ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
SURXON VOHASINING MA'MURIY HUDUDIY HOLATI VA BOSHQARUV
TIZIMI
Buxoro amirligi tarkibida bo lgan hududlarda tuzilgan bekliklar soni bo yicha muammo ko'rib chiqildi. Amirlik va Surxon vohasi ma'muriy - hududiy tuzilishi ilmiy adabiyotlar va arxiv manbalari asosida muhokama qilindi.
Aniqlanishicha amirlik bekliklarga bo lib boshqarilgan, beklikni bek boshqargan. Hozirda bek lavozimini vazifasiga ko ra hokimlarga, bekliklarni esa viloyatlarga tenglashtirish mumkin.
Vohadagi mavjud bolgan joy nomlarining kelib chiqishi tarixiga muhim ahamiyat qaratildi. Amirlik va bekliklardagi mansabdorlarning lavozim yoriqnomalari bo yicha nomlanishi yuzasidan terminlar ortasidagi farqlar ajratib korsatildi
Hozirgi kunda vohada mavjud bolgan tumanlardagi bekliklar qorg'onlaridagi tarixiy yodgorliklar, qadimiy shaharlar, ularga olib boruvchi yo llar bo ylab yangi turistik marshrutlar tashkil qilish va ularni tavsiflovchi turli tillarda maxsus sayyohlik xaritalari, bukletlar, ma'lumot korsatgichlar hamda albomlarni tayyorlash taklif etildi.
Kalit so'zlar: Buxoro amirligi, Surxon vohasi, Hisor bekligi, Sherobod bekligi, Boysun bekligi, Denov bekligi, mirshab, Yurchi, Qobodiyon, Qorg'ontepa, Nurota.
The problem of the number of principality formed in the territories of the Bukhara Emirate is considered. On the basis of scientific literature and archival sources, the administrative-territorial structure of the emirate and the Surkhan oasis is considered.
As it turned out, the emirate was divided into principality, and the principality was headed by a beg. At present, the position of principalites can be equated to governors, and principalites to regions, according to their duties.
Great importance was attached to the history of the origin of the toponyms that existed in the oasis. Differences between the terms were highlighted in connection with the appointment of officials to the emirates and provinces according to job descriptions.
Creation of new tourist routes along historical monuments, ancient cities, roads leading to them and special tourist maps, booklets, information books in different languages with their description. It is proposed to prepare stickers and albums.
Keywords: Emirate of Bukhara, Surkhan oasis, Hissar, Sherabad, Baysun, Denov, mirshab, Yurchi, Kabadion, Kurgantepa,
Ahmad Abdulazizovich Qarshiyev
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
Nurata.
February, 2023
KIRISH
Buxoro tarixiga nazar solar ekanmiz, uning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotida Surxon vohasi muhim o'rin tutganligiga guvoh bolamiz. "Buyuk Ipak yolfning Markaziy Osiyodan o'tganligi buning isbotidir. Xususan, bu hududlar g'arb va sharqni bog'lovchi asosiy xalqalardan biri bo'lganligi sababli uning strategik o'rniga yuqori baho berilgan.
Mamlakatimiz tarixida muhim o'rin tutgan, Buxoro amirligi va Surxon vohasining ma'muriy hududiy holati va boshqaruv tizimi hamda tarixiy toponimlarining tarkibi bo'yicha tasnif qilish asosida o'rganish ko'pgina tarixiy-ijtimoiy muammolarni hal qilish imkonini beradi. Shu bilan birga bu muhim tarixiy material Buxoro amirligi tarkibida bo'lgan Surxon vohasining aholisi, etnik tarkibini ham tasavvur etishga yordam beradi. Surxon vohasining tarixiy toponimikasining ma'muriy tizim bo'yicha qarab chiqish davlat boshqaruvining hududiy asoslarini o'rganish va tadqiq etish ham muhim sanaladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA METODLAR
Maqolada umumiy qabul qilingan metodlar - xolislik, tarixiy tahlil, qiyosiy-mantiqiy tahlil, xronologik ketma-ketlik tamoyillari asosida Surxon vohasining ma'muriy hududiy tuzilishi va boshqaruv tizimi bayon etilgan.
Surxon vohasining ma'muriy hududiy tuzilishi va boshqaruv tizimi to'g'risidagi ma'lumotlarni E.Qobulov, D.N. Logofet, P.P. Pokotilo, B.I. Iskandarov, M.R. Abduvahobova, A.B. Xoliqulov, E.Rtveladze, M.Aminov, N.A. Mayev, S.Tursunov, F.Ochildiyev kabi olimlarning tadqiqotlarida uchratamiz.
NATIJALAR
O'rta Osiyo xonliklari ichida Buxoro xonligi boshqa hududlarga nisbatan alohida mavqeiga ega bo'lgan, katta hududlarni egallagan davlat edi. Buxoro xonligi boshqaruvi mang'itlar sulolasidan bo'lgan Muhammad Rahimbiyga o'tgandan boshlab mamlakatda yakka tartibdagi boshqaruv tartibi joriy etildi. Muhammad Rahimbiyning markazlashtirish siyosatini, o'sha davrdagi Buxoro ruhoniylari, mahalliy hunarmand kosiblar va savdoganlar orasidagi badavlat kishilar ham qo'llab quvvatlaganlar.
Davlat boshqaruvi ikki bosqichli bo'lib, birinchi - amir, saroy amaldorlari, o'zbek urug'lari va qabila boshliqlari hamda e'tiborli din peshvolaridan tashkil topgan markaziy davlat boshqaruvi va ikkinchi mahalliy davlat boshqaruvidan iborat bo'lgan[6.B.69].
Buxoro amirligi tarkibida bo'lgan hududlar ma'muriy jihatdan bekliklarga bo'lib idora etilgan[11.B.99]. Manbalarga ko'ra,
February, 2023
151
XVIII asrning o'rtalariga kelib Buxoro amirligi hududlarida ham birmuncha o'zgarishlar sodir bo'ladi. XX asr boshlarida amirlik 24 ta beklik, 7 ta alohida amloklik va 10 ta tumanga bo'linganligi keltirilsa[10.B.39], 1915-yildagi hujjatlarda mamlakat 27 ta beklik hamda 11 ta tumandan iborat bo'lganligi keltiriladi[12.B.43]. Buxoro amirlari hokimiyatining bosqichma-bosqich kuchayishi bilan o'tgan asrning 50-80 yillarida amirlik bekliklari bo'ysundirilib, ularning mulklari Buxoroga qo'shib olindi. Amaldorlar o'rniga amirlar o'zlari ishongan shaxslarni bek lavozimiga tayinlaganlar va hozirda bek lavozimini vazifasiga ko'ra hokimlarga, bekliklarni esa viloyatlarga tenglashtirish mumkin. Butun Buxoro amirligi 27 ta beklikga bo'lingan bo'lib, ularning asosiy shaharlari nomi quyidagicha atalgan: 1) Buxoro, 2) Nurota, 3) Qorako'l, 4) Kabaklin, 5) Chordjuy, 6) Burdaliq, 7) Kerkin, 8) Kelif, 9 ) Shirabad, 10) Qarshi, 11) Chirakchi, 12) Kermin, 13) Ziyoutdin, 14) Xotirchi, 15) Shahrisabz, 16) Yakkabog', 17) Kitob, 18) Guzar, 19) Boysun 20) Hisor, 21) Denov, 22) Qo'rg'on - Tyuba, 23) Baldjuan, 24) Ko'lob, 25) Qabadion, 26) Qorategin, 27) Darvaz[3.B. 240].
XIX asrning 80-yillarigacha Sharqiy Buxoro hududida Hisor, Ko'lob, Qabodiyon va Surxon vohasidagi bekliklar kirgan. O'rganilayotgan davrning oxirlarida Buxoro amirligi 29 ta beklik (manbalarda viloyat deyilgan)dan iborat bo'lgan[11.B. 1-2].
Buxoro xonligi shimolda Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo, Samarqand va Farg'ona viloyatlari bilan chegaradosh bo'lib, chegara Amudaryoning Uch-Uchak traktidan boshlanib, sharqqa tomon cho'l makonidan o'tadi. Sirdaryo viloyatining janubiy chekkasi Nurota tog'larigacha, tik yonbag'irdan janubga Shahrisabz tizmasiga burilib, g'arbdan Samarqand viloyatini etaklab, Jom dovoni va Qoratyubinsk (To'xta-Qoracha) dovoni orqali sharqqa o'tadi. Zikr etilgan tizma, so'ngra Hisor va Oloy tizmalari bo'ylab Bokbosh dovonigacha. Bo'qbosh dovonidan (Oloy tizmasida) Buxoro xonligining sharqiy chegarasi boshlanadi, u to'g'ri janubga daryoga boradi[5.B. 27].
Oloy tizmasi taxminan Garm shahri meridianida joylashgan bo'lib, u uchta tizmaga shoxlanadi(bo'linadi); Turkiston - shimoliy, Zaravshon - o'rta va Hisor -janubiy, dastlabki ikki tizma Rossiya Turkistonining deyarli butun uzunligi bo'ylab joylashgan. Hisor tizmasi dastlab Buxoroning shimoliy chegarasi bo'ylab g'arbiy yo'nalishda cho'ziladi, so'ngra Shahrisabz bekiga yaqinlashib, janubga sekin-asta burilishlar bilan shoxlanadi(bo'linadi), yuqoriga ko'tariladi va nisbatan mayda tepaliklar bilan Amudaryoga yaqinlashadi. Chushkaguzar traktidan biroz pastroqda (Shirobodning janubida). Hisor tizmasidan g'arbiy yo'nalishda Shahrisabiz tog'lari nomi ostida past tog' tizmasi ajralib, Buxoroning Samarqand viloyati bilan chegarasini tortib, asta-
February, 2023
152
sekin pasayib boradi. Hisor tizmasining tog' dovonlarining balandligi g'arbga qarab asta-sekin pasayadi.
Hisor tizmasi janubga qarab, Kofirnagon va Surxonning Surxob (Vaxsh yoki Qizil-su) oqimidan hosil bo'lgan Hisor vodiysi deb ataladigan vodiyga tik pastga tushadi. Janubdan bu vodiy yuqorida qayd etilgan daryolar vodiylarini ajratib turuvchi va shimoldan janubga umumiy yo'nalishga ega bo'lgan tog' tizmalari bilan chegaralangan[5 .B.29].
Hisor vodiysi Feyzobod shahridan boshlab ko'zga tashlanadi, avvalroq (sharqda) daryo darasini ifodalaydi. G'arbga qarab vodiy kengayib, asta-sekin pasayib, Hisor shahri yaqinida maksimal kengligi 20 verst (1 verst =1066,8 metr) gacha yetadi. Surxon, Kofirnagan, Vaxsh va Qizilsu (Ko'lob daryosi) daryolarining tor vodiylari Hisor vodiysidan boshlanib, Amudaryo va Panjda tugaydigan past tog' tizmalari bilan bir-biridan ajralib turadi[5.B.30].
Ushbu tizmalarning har biri parallel zanjirlar massasidan iborat bo'lib, ularning har biri ba'zan hatto bir nechta nomlar beradi, shuning uchun ularning har biriga umumiy nom berish juda qiyin, lekin ularni asosiy tizmalarga ko'ra nomlash odat tusiga kiradi: tog'lar orasidagi tog'lar. Surxon va Kofirnagan - Bobotog', Kofirnagan va Vaxsh oralig'ida -G'azi-Malek va Vaxsh va Qizilsu o'rtasida - Qoratau. Bu tizmalarning dovonlarining balandligi 3-4 ming fut(dan oshmaydi, Bobotog' tizmasi eng baland balandlikka etadi. Buxoro tog'larining, umuman, deyarli barcha O'rta Osiyo tog'larining o'ziga xos xususiyati o'rmonning yo'qligidir. Bundan tashqari, juda kam uchraydigan yoki kichik bog'lar, yoki alohida pista va archa daraxtlari, qattiq o'rmonlar mavjud. Masalan. Kavkaz tog'larida, tasvirlangan tog'larda, ushbu holat umuman uchramaydi[5.B.30].
XVIII arsning ikkinchi yarimi - XIX asrda amirlikning boshfa hududlari kabi Surxon vohasi ham ya'niy Buxoroning sharqiy qismi Boysun, Sherobod, Denov va Yurchi bekliklariga bo'linib, Boysunda-10, Sherobodda-6, Denovda-6, Yurchida-4 amlokdorlik mavjud edi[6.B.69].
XIX asrning 50-yillariga qadar yarim mustaqil bekliklar sifatida faoliyat yuritgan Surxon vohasi hududlari, 1868 yil Rossiya-Buxoro shartnomasidan keyin, Buxoro amirligining eng asosiy siyosiy hududiga aylandi. Amirlik siyosatidan norozi bo'lganlar Hisor, ya'niy Surxon vohasi yerlariga borib joylashdilar.
XIX asrning 70-yillari Hisor va Surxon vohasi Buxoro amirligiga to'liq bo'ysundirilganidan so'ng, bu yerlar amir Muzaffar tomonidan Boysun, Sherobod, Denov, Yurchi, Hisor, Qobodiyon va Qo'rg'ontepa kabi yettita beklikka bo'lindi[8.B.19].
XIX asrning 70-90 yillarida Sharqiy Buxoroning barcha
February, 2023
153
hududlari Chor hukumatining harbiy yordami bilan amir amirlikka bo'ysundirilgan Bu voqealar Sharqiy Buxoro aholisi mavqeini o'zgartira olmadi[2.B.7].
Buxoro amirligi Surxon vohasi bekliklarini amirlik tarkibiga qo'shib olinishi natijasi shunga olib keldiki, dastlab, mahalliy beklar vazifasidan ozod qilinib, ularning o'rniga Buxoro amiriga sodiq kishilar bek sifatida qo'yila boshlandi.
N.Mayev ma'lumotiga ko'ra «Denov endilikda Buxoro xonligining chekkadagi shahri bo'lib, uni Buxoro amirining eng yaqin kishilaridan bo'lgan bek boshqargan[6.B. 70].
M.R Abduvahobova ma'lumotiga ko'ra, Rossiya podsholigiga siyosiy tobe' bo'lgan davrda Buxoro amirligida, Rossiya imperiyasining siyosiy agentligi tuzilib, amirlikning tashqi munosabatlari, ichki ijtimoiy vaziyati Buxoroda tashkil qilingan Siyosiy agentlik tomonidan nazorat qilingan. Buxoroning bosib olingan hududlari shuningdek, Sharqiy Buxoroda ham boshqaruv tizimi asosan an'anaviy viloyat, tuman, qishloq, guzar va boshqa ma'muriy pog'onalar tizimi sifatidagi k o'rinishini saqlab qoldi[1.B.3].
Amirlikdagi viloyatlarni boshqaradigan beklar amir tomonidan lavozimga tayinlangan va faoliyati davomida sustkashlikka yo'l qo'ygan beklar ishdan olingan. Viloyat boshqaruviga tayinlangan beklar hududni mustaqil ravishda boshqarib, bekliklar amlokliklarga bo'lingan.
Buxoro amirligi tarkibidagi viloyat boshliqlari hisoblangan beklar hokimiyati meros tariqasida nasldan naslga o'tmagan. Bek boshqaruv vaqtida ma'lum sabablarga ko'ra vafot etgan taqdirda, uning mol-mulki amir xazinasiga o'tar va uning merosxo'rlariga bekga tegishli mulkdan ulush ajratilmas edi[9.B.120].
A.B.Xoliqulovning ma'lumotiga ko'ra, amirlik tarkibida bo'lgan bekliklar orasida Shahrisabz, Hisor, va Qarshi bekliklari eng yirik bekliklar bo'lib, Sherobod, Denov, Kitob, Chiroqchi, G'uzor, Karki, Karmana va Chorjo'y bekliklari o'zining ahamiyati jihatdan keyingi o'rinlarda turgan. Bekliklarni boshqarish uchun amirning yaqin qarindoshlari yoki uning ishonchli kishilari tayinlangan[9.B.120].
Boysun Buxoro amirligi davrida Surxon vohasidagi uchta beklikdan biri bo'lgan[7.B.162].
Sherobod bekligi Surxon vohasi bekliklar orasida o'zining hudud va aholi soni jihatidan ajralib turgan. Beklikning hududi, sharqda Surxondaryoning o'ng qirg'og'i, shimoli-g'arbda Istara arig'idan Tallashqon va Xo'jaianqo tog' etaklari, janubda Amudaryoning Qorakamar kechuvidan Pattakesar(gacha bo'lgan hududlarni egallagan. Bu davrda beklik tarkibida 7 amloklik: Talashqon, Saidobod, Gilambob, Salavot, Jarqo'rg'on, Tallimaron va Sherobod shahri atrofi aholi maskanlaridan iborat
February, 2023
154
bo'lgan[14.B.93].
N.A.Mayev Dahqorakent dovonining Serobga (Sayrob) qadar yo'lida Buzg'oloxona bulog'i mavjudligi, Sherobod shahri Sherobod vohasining ma'muriy va qisman butun Sherobod vohasining savdo markazi ekanligi, 1868 yilga qadar Amudaryoning tekis qirg'oqlari bo'ylab qo'ng'irotlar joylashganligi haqida yozadi[4.B.82].
XVIII asrning ikkinchi yarmida Termiz o'zaro urushlar natijasida deyarli butunlay vayron bo'lgan. Faqat Pattakesar va Solihobod qishloqlarigina saqlanib qolgan. 1894 yili Termiz xarobalaridan 8 km narida joylashgan Pattakesar qishlog'ida ruslar qal'a qurgan. Mahalliy aholi uni "Tuproqqo'rg'on" deb atagan. Hozirgi Termiz ana shu Tuproqqo'rg'on atrofida bunyodga kelgan[7.B. 127].
Termizda kasalxona tipidagi birinchi davolash muassasasi 1902 yilda qurilgan. Dastlab qabulxona va 10 o'rinli bo'limi bo'lgan. Doimiy ishlaydigan bo'limida ikki feldsherdan tashqari harbiy gospitalning vrachlari har yakshanba kuni ko'ngilli ravishda bemorlarni qabul qilgan.
1910 yili Termizda birinchi sanoat korxonasi - paxta tozalash zavodi va bir necha ustaxonalar qurildi. 1916 yil Buxoro - Qarshi - Termiz temir yo'li qurilib, Termiz obodonlasha boshladi[7.B.127].
Shuningdek, O'zbek qishloqlari tog'lar yaqinidagi daryolar bo'ylarida, Sherobod bekligining chegaradagi daryo bo'yi mintaqasida o'troq va yarim o'troq turkmanlar joylashgan. Sherobod bekligi qo'rg'onini baland tog' tepaligi ostida qurilgan mustahkam ark, ya'ni qal'a himoya qilib turishi, qal'a uch qator devor bilan o'ralgani, bekning uyi qal'aning markazida joylashgan bo'lib, kichkina mudofaa istehkomi bo'lgan[4.B.83].
N.A.Mayevning asosiy kasbi harbiy soha[4.B.5] bo'lib, u arxeologiya, tarix va etnografiya fanlariga qiziqib, beklik nomi bo'lgan Sherobod so'zining kelib chiqishi haqida quyidagicha ma'lumot keltiradi: Sherobod nihoyatda qadimiy shahar bo'lib, mahalliy ziyolilarning aytishlariga ko'ra, uning devorlari Iskandar Zulqarnaynning qo'shinlarini ko'rgan. O'sha paytlarda Sherobod Shahri Xaybar deb atalib, shaharning bu nom bilan nomlanishiga Shahri Xaybar (Sherobod) shahrining birinchi asoschisi Otaullo eshon Mir Xaybar ismli obro'li xalq vakili nomiga qo'yilgan. U yerda otashparist tojiklar yashagan.
Islom dinining o'rnatilish jarayonida, Sherobod to'rtinchi xalifa hisoblangan Ali ibn Abu Tolib (656-661)ning jasorat maydoniga aylangan. Uning qo'shinlari Shahri Xaybarni hamla bilan olganda kuzatib turgan Alining o'tirgan joyida sharq musulmonlarining barcha muqaddas joylarida bo'lgani kabi to'g' ko'tarib qo'yilgan. Ushbu jangda Ali
February, 2023
155
ISSN: 2181-1Э85 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1
ko'rsatgan jasoratdan so'ng Sherobod ham o'zining haqiqiy nomini olib, Allohning sheri deb atala boshlangan ekan. Shu sababli Shahri Xaybar Alining sharafiga Sherobod, ya'ni sher shahri deb atalgan ekan.
Shahri Xaybar (Sherobod) shahrining asoschisi Otaullo eshon Mir Xaybarning qabri hozir ham shahardan ikki verst( uzoqlikda sharqiy tomondagi shaharni o'rab turgan tog'lar tepasida joylashgan.
Shuningdek, N.A.Mayev Sherobodning tarkibida 5 ta amlokdorlik bo'lib, har bir amloklikda 3-5 tadan qishloqlar mavjudligi haqida to'xtaladi[4.B.84].
V.V.Bartold yozishicha, Sherobod hozirgi nomini XVIII asr boshlarida olgan bo'lib, Sheroboddaryoning o'ng sohilida qal'a qurgan qo'ng'irot urug'idan hukmdor - SHer Ali (SHeralixon) nomi bilan atalgan. Yana bir taxmin shuki, Sherobod -"bosh rabot", ya'ni "bosh bekat" ma'nosini anglatadi[7.B. 127].
Sheroboddaryo oqib keladigan tog' darasi yoqalab Turkistonni Afg'oniston va Hindiston bilan bog'lovchi muhim savdo yo'li o'tgan. Sheroboddan 3 km shimolda mahkam istehkomli Nondahana (non yo'li) inshooti joylashgan. XIX asr - XX asr boshlarida bu yer maxsus boj yig'iladigan joy bo'lganligi uchun shu nom bilan atalgan. Bu yerda Sheroboddaryodan ko'p kanal va ariq shaxobchalari chiqqan. Binobarin, Nondahana faqat karvon yo'lini emas, suv taqsimotini ham nazorat qiladigan joy bo'lgan. XIX asr - XX asr boshlarida Sherobod Buxoro amirligiga qarashli katta bekliklardan hisoblangan[7.B.206].
Xulosa qilib aytganda, XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoro amirligi va Surxon vohasi ma'muriy-boshqaruv tizimida an'anaviy xususiyatlar saqlanib, ammo mahalliy muarrixlar va arxiv manbalarida amirlik ma'muriy tizimda o'zgarishlar ham bo'lgan. Amirlik ma'muriy-boshqaruv tizimidagi o'zgarishlar markazdagi ichki iqtisodiy-siyosiy o'zgarishlar bilan bog'liq holda o'zgarib turgan. Amirlikda yangi aholi manzillarining paydo bo'lishi va shakllanishi daryo bo'ylari va vohalarda vujudga keldi.
- Shuningdek, Buxoro amirligi tarkibiga kirgan hozirgi Surxon vohasi hududi XVIII asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida siyosiy jihatdan tarqoq bo'lib mustahkam siyosiy ma'muriy boshqaruvga ega bo'lmagan;
- Hududlardagi amaldorlar o'rniga amirlar o'zlarinig yaqin qarindoshlari va ishongan shaxslarni bek lavozimiga tayinlagan. Hozirda kunda bek lavozimini vazifasiga ko'ra hokimlarga, bekliklarni esa viloyatlarga
XULOSA
tenglashtirishimiz mumkin.
February, 2023
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
REFERENCS
1. Abduvahobova M.R. Qo' shbegi arxivida tarixiy toponimlar va Buxoro amirligining ma'muriy-hududiy tizimi. - Toshkent, 2006. -B. 3
2. Искандаров Б.И. Из истории Бухарского эмирата ( Восточная Бухара и Зап Темур в конце XIX в).-М.: Восточ. Лит, 1958.-С.7.
3. Логофет Д.Н. Бухарское ханство под русским протекторатом. - СПб., 1911. -T.I. -С. 240.
4. Маев Н.А. Очерки Бухарского ханства. - Санк-Петербург, 1879. С. 180. Buxoro xonligi ocherklari. Rus tilidan Ismoil Botirov tarjimasi.-Toshkent: Fan va texnologiya, 2012. - B.84.
5. Покотило П.П. "Путешествие в Центральную и Восточную Бухару в 1886 г.". - Ташкент: Окружного штаба, 1888-c 30.
6. Qabulov E.A. Surxon vohasi xo'jaligi. -Toshkent: Akademnashr, 2012. -B. 69.
7. Rtveladze E. Aminov M. Surxondaryo. .". - Toshkent: Qomuslar, 1996-B 206.
8. Surxondaryo VDA, 252-jamlanma, 2-ro'yxat, 109-ish, 19 varaq.
9. Xoliqulov A.B. XIX-XX asr boshlarida Qashqadaryo bekliklari. Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi. -Toshkent, 2011. B-120. (Полк. Галкин. Краткий военного-статистический очерк района полевой поездки офицеров Генерального Штаба Туркестанского военного округа в 1889 году в Бухарском ханстве в южной части Самаркандской области // Сборник географических, топографических и статических материалов по Азии. - СП.б.: Военная типография )
10. O'zMA. 1-jamg'arma, 34-ro,yxat, 791-ish, 32-orqa varaq.
11. O'zMA. 2-jamg'arma, 1-ro'yxat, 251-ish, 99-varaq.
12. O'zMA. 126-jamg„arma, 1-ro'yxat, 51-ish, 43- varaq.
13. OzR MDA. I-126-jamg„arma, 1-ro'yxat, 69-ish, 1, 2-varaq.
14. OzR MDA, I-126-jamg„arma, 2-ro'yxat, 71-ish, 93-varaq.
February, 2023