Научная статья на тему 'JANUBIY HISOR TOG’OLDI HUDUDLARDA TURISTIK MARSHRUTLARNI LOYIHALASH MASALALARI'

JANUBIY HISOR TOG’OLDI HUDUDLARDA TURISTIK MARSHRUTLARNI LOYIHALASH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
19
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turizm / turistik marshrut / loyiha / kuesta / sirk / trog / kar / karst / gidrologiya / tabiatning maftunkor joylari / iqtisodiyot / tourism / tourist route / project / cuesta / cirque / trog / kar / karst / hydrology / fascinating places of nature / economy.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Bayqabilov X. М., Normatov S.A.

ushbu maqolada Janubiy Hisor tog’oldi hududlarning geografik xususiyatlari va ulardan kelajakda turizmda foydalanish masalalari yoritilgan. Shuningdek maqolada mazkur hududda turistik marshrutlarni loyihalash masalalari haqida so’z boradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF DESIGNING TOURIST ROUTES IN THE SOUTH HISOR MOUNTAIN REGIONS

This article describes the geographical features of the Southern Hisar highlands and their future use in tourism. The article also talks about the design of tourist routes in this area.

Текст научной работы на тему «JANUBIY HISOR TOG’OLDI HUDUDLARDA TURISTIK MARSHRUTLARNI LOYIHALASH MASALALARI»

Bayqabilov X.M.

Shahrisabz davlatpedagogika instituti "Geografiya" kafedrasi dotsenti

Geografiya fanlari bo'yicha falsafa doktori

Normatov S.A. Shahrisabz davlat pedagogika instituti "Geografiya" kafedrasi assistent o'qituvchisi

JANUBIY HISOR TOG'OLDI HUDUDLARDA TURISTIK MARSHRUTLARNI LOYIHALASH MASALALARI

Annotatsiya: ushbu maqolada Janubiy Hisor tog'oldi hududlarning geografik xususiyatlari va ulardan kelajakda turizmda foydalanish masalalari yoritilgan. Shuningdek maqolada mazkur hududda turistik marshrutlarni loyihalash masalalari haqida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: turizm, turistik marshrut, loyiha, kuesta, sirk, trog, kar, karst, gidrologiya, tabiatning maftunkor joylari, iqtisodiyot

Baykabilov H.M., doctor of philosophy in geography

associate professor "Geography" department Shahrisabz State Pedagogical Institute

Normatov S.A. assistant teacher "Geography" department Shahrisabz State Pedagogical Institute

ISSUES OF DESIGNING TOURIST ROUTES IN THE SOUTH HISOR

MOUNTAIN REGIONS

Abstract. This article describes the geographical features of the Southern Hisar highlands and their future use in tourism. The article also talks about the design of tourist routes in this area.

Keywords: tourism, tourist route, project, cuesta, cirque, trog, kar, karst, hydrology, fascinating places of nature, economy.

Kirish. Jahon mamlakatlarida keskin rivojlanib borayotgan turizm mamlakat iqtisodiyotida eng serdaromad sohalaridan biri bo'lib hisoblanadi. Shuning uchun ham O'zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat ahamiyatiga molik bo'lgan masaladir. Bu masalaning dolzarbligi shundaki, turizm bozorining xalqaro rivoji o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, hozirgi kunda bu bozor munosabatlarini bilish, turizmni rivojlantirish muammolarini to'g'ri aniqlashni talab qiladi. Chunki, xalqaro turizmni bilmasdan dunyo turizmi hamjamiyatiga,

hamkorligiga qo'shilish va O'zbekistonda turizmni xalqaro va mahalliy darajada rivojlantirish qiyin kechadi.

Milliy turizmni rivojlantirishning asoslaridan biri esa turistik marshrutlarni ishlab chiqish va bu marshrut larga turistlarni jalb qilish hisoblanadi. Puxta, qiziqarli ishlangan turistik marshrut turistlarni ko'plab jalb qiladi. Shuning uchun ham, turistik marshrutlarni mukammal ishlab chiqishga talab juda katta bo'lib, O'zbekistonda turizmni rivojlantirishdagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Respublikamizda bugungi kunda tabiiy obyektlardan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlari ishlab chiqilgan bo'lib, ularga amal qilish zarurati ekologik va iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqmoqda. Tabiiy landshaftlarning shakllanishi, o'zgarishi va yangi tiplarining paydo bo'lishi kelajakda tog' va tog'oldi turizmini rivojlanishiga muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Shundan kelib chiqib, tadqiqot obyekti hisoblanmish Janubiy Hisor tog'oldi hududlarda turistik marshrutlarni loyihalash va ularning tarqalishi, ular bilan bog'liq barcha jarayon va hodisalarni o'rganish, ularning geografik muhit bilan xususiyatlarini aniqlash, tahlil qilish hamda amaliy va ilmiy ahamiyatini belgilash ham tabiiy, ham iqtisodiy dolzarb masala hisoblanadi [1].

Metodlar. Dastlab tadqiqot obyekti hisoblangan Janubiy Hisor tog'oldi hududlarda turistik marshrutlarni loyihalashda Hisor tog' tizmasining joylashgan o'rniga tavsif berishni lozim topdik.

A.Nizomov ma'lumotlariga ko'ra, Hisor tog'ining janubiy-g'arbiy qismi O'zbekiston hududida joylashgan. Hisor tizmasi Qashqadaryoning sharq tomonida, Surxondaryo vodiysining esa shimol hamda g'arb tomonidan o'rab turadi. Hisor tog'i bir muncha yosh bo'lgan yura va bo'r davri yotqiziqlardan tashkil topgan bo'lib, faqat shimoliy-sharqiy qismlaridagina devon davri qatlamlari uchraydi. Ular juda kuchli karstlangan. Shu boisdan Hisor tizmasi respubilkamizning eng yirik karstlashgan hududlariga mansubdir. Turli o'lchamdagi g'orlar, karst shaxtalari, karst vodiylari turistlar uchun qiziqarli obyektlar o'rnini o'taydi. Bu holat 1985-1986 yillar davomida olib borgan geologik dala qidiruv ishlar natijasida tasdiqlangan [7].

1-rasm. Hisor tog' tizmasi etaklaridagi qishloqning umumiy ko'rinishi

Hisor tog'i shimoldan janubga tomon tobora pasayib boruvchi olti qator kuestalar tizimidan iborat. Shuning uchun ushbu tog'larni geomorfologik tuzilishida ko'zga tashlanuvchi eng yerik relef elementi kuestalardir. U nadviglarning ya'ni quyi yo'ra davriga xos tog' jinslari qatlamlarining tektonik kuchlar ta'sirida kuchli bukilishi va bir-birlarining ustiga mingashib ketishi tufayli sodir bo'lgandir. Ushbu kuestalar shimoldan janubga tomon 200 km. Masofaga cho'zilgan bo'lib, eng baland, tik devor tarzidagi kutarilgan joyi 200 m.dan ham ziyodroq balandlikka egadir. Kuestalarning orqa tarafi uncha katta qiyalikka ega bo'lmagan yuzalar bo'lib, bunday geomorfologik hosilalar sirti, deb yuritiladi. Sirtlarining yuza qismi Hisor tizmalari bo'ylab ayniqsa, Boysuntov, Xo'jai Qorshibar, Ketmonchopdi, Kuhitangda quyi yura davriga xos ohoktosh qatlamlari ochilib yotadi. Ular kuchli karstlangan, shu bilan birga vaqtincha oqar suv yo'nalishlari bo'ylab chuqur yemrilgandir. Ba'zan esa bunday yemrilgan yuzalar bo'ylab chuqurligi 200 m.dan ham ziyodroq bo'lgan tangilar vujudga kelgan. Kan'onlarning tag qismida suv oqadi. Ularning chuqurligi ba'zan shu darajaga yetadki, quyi qismidan qaraganda kishiga ko'k gumbazi ko'rinmaydi. Kan'onlar ayrim joylarda 4-5m. Qadar torayganda, choqorida yerik xarsanglar osilib turadi. Bu xil manzaralar turistlarning deqqatini jalb qilib, tabiatni tomosha qilishga bo'lgan qiziqishini orttiradi. O'zbekiston tog'larining yuqori qismlarida muzliklar mavjud. Qashqadaryo havzasidagi Seversov, Botirboy, To'polondaryo havzasidagi Ko'hitarma kabi o'nlab kichik muzliklar shular jumlasidandir. Muzliklarning kar, sirk, trog kabi relef formalarini hosil qilishdagi roli kattadir

[7].

Qashqadaryo viloyati hududida O'zbekistonning nisbatan yirik daryo tizimlaridan biri bo'lgan Qashqadaryo havzasi joylashgan. Suv yig'ilish maydoni 8780 kv.km. bo'lgan Qashqadaryo havzasi shimol va shimoli-sharqda Zarafshon,

sharqda Hisor tizmalarining g'arbiy tarmoqlari bilan o'ralgan bo'lib, g'arbda u Qarshi cho'li bilan tutashib ketgan [5].

Qashqadaryo havzasining yer usti suvlarini o'rganishda rus olimi V.I.Lipskiy (1897-1899 yillar) tadqiqotlarini eslatib o'tish lozim. V.I.Lipskiyning "Tog'li Buxoro" asarida Qashqadaryoning chap irmoqlari gidrologiyasi ancha aniq ta'riflangan [2].

Shuningdek, 1926-1936 yillarda Tojik-Pomir ekspeditsiyasining otryadlari yer osti suvlari, daryolarni o'rganishda diqqatga loyiq tadqiqotlarini olib bordilar. Gidrologik yo'nalishdagi muhandis G.V.Vinogradovning tadqiqotlari asosida hozirgi gidropostlar tashkil topdi [4].

Keyinchalik professor V.L.Shuls daryolar rejimining joy balandligi va quyilishiga bog'liq ravishda o'rgandi [8].

Ushbu tavsif Hisor tog'iga va Qashqadaryo havzasiga mansub bo'lib, biroq tog'oldi hududlardan turistik maqsadlarda foydalanish bugungi davr talabi desak, mubolag'a hisoblanmaydi.

Muhokama: Tadqiqot ishimizning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

1. Janubiy Hisor tog'oldi hududlari zonasining chegaralarini aniqlash;hududning ichki suvlari, o'simlik va hayvonot dunyosining turizmni rivojlantirishdagi ahamiyatini o'rganish;

2. Janubiy Hisor tog'oldi hududlarda turistik obyektlari va resurslari, ularning salohiyatini aniqlash;

3. Janubiy Hisor tog'oldi hududlarda turistik resurslari va obyektlaridan turizmda foydalanishning yangi yo'nalishlarini ishlab chiqish;

4. Janubiy Hisor tog'oldi hududlarda turistik marshrutlarni loyihalash va ularning tarqalishi, ular bilan bog'liq barcha jarayon va hodisalarni o'rganish;

Barchamizga ma'lumki, turistik marshrutlar ishlab chiqishdagi birinchi talab qayd qilingan «tamoyillar»ni puxta bilish va o'z o'rnida, talabiga qarab qo'llash, ishlatish hisoblanadi. Turistik marshrutlar ishlab chiqishdagi tamoyillar alohida-alohida yoki majmuali holda qo'llanilishi mumkin. Turistik marshrutlar ishlab chiqishda foydalaniladigan asosan Jozibadorlik tamoyiliga e'tibor berish lozimki, ma'lum bir turistik ob'ektga turistik marshrut ishlab chiqishda turoperatorning birinchi navbatdagi asosiy vazifasi aynan ana shu turistik ob'ektning eng jozibador, betakror joyini, ko'rinishini aniqlashdir. Jozibadorlik va betakrorlik deganda ma'lum bir xalqaro yoki mahalliy talab va standartlarning o'lchamlariga, darajalariga javob beradigan ob'ektning tarixiyligi, mo"jizaviy ko'rinishi va hokazolarni tushunishimiz kerak.

Janubiy Hisor tog'oldi hududlaridagi asosiy turistik marshrutlar quyidagilar:

1. Siyob qishlog'i - Miroqi shaharchasi (Qorasuv daryosi bo'ylab);

2. Hisorak - Sayat - Suvtushar qishloqlari (adirlar bo'ylab);

3. Hisorak - Yakkaxona - Mingko'char qishloqlari (soylar va adirlar bo'ylab);

4. Hisorak - Tamshush - Sarchashma qishloqlari ("turistik uchburchak");

5. Ommag'on - Kamar - Xitoy qishloqlari (adirlar bo'ylab);

6. Sho'rhasan - Vardon - Hummon qishloqlari (adirlar bo'ylab);

7. Haydarbuloq - Kaltaqul qishloqlari (adirlar va soylar bo'ylab). Ushbu turistik marshrutlar Oqsuv daryosining o'ng irmog'i Qorasuv

daryosi va soyliklari (Siyob qishlogi ma'muriy jihatdan Kitob tumaniga qarashli) va Oqsuv daryoning yuqori irmoqlari hisoblanmish G'ilonsoy va Tamshushdaryo bo'ylab soy va adirlardagi turistik obyektlarni (2, 3, 4- turistik marshrutlar) qamrab olgan. Tanxozdaryo havzasi bo'ylab (5, 6- turistik marshrutlar) hamda Qizilsuv daryosi havzasiga mansub (Yakkabog' tumani hududi) turistik marshrutlarni taklif qilamiz.

Xulosa: Qayd qilinganlardan xulosa qilish mumkinki, Janubiy Hisor tog'oldi hududlaridagi barcha turistik resurslar turistik marshrutlarni ishlab chiqishda, turizmni rivojlantirishda eng muhim iqtisodiy omil bo'lar ekan. Turistik resurslarga turistik marshrutlar ishlab chiqishning nazariy asoslarini o'rganish turizm resurslaridan foydalanishning davlat dasturini ham yaratishni kun tartibiga qo'yadi. Bu maqsadga erishish uchun viloyatimizda quyidagi vazifalarni amalga oshirishimiz zarur:

1. Mazkur mavzu yuzasidan muhim adabiyotlarni tahlil qilish;

2. Janubiy Hisor tog'oldi hududlarning turistik obyektlaridagi gidrografik xususiyatlarini hozirgi holatini o'rganish;

3. Tadqiqot davomida Janubiy Hisor tog'oldi hududlarning turistik salohiyatini bugungi kundagi samaradorligini aniqlash;

4. Ilmiy-amaliy izlanishlar natijasida Janubiy Hisor tog'oldi turistik obyektlaridan foydalanishning istiqbolli yo'nalishlarini prognozlash;

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Tilovov T., Tilovova N. Hayot ekologiyasi. Qarshi: "Nasaf ' NMIU, 2022. 292 b.

2. Shoto'rayev T., Baratov P. O'rta Osiyoning sun'iy ko'llari. - T.: "Fan", 1972.

3. Halimov R.H. G'uzor daryosi havzasining tabiati va ekologik muammolari // Geografiya fanining dolzarb nazariy va amaliy muammolari: Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. 2006 yil 24-25 noyabr. - Toshkent, 2006. 8889 b.

4. Husanxo'jayev Z.X. Gidrotexnika inshootlari. -T.:, 1978. - 432 b.

5. "O'zbekiston ovozi" №20, 2022-yil 18 may, (32.714)

6. Shuls V.L., Masharipov R. "O'rta Osiyo gidrografiyasi" - T.:"O'qituvchi", 1969.

7. Низомов А. ва бошкалар. Узбекистоннинг экотуристик ресурслари ва йуналишлари. - Т.: "Fan va texnologiya", 2014. 104 б.

8. Suyarqulov N.M. Qashqadaryo viloyati suv omborlaridan kelajakda ratsional foydalanish // Эконимика и социум, Российская Федерация. Институт управления и социально-экономического развития. 2023 г. Апрель. .№5 (108) 2-2023. 396 - 400 ст.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.