'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
BOSHLANGICH SINFLARNING MATEMATIKA DARSLARIDA MILLIY
MA'NAVIYAT TARBIYASI
Rayimova Dilrabo Mirzaarabjonovna 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi Kogon shahar Buxoro viloyati
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang'ich sinf matematika darslarida o’quvchilarda milliy ma'naviyat tarbiyasini qaror toptirish masalalasi bayon etilgan bo’lib, bu boradagi bir qator tavfsiyalar ko’rsatib o ’tilgan. Ayrim amaliy ishlardan namunalar ko’rsatilgan.
Kalit so’zlar: milliy, ma'naviyat, ajdodlar, matematika, guruh, Qori Niyoziy.
NATIONAL SPIRITUALITY IN MATHEMATICS THROUGH PRIMARY
SCHOOL GRADES
Rayimova Dilrabo Mirzaarabjonobna School #10 Bukhara region Kogon city
Abstract: In this article, Information is given about national upbringing in math classes through primary school and a number of useful suggestions are indicated. In addition, some practical samples from activities are shown.
Key words: national, spirituality, ancestors, mathematics, group, Kori Niyoziy.
Boshlang’ich sinflarning matematika darslarida o’quvchilar muayyan dasturiy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lish bilan birga raqamlarda ifoda etilgan milliy ma’naviyatimiz bilan ham tanishib boradilar. Matematika fani son-sanoqsiz va rango-rang sirlari bilan ulkan bir joziba kashf etuvchi fandir. Chunonchi, turkiy xalqlar uchun ikki, yeti, o’n ikki, yigirma, qirq va boshqa sonlar alohida ma’no-mazmunga ega.
Quyida bolalarni milliy ma’naviyat ruhida tarbiyalash borasida son (raqam)lar sir-asrorlaridan voqif etish, masalalar yechish xususida so’z yuritamiz.
Xalq ta’limi xodimlari yosh avlodni har tomonlama kamolotga yetgan, chuqur bilimli, axloq-odob me’yorlarini puxta o’zlashtirgan, pok vijdonli, otalar ishining munosib davomchilari qilib tarbiyalashga alohida e’tibor bermoqdalar. Bugungi yoshlarning mantiqan to’g’ri fikr yurutib, aniq, qisqa va sodda tilda so’zlashni o’rganishlariga harakat qilmoqdalar.
Xalqimizda: “Donolar so’zi - ma’nolar xazinasi”-degan naql bor. Matematika darslarida boshlang’ich sinf o’quvchilarining ma’naviyatini oshirish borasida
г<м
466
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
o’qituvchi sonlar ishtirok etgan quyidagi kabi maqollardan foydalanib, o’tmish davrlardagi donishmandlarning chuqur, mazmunli fikrlari bilan tanish bo’lishlari, ularni imkoni boricha o’zlashtirishga ahamiyat berishlari kerak:
Sanamay sakkiz dema.
Yetti o ’lchab, bir kes.
Shu singari maqollari orqali o’quvchilarda sharqona bosiqlik, shoshmasdan xulosa chiqarish kabi ko’nikma va malakalar rivojlantirib boriladi.
Bir yigit kishiga qirq hunar ham oz.
Bunday maqollar orqali o’quvchilarni kasbga yo’naltirish, mehnatni sevishga undash mumkin.
O’quvchi - yoshlarda o’z vataniga, xalqiga bo’lgan muhabbat, sadoqat tuyg’usini shakllantirish borasida foydalanish maqbul bo’lgan maqollar:
Yeridan ayrilgan yetti yil yig’lar Elidan ayrilgan o’lguncha yig’lar.
O’quvchilarda bilim olishga intilishni tarbiyalash borasida quyidagi maqollar qo’l keladi.
Bilagi zo’r birni yiqar,
Bilimi zo’r mingni.
Bilimlilar ming yashar.
Atrof-muhitni asrab-avaylash, e’tiborli bo’lishni tarbiyalash maqsadida quyidagi maqollardan foydalanish mumkin.
Birni kessang, o’nni ek!
Bir yil tut ekkan kishi Yuz yil gavhar teradi.
Bir tup tok eksang,
Bir tup tol ek.
Buyuk donishmand olimlar matematika fani haqida quyidagi fikrlarni bildirganlar:
Matematika fanlar ichra shoh,
Uning sirlaridan bo’lingiz ogoh. (Qori Niyoziy)
Matematika faqat matematiklar uchun emas, balki hamma fanlar, juda ko’pchilik mutaxassislar uchun ham zarur fandir. (О. Fayzullayev)
Matematika -ma’naviy ulug’vorlikning keng dunyosidir. (S. I. Afonina)
Demak, matematika darslarida o’quvchilarning ma’naviyatini shakllantirib borish ham o’z navbatida tarbiyaning muhim o’rnini egallaydi.
Mustaqillik yillarida jamiyatimiz a’zolarining dunyoqarashi, fikrlash tarzida teran o’zgarishlar ro’y berdi. Xalqimizni birlashtiradigan, bunyodkorlik faoliyatiga safarbar etadigan, uning ezgu maqsadlari va hayotiy manfaatlarini o’zida mujassam etadigan milliy g’oya va mafkurani yaratish ijtimoiy siyosiy va ma’naviy
г<м
467
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
taraqqiyotimizning muhim sharti bo’lib qoldi. Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Oldimizga qo’ygan oliyjanob maqsad muddaolarimizga yetishish, eski mafkuraviy asoratlardan batamom xalos bo’lish, g’oyaviy bo’shliq paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik begona va yot g’oyalar xurujidan himoyalanish, bunday tajovuzlarga qarshi tura oladigan har tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish zarurati xalqimiz va jamiyatimiz manfaatlariga mos yangi mafkurani shakllantirishni taqozo etmoqda’ ’.
Mustaqillik sadoqat hissini barchaga barobar shakllantirish, fuqarolik tuyg’usini mustahkamlash, milliy qadriyatimizni e’zozlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
Boshlang’ich sinflarda olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy, tajriba-sinov ishlarining asosiy maqsadi o’quvchilarda ma’naviy bilim, ma’naviy ehtiyoj, ma’naviy ko’nikma va ma’naviy e’tiqodni tarbiyalashdan iborat bo’ladi. Ma’naviy bilimdan olingan ma’naviy tushunchalarni o’quvchi yaxshi puxta biladi, aytib bera oladi. Bunga misol qilib, matematika darsida kuniga yechib boriladigan masalalardan namuna keltiramiz.
1-sinf matematika darsida quyidagi masala berilgan.
Jismoniy tarbiya zalida ikki guruhda oquvchilar jismoniy mashqlar bilan shug’ullanmoqdalar. Birinchi guruhda 15ta o’quvchi, ikkinchi guruhda esa 14ta o’quvchi mashq qilayapti. Ikkala guruhda jami o’quvchilar soni nechta?
Oquvchilarning jismoniy va ruhiy tomondan kamol topishi, jismoniy kamolot sog’lomlikka olib borishi, ruhiy vazminlik, bosiqlik ham insoniy fazilatlarning biri sanalib, kishilar o’rtasidagi sharqona muomalada muhim o’rin tutadi.
Bu masala orqali o’quvchilar bilan jismoniy mashqlarning zarur tomonlari, sihat salomat bo’lish uchun kerakligiga bog’langan suhbat uyushtirish mumkin. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek; ”Sog’lom xalq, sog’lom millat, sog’lom bolagina buyuk ishlarga qodir” degan so’zlari biz uchun doim shior bo’ladi.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’quvchilarni ma’naviy barkamol inson qilib tarbiyalashda raqamlar ham o’z o’rniga ega. O’quvchilarga 1 sonini ko’rsatib, tanishtirib bo’lgandan so’ng yer yuzida nima bitta, degan savol berilib o’quvchilardan javoblar olinadi. Ularning diqqatlari Vatanning bitta bo’lishi onaning yagonaligi, bolalik bir bora berilishi, charaqlab turgan quyosh ham tanholigi, ularni saqlab ardoqlash kabi ko’nikmalar tarbiyalanadi.
2 soni bilan tanishtirish vaqtida, ko’paytirish jadvalini yod olishda turkiy xalqlarning bu sondan ko’p foydalanishlari haqida so’zlab o’tiladi.
2 soni juft sonligi, ota-ona, yer-u-osmon juftliklari, ularga bo’lgan e’tibor haqida to’xtalib o’tiladi. O’zbek xalqining mehmondo’stligi juda ko’p millatlarga ma’lum ular bir payola choydan so’ng, yana bir payola choy iching, juft bo’lsin deb taklif qiladilar. To’ylarimizda dasturxonlarga doimo juft qilib non qo’yiladi, toq qo’yib
г<м
468
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
bo’lmaydi, deb hisoblanadi. Biron marakada esa non toq qo’yilib, juft qo’yib bo’lmaydi, deb hisoblanadi.
Matematik bilimlar bilan bir qatorda o’quvchilarning ma’naviy tarbiyasi ham izchil, ketma-ketlikda uzviy ravishda tashkil etilishi lozimdir.
Ta’limda nazariya va amaliyot o’rtasidagi ko’prik-bu ko’rgazmalilik metodidir. Bu metod yordamida ta’lim(dars) jarayonini tashkil etish o’quvchida teran taasurotlar qoldirishi bilan birgalikda ma’lumotlar bazasini yaratishda, ob’ektlar o’rtasidagi muhim bog’lanishlarni anglashga va ularni xotiraga saqlashga yordam beradi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat ramzlari qabul qilingan sanalarni yoddan bilish, ularni o’rganish, hurmat hissini shakllantirishni matematika darslari bilan bog’lash mumkin.
Gerbimizning yuqori qismida Respublika jipsligi ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Bu sakkiz qirra icida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug’ ramzidir.
O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’idagi 12ta yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi quyosh yilnomamizga bevosita aloqadorligi, o’zbek xalqi madaniyati qadimiyligi, uning komillikka, o’z tuprog’ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozimligi aytib o’tiladi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bilan tanishtirishda raqamlar aks etgan ko’rgazmalardan foydalaniladi.
Konstitutsiyaning 50-moddasida: “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majbur”liklari ta’kidlab o’tiladi. Ko’rgazmalardan ayniqsa mushukcha, filcha, qush va gullar bunday ishlarni olib borishga yordam beradi.
Xalqimizning milliy, ma’naviy boyliklarga, tarixiy merosiga, mustaqillik g’oyalariga va milliy urf-odatlarga hurmat va Vatanga sadoqat tuyg’ularini shakllantirish borasida mustaqillik sharofati bilan Asakadagi avtomobil ishlab chiqaradigan O’zbekiston va Janubiy Koreya qo’shma korxonasi haqida to’xtalib, endilikda o’zbek xalqi o’z mashinasiga ega ekanligi alohida xushnudlik bilan ma’lum qilinadi, shu orqali o’quvchilarda g’ururlanish hissi shakllantiriladi. Matematika darslarida bu mavzuga bog’langan juda ko’p masalalar berilgan, ko’rgazmalar ham yaratilgan, raqamlardan tuzilgan mashinadan foydalanishda shu mavzuga bog’lash mumkin.
Boshlang’ich sinflarining har bir o’quv fanida, xususan matematika darslarida ko’pincha maktab va jamoa mulkini, tabiatni asrashga qaratilgan mavzularga to’xtalinadi. Xuddi shu o’rinda ibratli gaplar, hadislardan namunalar va sonlardan hosil qilingan ko’rgazmalardan foydalanib o’quvchilarda hayvonot dunyosini, tabiatni asrab-avaylashi, uni ko’paytirish uchun qilish zarur bo’lgan say-harakatlar haqida suhbatlar olib boriladi.
г<м
469
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
Foydalanilagan adabiyotlar
1. I.Karimov. Barkamol avlod orzusi. - T. 1998, 69-bet
2. Q.Karimov Yusuf Xos Hojib , , Qutadg’u bilig. - Т. : Fan, 1971.
3. O’zbek adabiyoti tarixi. 1 tom. Т. : 1977.
4. O’lmas obidalar (O’zbekiston xalqlarining qadimgi yozma yodgorliklari bo’yicha tadqiqotlar) M. Isoqov, N. Rahmonov , Q. Sodiqov, B. To’xliyev. - Т.: Fan, 1999.
5. Ibrohim Iskandarrov. O’zbek pedagogika antalogiyasi. (1-jild). - T.: O’qituvchi, 1995.
6. B. To’xliyev. Yusuf Xos Hojibning , , Qutadg’u bilig’’I va ayrim janrlar takomili (masnaviy, to’rtlik qasida) . - Т. : 2004.
470
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ