Boboyeva N. T.
Termiz davlat universiteti o 'qituvchi p.f.f. d. PhD.
Surxondaryo, O'zbekiston
G'O'ZANING BIOMETRIK KO'RSATKICHLARI
Annotatsiya. Ushbu maqolada ingichka tolali g 'o 'za yetishtirish bo 'yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlari natijalari keltirilgan. Istiqbolli navlarning biometrik va xosildirlik ko 'rsatkichlari o 'zaro taqqoslangan
Kalit so'zlar: g'o'za navlari, biometrik ko'rsatkichlar, xosildirlik ko 'rsatkichlari, entojean, 1000 dona chigit vazni
Boboyeva N. T.
Teacher PhD Termez State University Surkhandarya, Uzbekistan
BIOMETRIC INDICATORS OF COTTON
Abstract. This article presents the results of scientific research on the cultivation of fine fiber cotton. Biometric and fertility indicators of promising varieties were compared.
Keywords. Cotton varieties, biometric indicators, productivity indicators, entogene, 1000 seed weight
So'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo'jalik ekinlari Davlat reestriga G. hirsutum L turiga mansub o'rta tolali g'o'za navlari bilan birgalikda G. barbadense L turiga mansub ingichka tolali g'o'za navlari ham kiritilmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 yanvardagi 47-sonli qaroriga binoan ingichka tolali g'o'zaning "istiqbolli nav" sifatida ekib kelinayotgan navlarini ularning ishlab chiqarishdagi ko'rsatkichlaridan kelib chiqqan holda O'zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya qilingan qishloq xo'jaligi ekinlarining davlat reestriga kiritish belgilangan bo'lib, Qishloq xo'jalik ekinlari navlarini sinash markazining 27.12.2019 yildagi 41-sonli qarori bilan Surxon-14, Surxon-16, Surxon-103 navlari Surxondaryo viloyati bo'yicha Davlat reestriga kiritildi.
Bu esa o'z navbatida ingichka tolali navlar orasida ham raqobatning kuchayishiga, pirovard natijada esa hosildorlik, tola sifati, zararkunandalarga bardoshlilik singari qimmatli xo'jalik belgilarini o'zida mujassamlantirgan g'o'za navlari yaratilishiga asos bo'ladi.
G'o'zaning bosh poyasi va monopodial shoxining o'sishini to'xtatish maqsadida o'sish nuqtasini yulib tashlash chilpish nomi bilan yuritilib, yuqori hosildorlikka erishishda o'ta muhim agrotexnik tadbirlardan biri hisoblanadi. Mazkur tadbir o'z muddatida va sifatli amalga oshirilganda hosil elementlarini to'kilishining oldi olinishi, to'liq ko'saklarning ko'proq shakllanishi va erta pishib yetilishi, paxta hosilining gektariga 3-4 sentnerga ortishi va tola sifatining yuqori bo'lishiga olib keladi. Ko'p yillik ilmiy tadqiqotlar asosida, O'zbekistonda 1939 yildan boshlab hukumatning maxsus qarori bilan chilpish g'o'za agrotexnikasida bajarilishi lozim bo'lgan agrotadbir sifatida kiritilgan.
Chilpish o'z vaktida, to'g'ri va sifatli o'tkazilganda hosil elementlari kam to'kiladi, g'o'zaning o'sishi va rivojlanishi 7-8 kundan10 kungacha tezlashadi, 34 dona ko'prok ko'sak hosil bo'ladi, bitta ko'sak paxtasining vazni 0,3-0,5 g ortadi, hosildorlik 3-5 sentnerdan 8 sentnergacha oshadi, paxtani 1-2 terimda to'liq terib olish bilan birga tola sifati 25-30 foizga yaxshilanadi, chigit vazni xam ortadi, moydorligi 1-2 foizga oshadi, ko'sak qurti bilan zararlanishi 50-60 foizga kamayadi [6,8,9].
Ma'lumotlariga ko'ra, Respublikamizda Sojean, Entojean preparatlari g'o'za vegetatsiyasi (shonalash, gullash, hosil tugish) davrida uch marta 15+45+90 g/ga me'yorda ishlov berilganda yoki g'o'zada 12-13 hosil shoxi to'planganda 100-110 g/ga me'yorda, Dalpiks1,0-1,5 l/ga, Piks 1,5-2,0 l/ga me'yorlarda g'o'zani sug'orishdan 5-7 kun avval yoki keyin sepilganda qo'lda chilpishga hojat qolmaydi.
G'o'za butun vegetatsiya davomida ko'plab hosil elementlarini to'plashi va gektaridan 150-200 s gacha hosil olish mumkin. Lekin, turli tabiiy va antropogen sabablarga ko'ra hosil elementlarini to'liq saqlab qolishning imkoniyati yo'q. F. Teshaev va boshqalar tomonidan hosil elementlarining to'kilishiga ko'chat qalinligi va chilpishni ta'siri o'rganilganda, O'zPITI-202 g'o'za navida 100-110 ming tup/ga qoldirilgan fonda, eng kam hosil elementlari to'kilgan variant 13-14 hosil shoxlarida chilpish o'tkazilganda olinib bu 6,6% ni, chilpilmagan variantga nisbatan esa 7,1% ga kamroq to'kilgani aniqlangan.
Chilpishning kechiktirilishi, sifatsiz va e'tiborsizlik bilan chala o'tkazilishi yoki o'tkazmaslik oqibatida paxta hosili 20-25% kamayib, pishib yetilishi 10-15 kungacha kechikib, ko'saklari kichrayib, vazni ham kamayadi, g'o'za serbarg bo'lib, barglar ko'payib hashoratlarni o'ziga ko'proq jalb etadi.
Paxtachilikda mahsulot hajmini ko'paytirish, sifatini yaxshilash ko'p jihatdan suv va mineral o'g'itlar bilan o'z vaqtida ta'minlash, g'o'zani hosilga o'tkazish maqsadida maqbul muddatlarda chilpish o'tkazishga bog'liq. Sh. Raxmonov tajribasida g'o'zani 14-15 hosil shoxida chilpish o'tkazilganda ko'saklar soni 11,1-12,2 donagacha bo'lib, yuqori natijalarga erishilgan.
Parvarishlanayotgan g'o'za navlariga defoliantlarni qo'llashda g'o'zada chilpish o'tkazish muddatlari va usullariga bog'liq holda ishlab chiqish muhim masala hisoblanadi. X. Abduraxmonov va boshqalar tavsiyasiga ko'ra, g'o'za 13-
14 hosil shoxlaganda kimyoviy chilpish o'tkazilganda defoliantlar samaradorligi optimal darajada bo'ladi.
X. Egamov va boshqalarni ta'kidlashicha, "Andijon-35" navini chilpish muayyan maydondagi g'o'zaning ko'chat qalinligini hisobga olib o'tkazish kerak. Ko'chat qalinligi gektar hisobiga 80-90 ming tup bo'lganda bir tup o'simlikla 1415 dona hosil shoxi, 90-100 ming tup bo'lganda 13-14 dona hosil shoxi, 100-120 ming tup bo'lganda esa 12-13 dona hosil shoxi paydo bo'lganda chilpish o'tkazish ma'qul bo'lib, g'o'zaning ushbu navi ilmiy tavsiyalarga rioya qilingan holda parvarishlansa gektaridan 40-45 sentner sifatli paxta hosili yetishtirish mumkin.
Bir ko'sakdagi paxta vazniga boshqa omillar qatori ko'chat qalinligini ta'siri aniqlanib, o'rta tolali "Buxoro-102" g'o'za navi gektariga 90-100 ming tup joylashtirilganda bir ko'sakdagi paxta vazni 1-terimda 5,0-5,9 g ga teng bo'lgan bo'lsa, ko'chat qalinligi 10-20 ming tup/ga ga oshirilganda 4,5-5,5 g bo'lib, 0,40,5 g gacha kamayganligi kuzatildi.
Bir ko'sakdagi paxta vazniga ko'chat qalinligi bilan bir qatorda chilpish usullarini ham ta'siri kuzatilganda, "Buxoro-102" g'o'za navi gektariga 90-100 ming tup qo'chat qalinligida turli chilpish usullarida parvarishlanganda, yuqori ko'rsatkich Entojean preparati bilan kimyoviy chilpish o'tkazilgan variantda 5,9 g ga teng bo'lib chilpish o'tkazilmagan nazorat variantdan 0,9 g hamda qo'lda chilpish o'tkazilgan variantdan 0,5 g gacha ko'p bo'ldi
Ingichka tolali "Surxon-103" g'o'za navi 120-130 ming tup/ga bo'lganda bir ko'sakdagi paxta vazni 3,2-3,6 hamda 140-150 ming tup/ga da 2,8-3,2 g bo'lib, ko'chat soni oshishi bilan 0,3-0,4 g gacha kamayib borgan. "Surxon-103" g'o'za navi gektariga 120-130 ming tup ko'chat fonida turli chilpish usullarida parvarishlanganda yuqori natija Entojean qo'llanilgan variantda (3,6 g) kuzatilgan.
O'rta tolali "Buxoro-102" g'o'za navida 1000 dona chigit vazni 3 yilda o'rtacha 118,7-122,4 g bo'lib, gektariga 90-100 ming tup ko'chat bo'lganda 120,6-122,4 g, 110-120 ming tup/ga ko'chat qalinligida 118,7-120,5 g bo'lib, ko'chat soni gektariga 10-20 ming tup/ga ga oshirilganda 1000 dona chigit vazni 1,9 g gacha kamaygan.
Ingichka tolali "Surxon-103" g'o'za navining 1000 dona chigit vazni 3 yilda o'rtacha 124,6-120,6 g bo'lib, o'rta tolali "Buxoro-102" navi 1000 dona chigit vaznidan 2,0-2,7 g gacha ko'p bo'ldi. Bu navda ham ko'chat soni oshishi bilan 1000 dona chigit vazni kamayib borishi kuzatilgan. Ingichka tolali "Surxon-103" navi gektariga 120-130 ming tup bo'lganda, 1000 dona chigit vazni 122,6124,6 g bo'lib, chilpish o'tkazilmagan variantda 1000 dona chigit vazni 122,6 g, qo'lda chilpish o'tkazilganda 123,4 g va Entojean qo'llanganda nazorat variantiga nisbatan 2,0 ga ko'p bo'lib, 124,6 g ni tashkil etgan.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Boboeva N. T. et al. The fight against avena fatua in the middle of a wheat field //International Journal on Integrated Education. - Т. 3. - №. 2. - С. 62-64.
2. Teshaev Sh., Xoliqov B. va boshqalar. Jizzax viloyatida ekilayotgan g'o'za navlarini yetishtirish agrotexnologiyasi. Toshkent-2017. B. 39.
3. Teshaev Sh., Teshaev F., Allanazarov S., Abdurahmonov U. Defoliantlarning turli chilpish muddatlari va usullariga bog'liq holda chigit moydorligiga ta'siri. Agro ilm- O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi jurnali ilovasi. №3 (53). 2018. B. 16-17.
4. Boboeva N. T. Negmatova ST Effects of Improved Agrotechnical Measures on Harmful Harvesting of Medium-Fiber Cotton Varieties //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. SJIF Impact Factor. - 2021. - T. 5.
5. Boboeva N. et al. The influence of agrotechnical measures on the damage of boilers in the cultivation of strong cotton varieties //Journal of Pharmaceutical Negative Results. - 2022. - C. 3170-3175.
6. Kholmatov B. R., KhalillaevSh.A., Musaev D.M. Form of membership of bugs Hemiptera, which belong to the family Miridae and their some biological properties in condition of Tashkent region // European science review Scientific jurnal. - Vienna, 2016. - Vol. 4. - Issue 5-6. - P. 112-117.
7. ZHI Xiao-yu, HAN Ying-chun. Effects of plant density on cotton yield components and quality. Journal of Integrative Agriculture. 2016, 15 (7): 14691479
8. Schuh R.T. Plant bugs of the world (Insecta: Heteroptera: Miridae): systematic catalog, distributions, host list, and bibliography. New York Entomological Society. -New York, 1995. - 1329 pp.
9. Egamov X., Qosimov B., Komilov B.. G'o'zaning yangi "Andijon-35" navi morfologiyasi, biologiyasi va qisqacha parvarishlash agrotexnikasi. Agro ilm. №5, 2020. B 8-9.