Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© O'.S. Abdullayev1H_
1O'zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: Jaz san'ati - bu nafaqat musiqa, balki chuqur falsafiy mazmunga yega bo'lgan ijodiy jarayondir. Uning mashhurligi asrlar davomida o'sib borgan va har xil madaniyatlarda o'ziga xos rivojlanish yo'lini topgan. Maqolada jaz musiqasining o'ziga xos xususiyatlari, uning rivojlanish tarixi va inson ongiga bo'lgan ijobiy ta'siri haqida so'z boradi.
MAQSAD: maqolaning asosiy maqsadi - jaz san'atining ijodiy va ilmiy jihatlarini tadqiq yetish, uning inson tafakkuriga, ruhiyatiga va salomatligiga bo'lgan ta'sirini tahlil qilish, shuningdek, jaz festivallari va jazning bugungi kundagi dolzarb masalalarini yoritishdir.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot davomida jaz san'atining rivojlanish tarixiga oid ilmiy adabiyotlar va tadqiqot ishlari o'rganildi. Shuningdek, musiqa psixologiyasi va neyrofiziologiya sohalaridagi ilmiy manbalar asosida jaz musiqasining inson miyasi va ongiga bo'lgan ta'siri tahlil qilindi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: o'tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, jaz musiqasi insonning ijodiy tafakkurini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Improvisatsiya jarayoni musiqachilar miyasida maxsus neyron faollikni yuzaga keltiradi, bu yesa insonning ijodiy qobiliyatlarini kuchaytiradi. Shuningdek, jaz musiqasi tinglovchilarning kayfiyatini yaxshilash, stressni kamaytirish va ruhiy barqarorlikni ta'minlash xususiyatlariga yega.
XULOSA: tadqiqot natijalari jaz san'atining inson hayotiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi, uning nafaqat badiiy, balki fiziologik va ruhiy foydalarga ham yega yekanligini tasdiqlaydi. Jaz san'ati, o'zining improvisatsiyaga asoslangan tabiatidan kelib chiqib, ijodiy yerkinlikni oshirish va musiqa orqali inson tafakkurining rivojlanishiga yordam beruvchi samarali vosita hisoblanadi.
Kalit so'zlar: jaz, improvisatsiya, pulsatsiya, musiqa, kompozitsiya, kreativlik, neyrofiziologiya, psixologiya, musiqa terapiyasi.
Iqtibos uchun: Abdullayev O'.S. Jaz san'ati haqida.// Inter education & global study. 2025. №2. B.633-638.
ОБ ИСКУССТВЕ ДЖАЗ
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №2
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
© У.С. Абдуллаев1И 1 Национальный институт эстрадного искусства имени Ботира Закирова при Государственной консерватории Узбекистана, Ташкент, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: Джаз - это искусство, способное вдохновлять, оказывать влияние на философские взгляды и формировать эмоциональное состояние человека. С момента своего появления джаз приобрел популярность среди представителей различных профессий и культур, сохраняя уникальные особенности, отличающие его от других музыкальных жанров. В статье исследуются специфические черты джаза, его импровизационная природа и влияние на восприятие музыки.
ЦЕЛЬ: основная цель исследования - выявить особенности джазового искусства, его влияние на психологию человека и его физиологическое воздействие, а также рассмотреть значение джазовых фестивалей в популяризации данного жанра.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в ходе исследования проведен анализ научных публикаций, посвященных истории развития джаза. Также рассмотрены исследования в области музыкальной психологии и нейрофизиологии, изучающие влияние джазовой импровизации на деятельность мозга.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты анализа показали, что джаз играет важную роль в развитии креативного мышления, так как импровизация активирует специфические нейронные процессы в мозге исполнителей. Более того, ритмическая структура джаза оказывает положительное влияние на сердечнососудистую систему, а также способствует снятию стресса и улучшению эмоционального состояния слушателей.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: исследование подтверждает, что джазовое искусство обладает не только художественной, но и терапевтической ценностью. Импровизационная природа джаза способствует развитию творческих способностей, а также оказывает позитивное воздействие на психику и физиологическое состояние человека.
Ключевые слова: джаз, импровизация, пульсация, музыка, композиция, креативность, нейрофизиология, психология, музыкальная терапия.
Для цитирования: Абдуллаев У.С. Об искусстве Джаз.// Inter education & global study.2025. №2. С. 633-638.
ABOUT ART OF JAZZ
© O'tkir S. Abdullaev1®
1 National Institute of Pop Art named after Botir Zakirov under the State Conservatory of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan_
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 2
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №2
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Annotation
INTRODUCTION: Jazz is an art form that inspires, influences philosophical perspectives, and shapes human emotions. Since its emergence, jazz has gained popularity among people of different professions and cultures, maintaining unique features that distinguish it from other musical genres. This paper investigates the improvisational nature of jazz, its influence on music perception, and its distinctive elements.
AIM: the primary objective of this study is to analyze the characteristics of jazz, its psychological and physiological impact on humans, and the role of jazz festivals in promoting this genre.
MATERIALS AND METHODS: the study includes an analysis of scientific literature on the history of jazz development. Additionally, research in music psychology and neurophysiology is reviewed to examine the effects of jazz improvisation on brain activity.
DISCUSSION AND RESULTS: the findings indicate that jazz plays a crucial role in fostering creative thinking, as improvisation activates specific neural processes in musicians' brains. Furthermore, the rhythmic structure of jazz positively influences the cardiovascular system, reduces stress, and enhances the emotional well-being of listeners.
CONCLUSION: the research confirms that jazz has both artistic and therapeutic significance. Its improvisational nature contributes to the development of creative abilities while also having a beneficial impact on human mental and physiological well-being.
Keywords: jazz, improvisation, pulsation, music, composition, creativity, neurophysiology, psychology, music therapy.
For citation: O'tkir S. Abdullaev. (2025) 'About art of Jazz', Inter education & global study, (2), pp. 633-638. (In Uzbek).
Insonga ilhom bag'ishlovchi, falsafiy qarashlariga ayricha ta'sir qiluvchi, yorqin, jonli va erkin musiqa bu shubhasiz jazdir. Uning mashxurligi uzoq yillardan buyon davom etib kelmoqda. Kelib chiqishidan qat'iy nazar ushbu musiqiy uslub tezkor sur'atda rivojlanib, turli kasbdagi va turli millat vakillari orasida o'z tinglovchilariga ega bo'lib bormoqda. Boshqa musiqiy yo'nalishlarga nisbatan jaz kompozitsiyalarining inson tafakkuriga ta'sir qiluvchi o'ziga xos jihatlari mavjud:
Muayyan tovushning uzluksiz pulsatsiyasi. Bu musiqa tinglovchiga ijobiy kayfiyat bag'ishlovchi va yanada ko'proq ilhomlantiruvchi doimiy pulsatsiyasi bilan farq qiladi. [1. 35-b.]1
Improvizatsiya (badihago'ylik) imkoniyati. Jaz musiqasini, betakror deyish mumkin, chunki musiqachilar aynan saxnada, jonli ijro vaqtida avvallari xech qayerda ijro
1 Гилёв С.А. "Беседы о джазе". Ташкент, 2008
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 2
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №2
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
etilmagan va keyin ham yangramaydigan betakror kompozitsiyadan tinglovchilarni bahramand etadilar.
Yorqin va boy musiqiy kompozitsiyalar. Turli musiqiy cholg'ular ijrosini o'zida mujassam eta oladigan ushbu musiqa hech kimning e'tiborini tortmay qo'ymaydi. Sababi aynan mana shu xususiyati unga betakrorlik, yorqinlik va mazmun bag'ishlaydi. Shunisi ajabalanarliki, jamoaviy ijro vaqtida har bir ijrochi o'zining ichki ritmini yuzaga chiqarishi mumkin. Bu holat avvaldan kelishilmagan bo'lsada, har bir ijrochining ichki ritmi, ijrosi va mahorati bir nuqtada kesishadi va asar ijrosi so'ngiga qadar davom etadi. [2. 26-b.]2 YA'ni jazz musiqasi ayniqsa, jamoaviy ijroda xech qanday chegara qo'ymaydi, ya'ni har bir ijrochining o'ziga xosligini, alohida uslubini namoyish etishga imkon beradi. Bu esa ijro etilayotgan asarga yanada jonlilik bahsh etadi.
Jazz musiqiy yo'nalishi kompozitsiyalari ijrosining noodatiy texnikasi, uzoq yillardan buyon mavjud bo'lsada, o'zining yangichaligi va dolzarbligi bilan hayratga soladi. Sababi jaz musiqalarining paydo bo'lish davrini xisobga olsak, bugungi kunga kelib vaqt va zamon ta'sirida u o'zining muddatini o'tab bo'lishi mumkin edi. Ammo jazz yo'nalishi bilan bu hol sodir bo'lmadi. U hali hamon tinglovchilarini yangi yangi ijrolari va improvizatsiyalari bilan hayratga solib kelmoqda.
Jaz musiqasi fortepianoda, saksofonda, boshqa damli cholg'ularda, gitarada va boshqa istalgan cholg'uda ijro etilishi mumkin. So'nggi vaqtlarda jazz musiqalarini ijro etishda milliy cholg'ular ham ishtirok etayapti, bu esa jazda "etnojaz" deb nom olgan yangi yo'nalishning paydo bo'lishiga sabab bo'ldi. Bu alohida mavzu, ammo aytmoqchi bo'lganimiz, bu cholg'ular orasida aynan gitara, saksofon jazz musiqasi belgisiga aylanib qolgan va birorta jaz-bend gitara, saksofon ijrosidagi kompozitsiyalarsiz o'tmaydi.
Jaz bu - musiqalari saxnadagi ijro jarayonida tug'iladigan yagona janr xisoblanadi. Musiqachilar avvaliga tomoshabin va tinglovchilarga oldindan ma'lum bo'lgan kompozitsiyani ijro etadilar va kutilmaganda uni o'zgartiradilar hamda barchaning guvohligida, ko'z o'ngida yangidan yangi ohanglarni yaratadilar. [3. 14-b.] 3
Mutaxassislar jaz san'atining inson tafakkuriga ta'sirini o'rgana turib shunday xulosaga keldilar: uzoq yillar jaz ijro etuvchi musiqachilarning miya faoliyati boshqalarnikidan farq qilar ekan, ya'ni jazz musiqasini ijro etish jarayonida ijrochi o'ziga hos trans holatiga tushib qolar ekan va miyaning tormozlanish faoliyati bu vaqtda o'chib qoladi va eshitish a'zolari orqali kelayotgan axborotni tezda ilg'ash va qayta ishlash jarayoni tezlashadi. Soniya bo'laklari orasida musiqachi yangi musiqiy ohanglarni o'ylab topa boshlaydi va shu lahzadayoq uni tashqariga chiqarib, umumiy musiqiy kompozitsiyaga qo'shadi. Mana shu tariqa musiqachi dunyoda o'xshashi bo'lmagan va bo'lmaydigan musiqani yaratadi. Mana shu holatning tez tez va surunkali ravishda takrorlanib turishi, musiqachining miya faoliyatini yanada kuchaytiradi va bu holatga moslashtiradi. Xozircha olimlar, nima uchun aynan jaz uslubi musiqachilarda
2 Михаил Шапошников "Джаз музыка" Москва 1993 й
3. Конен В. Пути американской музыки. М., «Музыка», 1965
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 2
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №2
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
improvizatsiyaga inisbatan fenominal qobiliyat va yuqori darajadagi kreativlikni shakllantirishini to'liq o'rganganlaricha yo'q. Bu albatta olimlarning yanada qiziqishiga sabab bo'ladigan mavzu, nazarimizda.
Olimlarning kuzatishlari yana shuni ham ko'rsatdiki, jaz musiqasi tinglovchilarning ham salomatligiga ijobiy ta'sir qilar ekan. Ammo qanday qilib? Ma'lum bo'lishicha, jaz uslubiga hos bo'lgan ritm va motivlar odam organizmida yurak qon - tomir va asab tizimining faoliyatini yaxshilovchi va gormonlar ish sifatini oshiruvchi alohida tebranishlarni hosil qilar ekan. Bu esa tinglovchiga tushkunlikdan qutulishga, qon aylanishini tezlashtirishga yordam beradi. Qon aylanishining tezlashishi esa qon tomirlarda tiqilib qolayotgan tromblarni xaydaydi va miya faoliyatini yaxshilaydi.
Yana shunisi qiziqki, jaz ohanglarining ijro sur'ati ham tinglovchining va ijrochining salomatligi hamda ruhiyatiga ta'sir qilar ekan. Masalan, sokin jaz musiqasi asablarni tinchlantiradi, natijada odam bo'shashadi, nafas olishi sekinlashadi, fikrlari esa yoqimli bo'ladi. Tez sur'atda ijro etilayotgan jaz musiqalari esa tinglovchiga bir finjon kahva kabi ta'sir qilib, lanjlikni bartaraf etadi, kayfiyatni ko'taradi va quvvatlantiradi.
Balki mana shu ma'lumotlar, nima uchun jazni hamma birdek sevishini, uni ijro etish ham, tinglash ham zavqu shavq ulashishini anglashimizga yordam berar ekan. Barcha uchun qiziqarli bo'lgan ushbu janr xaqida fikr yuritar ekanmiz, u bilan bog'liq qiziqarli ma'lumotlarni ham keltirishni joiz bildik.
30-aprel sanasini butun dunyo "Xalqaro jaz kuni" sifatida nishonlaydi. Bu kunga jazmenlar alohida tayyorgarliklar ko'rishadi, katta katta tadbirlar, konsertlar tashkil etilib, oliy darajada o'tkaziladi. [4. 19-b.]4 Xuddi shuningdek, O'zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi B.Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati institutida ham har yili
1-apreldan 30-aprelgacha "Jaz oyligi" o'tkaziladi va MESIda talabalar jamoasidan iborat big-bend orkestr va guruhlarining konsertlari namoyish etiladi. Talabalarning bu chiqishlari barcha tomonidan e'tirof etilib, ijobiy baholanmoqda.
Jaz avval "qoralar musiqasi" deb nomlangan edi, sababi u dastavval xabash qullar tomonidan ijro etilgan, balki ularning turli holatlarida yaratgan musiqalari bo'lgan degan ehtimol ham mavjud. Endi "jaz" atamasiga alohida to'xtalsak, Uning qanday va qachon kirib kelgani xaqida aniq ma'lumotlar yo'q. Bir guruh olimlarning ta'kidlashicha, "jaz" beysbol o'yini atamalaridan biri bo'lib, o'tgan asrning boshlarida paydo bo'lgan. Yana boshqa guruh olimlarning aytishiga ko'ra, "jaz" xozirda yo'q bo'lib ketgan raqs turining nomlanishi bo'lgan va bu nom bugungi kundagi biz bilgan janrga nisbatan ham qo'llanilgan.
Alohida ta'kidlash joiz, 2014 yilda Yangi Orleanda Amerika anesteziologlar jamiyati konferensiyasida o'tkazilgan tajriba natijalari ma'lum qilindi. Unda aytilishicha, jaz
4. "Эстрада чол€уларини укитиш услубиёти" У.Абдуллаев. Тошкент., «Мусика», 2021
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 2
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
musiqasi jarroxlik amaliyotini boshdan kechirgan bemorning og'riqlarini susaytirgan, bosh og'rig'idan aziyat chekkanlarning dardiga malham bo'lgan.
Jaz musiqasi mana shunday, sirli, sinoatli, qiziqarli, jozibali, o'z falsafasiga ega bo'lgan betakror va hamisha navqiron san'at. Har yangi avlod uni sevib tinglaydi, yangi yangi jaz yo'nalishlarini yaratadi, hech ikkilanishlarsiz, erkin ijod qilib, kompozitsiyalarni ijro etadi. Bularning bari odamlarga zavq beradi. Bu san'at xaqida hali bilmaganlarimiz bisyor, ajabtovur hislatlari juda ko'p. Tinglovchisi behisob bo'lgan jaz borasida izlanishlar olib borish va ijod qilishda davom etish bizning asosiy vazifalarimizdan biridir.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Гилёв С.А. "Беседы о джазе". Ташкент, 2008.
2. Конен В. Пути американской музыки. М., «Музыка», 1965
3. http://www.jazz-jazz.ru/
4. Михаил Шапошников "Джаз музыка" Москва 1993 й
5. "Эстрада чолfуларини укитиш услубиёти" У.Абдуллаев. Тошкент., «Мусика»,
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
иАбдуллаев Уткир Садуллаевич, доцент [Абдуллаев Уткир Садуллаевич, доцент], [O'tkir S. Abdullaev, associate professor]; манзил: Тошкент шах,ри, Шайхонтох,ур тумани, Ботир Зокиров кучаси, 1-уй, [адреc: Город Ташкент, Шайхонтохурский район, улица Ботира Закирова, 1 -й дом], [address: Tashkent city, Shaykhontokhur district, Botira Zakirova street, 1st house]
2021