Научная статья на тему 'KO’P TILLILIK MUHITIDA OILAVIY TARBIYA MUNOSABATLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI'

KO’P TILLILIK MUHITIDA OILAVIY TARBIYA MUNOSABATLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
575
61
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ko’p tillilik / polilingvizm / bilingvizm / oila / tarbiya / oilaviy munosabatlar. / multilingualism / polylingualism / bilingualism / family / upbringing / family relations.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mamaraimova, Zebo Shafoatovna

Ushbu maqolada ko’p tillilik muhiti, uning mazmuni hamda millatlararo totuvlik va hamkorlikni ta’minlash masalasi har bir davlatning barqaror taraqqiy etishining asosiy omili ekanligi asoslangan. Shuningdek, oilaviy tarbiya munosabatlarini qayta ko’rib chiqish, farzandlar tarbiyasi va ularning ma’naviy kamolotini ta’minlash masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCIENTIFIC AND THEORETICAL FUNDAMENTALS OF IMPROVING FAMILY EDUCATION RELATIONS IN A MULTILINGUALISTIC ENVIRONMENT

This article is based on the fact that the multilingual environment, its content and the issue of interethnic harmony and cooperation are key to the sustainable development of any country. It also addresses the issue of reconsidering family upbringing relationships, raising children and ensuring their spiritual development

Текст научной работы на тему «KO’P TILLILIK MUHITIDA OILAVIY TARBIYA MUNOSABATLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI»

KO'P TILLILIK MUHITIDA OILAVIY TARBIYA MUNOSABATLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY-NAZARIY

ASOSLARI

d 10.24412/2181 -1784-2021 -9-657-665

Mamaraimova Zebo Shafoatovna

O'zbekiston Respublikasi, Termiz davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ko'p tillilik muhiti, uning mazmuni hamda millatlararo totuvlik va hamkorlikni ta 'minlash masalasi har bir davlatning barqaror taraqqiy etishining asosiy omili ekanligi asoslangan. Shuningdek, oilaviy tarbiya munosabatlarini qayta ko'rib chiqish, farzandlar tarbiyasi va ularning ma'naviy kamolotini ta'minlash masalalari yoritilgan.

Kalit so'z va tushunchalar: ko'p tillilik, polilingvizm, bilingvizm, oila, tarbiya, oilaviy munosabatlar.

НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ УЛУЧШЕНИЯ ОТНОШЕНИЙ С СЕМЕЙНЫМ ОБРАЗОВАНИЕМ В МНОГОЯЗЫЧНОЙ

СРЕДЕ

АННОТАЦИЯ

В статье основана на том, что многоязычная среда, ее содержание и проблема межнационального согласия и сотрудничества являются ключом к устойчивому развитию любой страны. Также затрагивается вопрос переосмысления семейных воспитательных отношений, воспитания детей и обеспечения их духовного развития.

Ключевые слова и понятия: многоязычие, двуязычие, семья, воспитание, семейные отношения.

SCIENTIFIC AND THEORETICAL FUNDAMENTALS OF IMPROVING FAMILY EDUCATION RELATIONS IN A MULTILINGUALISTIC ENVIRONMENT

ABSTRACT

This article is based on the fact that the multilingual environment, its content and the issue of interethnic harmony and cooperation are key to the sustainable

657

development of any country. It also addresses the issue of reconsidering family upbringing relationships, raising children and ensuring their spiritual development.

Keywords and concepts: multilingualism, polylingualism, bilingualism, family, upbringing, family relations.

KIRISH

Dunyo hamjamiyati rivojlanishining har qanday bosqichida jamiyat a'zolari o'rtasida millatlararo totuvlik va hamkorlikni ta'minlash masalasi har bir davlatning barqaror taraqqiy etishining asosiy omili hisoblanadi. Hozirgi zamon sivilizatsiyasi va global jarayonlarning kuchayib borishi, xalqaro ekstremizm va terrorizm kabi salbiy harakatlar avj olgan sharoitda millatlararo totuvlikka erishish masalasi jahonning barcha mamlakatlari uchun dolzarb bo'lib qolmoqda.

Ko'ptillilik muhitida turli etnoslar, sinflar, kishilar guruhlari o'rtasida millatlararo bag'rikenglikning mavjudligi xalqlarning o'z taqdirini o'zi belgilashi, milliy tillari va madaniyatlarini saqlab qolish huquqini muhofaza qilishni tasdiqlaydi, chunki u butun jahonda tinchlik va barqarorlikni saqlashning zarur sharti hisoblanadi. Zero, bag'rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, jamiyatda fuqarolar totuvligini mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy e'tiqodidan qat'i nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O'zbekistonda davlat siyosatining muhim ustuvor yo'nalishlaridan biri etib belgilangan1.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning muhim ustuvor yo'nalishlaridan biri ko'p millatli o'zbek xalqining bag'rikenglik madaniyati va insonparvarlik xususiyatlarini rivojlantirish, millatlar o'rtasida o'zaro hamjihatlik va totuvlikni ta'minlashdan iborat bo'lib kelmoqda. "Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashamoqdalar. Bu borada, hech shubhasiz, xalqimizga azaldan xos bo'lgan bag'rikenglik an'analari muhim rol o'ynamoqda"2.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda turli millatlar vakillari o'rtasida do'stlik, ahillik va o'zaro hamkorlikni mustahkamlashga, ularning madaniyatini, tarixini, madaniy-ma'rifiy tajribalarini o'zaro aloqadorlikda, do'stona munosabatda

1 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risidagi PF-4947 sonli farmoni. 07.02.2017

2 Mirziyoyev Sh. M.. «Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash — davr talabi» mavzusidagi anjumanda so'zlagan nutqi // Xalq so'zi, 15.06.2017. .№7.

658

rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi va davlat siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylandi. Shunday bir vaziyatda oilaviy tarbiya munosabatlarini qayta ko'rib chiqish, farzandlar tarbiyasi va ularning ma'naviy kamolotini ta'minlash dolzarb muammo sifatida belgilanmoqda.

Ko'p tillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirish mavzusi bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega. Pedagog olimlarning ilmiy pedagogik tadqiqotlarida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilada soglom turmush tarzi hamda ijobiy oilaviy munosabatlarni shakllantirish, uning farzand kamolotini ta'minlashdagi ahamiyati, oilaviy tarbiyani tashkil etishning mazmuni, shakl, metod vositalari va oila turlari, ularda tarbiyalanayotgan shaxs xulq-atvori kabi masalalar o'z aksini topgan. Xususan pedagog olim Y.P.Azarovning "Oila pedagogikasi" asarida oila tarbiyasining mohiyati, ota-onalarning tarbiyalanganlik jihatlari, oilada qizlar tarbiyasini tashkil etishning o'ziga xos jihatlari haqida so'z yuritib, ilg'or oilalar namunasida yosh oilalarni shakllantirish masalasiga urg'u berilgan.

Pedagog olim A.Munavvarov tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda oilalarning ijtimoiy maqomiga ko'ra turkumlashtirish, oila turlari, ularning o'ziga xos xususiyatlari, metod va vositalari, oilada ota va onalarning tarbiyachi sifatidagi mavqelari haqida to'xtalib o'tilgan3.

Pedagog olim D.Xoliqovning tadqiqot ishining bosh mavzusi "O'quvchilarni milliy an'ana va urf-odatlar asosida oilaviy hayotga tayyorlash" bo'lib, unda muallif asosiy e'tiborini o'quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlashning pedagogik-psixologik xususiyatlari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda milliy an'ana va urf-odatlarning o'rni, shakl, metod va vositalari xususidagi masalalarga qaratadi. G'.V.Mardonova o'zining ilmiy ishlarida o'zbek xalqining millatlararo bag'ri kenglik g'oyalarini rivojlantirishda milliy tarbiya mazmuni va uning ahamiyatini chuqur ilmiy tadqiq etadi.

Oilaviy tarbiya munosabatlari bilan bog'liq faoliyat yo'nalishlarini amalga oshirishda inobatga olinishi lozim bo'lgan muhim bir jihat borki, bu ko'p tillilik muhitidir. Ya'ni, mamlakat aholisining bir nechta tillarda so'zlashishi bo'lib, ushbu holat mamlakatda ko'plab turli millat vakillarining istiqomat qilishi bilan izohlanadi.

Ko'p tillilik, polilingvizm (yunoncha - ko'p va lotincha - til) - muayyan ijtimoiy birlik (eng avvalo davlat) doirasida bir necha tilning qo'llanishi; yakka shaxs (kishilar

3 Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi. Darslik. - T.: O'qituvchi, 1994. - 240 b.

659

guruhi)ning bir paytning o'zida bir necha tildan foydalanishi 4 , 5 . Bunda foydalanilayotgan tillarning har biri aniq kommunikativ vaziyatga qarab tanlab olinadi. Har ikkala holat bir-biriga bog'liq bo'ladi. Aloqa - aralashuv ehtiyojlari ko'p tilli uyushma vakillarining muayyan qismida ko'p tillilikni keltirib chiqaradi, lekin ularning o'zaro bog'liqligi qat'iy emas. Jamiyatda bir tillilikning ustunligi uning ma'lum vakillari ko'p tilli bo'lishini inkor etmaydi va, aksincha, davlatning ko'p tilliligi muayyan til jamoalari doirasida bir tilda so'zlashuvchi ko'pchilik aholi bilan muvofiqlashtirilishi mumkin. Shu sababli "individual" ko'p tillilik bilan "milliy" ko'p tillilikni farqlash zarur bo'ladi. Yanada katta miqyosda ko'p tillilik ko'p millatli davlatlar (Hindiston, Rossiya, AQSH, Nigeriya, shuningdek O'zbekiston davlati uchun ham) uchun xos xususiyatdir.

Ko'p tillilik sharoitida o'zaro aloqa qilish shakllari (tillar, lahjalar, shevalar, ijtimoiy va professional jargonlar kabi) funksional jihatdan iyerarxiya (pog'ona)ni tashkil etadi, masalan:

1) guruhlararo aloqaning chegaralangan vositalari ("mahalliy" tillar);

2) turmushdagi guruhlararo aloqa-aralashuvning muayyan joyga xos vositalari (ko'p qabilali qishloq jamoalaridagi "bozor" tili);

3) ma'muriy (yoki milliy) viloyat tili;

4) ko'p millatli mintaqa yoki davlat tili;

5) umumdavlat tili ("davlatdagi ustun" yoki xalqaro til bo'lishi ham mumkin).

Agar dastlabki ikki bosqich tillari asosan norasmiy og'zaki aloqa uchun xizmat

qilsa, keyingi bosqichdagilari uchun, mazkur vazifalardan tashqari, yana ommaviy va rasmiy (ko'pincha yozma) aloqa xizmatlari ham qo'shilib, ular ta'lim, axborot vositalari, adabiyot, madaniyat, fan tillariga ajratiladi.

Ko'p tillilik aksar hollarda ikki tillilik (bilingvizm) shaklida amalga oshadi. Uch yoki undan ortiq tilni ommaviy ravishda egallash (bilish) nisbatan kam uchraydi. Ikki tillilik (bilingvizm) uchun amalda qo'llanuvchi tillarning funksional maqomi va ularning (genetik yoki tipologik) yaqinlik darajasi muhim ahamiyatga ega6. Ko'p tillilik negizida tillarning o'zaro ta'sirlashuvi va yaqinlashuvi ro'y beradi, tillar ittifoqi hosil bo'ladi.

Muayyan bir hududda yashovchi turli millat vakillari o'rtasida o'zaro do'stlik va ahillik, tinchlik va barqarorlik muhitini mustahkamlash ijtimoiy, siyosiy, huquqiy,

4 Муртазаева М. М., Эльдарова Н. М. Полилингвизм и его перспективы в условиях современной школы // Педагогические науки. Известия ДГПУ. Т. 13. № 4. 2019. - c.57

5 Мамараимова З. Ш. Социальная роль народных традиций и обрядов многонационального народа //Педагогическое образование и наука. - 2019. - №. 5. - С. 12-13.

6 Shafoatovna M. Z. Scientific and Theoretical Basis of Factors for Improving Family Education in a Multilingual Environment //World Bulletin of Management and Law. - 2021. - Т. 1. - №. 1. - С. 15-16.

660

iqtisodiy, gumanitar va ma'naviy sohalarda islohotlarni izchil amalga oshirish, xalqaro maydonda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishning muhim omili va zarur sharti hisoblanadi. Mazkur natijaga erishishni kafolatlovchi omillardan biri sifatida ko'p tillilik muhitida oilalarda farzandlarni o'zga millatlar madaniyati, tarixi, san'ati, urf-odatlari va an'analariga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash, ularda tolerantlik fazilatini shakllantirish bilan belgilanadi.

2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi va amalga oshirilishi, biz yashayotgan bugungi davrning o'zi davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakat atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaqin qo'shnichilik muhitini yaratishga qaratilgan puxta o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy siyosatni yuritish, shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlar ongida insonparvarlik qadriyatlarini, turli millat vakillari o'rtasida o'zaro hamjihatlikni yanada mustahkamlash, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarishni taqozo etmoqda.

Milliy-madaniy markazlar — O'zbekistonda yashovchi muayyan bir millat vakillarining milliy madaniy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi jamoat tashkilotlari. Milliy-madaniy markazlar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O'zbekiston Respublikasining jamoat tashkilotlari to'g'risidagi amaldagi qonunlariga hamda o'z nizomiga asoslangan holda faoliyat ko'rsatadi7. Milliy-madaniy markazlar muayyan millatga xos bo'lgan milliy madaniyat, til, urf-odat, an'-ana va taomillarni o'rganish, saqlab qolish va rivojlantirishdan manfaatdor bo'lgan O'zbekiston fuqarolarini ixtiyoriy ravishda birlashtiradi.

Dastlabki Milliy-madaniy markazlarlar koreyslar, qozoqlar, yahudiylar, armanlar tomonidan respublika viloyatlarida 1989 yilda tuzildi. Bu markazlarning chinakam rivojlanishi va ravnaq topishi O'zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin boshlandi. O'zbekiston mustaqilligi munosabati bilan ularning samarali faoliyat ko'rsatishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Natijada Milliy-madaniy markazlar soni yil sayin ortib bordi. Agar 1992 yil 10 ta Milliy-madaniy markazlar ish olib borgan bo'lsa, 1995 yilda ularning soni 72 taga, 2003 yilga kelib esa 135 taga yetdi. Ular respublika madaniy markazlari, viloyat, shahar, tuman madaniy markazlaridan iborat.

O'zbekiston Respublikasida yashovchi turli millat vakillarini respublika ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy hayotida faol ishtirok etishini ta'minlash,

7 Qosimov B. Milliy uyg'onish: jasorat, ma'rifat, fidoyilik. - T.: Ma'naviyat. 2002. - 126 b.

661

Scientific Journal Impact Factor

mamlakatimizda fuqarolar hamjihatligi va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga ko'maklashish markazning asosiy vazifalari bo'lib hisoblanadi.

Hozirgi kunga kelib Surxondaryo viloyatida 20 dan ziyod millat vakillari tinch-totuv yashab kelmoqda. Surxondaryo viloyati doimiy aholisining milliy tarkibi to'g'risidagi statistik ma'lumotga ko'ra (2020 yil 1 yanvar holatiga ko'ra) viloyatda millat vakillarining soni bo'yicha eng ko'pchilikni o'zbek millati (2222182 nafar, yoki 84,5 foizini), keyingi o'rinlarda tojik millati (326045 nafar, yoki 12,5 foizini), turkman millati (32254 nafar, yoki 1,3 foizini), rus millati (21376 nafar, yoki 0,8 foizini) ga mansub fuqarolar tashkil etadi.

O'zbek millati azal-azaldan milliy qadriyatlarni asrab-avaylagan, millatlararo bag'rikenglik fazilatlarini o'zida aks ettirgan hamda o'zida tolerantlik tuyg'ulariga boy millat hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov takidlaganlaridek "ota bobolarimiz necha asrlar mobaynida shu bepayon mintaqada qanday hamjihat bo'lib, qanday qadriyatlar asosida yashab kelgan bo'lsa, tarix va hayot qadrini tabiatning o'zi bizni - butun O'rta Osiyo xalqlarini aynan ana shunday do'stlik va hamkorlik ruhida hayot kechirishga da'vat etmoqda".

Haqiqatdan ham mintaqamizda millatlar va xalqlar o'rtasida hamjihatlik, barqarorlik rivojlanib borganligi bois ular o'rtasidagi munosabatlardagi bag'rikenglik qadriyat darajasida mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi davrda millatlarning o'zligini anglashga, o'z manfaatlarini himoya qilishga, urf-odat, an'ana va qadriyatlarini saqlab qolish hamda ularni dunyo xalqlari o'rtasida ommalashtirishga qaratilgan harakat kuchayib bormoqda. Bu jarayon o'z navbatida turli millat va xalqlar o'rtasida o'zligini himoya qilishga bo'lgan intilishlarida tolerantlik tuyg'ularini toboro takomillashib borishini taqozo qiladi. Tolerantlik umuminsoniy qadriyatlar tizimida alohida o'ringa egadir.

Bizga ma'lumki, o'zbek oilalarida o'zga millatlarning urf-odatlariga nisbatan ijobiy munosabat tizimini shakllantirishga ta'sir ko'rsatuvchi omillar quyidagilar hisoblanadi: millatning shakllanish tarixi, milliy mentalitet, oila, ota-ona munosabatlari, oiladagi sog'lom tarbiya va sog'lom muhit, mahalla, ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya jarayoni.

O'zbek xalqining milliy mentaliteti haqida so'z yuritishdan oldin shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, o'zbek xalqi to'rtta katta diniy-mafkuraviy bosqichni (zardushtiylik, buddaviylik, islom, kommunistik) o'z boshidan kechirganligi va har bir mafkuraviy-diniy ta'sirlar davri tugaguncha necha avlodlar almashganini va bu jarayonlarning millat fe'l-atvorida o'chmas iz qoldirganini unutmaslik kerak.

Scientific Journal Impact Factor

O'zbek millati va o'zbek oilalari o'ziga xos shakllanish jarayoniga ega. Tarix guvohlik beradiki, o'zbek xalqi mazkur hududda yashagan tub yerli etnoslardan tomir olgan. Ikkinchi ildizini esa qadimiy turkiy xalqlardan boshlagan. Har ikkala asosiy ildizlarning birikishi - o'zaro sintezi o'zbek elatini va keyinchalik o'zbek millatini tashkil etgan8.

Ko'p tillilik muhitida yoshlarda o'zga millatlar urf-odatlariga nisbatan ijobiy munosabatni, ya'ni tolerantlik sifatlarini shakllantirishda oilaning o'rni kattadir. Oila murakkab ijtimoiy guruh bo'lib, g'oyaviy va psixologik munosabatlarning uzviy birlashuvi natijasida vujudga keladi. Oila jamiyatning boshlang'ich ijtimoiy bo'g'inidir. U o'zida oila a'zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari, mayllari, tarbiyasi va boshqa ijtimoiy faoliyat turlarini aks ettiradi. Ota-onalarning bola shaxsiga ilmiy dunyoqarash asoslari, ma'naviy-axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish maqsadida tizimli ta'sir ko'rsatish jarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi.

Xalqimizda "bola boshidan" degan naql bejiz aytilmagan. Chunki oila muhitida bolaning tarbiyasi, o'sishi va voyaga yetishi uchun asos mavjud. Sog'lom muhit, munosabatlarda iliqlik, o'zaro tushunish mavjud bo'lgan oilada nafaqat farovon va baxtli turmush, balki, farzand o'stirish va voyaga yetkazish munosib amalga oshadi. Shuning uchun farzandning sog'lom tug'ulishi, sog'lom o'sishi, sog'lom tarbiyalanishi va nihoyat sog'lom fikrli shaxs bo'lib shakllanishi ham oilaga bog'liq.

"Oilaviy tarbiya doimo o'zining murakkab va ko'p qirraligi, ajoyib va serjiloligi bilan ajralib turadi"9-, deb ta'kidlaydi A.Munavvarov. Har bir oila o'ziga xos bir olam, u tarbiya ishida o'ziga xos, takrorlanmas xususiyatlarni o'zida namoyon qiladi.

O'zbek xalqining milliy xususiyatlari: axloqiylik, o'zini o'zi anglash, milliy tuyg'u, milliy madaniyat, milliy kiyinish va yurish-turishda o'z aksini topadiki, o'zbek oilasining tuzilishi va shaxslararo munosabatini o'rganishda bularni chetlab o'tish mumkin emas. O'zbek oilalari tuzulishiga quyidagi sifatlar xosdir: ko'p bolalik, oilada otaning bosh tarbiyachi sifatida namoyon bo'lishi, qarindoshchilik, bir necha avlodlarning birgalikda yashashi. Bular albatta, inson bolasining rivojlanishi va shakllanishiga katta ta'sirini ko'rsatadi.

Bolaning tarbiyasi va unda ma'lum bir dunyoqarashning rivojlanishida oilaning o'rni yuqori ekanligini alohida ta'kidlagan psixolog olim G'.Shoumarov: «Baxtli bolalik bu - oiladagi quvonchu hamjihatlikning hamda ota-onalarning bolalariga g'amxo'rligining samarasidir», - deb ko'rsatib, oilani quyidagi toifalarga bo'ladi:

1. Ijtimoiy taraqqiyot yo'nalishidagi oila.

8 Qosimov B. Milliy uyg'onish: jasorat, ma'rifat, fidoyilik. - T.: Ma'naviyat. 2002. - 147 b.

9 Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi. Darslik. - T.: O'qituvchi, 1994. - 86 b.

663

Scientific Journal Impact Factor

2. O'zaro ziddiyatlik yo'nalishiga ega bo'lgan oila.

3. Past madaniy darajadagi ijtimoiy yo'nalishdagi oila.

Birinchi toifadagi oila a'zolari ishlab chiqarishda faol, jamoatchi, madaniaytli va bolalarida ham shuni tarbiyalaydilar.

Ikkinchi toifadagi oilada umumbashariy yo'nalish uzil-kesil hal qilinmagan bo'ladi. Bunday oila a'zolari o'z istak, xohish, motivlaridan kelib chiqib «o'z aravasini o'zi tortadi» va bolalarga ta'sir o'tkazish uchun kurash ketadi.

Uchinchi toifaga mansub oilalarda ko'pgina meshchanlik udumi va ideallari hukm suradi.

Oiladagi tarbiya va shaxslararo munosabatlar ta'sirida ilk bolalikdan tortib yuksak g'oyalarga, umumbashariy ishlarga sodiqlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, shaxsiy qiziqishni boshqarish xislati, qat'iylik, qadr-qimmat, samimiylik kabi yuksak insoniy tuyg'ular, kechinmalar shakllana boshlaydi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Farzand tarbiyasi, farzandning barkamol bo'lishida oilaning boshqa ijtimoiy maskanlardan farq qiladigan jihatlarini doimo bilishimiz va yodda tutishimiz zarur. Oilada yoshlar tarbiyasini olib borishda o'ziga xos qoidalar mavjud bo'lib, bu qoidalarni ota-onalar bilishi maqsadga muvofiq: 1) oilada ota-onalar, farzandlar va boshqa a'zolari bir-birlarini tushunishlari, hurmat qilishlari; 2) o'qishni, ishni, mehnatni asosiy ehtiyoj sifatida qarash; 3) bekorchilik, dangasalikka berilmaslik; 4) oilada qat'iy kun tartibi va rejimga rioya qilish; 5) oilada katta kishilarni hurmat qilish va kichiklarni izzat qilish; 6) oilada psixologik xotirjamlik, sog'lom muhit yaratish; 7) oilaning har bir kishisida mustaqillik, erkinlik, o'ziga ishonch kabi xislatlarni shakllantirish.

REFERENCES

1. 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risidagi PF-4947 sonli farmoni. 07.02.2017

2. "Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2017 yil 19 maydagi 5046-son farmoni.

3. Mirziyoyev Sh. M.. «Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash — davr talabi» mavzusidagi anjumanda so'zlagan nutqi // Xalq so'zi, 15.06.2017. .№7.

4. Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi. Darslik. - T.: O'qituvchi, 1994. - 240 b.

Scientific Journal Impact Factor

5. Qodirava Z.R., Karimova E.G. Milliy qadгiyatlaгni ta'lim tizimiga tadbiq etishning psixologik jihatlari. - T.: O'qituvchi, 2012. - 180 b.

6. Myртaзaевa M. M., Эльдaровa H. M. Полилингвизм и его перспективы в условиях современной школы // Педaгогические туки. Известия ДГПУ. Т. 13. № 4. 2019. - c.56-65

7. Maмaрaимовa З. Ш. Социaльнaя роль тародных трaдиций и обрядов многонaционaльного нaродa //Педaгогическое обрaзовaние и тау^. - 2019. - №. 5. - С. 12-13.

8. Qosimov B. Milliy uyg'onish: jasorat, ma'rifat, fidoyilik. - T.: Ma'naviyat. 2002, 184 b.

9. Shafoatovna M. Z. Scientific and Theoretical Basis of Factors for Improving Family Education in a Multilingual Environment //World Bulletin of Management and Law. - 2021. - Т. 1. - №. 1. - С. 15-16.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.