Научная статья на тему '“KITAB AS-SAYDANA FI-T-TIBB” DORI-DARMON TAYYORLANUVCHI VOSITALAR HAQIDAGI MA‟LUMOTLAR YIG„INDISIDIR'

“KITAB AS-SAYDANA FI-T-TIBB” DORI-DARMON TAYYORLANUVCHI VOSITALAR HAQIDAGI MA‟LUMOTLAR YIG„INDISIDIR Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

199
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“KITAB AS-SAYDANA FI-T-TIBB” DORI-DARMON TAYYORLANUVCHI VOSITALAR HAQIDAGI MA‟LUMOTLAR YIG„INDISIDIR»

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyonmg

"KITAB AS-SAYDANA FI-T-TIBB" DORI-DARMON TAYYORLANUVCHI VOSITALAR HAQIDAGI MA'LUMOTLAR YIG'INDISIDIR

Beruniyning umrini so'ngida yaratgan "Kitab as-saydana fi-t-tibb" ("Tibbiyotda farmokognoziya kitobi") asari yetarli o'rganilgan emas. Uning yagona asl nusxasi 1927 yilda Turkiyaning Bursa shahrida topilgan va o'sha yerdagi kutubxonada saqlanadi. Fors tiliga tarjima qilingan nusxasi esa 1899 yilda Hindistonning Lakxnau shahrida topilgan bo'lib, hozirda Britaniya muzeyida saqlanadi. "Saydana"ni rus tiliga olim Ubaydulla Karimov o'girgan bo'lib, "Fan" nashriyotida 1973 yilda nashr etilgan "Beruniy" tanlangan asarlarining IV jildini tashkil etadi. "Saydana" farmokognozik asar bo'lib, tibbiyotning quroli sanalmish dori-darmon tayyorlanuvchi vositalar haqidagi ma'lumotlar yig'indisidir. Farmakognoziya grekcha "dori" va "bilim" ma'nolarini anglatuvchi so'zlardan iborat. Nabotot, hayvonot va ma'danlardan olinadigan dorivor vositalar haqidagi ilmiy fandir. "Saydana" o'sha vaqtlari mavjud bo'lgan dorishunoslik tarixi bo'yicha yozilgan eng noyob manba b^lib hisoblanadi. Olimning bu asari Ibn Sinoning "Tib qonunlari"dan keskin farq qiladi. Ibn Sino dorivor vositalarning tarkibini, xususiyatlarini hamda kasallikka ta'sirini, dorivor vositalardan dorinoma bo'yicha malham, ichimlik, dori tayyorlashni aniq yozgan.

Beruniy esa o'z asarida ana shunday dorivor vositalarning turli tillardagi muqobillari, hatto ayrim shevalardagi nomlarini ham keltirib o'tgan. Sababi, o'sha vaqtlarda bir turdagi dorining turli nomlari bor va (yoki) bitta atama turli dorilarni anglatar edi. Bu haqda Beruniy shunday bir hikoyani misol keltiradi: "Dorilarning turli tillardagi nomlarini aniq bilish inson uchun foydalidir. Aytishlaricha xorazmlik bir amir kasal bo'lib qolganida uning davosi uchun Nishopurdan dorinoma jo'natadilar. Lekin dorishunoslar, hakimlar dori tarkibining bir qismini hech topa olmaydilar. Nihoyat, bir odamda borligini eshitib, dorivorning o'n besh dirhamini besh yuz dirham toza kumushga sotib olishadi. Xarid qilingan modda gulsafsar ildizi ekan. Tabiblarning jahli chiqib, sotuvchiga ta'na qilishadi. Shunda u: "Sizlar dorivorning nomini bilmadingiz, lekin aslida shuni so'radingiz" deya javob beradi.

Turdiqul Akramovich Bobomuratov

TTA Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferena

December 16

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

Beruniy ba'zida muammolar keltiradigan bu kabi chalkashliklarni bartaraf etish maqsadida o'z asarida nabotot, hayvonot, ma'dan va ulardan olinadigan taxminan 4500 ta dorivor vosita haqida ma'lumot berib, ularning arabcha, suryoniy, so'g'diycha, forscha, xorazmcha, turkcha va boshqa tillardagi nomlarini keltirish bilan birga, o'sha davr dorishunoslik atamashunosligiga katta hissa qo'shgan. Olim tibbiy atamalarga izoh berish jarayonida tibbiyotga daxldor talay ma'lumotlarni ham berib o'tganki, bu asarning ko'pqirraligini ta'minlagan.

Beruniy o'zidan avval davrda yashab o'tgan tabiblaru hakimlar va dorishunos olimlar, tabiatshunoslardan 250 nafarining asarlaridan foydalangan. O'rni kelganda, maqollar, she'riy parchalardan ham misollar keltirib, atamalarning ma'no qirralarini yoritishga erishgan. Dorivor moddalarni izohlar ekan, ularning shifobaxshlik xususiyatlarini ham ochib berishga intilgan: "Havorang gulli ayiqtovon o'simligi bavosilga davo bo'ladi, qizil gullilari esa bavosilni kuchaytiradi... Bo'tako'zning damlamasi yara-chaqalarga malham bo'ladi. Lekin hakimlar bo'tako'zning mijozini sovuq va ho'lga tenglashtirishadi. U holda yaralarga malham emas, tinchlantiradigan vositadir. Qubiyun toshi o'tkir ta'mli hidga ega bo'lib, u yiringni tortib oladi".

Beruniy va undan oldingi davr tibbiy atamalari shu dorivor olinadigan mahsulot nomiga, kasallik nomiga va dorining xususiyatlariga nisbatan ifodalangan. Bu xizmatlar o'tmish tabiblarimiz va tabobatga oid fanning xalqchilligini va amaliyotda qo'llashning qulayligini ta'minlaydi. "Saydana"da bu atamalarning bir necha tillardagi muqobillari va sinonimlari berilishi tabobat ilmini umumjahon ahamiyatiga molik qilgan. Ulug' alloma Abu Rayhon Beruniyning buyuk tarixiy xizmati ham ana shunda.

«Saydana»ning kirish qismida muallifning yoshlik yillarida o'zini qurshab turgan olamni va olam uzvlari-ning turli tillarda qanday nomlanishini bilishga naqadar ishtiyoqmand ekanligi bayon qilinadi. Xususan, olim-ning bolaligida uning yurtiga bir yunon ko'chib keladi.

Abu Rayhon unga don, urug', meva, o'simlik va boshqa narsalar ko'tarib kelib, bular yunon tilida qanday nomlanishini so'raganligi va yunoncha nomlarini daftariga yozib olganligini bayon qiladi.

«Saydana»ning qimmatli tomoni shundaki, unda do-rivor moddalarning bir necha tillardagi nomlari keltiriladi. Hatto bir o'simlik yoki modda bir tilning turli shevalarida turlicha nomlanishi yoki aksincha, bir nom turli shevalarda turli o'simlik nomini bildirishi mumkin. Bu esa dorivor moddalardan amalda foydalanishni ancha qiyinlashtiradi. Aholiga foydalanish oson bulishi uchun modda nominingdielektal variantlarini ham kursa

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

7

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyotwa^

tadi. Bu Beruniyning narsa nomini bilish insonning ma'naviy boyligigina emas, balki katta moddiy boyligi bo'lishi mumkinligini,shuning uchun ham til o'rganishning tengsiz amaliy ahamiyati mavjudligini ta'kidlaydi.

REFERENCES

1. https://uza.uz/uz/posts/beruniyning-dorivor-osimliklar-haqidagi-asarini-bilasizmi_374563

2. https://fayllar.org/sharq-mutaffakirlarining-tilshunoslikka-oid-qarashlari-beruniy.html

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferena

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.