Научная статья на тему 'KASB-HUNAR TA’LIMIDA HUNARMANDCHILIK TARIXINING DIDAKTIK AHAMIYATI'

KASB-HUNAR TA’LIMIDA HUNARMANDCHILIK TARIXINING DIDAKTIK AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1163
170
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
professional ta’lim / kasb-hunar tarixi / xalq hunarmandchiligi / Avesto / Qobusnoma / Abu Nasr Forobiy / Kamila va Dimna / Minerologiya / профессиональное образование / профессиональная история / народные промыслы / Авесто / Гобуснома / Абу Наср Фароби / Камила и Димна / Минералогия

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ixtiyor Suyindikovich Joldasov

Maqolada kasb-hunar pedagogikasi tarixi xalq o’g’zaki ijodi namunalari, tarixiy manbalar, tarixiy va didaktik asarlarni tahli etilgan. Yoshlar ongida ilm-ma’rifatga, kasb-hunarga bo’lgan qiziqishlarini oshirish professional ta’lim samaradorligi uchun muhim omil ekanligi bayon etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ДИДАКТИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ ИСТОРИИ РЕМЕСЛА В ПРОФЕССИОНАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ

В статье анализируется история профессиональной педагогики, примеры фольклора, исторические источники, историкодидактические произведения. Утверждается, что повышение интереса молодежи к науке и образованию является важным фактором эффективности профессионального образования.

Текст научной работы на тему «KASB-HUNAR TA’LIMIDA HUNARMANDCHILIK TARIXINING DIDAKTIK AHAMIYATI»

KASB-HUNAR TA'LIMIDA HUNARMANDCHILIK TARIXINING

DIDAKTIK AHAMIYATI

Ixtiyor Suyindikovich Joldasov

Toshkent viloyati Chirchiq pedagogika institute, tarix kafedrasi o'qituvchisi

Annotatsiya: Maqolada kasb-hunar pedagogikasi tarixi xalq o'g'zaki ijodi namunalari, tarixiy manbalar, tarixiy va didaktik asarlarni tahli etilgan. Yoshlar ongida ilm-ma'rifatga, kasb-hunarga bo'lgan qiziqishlarini oshirish professional ta'lim samaradorligi uchun muhim omil ekanligi bayon etilgan

Kalit so'zlar: professional ta'lim, kasb-hunar tarixi, xalq hunarmandchiligi, Avesto, Qobusnoma, Abu Nasr Forobiy, Kamila va Dimna, Minerologiya,

ДИДАКТИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ ИСТОРИИ РЕМЕСЛА В ПРОФЕССИОНАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ

Аннотация: В статье анализируется история профессиональной педагогики, примеры фольклора, исторические источники, историко-дидактические произведения. Утверждается, что повышение интереса молодежи к науке и образованию является важным фактором эффективности профессионального образования.

Ключевые слова: профессиональное образование, профессиональная история, народные промыслы, Авесто, Гобуснома, Абу Наср Фароби, Камила и Димна, Минералогия

DIDACTIC IMPORTANCE OF HISTORY OF CRAFT IN VOCATIONAL

EDUCATION

Abstract: The article analyzes the history of professional pedagogy, examples of folklore, historical sources, historical and didactic works. It is stated that increasing the interest of young people in science and education is an important factor for the effectiveness of vocational education.

Keywords: vocational education, professional history, folk crafts, Avesto, Qobusnoma, Abu Nasr Farobi, Kamila and Dimna, Mineralogy

Jamiyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar o'quvchilarning turli sohalar bo'yicha bilim olishlariga, kasbiy ko'nikma va bilimlarini shakllantirishlariga,

o'quv tarbiyaviy tadbirlar tizimiga ta'sir etmasdan qolmaydi. Ta'lim tiziminig barcha bo'g'inlarida nazariy bilimlar qatori amaliy ko'nikmalarni hosil etish dolzarb masaladir. Yoshlar ongida ilm-ma'rifatga, kasb-hunarga bo'lgan qiziqishlarini oshirish professional ta'lim samaradorligi uchun muhim omil hisoblanadi. Xalqimizning boy va betakror tarixi, xalq og'zaki ijodi, hamda ajdodlarimiz merosida kasb-hunar o'rganish va o'rgatish muqaddas qadriyat sifatida ezozlab kelingan.

Mehnat va kasbiy tayyorgarlik tizimi bevosita yoshlarning mehnat va kasb tarbiyasini kasbiy axborotlar, kasb tanlash, kasbga yunaltirish ishlarini amalga oshiradigan ulkan ishlardan biri bulib, o'z o'tmish taraqqiyotiga egadir. Xalqimizning millat, elat bo'lib shakllanishini mexnatsiz, kasblarsiz, hunarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Odamzod paydo bo'lishidan boshlab mehnat bilan shug'ullangan. Turmush buyumlari yasagan yumushlar bajargan.

Xalq hunarmandchiligining ma'naviy me'roslarimiz bilan hamohang rivojlanishi juda ko'p mutafakkirlarimizning, donishmandlarimizning adabiy meroslarida yuksak mahorat bilan bayon etilganki, bu yoshlarni kasb-hunarga bo'lgan ijobiy munosabatini shakllantirish bilan birga, kas-hunar o'rgatish tarixiga doir ilmiy-metodik manba bo'lib xizmat qiladi.

Turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda yaratilgan pandnoma, rivoyat, hikoyat, doston, maqol, g'azal, ruboiy, masnaviy va boshqa ko'rinishlardagi xalq og'zaki ijodiy namunalari va olimlarning ma'rifiy va didaktik asarlarida ta'lim-tarbiya va kasb-hunar o'rganishning afzalligi, halol mehnat bilan yashashning zarurligi to'g'risidagi fikrlar zamonaviy pedagogika uchun ham muhim ahamiyat kab etadi. Bunday yozma manbalarga miloddan avvalgi VI-VII asrlarda yaratilgan Avesto, XI asrda Kaykovus tomonidan yaratilgan «Qobusnoma», Abu Nasr Forobiyning «Baxt-saodatga erishuv» asari, Xind faylasufi Beydabo (Bedpoy) tomonidan yozilgan «Kamila va Dimna», Abu Rayxon Beruniyning «Minerologiya» asari, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u Bilig», Mahmud Qoshg'ariyning «Devonu-lug'otit turk», Ahmad Yugnakiyning «Hibat-ul haqoyiq», Pahlavon Mahmudning «Ruboiy»lari, Abu Abdulloh Muxammad ibn Ismoil al-Buxoriy tomonidan to'plangan «Al-jome' as-sahih» asari, Lutfiyning «Gul va Navro'z», Alisher Navoiyning «Xamsa», «Mahbubul-qulub»larida, Zaxiriddin Muxammad Boburning «Boburnoma» va boshqa ko'plab adabiy, tarixiy, madaniy-ma'rifiy merosimiz namunalarini misol keltirish mumkin.

Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblangan «Avesto»da moddiy hayotni yaxshilashga urinish yovuzlikka qarshi kurash deb hisoblanadi. Zardushtiylik dinida qo'riq yer ochib, uni bog'ga aylantirgan odam

ilohiyot rahmatiga uchraydi. Aksincha, boglar, ekinzorlarni, sug'orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladilar.

Zardusht insonlarga tinch-totuv yashashni, halol mehnat qilishni o'rgatmoqchi bo'ladi. Avestoda mehnat qilish, halol kun kechirish to'g'risida shunday satrlar ko'plab keltirilgan: «Yaxshilik va ezgulik yaratish uchun kishi mehnat qilishi, o'z qo'llari bilan moddiy noz-ne'matlar yaratishi lozim». Yana, «Mehnat qilmaydigan odam! Sen haqiqatdan ham tilanchilar qatorida, yot eshiklarga ta'zim qilib, abadul-abad bosh eshib turajaksan, haqiqatdan ham sening yoningda turli xil zirootlarni olib o'tadilar». [1]Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy-ta'limiy asar, Tabariston (Mozandaron) hukmdori Shams al-Maoliy Qobusning nabirasi Unsur al-Maoliy (Kaykovus) tomonidan yozilgan «Qobusnoma» 44 bobdan iborat bo'lib, boshdan oxirigacha o'sib kelayotgan avlodga, axloq, bilimli bo'lish, hayotda o'z o'rnini topish, har kimga o'zining shaxsiy va ijtimoiy hayotni yo'lga qo'ya olish va turmushning boshqa qirralarini yoritib, tahlil qilib berish bilan sug'orilgan. Undagi «Hunarning afzalligi va qadri baland, oliy tabiatli bo'lish haqida» nomli 6-maqolot, «Dehqonchilik va bozor hunarlari haqida» deb nomlangan 43-maqolot bizning tadqiqotimiz uchun, ya'ni yosh avlodni mehnatga va kasb-hunar o'rganishga yo'naltirish uchun nihoyatda ahamiyatlidir. Jumladan, 6-maqolotda shunday deyiladi: «Ey farzand, ogoh bo'lkim, hunarsiz kishi hamma vaqt foydasiz bulur va hyech kimga foydasi tegmaydi... Agar kishi oliy nasab, asl bo'lsa-yu, hunari bo'lmasa, haloyiqning izzat va hurmatidan maxrum bo'lmasa, undan battarroq bo'ladi».

Ushbu maloqotda ham, asarda ham bir aytilgan pand-nasihat turli rivoyatlar keltirilib, xayotiy misollar bilan quvvatlangan. «Foydasiz bulur, hyech kimga foydasi tegmaydi» deyilganda, albatta muallif avvalo, jamiyat, xalq manfaatini, kelajak manfaatini, so'ngra esa shaxs o'zining manfaatini tutishni istaydi.

Demak, hunarni egallashdan avvalo jamiyatga moddiy yoki ma'naviy boylik yaratiladi, hunarmandlarning o'zi esa zoriqmay-zuriqmay yashaydi, nopok ishlarda parxez qiladi. «Oliy nasab, asl bo'lsa-yu,... deyilganda har bir kishining jumladan, shaxzodalar ham o'zining o'tmishi, avlodi, quruq faxrlanishi bilan cheklanib qolmasdan ana shu avlodning yuzini yerga qaratmag'il, buni faqat hunar o'rgansang, nopok ishlarga qul urmaysan, shundagina sen hunar orqali o'zingni, oilangni, atrofdagi yor-birodarlaringnigina ham emas, balkim, avlodingni ham har xil istexnodan saqlaysan degan mazmunni keltirib chiqarishga, yetkazishga harakat qildi. Demak, qissadan-hissa shuki, har qanday kishi lavozimidan, bilimidan, boyligidan, avlodining nasl-nasabining kim va qanday bo'lishidan qat'iy nazar,

hunar egallashi lozim, shundagina u hayotda har xil nojoiz harakatlardan holi bo'ladi.[2]

Albatta Sharq xalqlari, jumladan, Markaziy Osiyo xalqlari VIII-IX asrlardan boshlab, asosan, islom diniga, uning aqidalariga rioya qilib keladi. Islom ta'limotida ilm va kasb-hunarga targ'ibot g'oyasi yoshlarni kasb-hunarga rag'batlantirish uchun muhim didaktik vosita bo'lib kelgan. Jamiyatga tabib, quruvchi, to'quvchi, muallim, Vatan himoyachisi, qurol yasovchi usta, mashina haydovchi, novvoy kabi kasb egalari hamisha zarur. Tarixdan ma'lumki, qaysi jamiyat zamonaviy ilmlardan orqada qolgan bo'lsa, albatta, inqirozga uchragan, kelgindi bosqinchilarga qaram bo'lgan. Payg'ambarimiz Muhammad (alayhissalom) shuning uchun ummatga: «Farzandlaringizni suvda suzishga, otda chopishga, kamondan otishga o'rgatingiz», deb buyurganlar va o'z askarlarning mashqlarini kuzatganlar, musulmon farzandlarini boshqa xalqlar tilini o'rganishga undaganlar.

IX-XI asrlarda hunarmandchilik keng rivojlanib, halkimizning xorijiy davlatlar bilan iktisodiy-madaniy aloqalari avj olgan. Ayrim manbalarda qayd etilishicha, 32 xil xunar turi mavjud bo'lgan aholi yashaydigan joyni shahar deb atashgan. 1897 yili birinchi aholi ruyxati vaqtida katta shaharlarda aholining ko'pchilik qismi hunarmandlar hisoblangan. Masalan, Namangan axolisining 64 foizi, Quqonning 52 foizi, Chustning 54 foizi, Margilonning 50 foizi, mustaqil kasb-hunar egasi hisoblangan.[3]

Islom dini insonlarni halol mehnat, kasb-hunar bilan turmush kechirishga chaqirgan. Dangasalik, ishyoqmaslik, bekorchilik, nopok yo'llar bilan tirikchilik qilish Islomda qattiq qoralangan.Darhaqiqat, inson halol mehnati bilan ulug' savoblar va'da qilingan darajalarga erishishi mumkin. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bir hadisda: «Albatta, Alloh taolo hunarmand mo'minni sevadi», deganlar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) hadislarining birida: «Hech kim qo'l mehnati bilan topgan taomidan ko'ra yaxshiroq narsa yegan emas. Albatta, Alloh taoloning payg'ambari Dovud (alayhissalom) ham qo'l mehnati orqali kun ko'rganlar», deb marhamat qilganlar. [4 ]

O'rta asr Sharqining buyuk allomasi abu Nasr Farobiy o'zining qator asarlarida ilm va ta'limning muqaddasligi, xushaxloqlik, sadoqat, insoniylik, tarbiya mehnat va kasb-hunar o'rganish to'g'risidagi falsafiy, ilmiy g'oyalarni ilgari surdi. Uning «Risola fit-tanbix asbob as-saodat» (Baxt-saodatga erishuv yo'llari haqida risola), asarlarida o'zining yaxshi, mukammal, baxtli jamiyat haqidagi orzularini batafsil bayon qiladi. Asarda ta'lim-tarbiya, mehnat va kasb-hunar kishisining fazilatlari to'g'risida shunday fikr yuritadi: «Ta'lim faqat so'z va

o'rganish bilangiga bo'ladi. Tarbiya esa, amaliy ish, tajriba bilan, ya'ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bulgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo'lishi, o'rganishidir. Agar ular shu kasb-hunarga berilgan bo'lsalar, kasb-hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-hunarga jalb etsa, demak, kasb-hunarning chinakam oshig'i bo'ladilar». [5]

Demak, mutafakkir oqil jamiyat qurishning ham, barkamol shakllangan insonlarni tarbiyalashda ham, millat va xalqning ravnaqi ham kasb-hunar o'rganish va halol mehnat qilish zarurligini anglaydi va o'qtiradi.

Markaziy Oisyoning, sharqning buyuk allomasi, shuxrati butun olamga mashxur qomusiy mutafakkir Abu Rayxon Beruniy fan olamida, tafakkur xazinasida yirik o'ringa ega bo'lgan ilmiy meros qoldirdi. Uning «Minerologiya» (Qimmatbaho toshlarni bilish), «Hindiston», «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» kabi asarlarida tafakkurga, ilmga, falsafaga, ta'lim-tarbiyaga, mehnatga va kasb-hunarlarni egallashning ahamiyati to'g'risida fikrlari bayon qilingan.

Abu Rayxon Beruniyning «Minerologiya» asarida jumladan, shunday keltirib utiladi: «Mehnatsiz shon-shavkatga, martabaga erishgan kishi hurmatga loyiqmi? Yuqori martabaga mehnatsiz erishgan kishi va farog'at soyasida yashaydi, yaxshi kiyinadi, ammo, ulug'lik libosidan maxrum, yalang'ochdir». Demak, mehnatning tagi rohat, ammo, mehnatkash kishi juda katta amaldor bo'la olmasligi, juda boy-badavlat bo'la olmasligi, yalang'och bo'lishi mumkin ammo, huzur-halovatda bo'ladi.

Sharqning ulug' bilimdonlaridan biri Yusuf Xos Hojib o'zining «Qutadg'u bilig» (Saodatga yullovchi bilim) nomli asaridagi «Oytuldi o'g'li Ugdulmishga pand berishini aytadi» nomli hikoyatida kasb-hunar o'rganish shunday o'git qiladi: «O'gil-qizga hunar va bilim o'rgatish kerak, toki bu hunarlar bilan fe'l-atvor go'zal bo'lsin». Demak, ota-onalarning burchlaridan biri farzandlari xoh o'g'il bo'lsin, qiz bo'lsin, avvalo ularga hunar o'rgatish bilimlaridan xabardor qilsin, kelgusida ana shularni o'rgangach, ularning fe'l-atvori, odob-axloqi ham go'zal bo'lishiga erishildi.

Xalqning mehnat an'analariga, mehnat bayramlariga, yoshlarni unumli mehnat faoliyatiga, jarayoniga, kishilariga hurmat, ularning turli kasb-hunarlarni egallashlariga dastlabki qadamlar hisoblanadi va mehnat tayyorgarligining muhim omilidir.Yoshlarning mehnat tayyorgarligi, ta'limi, tarbiyasi, ularni kasblarga yo'naltrish, kasb tanlash, egallash, kasbiy ma'lumotlar berish, kasblarga moslashishlarining turli masalalari bilan turli davlatlarning turli sohalari olimlari

(falsafa, psixologiya, pedagogika, didaktika, iqtisodiyot va boshq.) har xil davrlarda shug'ullandilar va shug'ullanmoqdalar.

O'zbekiston Respublikasida ham uzoq davrlar mobaynida yoshlarning mehnat va kasb tayyorgarligi, ularni unumli mehnat jarayonidagi faoliyatga tayyorlash, kasb-hunar o'rgatish, xalq xujaligining turli sohalarida mehnat qilishga o'rgatishga tayyorlashning turli masalalari bilan ko'pgina olimlarimiz shug'ullanadilar. Ular o'z tadqiqot natijalarini nomzodlik va doktorlik dissertasiyalari, monografiyalar, o'quv qo'llanmalari tarzida bayon etdilar.

Asrlar mobaynida o'zining ilg'or madaniyati, milliy qadriyatlari, o'zligining noyob belgilari, ko'rinishlari bo'lgan urf-odatlari, amaliy san'ati, xalq hunarmandchiligining boy merosi bilan xalqimiz faxrlanib, e'zozlab, uluglab keladi.

Turli olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilib, xalq ustalari, hunarmandlari, tomonidan rivojlantirib, kengaytirilgan, xalq milliy amaliy san'ati, xalq bezak san'ati, badiiy san'at kabi juda kup xildagi nomlanib kelgan xalq hunarmandchiligi asoslarini hozirgi zamon xalq ta'limi tizimidagi o'rta (umumta'lim, hunar, maxsus) maktablari o'quv dasturlarida mustaqil predmet sifatida o'z aksini topmagan. Xalq hunarmandchiliginingturli sohalarini, yo'nalishlarini, qirralarini turli davlatlarda olimlarimiz ilmiy tadqiqotlarini yoritdilar.

Shuni aytish mumkinki, xalq hunarmandchiligi turli sohalarini (gilamchilik, naqqoshlik, ganchkorlik, yog'och uymakorligi, suyak va metall uymakorligi, kashtachilik, milliy pazandachilik asoslari, milliy qandolatchilik, egar-jabduklar tayyorlash, suzanalar tikish, pichoq tayyorlash, temirchilik, kandakorlik, rextagirlik (qo'ng'iroqsozlik), charmdo'zlik, etikdo'zlik, do'ppi va choponlar tikish, milliy imoratsozlik, sandiqlar va beshik yasash, milliy dehqonchilik asoslari va boshqalar (didaktik-uslubiy asoslari tizimlashtirilgan holda yaratilgan emas. Bu sohalarning maktablarda (umumiy o'rta, maxsus, hunar, oliy) qo'llanilishining ilmiy-pedagogik asoslari, metodik yullari, vositalari, mazmuni, uslublari butunligicha mujassamlantirilgan holda shakllantirilmagan. Xalq hunarmandchiligining turli sohalarini amaliyotga qo'llash, yosh avlodga o'rgatish jarayonida mehnat ta'limi, tarbiyasi va boshqalar bir butun tizim holida ishlanmasdan xalq ta'limi tizimida qo'llanilmasdan kelmoqda. Zero, davlatimizning mustaqil respublika sifatida shakllanishi, turli ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar har bir xalqning milliy qadriyatini ulug'lash davri yetilganligini ko'rsatadi.

Ta'lim maqsadini va mazmunini amalga oshirishda o'quv jarayonida, albatta o'ziga xos usullar qo'llaniladi. Xalq hunarmandchiligi bo'yicha o'quv

mashg'ulotlarni o'tkazish uslubiyati - ko'rgazmalilik, tabiiy va sun'iy obyektlarni namoyish qilish, amaliy mashqlar, bajarilgan operasiyalarni, usullarni qayta-qayta bajarib ko'rsatish, mustaqil ishlarni tashkil etish va boshqalardir.

Bulgusi mutaxassislarni tayyorlash ishining ta'lim tizimi maqsadini yozma ifodalash-mutaxassis siymosi, faoliyat siymosi bilan, bilim, ko'nikma, malakalar turi bilan uzviy bog'liqdir.

REFERENCES

1. Avesto"dan (tarj. M. Isoqov) Ozbek tili va adabiyoti jurnali, 1999

2. Unsur al-Maoliy, Qobusnoma, T., 1973 (to'ldirilgan 3-nashri], T., 1994

3. Исо Жабборов Узбек х,алк этнографияси. Т.:1993 й

4. Муслим Атаев.Исломда касб-хунар ва таълим-тарбияга муносабат. muslim.uz/index.php/maqolalar/item/4055

5. Abu Nasr Forobiy. Fazilat, baxt-saodat va kamolot haqida."Mutafakkir" xalqaro xayriya jamg'armasi. Toshkent "Yozuvchi"2002 ,37-b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.