sud-tergov organlari qaror qabul qilishida, ish faoliyatini umume'tirof etilgan xalqaro hujjatlarga muvofiq amalga oshirishini anglatadi. Xuddi shu kabi, uning 20-moddasiga nazar tashlasak, unda davlat organlari tomonidan qo'llaniladigan huquqiy ta'sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi keltirib o'tilgan. Mutanosiblik prinsipi - huquqiy ta'sir choralarini qo'llashda adolatli, ortiqcha majburiyat yuklanmasligi va huquq va erkinliklar zaruratsiz cheklanmasligini, shuningdek, agar shaxs qandaydir huquqbuzarlik sodir etsa, u faqat o'zi sodir etgan huquqbuzarligi uchungina javobgar bo'lishini anglatadi. Ayni shu moddaning keyingi xatboshisida esa, ,,Inson bilan davlat organlarining o'zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi". Bu shuni anglatadiki, qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo'lmagan, aniq fakt, dalil, isbotlarga ega bo'lmagan hatti-harakatlar huquqbuzarlik deb tan olinmasligini nazarda tutadi. Bu ,,Ma'muriy tartib-taomillar" degan tushunchaning asosiy prinsiplaridan biri sanaladi.

Shuningdek, o'zgartirish deyarli kiritilmagan "Siyosiy huquqlar" bobiga diqqat qaratsak, unga yangi normani aks ettiruvchi Konstitutsiyaning 37-moddasidan joy oldi. Unga ko'ra, "O'zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar. Davlat xizmatini o'tash bilan bog'liq cheklovlar qonun bilan belgilanadi" deyilgan. Bu o'z-o'zidan har bir fuqaro hech qanday kamsitishsiz yoki afzalliklarsiz davlat xizmatiga kirishda umumiy tenglik huquqini beradi. Shu o'rinda, O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga bunday huquqning berilishi, davlat xizmatiga kirishda ortiqcha talablarni qo'yilishi, mahalliychilik, manfaatlar to'qnashuvi yoki tanish-bilishchilikni oldini olishga xizmat qiladi. "Davlat fuqarolik xizmati tog'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasida ham ya'ni,

511

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

Tashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^^^^^^T^eCOnSti

"qarindoshining sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar davlat fuqarolarini xizmatga qabul qilish va uni o'tash chog'ida O'zbekiston Respublikasi fuqarosining huquqlarini cheklash uchun asos bo'lishi mumkin emas" ekanligi orqali tavsiflanadi. Xalqaro hujjatlar, jumladan "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi" ning 21-moddasi 2-bandida ham o'z tasdig'ini topgan. Siyosiy huquqlarning boshqa moddalariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmagan.

Konstitutsiyaga o'qituvchilar haqida yangi modda ham qo'shildi. Ustozlar huquq sohasi vakillari bo'lmasalarda, oliy qonunimizda tilga olingan yagona kasb egalari bo'lishdi. Undan tashqari eslatib o'tilgan barcha soha egalari jumladan, prokuror, advokat, sudya, Oliy Majlis deputatlari va senatorlari huquq sohasi vakillari sanaladi. Shu boisdan o'qituvchilarning mehnati naqadar buyuk, mashaqqatli kasb ekanligini va har qanday kasb egasi albatta ustoz orqali bilim va ko'nikmaga ega bo'lishi va shu darajaga yetishida ularning naqadar katta mehnati singani hammamizga ayondir. Shu sababli, o'qituvchilar kasbi huquqiy jihatdan hurmat bilan qaralishi Konstitutsiya darajasida e'tirof etildi.

Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiya jamiyatimizning bugungi holatini aks ettiribgina qolmay, u kelajakka yo'naltirilgani bilan ham tarixiy ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES:

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Rasmiy nashr. - Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti, 2023. - 80b.

2. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi.

3. O'zbekiston Respublikasi davlat fuqarolik xizmati to'g'risidagi qonuni.

512

2024-yil, 7-dekabr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.