AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
UDK 631.315.4
KO‘ NDALAN G POLLARNI OLADIGAN MOSLAMA KOVSHI BALANDLIGINI UNING ISH KO‘ RSATKICHLARIGA TA’SIRI
Olimov Hamid Haydarovich
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy tadqiqot instituti doktoranti. Phd, Dotsent, [email protected].
Annotatsiya. Ushbu maqolada g‘o‘za qator oralarida ko‘ndalang pol oladigan moslama kovshining balandligini uning ish qo‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribaviy tadqiqotlarining natijalari keltirilgan. Bunda olingan natijalar g‘o‘za qator oralarida ko‘ndalang pollarni olish uchun ishlab chiqilgan moslamaning texnik va texnologik yechimlarini topishda asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘tkazilgan tajriba natijalari bo‘yicha ko‘ndalang pol oladigan moslama kovshi belgilangan balandlikdagi polni olishi va bu balandlikni barqaror ta’minlashi uchun uning balandligi 40-45 cm bo‘lishi aniqlangan.
Аннотация. В статье приведены результаты экспериментальных исследований по изучению влияние высоты ковша для приспособления и образования поперечных палов на показатели его работы. Полученые при этом результаты служат основанием при пахождении технических и технологических решений по усовершенствованию разработанного приспособления. По результатам проведенных эксприментов для обеспечения заданние высота поперечного пала и обеспечения равномерности этой высоты высоты ковша приспособления должно быть 40 - 45 см.
Annotation. The article presents the results of experimental studies on the influence of the bucket height of the device for the formation of transverse pawls on the performance of its work. The results obtained serve as a basis for finding technical and technological solutions to improve the developed device. According to the results of the experiments, to ensure the height of the transverse pawl and ensure uniformity of this height, the bucket height of the device should be 40 - 45 cm.
Kalit so‘zlar: ko‘ndalang pol, g‘o‘za qator oralarida ko‘ndalang pollarni oladigan moslama, moslamaning kovshi, kovshning balandligi, ko‘ndalang polning balandligi, o‘rtacha kvadratik chetlanish, moslama kovshining tortishga qarshiligi
Ключевые слова: поперечный пал, приспособления для образования поперечных палов в междурядьях хлопчатника, ковш приспособления, высота ковша, высота поперечного пала, среднее квадратичное отклонение, тяговое сапративление ковша.
Key words: transverse pawl, devices for forming transverse pawls between of cotton rows, bucket of the device, bucket height, transverse pawl height, standard deviation, traction resistance of the bucket.
Kirish. Respublikamiz paxtachilik hududlaridagi sug‘oriladigan yerlar tabiiy-iqlim va tuproq sharoitlari, tuproqning mexanik tarkibi, unga ishlov berish texnologiyalari va qo‘llaniladigan mashinalarning turlari, ularga qo‘yilgan agrotexnika talablariga ko‘ra uch mintaqaga bo‘lingan. Uchinchi mintaqaga kiradigan tuprog‘i sho‘rlangan Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida paxta yetishtirish davrida g‘o‘za qator oralarida bo‘ylama va ko‘ndalang pollar olinib, ekin maydonlari kichik bo‘laklarga bo‘linadi va bostirib sug‘oriladi. Chunki ushbu hududlarda g‘o‘zani bostirib sug‘orish usulini qo‘llabgina, undan yetarli darajada hosil olish mumkin. Aks holda, ya’ni g‘o‘zalar bostirib sug‘orilmasa tuproq sho‘rining dala yuzasiga ko‘tarilishi natijasida o‘simliklarning rivojlanishi yomonlashadi (hattoki ularning qurib qolish holatlari kuzatiladi), hosildorlik pasayadi [1-2].
Bo‘ylama pollar butun mavsum uchun birinchi sug‘orishdan oldin bir marta olinsa,
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
ko‘ndalang pollar esa har sug‘orishdan oldin hosil qilinadi va sug‘orishdan keyin g‘o‘za qator oralariga ishlov berishdan oldin buziladi. Chunki ular buzilmasa kultivator ish organlarining ishlov berish chuqurligi bo‘yicha barqaror ishlashi ta’minlanmaydi, ishchi organlarga yuklanish ortadi va natijada ularning deformatsiyalanishi va sinishi kuzatiladi. Shu sababli har bir sug‘orishdan keyin tuproq yetilishi bilanoq ko‘ndalang pollar buzib tashlanadi va shundan keyin qator oralariga kultivator bilan ishlov beriladi. Navbatdagi sug‘orishdan oldin ko‘ndalang pollar yana olinadi. Hozirgi kunga qadar ko‘ndalang pollarni olish va buzish mexanizatsiyalashmagan va qo‘l kuchi bilan bajarilib kelinmoqda hamda bu paxta yetishtirishda mahsulot tannarxining oshishiga sabab bo‘lmoqda [3-4].
Ta’kidlanganlardan kelib chiqqan holda QXMITIda paxtachilik kultivatoriga g‘o‘za qator oralarida ko‘ndalang pollarni oladigan moslama ishlab chiqildi [5].
Moslama ko‘ndalang pollarni oladigan beshta kovshdan tashkil topgan bo‘lib, ular kultivator seksiyalarining gryadillariga ish organlaridan keyin o‘rnatiladi (1-rasm).
Moslama kovshlari kultivator ramasiga o‘rnatilgan maxsus val, gidrotsilindr va tortqilar bilan paykalning ko‘ndalang pol hosil qilinadigan joylarida ish holatiga o‘tkaziladi va pol hosil qilingandan keyin ko‘tarib qo‘yiladi. Moslama konstruktsiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk markazining FAP 02144 raqamli patenti olingan [6].
1-kultivatorning orqangi ramasi; 2-pasaytirgich; 3-parallelogramm mexanizm; 4-gryadil;5-mahkamlash qulflari; 6-tayanch g'ildirak, 7-egatochkich; 8-kovshni ko'tarib-tushirish uchun maxsus val; 9-moslamaning gidrotsilindri; 10-kovshni tortqisi; 11-kovsh torqisining uzunligini
rostlash vinti; 12- kovshni ko'tarib-tushirish mexanizmi; 13-kovsh; 14-ko‘ndalang pol.
1-rasm. Moslama kovshlarini kultivator seksiyalarining gryadillariga o‘rnatilish sxemasi
Moslama ko‘ndalang pollarni hosil qilish jarayonida kultivatorga oson o‘rnatilib, zaruriyat bo‘lmaganda yechib qo‘yiladi. Unga texnik xizmatni traktorchining o‘zi ko‘rsatadi va ortiqcha ishchi talab etilmaydi.
Ko‘ndalang pollarni oladigan moslamaning ish ko‘rsatkichlari ko‘p jihatdan kovshining balandligiga bog‘liq. Kovshning balandligini aniqlash maqsadida uni hosil bo‘lgan ko‘ndalang polning balandligi va uning o‘rtacha kvadratik chetlanishi hamda tortishga qarshilikka ta’sirini o‘rganish bo‘yicha tajribaviy tadqiqotlar o‘tkazildi.
Tajribalarni o‘tkazish uchun balandligi 30, 40, 50 va 60 cm bo‘lgan kovshlar tayyorlandi (2-rasm).
Tajribalar agregatning 5 va 7 km/h harakat tezliklarida o‘tkazildi.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
a) b) v) g)
2-rasm. Balandligi 30 cm (a), 40 cm (b), 50 cm (v) va 60 cm (g) bo‘lgan kovshlar
Tajribalarda olingan natijalar 3 va 4 - racmlarda keltirilgan.
Ularning tahlili shuni ko‘rsatadiki, kovshning balandligi ortishi bilan hosil qilingan ko‘ndalang polning balandligi ortib borgan, uning o‘rtacha kvadratik chetlanishi esa kamaygan, ya’ni pol hosil bo‘lish balandligining barqarorligi yaxshilangan. Bu balandlik 30 cm dan 60 cm gacha ortganda ko‘ndalang polning balandligi 5 va 7 km/h tezliklarda mos ravishda 16,2 cm dan 26,2 cm gacha, 15,4 cm dan 25,5 cm gacha ortgan, uning o‘rtacha kvadratik chetlanishi esa ±1,79 cm dan ±1,14 cm gacha va ±1,92 cm dan ±1,12 cm gacha kamaygan. Ammo, bunda pol balandligining ortishi va u o‘rtacha kvadratik chetlanishining kamayish jadalliklari moslama kovshi balandligining ortishi bilan kamayib borgan.
a) b)
a) V=5 km/h bo‘lganda; b) V=7 km/h bo‘lganda 3-rasm. Moslama kovshi balandligini hosil bo‘lgan ko‘ndalang pol balandligiga (1) va uning o‘rtacha kvadratik chetlanishi (2) ga ta’siri
1, 2-mos ravishda harakat tezligi 5 va 7 km/h bo‘lganda 4-rasm. Moslama kovshining tortishga qarshiligini uning kovshi balandligiga bog‘liq
ravishda o‘zgarish grafigi
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
Masalan, 5 km/h harakat tezligida moslama kovshining balandligi 30 cm dan 40 cm gacha ortganda pol balandligi 8,2 cm ga ortgan va uning o‘rtacha kvadratik chetlanishi ± 0,54 cm ga kamaygan bo‘lsa, 40 cm dan 60 cm gacha ortganda bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 1,8 cm va ± 0,28 cm ni tashkil etgan. 7 km/h harakat tezligida bu o‘zgarishlar mos ravishda 8,0 cm va ± 0,41 cm hamda 2,1 cm va ± 0,39 cm ni tashkil etgan. Bu kovshning tuproqqa to‘lishi yetarli darajagacha yetishi bilan izohlanadi.
Moslama kovshining balandligi 40 cm dan kichik bo‘lganda polning balandligi belgilangandan, ya’ni 20 cm dan kam bo‘ldi, 40 cm va undan katta bo‘lganda esa polning balandligi belgilangan qiymatga mos bo‘ldi.
Moslamaning kovshining tortishga qarshiligini uning kovshi balandligi 30 cm dan 60 cm ga ortishi bilan agregat tezligi 5 km/h bo‘lganda 0,54 kN dan 1,12 kN ga, 7 km/h bo‘lganda 0,61 kN dan 1,17 kN ortgan, buni kovsh oldida tuproq uyumining ortib borishi bilan izohlash mumkin.
Demak, o‘tkazilgan tajriba natijalari ko‘ndalang pol oladigan moslama kovshi belgilangan balandlikdagi polni ni kam energiya sarflab olishi va bu balandlikni barqaror ta’minlashi uchun kovshining balandligi 40-45 cm bo‘lishi lozim.
ADABIYOTLAR
1. Murodov N.M., Olimov H.H., Murtazoev A.N. G‘o‘za qator oralarida buylama pol xosil kilish texnologik jarayonini mexanizatsiyalash masalalari // Buxoroning iqtidorli yoshlari. Ilmiy-ommabop jurnal. - Buxoro, 2011.- №2. - 46-49 b.
2. Olimov H.H., Abdualiev N.H., Murtazoev A.N. Paxta yetishtirishda sug‘orishdan oldin bo‘ylama va ko‘ndalang pollar hosil qilishning ahamiyati // AgroILM (O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi jurnali ilmiy ilovasi). - Toshkent, 2019. - №1. -61-62 b..
3. H.H.Olimov. G‘o‘za qator oralarida suv va energiyatejamkor bo‘ylama pol hosil qilish qurilmasining ilmiy-texnik yechimlari // Monografiya. - Buxoro: Durdona, 2021. - B. 17-20.
4. To‘xtaqo‘ziev A. Olimov H.H. G‘o‘za qator oralaridagi ko‘ndalang pollarni buzish jarayonini mexanizatsiyalashtirish // “Yuqori samarali qishloq xo‘jaligi mashinalarini yaratish va texnika vositalaridan foydalanish darajasini oshirishning innovatsion yechimlari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-texnik konferentsiyasi materiallar to‘plami. - Gulbahor, 2022. - S. 168-170.
5. To‘xtaqo‘ziev A. Olimov H.H. Ko‘ndalang pollarni olish davrida tuproqning namligi, qattiqligi va zichligi //“Zamonoviy mashinasozlikda innovatsion texnologiyalarni qo‘llashning ilmiy asoslari: tajriba va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari. - Namangan, 2022.- B. 414-417.
6. Patent UZ FAP № 02144. / 15.12.2022. Ostonov SH.S., Olimov H.H., Jo‘raev A.A., Nuriddinov X., Orziev S.S., Sobirov K.S. G‘o‘za qator oralarida ko‘ndalang pol hosil qiladigan qurilma // O‘zbekiston respublikasi patenti, 2022. - Byul. №12-1.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024