Научная статья на тему 'KATTA SHAHARLARDA TIRBANDLIK MUAMMOLARNI HAL QILISH BO‘YICHA CHORALAR VA TAKLIFLAR'

KATTA SHAHARLARDA TIRBANDLIK MUAMMOLARNI HAL QILISH BO‘YICHA CHORALAR VA TAKLIFLAR Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
11
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
transport tizimi / tirbandlik / muqobil yo‘llar / Park and Ride tizimi / jamoat transporti. / транспортная система / движение транспорта / альтернативные маршруты / система Park and Ride / общественный транспорт.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Sattarov Akmaljon Akramjon O‘g‘li

Ushbu maqolada hozirgi kunda katta shaharlarda vujudga kelgan tirbandliklar o‘rganilib, olib borilayotgan chora tadbirlar muhokama qilinib kerakli takliflar berilgan. Bu takliflar shahar chiroyini oshirish, tirbandliklarni oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash va aholiga samarali hizmat ko‘rsatishni yaxshilashga hizmat qiladi. Tirbandlik masalasini yechish uchun transport bosh boshqarmasi, yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, davlat qurilish va arxitektura boshqarmasi va boshqa bosh tashkilotlar birdamlik bilan harakat qilishlari, shahar markazlarida yo‘nalishli yengil yo‘lovchi tashish transport vositalarini sonini qisqartirib, jamoat transporti sonini orttirsh kerakligi isbotlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Measures and proposals to solution traffic problems in large cities

В данной статье изучаются текущие пробки в крупных городах, обсуждаются принимаемые меры и даются необходимые предложения. Эти предложения служат улучшению красоты города, предотвращению пробок, обеспечению безопасности дорожного движения и повышению эффективности оказания услуг населению. Для решения проблемы пробок на дорогах необходимо объединить усилия Главного управления транспорта, Главного управления безопасности дорожного движения, Госстроя и архитектуры и других крупных организаций, необходимо сократить количество легкового пассажирского транспорта в центрах городов и увеличить количество общественного транспорта.

Текст научной работы на тему «KATTA SHAHARLARDA TIRBANDLIK MUAMMOLARNI HAL QILISH BO‘YICHA CHORALAR VA TAKLIFLAR»

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

UO'K 656.1

KATTA SHAHARLARDA TIRBANDLIK MUAMMOLARNI HAL QILISH BO''YICHA CHORALAR VA TAKLIFLAR

Sattarov Akmaljon Akramjon o'g'li Andijon Mahinasozlik Instituti, katta o'qituvchisi, t.f.f.d.(PhD), As4774411 @gmail. com

Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi kunda katta shaharlarda vujudga kelgan tirbandliklar o'rganilib, olib borilayotgan chora tadbirlar muhokama qilinib kerakli takliflar berilgan. Bu takliflar shahar chiroyini oshirish, tirbandliklarni oldini olish, harakat xavfsizligini ta'minlash va aholiga samarali hizmat ko'rsatishni yaxshilashga hizmat qiladi.

Tirbandlik masalasini yechish uchun transport bosh boshqarmasi, yo'l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, davlat qurilish va arxitektura boshqarmasi va boshqa bosh tashkilotlar birdamlik bilan harakat qilishlari, shahar markazlarida yo'nalishli yengil yo'lovchi tashish transport vositalarini sonini qisqartirib, jamoat transporti sonini orttirsh kerakligi isbotlangan.

Аннотация. В данной статье изучаются текущие пробки в крупных городах, обсуждаются принимаемые меры и даются необходимые предложения. Эти предложения служат улучшению красоты города, предотвращению пробок, обеспечению безопасности дорожного движения и повышению эффективности оказания услуг населению.

Для решения проблемы пробок на дорогах необходимо объединить усилия Главного управления транспорта, Главного управления безопасности дорожного движения, Госстроя и архитектуры и других крупных организаций, необходимо сократить количество легкового пассажирского транспорта в центрах городов и увеличить количество общественного транспорта.

Annotation. This article examines the current traffic jams in major cities, discusses the measures taken and makes necessary suggestions. These proposals serve to improve the beauty of the city, prevent traffic jams, ensure road safety and improve the efficiency of service delivery to the public.

To solve the problem of traffic jams, it is necessary to combine the efforts of the Main Directorate of Transport, the Main Directorate of Road Safety, the State Committee for Construction and Architecture and other large organizations, it is necessary to reduce the number of passenger transport in city centers and increase the number of public transport.

Kalit so'zlar: transport tizimi, tirbandlik, muqobil yo'llar, Park and Ride tizimi, jamoat transporti.

Ключевые слова: транспортная система, движение транспорта, альтернативные маршруты, система Park and Ride, общественный транспорт.

Key words: transport system, traffic, alternative routes, Park and Ride system, public transport.

KIRISH

So'nggi yillarda aholi nafaqat ishga borish va qaytish vaqtida, balki kunning boshqa paytlarida ham tirbandlik, behuda vaqt sarfi kabi bir qator muammolarga duch kelmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 02.02.2022 yildagi PQ-111-son quyidagi maqsadlarni ko'zlaydi. Katta shaharlar jamoat transporti tizimini kompleks rivojlantirish, yo'lovchilarga sifatli va xavfsiz transport xizmatlarini ko'rsatish, transport infratuzilmasini yaxshilash, harakat tarkibini barcha qulayliklarga ega bo'lgan zamonaviy avtobuslar bilan yangilash, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash hamda piyodalarga qulay harakatlanish muhitini yaratish[1].

Transport tizimi-zamonaviy dunyo harakatlanish tizimining ajralmas qismidir. Bu

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

tizimning eng asosiy elementi - insonlardir. Mavjud sharoitda insonsiz transportai tasavvur qilib bo'lmagani kabi yo'lovchilarni hisobga olmay turib, transport tizimini rejalashtirish ham mumkin emas.

Shaxsiy avtomobillar soni va aholi soni tobora ortib borayotgani bois transport masalasi shaharlarning eng og'riqli muammolaridan biriga aylanib ulgurdi. So'nggi 10 yilda avtomobillar soni ikki baravardan ziyodroqqa oshgani, boz ustiga, jamoat transporti yo'nalish tarmoqlari mukammal tarzda qayta ko'rib chiqilmagani, oqibatda shahar jamoat transporti tizimida jiddiy muammolar yig'ilib qolgani mavjud vaziyatni tobora murakkablashtirmoqda[2].

TADQIQOTNING OB'EKTI VA TADQIQOT USULLARI.

Bu esa masala yuzasidan jiddiy bosh qotirish lozimligini taqozo etmoqda. Bularni oldini olish uchun bir qancha usullar ishlab chqilgan:

1. Velosiped yo'laklari va piyodalar uchun qulayliklar yaratish.

Ekologik toza transport turlaridan biri, shubhasiz, velosipedlardir. Ammo velosipeddan foydalanish amaliyoti va buning uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish mamlakatimizda asosan so'nggi yillarda e'tibor qaratila boshladi. Ammo bu e 'tibor hali yetarli emas. Chunki istirohat bog'lari, ayrim anhor va kanal sohillari, ba'zi hududlardagi yo'laklar (ayrimlari shunchaki xo'jako'rsinga qilinganini sezish qiyin emas)ni istisno qilganda, shaharning qolgan aksar hududlarida bunday yo'llar va maydonlarni uchratish qiyin.

Piyodalar xavfsizligini ta'minlash maqsadida joriy etilishi kerak bo'lgan tizimlardan biri -piyoda tugmalari tizimidir. Bu tizim, odatda, chorrahalarda, piyodalar o'tish joylarining chorrahasiz kirish va chiqish joylarida doimiy yoki kunning ma'lum vaqtlarida piyodalarning xavfsiz o'tishini ta'minlash maqsadida o'rnatiladi. Albatta, chorrahalarning signalizatsiya tizimini transport zichligi va undan foydalanish nisbatiga ko'ra joriy etish kerak.

2. Muqobil yo'llarni ko'paytirish.

Tirbandliklarning eng asosiy sabablaridan biri muqobil yo'llar mavjud emasligidir. Avtomobillar shaharning eng gavjum nuqtalariga muqobil marshrutlar orqali kela olishi va hududni yana alternativ yo'nalishlarda tark eta olishi lozim. Bu - transport muhandisligi tomonidan tavsiya qilinadigan yechimlardan biri.

3. Yo'llarni kengaytirish va estakadalar qurish.

Tor va keyinchalik toraygan yo'llar, shuningdek, chorrahalar eng yuqori darajadagi tirbandlik kuzatiluvchi joylardir. Ayniqsa, ma'lum bir nuqtadan keyin qatorlarining soni kamayib, torayib boruvchi yo'llarda tirbandlik yuzaga kelishi muqarrar. Shuning uchun yo'l rejalarini tuzishda mana shunday tor og'izli yo'llardan iloji boricha qochishga urinilgani ma'qul[3].

Asosiy yo'llarimizning avtomobil zichligini ko'tara oladigan darajada keng emasligi ham yana bir muammodir. Bunday tor yo'llarda ko'rilishi lozim bo'lgan muhim ehtiyot choralaridan biri - transport vositalari yo'l chetiga qo'yib ketilishining oldini olish va buni nazorat qilishdir.

Chorrahalarimizning turli yo'nalishlardan keladigan avtomobillar oqimiga javob bera olmasligi ham jiddiy noqulaylik tug'diradi. Shu bois, chorrahalarga yerosti yo'llari yoki estakada (transport vositalari va piyodalar uchun mo'ljallangan yo'llar yer sirtidan ma'lum balandlikda o'tkaziladigan ko'prik inshoot) qurish orqali turli marshrutlardagi avtomobil yo'llari kesishishining oldini olish mumkin.

4. Avtomobillar turar joylarini ko'paytirish. Park and Ride tizimini rag'batlantirish.

Katta shaharlarda avtotransportlar soni ko'payishi avtomobil to'xtash joylarining ortishi

bilan parallel emas. Tabiiyki, «stoyanka»larning yetarli emasligi yo'llarda noqonuniy to'xtab turish holatlari ko'payishiga olib keladi. Bu holat o'z navbatida, transport bilan bog'liq muammolar yanada murakkablashishiga sabab bo'ladi[4].

Aksar mamlakatlarda, masalan, Angliyada, shuningdek, Turkiyaning Istanbul shahrida Park and Ride tizimi orqali bu muammoga yechim topishga va bu bilan odamlarni jamoat transportiga yo'naltirishga alohida e'tibor qaratiladi. Park and Ride tizimiga ko'ra, shahar

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son

Scientific Journal Of Mechanics And Technology ISSN 2181-158Х, Volume 5, Issue 3, Special Issue 2024 AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

markaziga mashinada boradigan insonlar avtomobillarini jamoat transporti stansiyalarida joylashgan bepul yoki chegirmali avtoturargohlarda qoldirib, yo'lning qolgan qismini jamoat transportida davom ettirishadi. Albatta, bu tizimdan foydalanish orqali yo'llardagi tirbandlikni kamaytirish mumkin.

Qolaversa, ko'p qavatli yoki yerosti avtoturargohlar insho etish, shuningdek, yangi turar joylarda avtoturargohlar qurilishini majburiy holga keltirish mavjud ehtiyojlarni qondirish bilan bir qatorda kelgusida avtotransportlar sonining ko'payishiga javob beruvchi infratuzilma yaratilishi uchun asos bo'ladi.

5. Shahar ichida turli markazlarni tashkil etish

Yagona markazli shaharlarda aholining katta qismi ish, uy, jamoat ishlari, transport almashinuvi kabi bir qator sabablar tufayli markaz tomon oqadi. Bunday vaziyatda shahar markazi odamlar va transport vositalarining jiddiy bosimi ostida qoladi. Shaharning bosh rejasi tuzilayotganda ushbu bosimni kamaytirish maqsadida boshqa hududlarda ham barcha turdagi qulayliklarga ega, davlat muassasalari, yangi binolar, oliy o'quv yurtlari va shu kabilarni o'zida jamlagan kichik markazlarni yaratish va shu orqali shahar markazidagi tirbandlikni kamaytirib, shaharni ko'p markazli hududga aylantirish mumkin.

6. Yo'llarni yangi uy-joylarga muvofiq tartibga solish

Ayniqsa, keyingi yillarda ko'p qavatli, o'z ijtimoiy obektlariga ega bo'lgan hashamatli uy -joylar qurilishi natijasida shaharning qiyofa-tuzilishi tubdan o'zgarib bormoqda.

Aytish lozimki, bu uy-joy loyihalari katta zichlikni hisobga olmagan holda rejalashtirilgan, kelajak tugul bugunoq tirbandlikdan tobora bo'g'ilib borayotgan yo'llarimizga jiddiy avtomobil yuklanishini tug'diradi. Shu bois shahar infratuzilmasi yerdan rejali foydalanishni muvofiqlashtirgan tarzda ishlab chiqilishi kerak. Agar shaharni rejalashtirishda uzoq istiqbolni o'ylagan holda yangi yo'llar qurilishiga, talabga javob bermaydigan yo'llarni qayta ko'rib chiqishga e'tibor qaratilsa, muammolarni hal qilish mumkin.

7. Jamoat transportini rivojlantirish.

Bu - eng og'riqli nuqtalarimizdan biri. Yo'llar tirbandligidagi asosiy «ulush»ni shaxsiy transport vositalari tashkil qiladi. Buning oldini olish yo'llaridan biri - jamoat transporti sonini ko'paytirish va jamoat transportidan foydalanish foizini orttirishdir[5].

NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI.

Bu jarayonda, albatta, aholining mentaliteti, o'ziga xosligi kabi ba'zi omillar hisobga olinishi lozim. Masalan, ijtimoiy odatlar o'rganilgan bir tadqiqotda jamoat transportini afzal ko'rish sabablari orasida quyidagi parametrlar oldingi planga chiqishi aytiladi:

• avtobus yo'nalishida narx;

• mikroavtobus yo'nalishida chiqish va tushish nuqtasi orasidagi yaqinlik;

• taksida tezlik va qulaylik.

Jamoat transporti bilan bog'liq muammolarni kamaytirishda quyidagilarni amalga oshirish muhim o'rin tutadi:

• jamoat transporti sonini ko'paytirish;

• jamoat transporti vositalarini eng gavjum soatlar - ishga borish va ishdan qaytish vaqtida ko'paytirish;

• shaharning ichki avtobus yo'nalishlarini, ularning qatnov oraliqlarini va masofalarini aholining zichlik darajasi va ehtiyojiga ko'ra qaytadan rejalashtirib chiqish.

Shahar ko'chalarida avtobuslarning soni ortishi bilan ularning xavfsiz harakatlanishini taminlashga talab oshadi chunki jamoat transporti harakatlanuvchi birinchi yo'l bo'lagidagi aralash transport oqimi tufayli mashrut intervalida uzilishlar sodir bo'ladi yani trbandlik vujudga keladi. Bunday hollarda jamoat transporti uchun alohida ajratilgan bo'laklarda harakatlanish ehtiyoji tug'iladi.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

Shaharlarda jamoat transporti ustunligi

Avtomobil, avtobus va velosipedda sayohat qiladigan bir xil sondagi odamlar guruhi egallagan ko'cha maydonini taqqoslash tajribasi.

Taqqoslash tajribasidan ko'rinadiki hajim va yo'lovchilarni qabul qilish sig'imi bo'yicha jamoat transporti ustun.[6]

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki shahar tirbandliklarini oldini olish hozirda butun mamalakatimiz bo'yicha asosiy muammolardan hisoblanib bu masala president e'tiboridan ham chetda qolmagan. Bu masalani yechish uchun transport bosh boshqarmasi, yo'l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, davlat qurilish va arxitektura boshqarmasi va boshqa bosh tashkilotlar birdamlik bilan harakat qilishlari lozim. Shahar markazlarida yo'nalishli yengil yo'lovchi tashish transport vositalarini sonini qisqartirib, jamoat transporti sonini orttirsh shahar chiroini ortishi va tirbandliklarni oldini olishga katta hissa qo'shadi.

ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 02.02.2022 yildagi PQ-111-son https://lex.uz/uz/docs/-5847479

2. https://kun.uz/news/2021/09/08/jamoat-transporti-islohotlarga-muhtoj-muammolar-tizimli-hal-qilinadimi

3. Сильянов В.В., Домке Э.Р. «Транспортно-эксплуатационные качества автомобильных дорог и городских улиц». - Москва, 2008. - 112 ст.

4. Лобанов Е. М. Транспортная планировка городов. - Москва: Транспорт, 1990. -

240 с.

5. MM Rahman, SC Wirasinghe, and L. Kattan, "Bus Travel Time Distribution Analysis for Multi-Horizon and Real-Time Applications," Transportation Research Part C: Emerging Technologies, Vol. 86, pp. 453-466, 2018. View: Publisher's Site | Google Scholar

6. Nazarov А.А., Matyakubov O.E. "Shahar yo'nalishlarida avtobuslar harakatini alohida ajratilgan bo'laklarda tashkil etish" Mexanika va texnologiya ilmiy jurnali, maxsus son 2023, № 1 (4), 45-53

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.