Boboyeva N. T.
Termiz davlat universiteti o 'qituvchi p.f.f. d. PhD.
Surxondaryo, O'zbekiston
KO'CHAT QALINLIGI HAMDA CHILPISH USULLARINI G'O'ZANING HOSILDORLIGIGA TA'SIRI
Annotatsiya. Ushbu maqolada ingichka tolali g 'o 'za navining hosildorlik ko'rsatkichlari o'rganilgan. G'ozaning hosildorlik koeffitsienti, hosil berish koeffitsienti va hosildorligi ko 'rib chiqilgan.
Kalit so'zlar: O'sishi, rivojlanish, g'oza o'simligi, ko'chat qalinligi, hosildorlik ko 'rsatkichlari, hosildorlik koeffitsienti.
Boboyeva N. T.
Teacher PhD Termez State University Surkhandarya, Uzbekistan
THE EFFECT OF SEEDLING THICKNESS AND WEEDING METHODS ON COTTON PRODUCTIVITY
Abstract. This article examines the yield indices of fine-fiber cotton varieties. The productivity coefficient, yield coefficient, and cotton yield are considered.
Keywords. Growth, development, cotton plant, shoot thickness, yield indices, yield coefficient.
Ma'lumotlariga ko'ra, paxta butun dunyoda daromad va kasb manbai hisoblanib, 100 ta davlatda 32 million gektar maydonda yetishtiriladi. O'tgan 60 yil davomida ekin maydoni o'zgarmasada, hosildorlik oshib borgan. 80 ga yaqin davlatda paxta yetishtirilib, jahon ekin maydonlarining atigi 2,5% ni tashkil qilgan. 2017-yil avgustidan 2018-yilning iyuliga qadar global paxta yetishtirish qiymati taxminan 50 milliard AQSh dollarini tashkil etgan[10].
N. Mahmudov tomonidan Andijon viloyati sharoitida "Sulton" va "0'zPITI-201" g'o'za navlarining hosil to'plash jarayonlariga ko'chat qalinliklarini ta'siri o'rganilganda, 90x12-1 ekish tizimida "Sulton" navi gektariga 95 ming tup, "0'zPITI-201" navi 110 ming tup/ga bo'lganda yuqori natijalar olingan.
I. Bo'riev, B. Tillabekovlar tomonidan Qashqadaryo viloyatining tipik bo'z tuproqlari sharoitida g'o'zaning o'rta tolali Namangan-77, Buxoro-6, S-6530 va Mehr navlari paxta tolasining texnologik xususiyatlariga ko'chat qalinliklarini ta'siri o'rganilganda, ko'chat qalinligi 90 ming tup/ga dan 120 ming tup/ga gacha
o'zgarishi bilan navlarni paxta tolasining texnologik xususiyatlariga ijobiy ta'sir etgani va tolani chiqishi biroz pasayganligi kuzatilgan. Shuningdek, I. Bo'riev [3] Namangan-77, Buxoro-6, S-6530 va Mehr navlaridan yuqori paxta hosili (36,8; 38,2; 37,4 va 38 s/ga) hamda sifatli tola olish uchun ko'chat qalinligi 120 ming tup/ga bo'lishini tavsiya etgan.
S. Rahmonqulov va boshqalar tomonidan olib borilgan tajribada tuproq namligi ChDNS ning 65-70-65% da sug'orilgan, ko'chat qalinligi 90-100 ming tup/ga bo'lgan variantlarda ko'chat qalinligi 120-130 ming tup/ga saqlangan variantlarga nisbatan paxta hosili 4,9-6,5 s/ga yuqori bo'lgan[6].
S. Boltaev va boshqalarning tadqiqotlarida "ST-1651" g'o'za navini sug'orish tizimi 0-2-0 da, ma'danli o'g'itlar me'yori N-230; R-160; K-115 kg/ga qo'llanilganda hosildorlik ko'chat qalinligi gektariga 80-90 ming tup bo'lganda 27,9 s/ga, gektariga 110-120 ming tup qoldirilganda esa 31,7 s/ga ni tashkil qilgan[7,4,8].
Qashqadaryo viloyati sharoitida T. Rajabov tomonidan olib borilgan tajribada "Buxoro-102" g'o'za navi turli sho'rlangan tuproqlarda parvarishlanganda ko'chat qalinligi o'rtacha sho'rlangan tuproqlarda 85,0-85,7 ming tup\ga; kuchsiz sho'rlanganda 81,3-82,8 ming tup/ga; o'rtacha sho'rlanganda esa 74,3-75,8 ming tup/ga bo'lib, amal davri oxirida sho'rlanishlar bo'yicha 1,2; 2,1 va 2,2 foizga kamayganligi kuzatilgan
I. Vasilchenkoning fikricha 108-F navi uchun 70 sm qator oralig'ida maqbul ko'chat qalinligi 100-120 ming tup/ga bo'lib, ko'chat sonining bu me'yordan oshishi o'simlikning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
R. H. Peebles, G. T. Den Harton va boshqalarning tadqiqotlarida, AQSh ning sug'oriladigan maydonlarida paxta hosildorligi 100 sm qator oralig'ida uya orasi 5-15 sm bo'lganda uya orasi 30-41 sm bo'lganga nisbatan yuqori bo'lishi kuzatilgan.
Surxondaryo viloyatining taqir o'tloqi tuproqlari sharoitida 20182020 yillarda o'tkazilgan tajriba ma'lumotlariga ko'ra, o'rta tolali g'o'zaning ko'chat qalinligi nazariy ko'chat soni 90-100 ming tup/ga bo'lganda o'rtacha 95,7-96,0 ming tup/gani; 110-120 ming tup/ga bo'lganda o'rtacha 116,5-117,1 ming tup/gani; ingichka tolali g'o'zaning nazariy ko'chat soni 120-130 ming tup/ga bo'lganda o'rtacha 124,5-124,8 ming tup/gani; 140-150 ming tup/ga bo'lganda o'rtacha 146,7-146,9 ming tup/gani tashkil etdi. Variantlar bo'yicha ko'chat qalinligi bir-biridan sezilarli farq qilmadi.
G'o'zani yagona qilishdan boshlab paxta terimigacha bo'lgan davr mobaynida noqulay ob-havo sharoiti, zararkunanda va kasalliklarning ta'sirida hamda kultivatsiya va chopiq o'tkazish, egat olish vaqtida o'simlikning shikastlanishi natijasida g'o'za tuplari 3,5-5,5 ming tupgacha nobud bo'lishi aniqlangan. Amal davri oxirida olingan ma'lumotlarga ko'ra, o'rta tolali g'o'zaning ko'chat qalinligi o'rtacha 92,3-92,5 va 111,1-111,6 ming tup/gani, ingichka tolali g'o'zaning ko'chat qalinligi o'rtacha 120,6-120,9 va 141,6-141,9 ming tup/gani tashkil etib, amal davri boshiga nisbatan gektariga 3,5-5,5 ming
tupgacha kamayganligi kuzatildi. Amal davri oxiri ko'chat soni ko'proq bo'lgan variantlarda ko'chatlarning nobud bo'lishi biroz ko'proq bo'ldi.
Amal davri oxirida ko'chatlarni nobud bo'lishiga ko'chat qalinligini ta'siri kuzatilib, ko'chat soni oshib borishi bilan ko'chatni nobud bo'lishi ham 1,7-2,0 ming tupgacha oshib borishi kuzatildi. Ya'ni, o'rta tolali g'o'za navida nazariy ko'chat soni 90-100 ming tup/ga bo'lganda amal davri oxirida ko'chatlarni nobud bo'lishi gektariga 3,5-3,7 ming tup bo'lsa, nazariy ko'chat soni 110-120 ming tup/ga bo'lganda nobud bo'lgan ko'chatlar 5,3-5,5 ming tup/ga bo'lganligi kuzatildi.
Ingichka tolali g'o'za navida ham amal davri oxirida nobud bo'lgan ko'chat soni 3,9-5,2 ming tup/ga bo'lib, "Surxon-103" g'o'za navi nazariy ko'chat soni gektariga 120-130 ming tup bo'lganda nobud bo'lgan ko'chatlar soni 3,9-4,0 ming tup/ga bo'lgan holda ko'chat qalinligi gektariga 10-20 ming tupga oshirilishi bilan nobud bo'lgan ko'chatlar soni ham 1,0-1,3 ming tup/ga oshib 5,0-5,2 ming tup/ga ni tashkil etdi.
Demak, Surxondaryo viloyatining taqir o'tloqi tuproqlari sharoitida o'rta va ingichka tolali g'o'za navlari maqbul ko'chat qalinligida parvarishlanganda, g'o'zaning o'sish va rivojlanishi normal me'yorda bo'lishi, hashorat va kasalliklarga chidamliligi oshishi hisobiga amal davri oxirida ko'chatlarning nobud bo'lishi kamroq bo'lib mo'l paxta hosili olinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Boboeva N. T. et al. The fight against avena fatua in the middle of a wheat field //International Journal on Integrated Education. - Т. 3. - №. 2. - С. 62-64.
2. Суллиева С. Х., Бобоева Н. Т., Зокиров К. Г. Виды и сорта хризантем //Экономика и социум. - 2019. - №. 10 (65). - С. 315-317.
3. Negmatova S., Boboeva N. Effect of agrotechnical measures on cotton yield in cultivation of medium-fiber cotton varieties //Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. - 2023. - Т. 1. - №. 6. - С. 147-150.
4. Boboeva N. T. Negmatova ST Effects оf Improved Agrotechnical Measures оп Harmful Harvesting оf Medium-Fiber Cotton Varieties //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. SJIF Impact Factor. - 2021. - Т. 5.
5. Boboeva N. et al. The influence of agrotechnical measures on the damage of boilers in the cultivation of strong cotton varieties //Journal of Pharmaceutical Negative Results. - 2022. - С. 3170-3175.
6. Kholmatov B. R., KhalillaevSh.A., Musaev D.M. Form of membership of bugs Hemiptera, which belong to the family Miridae and their some biological properties in condition of Tashkent region // European science review Scientific jurnal. - Vienna, 2016. - Vol. 4. - Issue 5-6. - P. 112-117.
7. Gandjaeva L.A.,Effect of temperature on embryonic development of the Central Asian Cabbage bug // I International Multidisciplinary Conference «Recent Scientific Investigation». - Shawnee, USA, 2020. - P. 6-9.
8. Panizzi, Antonio R., Grazia, Jocelia. True Bugs (Heteroptera) of the Neotropics. - Holland, 2015. P. 902.
9. Peebles R.H., Den Harton G.T. and Pressly E.H. Effect of spacing on some agronomic and fiber characteristics of irrigated cotton. "U.S.Dept.Agr.Tech.Bull. 1956 ,P..1140-1162.
10. Khalikov B.M., Tadgiev M., Ochildiev N.N., Abdumuminov Sh.H., Holmuminov Sh.H. The impact of agrotechnical meazupes on the damase caused by plant confectioneri in the south of Uzbekistan.EPRA international journal of research and development IRD.Volime: 5(issul 9) September 2020. Pp 237-241.