Научная статья на тему 'G’O’ZA O’SIMLIGINING O’SISH VA RIVOJLANISHI'

G’O’ZA O’SIMLIGINING O’SISH VA RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
18
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O’sishi / rivojlanish / entojean / chigit ekish / g’oza o’simligi / ko’chat qalinligi / Agrotechnical measures / herbivorous bugs / seed planting / cotton / seedling thickness.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Boboyeva N.T.

Ushbu maqolada ingichka tolali g’o’za navining o’sishi va rivojlanishiga tashqi muhit omillarining ta’siri ko‘rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GROWTH AND DEVELOPMENT OF THE COTTON PLANT

This article examines the influence of external environmental factors on the growth and development of fine fiber cotton.

Текст научной работы на тему «G’O’ZA O’SIMLIGINING O’SISH VA RIVOJLANISHI»

Boboyeva N. T.

Termiz davlat universiteti o 'qituvchi p.f.f. d. PhD.

Surxondaryo, O'zbekiston

G'O'ZA O'SIMLIGINING O'SISH VA RIVOJLANI SHI

Annotatsiya. Ushbu maqolada ingichka tolali g 'o 'za navining o 'sishi va rivojlanishiga tashqi muhit omillarining ta 'siri ko 'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: O'sishi, rivojlanish, entojean, chigit ekish, g'oza o'simligi, ko 'chat qalinligi

Boboyeva N. T.

Teacher PhD Termez State University Surkhandarya, Uzbekistan

GROWTH AND DEVELOPMENT OF THE COTTON PLANT

Abstract. This article examines the influence of external environmental factors on the growth and development of fine fiber cotton.

Keywords. Agrotechnical measures, herbivorous bugs, seed planting, cotton, seedling thickness.

O'zbekiston paxta yetishtirish bo'yicha dunyodagi yetakchi mamlakatlardan biri bo'lib, mamlakatimizda asosan ikki tur, o'rta tolali (Gossipium hirsutum) va ingichka tolali (Gossipium barbadense) g'o'za navlari yetishtiriladi. Ingichka tolali g'o'za navlari tola sifatining yuqori ekanligi bilan alohida xarakterlanadi. Biroq, ushbu turga mansub g'o'za navlari issiq iqlimga moslashgan bo'lib, O'zbekistonning faqatgina janubiy mintaqalarida yetishtirishning imkoni mavjud. Shuningdek, hosildorligi va tolasining chiqimi ham o'rta tolali g'o'za navlarinikiga nisbatan birmuncha past hisoblanadi. Dunyo paxta tolasi ulushining 95 foizdan yuqori qismini yetkazib beruvchi o'rta tolali g'o'za navlari o'zining hosildorligi, tola chiqimining yuqoriligi bilan boshqa tur g'o'za navlaridan ajralib turadi. Lekin, o'rta tolalilarda tola sifati ingichka tolaga nisbatan kalta, dag'alroq va mustahkamligi past bo'ladi[2].

Dunyoda ishlab chiqarilgan tolaning 9,41 mln tonnasi eksport qilinsa, uning 38,2 foizi yoki 3,592 mln tonnasi AQSh tomonidan eksport qilingan va paxta eksporti bo'yicha dunyoda birinchi o'rinni egallagan. Shuningdek AQShda ishlab chiqarilgan tolaning 82 foizi eksport qilinadi [1] .

Bugungi kunda dunyoning 84 ta mamlakatida 200 millionga yaqin aholi 32-33 million gektar yerga chigit ekib paxta yetishtirish va qayta ishlash bilan shug'ullanadi.O'zbekiston paxta yetishtirish bo'yicha dunyoda Xitoy, Hindiston,

AQSh, Pokiston va Braziliyadan keyin 6-o'rinda turadi. Avvallari paxta tolasini eksport qilish bo'yicha O'zbekiston AQSh va Hindistondan keyin uchinchi o'rinda turgan bo'lsa, keyingi yillarda paxtani o'zimizda qayta ishlash sanoati rivojlanayotgani sayin 6 o'ringa o'tdi [2,6].

Hozirgi kunda jahon paxta sanoatida tola sifatiga bo'lgan talab ortib bormoqda. Bu esa har bir g'o'za navlarining ko'chat qalinligi, sug'orish va oziqlantirish tartiblarini har bir mintaqa sharoitiga mos tadbiq qilish dolzarb vazifa hisoblanadi.

A. Haydarov "Andijon-37" g'o'za navini suv va resurs tejovchi texnologiyaning muhim elementi hisoblangan 60x15-1 ekish tizimida plyonka ostiga chigit ekish bilan birga egatlarga shoffof plenka to'shab sug'orishda ko'chat qalinligini 95-100 ming tup/ga bo'lishi lozimligini tavsiya etgan[3].

X. Tursunov esa Andijon viloyatining och tusli bo'z tuproqlari sharoitida yangi "Andijon-37" g'o'za navidan yuqori va sifatli hosil olish uchun pushtaga chigitni yakka qator usulida ekilganda maqbul ko'chat qalinligini gektariga 113114 ming tup, qo'shqator usulida ekilganda esa 144-145 ming tup qilib belgilashni tavsiya etgan[4] .

S.X. Yo'ldoshevni ko'rsatishicha, ko'chat soni gektariga 114 ming tup bo'lganda yaxshi natijalar olingan bo'lib, ko'chat soni 171 ming/ga teng bo'lganda esa o'simliklar zich joylashgani va yotib qolgani natijasida hosildorlik kamaygan. Olingan ma'lumotlarga tayanib, sizot suvlari chuqur joylashgan tipik bo'z tuproqlarda o'rta tolali g'o'zalarning ko'chat soni 120-130 ming/ga bo'lishi kerak deb hisoblaganlar.

Olib borilgan tajriba natijalariga ko'ra, iyun oyining boshida olingan fenologik kuzatuvlarda variantlar o'rtasida sezilarli farq kuzatilmadi. O'simlik bo'yi ko'chat soni ortishi bilan 2-3 sm ga yuqori bo'lganligi kuzatildi. G'o'zada chilpish tadbiri o'tkazilganidan so'ng olingan natijalarda variantlar o'rtasida farqlar kuzatildi. Sentyabr oyida olingan fenologik kuzatuv natijalariga ko'ra, g'o'zaning o'rta tolali "Buxoro-102" navining bo'yi variantlar bo'yicha gektariga 90-100 ming tup ko'chat qalinligida 93,0-105,2 sm bo'lsa, 110-120 ming tup/ga esa 95,0-109,0 sm bo'lib ko'chat soni ortishi bilan 2,0-4,0 sm; chilpish o'tkazilmaganda esa 10,0-15,0 sm gacha yuqori bo'lishi kuzatildi.

G'o'zada ko'chat soni ortishi bilan bir tup o'simlikda hosil shoxlari 1,5-2,0 dona; hosil elementlari 1,3-1,7 dona; ko'saklar soni 1,3-2,2 dona va shu jumladan ochilgani 1,2-1,8 donagacha kamayganligi kuzatilgan bo'lsa, kimyoviy va qo'lda chilpish o'tkazilganda chilpish o'tkazilmagan variantga nisbatan hosil shoxi 0,81,3 dona; hosil elementlari 2,7-4,3 dona; ko'sak soni 2,5-4 dona va shu jumladan ochilgani 2,6-3,2 donagacha ko'p bo'lishi kuzatildi. Chilpish tadbiri qo'lda o'tkazilganiga nisbatan kimyoviy yo'l bilan o'tkazilganda hosil shoxi va elementlari, ko'saklar soni 2,0-2,5 donaga yuqori bo'ldi (3.2.1 - jadvalga qarang). G'o'zaning ingichka tolali "Surxon-103" navida ham yuqoridagi qonuniyat kuzatilib, olingan natijalar o'rta tolali g'o'za navidan biroz yuqoriroq chiqdi. Ya'ni, sentyabr oyi holatida o'simlik bo'yi variantlar bo'yicha gektariga 120-130

ming tup ko'chat qalinligida 95,0-110,2 sm bo'lsa, 140-150 ming tup/ga esa 100,6-115,0 sm bo'lib ko'chat soni ortishi bilan 5,0-6,0 sm; chilpish o'tkazilmaganda esa 11,0-15,0 sm gacha yuqori bo'lishi kuzatildi.

"Surxon-103" navida ko'chat soni gektariga 120-130 ming tupdan 140-150 ming tupgacha ortib borishi bilan bir tup o'simlikda hosil bo'g'inlari 1,0-2,0 dona; hosil elementlari 1,4-1,7 dona; ko'saklar soni 1,5-3,5 dona va shu jumladan ochilgani 2,0-3,0 donagacha kamayganligi kuzatilgan bo'lsa, kimyoviy va qo'lda chilpish o'tkazilganda chilpish o'tkazilmagan variantga nisbatan hosil bo'g'ini

0.3.1,6 dona; hosil elementlari 0,6-2,1 dona; ko'sak soni 2,7-4,5 dona va shu jumladan ochilgani 2,3-3,0 donagacha ko'p bo'lishi kuzatildi. Chilpish tadbiri qo'lda o'tkazilganiga nisbatan kimyoviy yo'l bilan o'tkazilganda hosil bo'g'ini va elementlari, ko'saklar soni 2,3-2,7 donaga yuqori bo'ldi.

Ma'lumki, Qandalalar g'o'za bargi va hosil elementlarini shirasini so'rib, ularni nobud bo'lishiga olib keladi. G'o'za qandala bilan zararlanganda barglari chirtak bo'lib teshilib qoladi, zararlangan hosil elementlari-shona, gul va ko'saklari esa to'kilib qoladi. Iyul oyida o'tkazilgan fenologik kuzatuvlarda hosil bo'lgan hosil elementlari bilan birgalikda to'kilgan hosil elementlari ham hisoblandi. Olingan natijalarga ko'ra, o'rta tolali "Buxoro-102" g'o'za navida 20,4-26,6 donagacha hosil elementlari hosil bo'lgan bo'lsa 5-9 dona hosil elementlari nobud bo'lib to'kilgan. Ingichka tolali "Surxon-103" g'o'za navida ham to'kilgan hosil elementlari hisoblanib, mos ravishda 6-8 dona ekanligi kuzatildi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Boboeva N. T. et al. The fight against avena fatua in the middle of a wheat field //International Journal on Integrated Education. - Т. 3. - №. 2. - С. 62-64.

2. Суллиева С. Х., Бобоева Н. Т., Зокиров К. Г. Виды и сорта хризантем //Экономика и социум. - 2019. - №. 10 (65). - С. 315-317.

3. Negmatova S., Boboeva N. Effect of agrotechnical measures on cotton yield in cultivation of medium-fiber cotton varieties //Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. - 2023. - Т. 1. - №. 6. - С. 147150.

4. Boboeva N. T. Negmatova ST Effects оf Improved Agrotechnical Measures оп Harmful Harvesting оf Medium-Fiber Cotton Varieties //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. SJIF Impact Factor. - 2021. - Т. 5.

5. Boboeva N. et al. The influence of agrotechnical measures on the damage of boilers in the cultivation of strong cotton varieties //Journal of Pharmaceutical Negative Results. - 2022. - С. 3170-3175.

6. Kholmatov B. R., KhalillaevSh.A., Musaev D.M. Form of membership of bugs Hemiptera, which belong to the family Miridae and their some biological properties in condition of Tashkent region // European science review Scientific jurnal. - Vienna, 2016. - Vol. 4. - Issue 5-6. - P. 112-117.

7. Zokirov, I.I., Azimov, D.A. (2019). The Fauna of Insects of Vegetables and Melons of Central Ferghana, Especially Its Distribution and Ecology.

International Journal of Science and Research (IJSR). Vol. 8. Issue 8. Rp. 930937.

8. Zokirov, I.I., Khusanov, A.K., Kuranov, A.D. (2019). Faunistic analysis of Central Ferghana's vegetable and melon crops insects. Ilmiyxabarnoma. 4. Pp. 38-47.

9. ZHI Xiao-yu, HAN Ying-chun. Effects of plant density on cotton yield components and quality. Journal of Integrative Agriculture. 2016, 15 (7): 14691479

10. Schuh R.T. Plant bugs of the world (Insecta: Heteroptera: Miridae): systematic catalog, distributions, host list, and bibliography. New York Entomological Society. -New York, 1995. - 1329 pp.

11. Wheeler A.G. Biology of the Plant Bugs (Hemiptera: Miridae): Pests, Predators, Opportunists. -New York, 2001. -507 pp.

12. Barbara C.F. Nogueira, Paulo S.F. Ferreira, Livia A. Coelho, David S. Martins and Barbara D. Barcelloc. Plant Bugs Predators (Hemiptera: Heteroptera: Miridae) with References to Arthropods and Fungi in Brazil. Anais da Academia Brasileira de Ciencias (2019) 91(3):

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.