ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 JAMIYATDA EKOLOGIK MADANIYATNING SHAKLLANISH OMILLARI
Ixtiyor Joldasov Mohinur Mahkamova
Chirchiq davlat pedagogika instituti Chirchiq davlat pedagogika instituti
ANNOTATSIYA
Ekologik madaniyat degan tushuncha zamirida ayni shu holatlar oqibatini anglash, tabiat va jamiyat qonunlariga mos tarzd hayot kechirish talablari mujassamdir. Ekologik madaniyat ham umuminsoniy madaniyatning ajralmas qismi, uning muhim korsatkichi hisoblanadi. Usiz insonni tola manoda madaniyatli, manaviyatli deb bolmaydi. Ushbu maqolada ekologik madaniyatning nazariya va amaliyotda insonlar hayoti va shaxsiy faoliyatidagi ahamiyati yoritilgan
Kalit so'zlar: Tabiat, ekologiya, ekologik madaniyat, Ekologik siyosat, atrof muhit muhofazasi.
FACTORS OF FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE IN SOCIETY
Ikhtiyor Joldasov Mohinur Mahkamova
Chirchik State Pedagogical Institute Chirchik State Pedagogical Institute
ABSTRACT
At the heart of the concept of ecological culture is the need to understand the consequences of these situations, to live in accordance with the laws of nature and society. Ecological culture is also an integral part of human culture, an important indicator of it. Without it, a person cannot be considered fully cultured and spiritual. This article discusses the importance of environmental culture in human life and personal activities in theory and practice
Keywords: Nature, ecology, ecological culture, ecological policy, environmental protection.
KIRISH
Ekologik madaniyat ham umumbashariy madaniyatning uzviy bir qismi. Uning shakllanish davri olis zamonlarga borib bog'lanadi. Ekologiya yunoncha so'z bo'lib, «oykos» - uy, «logos» - fan, ya'ni «tabiat uyi» bo'lmish borliqda yashayotgan tirik jonzotlarni o'rganuvchi ilm sohasi deganidir. Biz yurtimiz hududida bundan qariyb uch ming yil oldin zardushtiylik talimoti shakllangani, uning bosh kitobi «Avesto» deb atalishini bilamiz. Bu ta'limotda yerni, suvni asrash, hayvonlarga ozor yetkazmaslik haqida ko'pgina ibratli gaplar aytilgan. Chunki avlodlarimiz o'sha zamonlardayoq sen
bilan biz yashab turgan bu olam yagona vujuddan iborat ekani, bordi-yu uning biror a'zosiga ziyon yetkazilsa, butun tana, ya'ni jamiyki borliqda salbiy o'zgarishlar yuz berishini yaxshi tasawur etganlar. Chiqindi va axlatlarni duch kelgan joyga tashlamaslik, suvni va havoni bulg'amaslik kabi xalqimiz orasida bugungi kungacha saqlanib kelayotgan odatlarning ildizlari ham ana shu zamonlarga borib bog'lanadi. Yoki o'sha davrlarda shakllangan Navro'z bayramida tabiat bilan uyg'un yashash, yer, suv va osmonga, barcha tirik jonzotlarga mehr bilan qarash asosiy o'rin tutadi. Yoki ota-bobolarimizning muqaddas dini bo'lmish islomda tabiatdagi har bir hodisa Ollohning mo'jizasi sifatida e'tirof etilishi va ularga nisbatan avaylab munosabatda bo'lish g'oyasi targ'ib qilinadi. Bularning barchasi xalqimizning hamma zamonlarda ham o'ziga xos ekologik tafakkur va mada-niyat sohibi bo'lganini ko'rsatad i. Buyuk bobokalonimiz sohibqiron Amir Temurning ushbu fikri orqali tabiatga, atrof muhitga befarq bo'lmaganligini bilsak bo'ladi.
Hozirgi kunda ham ekologiyaga oid ko'plab chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Konstitutsiyamizning 54,55-moddalarida tabiat muhofazaga olingan:
54-modda:Mulkdor mulkiga o'z xohishicha egalik qiladi,undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart. 55-modda:Yer,yer osti boyliklari, suv,o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir,ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Atrof muhitni va aholi salomatligini muhofaza qilish,tabbiy resurslardan oqilona foydalanish maqsadida "2019-yil 8-yanvar kuni mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotida muhim voqea sodir bo'ldi.Shu kuni mustaqil O'zbekiston tarixida birinchi marta ekologik barqarorlikni taminlash yo'lida yangi siyosiy kuch,O'zbekiston Ekologik partiyasi ta'sis etildi." Bugungi davrda ko'plab rivojlangan davlatlarda Ekologik partiyalar mavjud. Germaniya,Belgiya,Italiya,Ispaniya,Shvetsariya,Gretsiya davlatlaridagi ekologik siyosat bunga misol bo'la oladi.
Ekologik partiyalarning asosiy vazifalari quyida aytib o'tilganidek, inson salomatligini asrashdan iborat.Yer kurrasida sodir bo'layotgan hozirgi anomal tabiiy o'zgarishlar, jiddiy ekologik inqiroz,uning natijasida vujudga kelayotgan murakkab geyosiyosiy vaziyat dunyo hamjamiyatini har qachongidan ham ko'ra birlashishga hamkorlikka va hamjihatlikka chorlamoqda.
MUHOKAMA
Aholi sonini ortishi " Demografik portlash" natijasida davlatda ish o'rniga va oziqalarga ehtiyoj ortadi va bu o'z navbatida zavod va fabriklarni ko'payishiga olib keladi.Bu zavod va fabrikalarni ko'payishi,fuqarolarning ish bilan taminlashi,ishlab chiqarishni ortishiga,iqtisodiyotning rivojlanishga olib kelyapti. Lekin zavodlarni ko'payishi artrof muhitga chiqadigan chiqindilarni ortishiga, havoni ifloslanishiga olib kelmoqda.Zavodlardan chiqayotgan xar hil zaxarli gazlar tutunlar atrof muhitga jiddiy zarar yetkazadi.Tabiatdan birgina hashoratning ham yo'q bo'lishi ekologik muvozanatga jiddiy zarar yetkazadi. So'ngi yillarda ob havoning keskin isib borayotgani ozon qatlamini yemirilib borayotganidan darak.
Anomal issiq havo orqali qurg'oqchilik kelib chiqadi.Tabiiy resurs bo'lgan suvni yetishmasligi ,aholi orasida ko'pgina yuqumli kasalliklarni keltrib chiqaradi .Agrar sanoatga ham o'z ta'sirini o'tkazadi.Sug'orma yerlarni kamayishiga hosilni nobud bo'lishiga,iqtisodiyotning zaiflashuviga, ocharchilikni vujudga kelishiga sabab bo'ladi.
Iqtisodiyotning rivojlanishida tabiiy muhitning o'rni beqiyos. Partiyaning maqsadi shu muammolarni jamiyat ongiga yanada chuqurroq singdirishdan va ekologik madaniyatni rivojlantrishdan iborat. "Ummon oldida tursang ham,bir tomchi suvni isrof qilma!"-degan naql bor. Butun dunyo uchun global muammoga aylangan "toza ichimlik suvi tanqisligi" davrida biz suvni asrayapmizmi?! Ichimlik suvini behuda ishlatganimiz yetmay, anhor, ariqlarga chiqindilarni tashlab o'z o'zimizga zarar yetkazmoqdamiz.Bu holatlar esa jamiyatimizda ekologik madaniyatni shakllanmaganidan dalolat beradi.
NATIJALAR
Partiya a'zolari aholi orasida ko'proq ekologiya haqida suhbatlar,namoyishlar...o'tkazilishi kerak ekanligini ko'rsatadi. Hududimiz iqlimi haqida gap borganda Orol dengizini aytib o'tmaslikni iloji yo'q.Orol denizini shu ahvolga kelishida inson omilini ta'siri katta. "Bir paytlar ichki dengiz sifatida hajm jihatdan to'rtinchi o'rinda turgan orolning bugungi ahvoli meni chuqur shokka soldi.Zamonamizning eng yirik ekologik fojiasi bu.Inson sayyorani naqadar vayron qilishi munkinligining yaqqol misoli" deb aytgandi BMT bosh kotibi A. Guterish.
XULOSA
Sobiq sovet davrida qishloq xo'jaligida suvni tejash texnalogiyalarini joriy etish o'rniga xosil olish maydonlarini kengaytrib borildi.Yersug'orishda qadimdan qolgan eski sug'orish texnikasidan foydalanildi.Bu esa suvni haddan tashqari isrof bo'lishiga olib keldi.Dengizdan tonna-tonna baliq ovlandi. Orol bo'yida yashovchi keksa baliq ovlovchi,orol dengizidan 500kg dan ziyod balikni bir kunda ovlagani haqida eslab o'tgandi.Bir kuni tongda dengizga qarasa u ancha uzoqlashganini,to'riga o'lik baliqlar to'lib chiqqanini,suvga
tushganida esa butun tanasi oppoq tuz bilan qoplangani haqida aytilgan edi.5Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev orol bo'yiga qayta jon baxsh etish ,muvozanatni tiklash yo'lida ko'pgina ishlar amalga oshirmoqda.Mo'ynoq hududiga toza ichimlik suvini borishi,orol atrofiga yantoqlarni ekilishi .. .tabiatni qayta tiklash yo'lida amalga oshirilayotgan ishlarga misol. Orol dengizining zaharli tuzlari Antarktida sohillarida,Grelandiya muzliklarida, Norvegiya o'rmonlarida va yer kurrasining ko'plab joylaridan topilgannini olimlar aniqlashgan. Shuni o'zi ham orol dengizi qurishi Global muammo ekanligini ko'rsatadi. Keksa sobiq baliqchi kabi tongda turib biz ham tabiatimizni tanib bo'lmas holatda ko'rmaslik uchun ,hozirdan tabiatimizni atrof muhitni asrashimiz tabiiy resurslardan oqlona, meyorida foydalanishimiz kerak. Yerga bitta nihol ekishimiz ham tabiatga bo'lgan foydamizdir.
Ekologik partiyaning maqsadlaridan biri: "-Ekologik toza chiqindilarsiz texnalogiyalar innovatsion yechimlarni ekologik sohasida joriy etishga ko'maklashish." Zavodlardan chiqadigan zaharli gazlarni, tutunlarni miqdorini kamaytirish va bu zaxarli moddalarni zararini kamaytiruvchi innovatsion mashinalarni ishlab chiqarishga undash.Chiqindilarni qayta ishlovchi g'oyalarni ishlab chiqish,amaliyotga tadbiq etish va bu g'oyalarni qo'llab quvvatlash ko'zda tutiladi. Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish lozimki tabiatni asrash va loyihalarda ishtrok etish, faqatgina partiyaning ishi emas.Buning uchun butun jamiyat fuqarolar birga kurashmog'i lozim. Tabiatni biz asrasak,tabiat bizni asraydi.
REFERENCES
1. Usarov Umidjan Abdumavlyanovich Yunusova Khurshida Erkinovna, Akramova Fazilat Artikbaevna, Duschanov Rasuljon, Jumagul Abdurakhmonova.(2020). SOME COMMENTS ON THE MONOPOLY OF COTTON IN UZBEKISTAN IN THE 50-80S OF THE XX CENTURY AND ITS IMPACT ON THE ENVIRONMENT. Journal of Critical Reviews.6(7). 51-53
2. Ш.Б. Жумаева Ж.Н. Абдурахманова.(2020). Жемчужина Узбекистана: история Свято-Георгиевского храма. УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА. 5-3 (64)
3. Abdurakhmanova, J. N. (2020). The policy of tolerance in Uzbekistan (in the case of Greeks). International Journal on Integrated Education, 2(5), 212.
4. Тошев, С. (2020). Узбекистоннинг совет мустамлакачилиги даври тарихини урганишда турк тилидаги манбаларни урни. In Тарихий манбашунослик, тарихнавислик, тарих тадцщотлари методлари ва методологиясининг долзарб масалалари (pp. 121-127)
5. Toshev S. (2020). TARIX FANINI O'QITISHNDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR. Science and Education, 1(Special Issue), 6
6. Тошев, Солежон А^матжонович. (2020). ТУРКИЯДА МАРКАЗИЙ ОСИЁ ТАРИХИНИНГ УРГАНИЛИШИ. Science and Education, 1(7), 625-631
7. Тошев, Солежон Ах,матжонович.(2020). Узбекистон совет мустамлакачилик даври тарихининг Туркияда урганилиши. Утмишга назар.2(2-махсус сон). 347-353
8. G'afforov, Y., Nafasov, A., & Nafasova, Z. (2020). From the History of the Beginning of the "Great Game". Journal of Critical Reviews, 7(11), 2798-2802.
9. Javlonbek Rayimnazarovich Begaliyev. (2020). XIVA XONLIGI TARIXSHUNOSLIGI. Science and Education. 1 (6), 153-160.
10. Nasirov Otabek., Usmanov Farhod, & Begaliyev Javlonbek. (2020). Order of Creation of Joint-Stock Companies in Turkestan in the Late XIX -Early XX Centuries and Participation of Foreign Capital in It. International Journal of Psychological Rehabilitation 24 (7), 80348042
11. Toshtemirova S. A. (2019). KLASTER YONDASHUVI ASOSIDA MINTAQAVIY TA'LIM TIZIMINI BOSHQARISH. NamDU ilmiy axborotnomasi. Volume 1 Issue 11. 361.
12. Toshev, Solejon Ahmadjonovich.(2020). Туркияда Урта Осиё ва Узбекистан совет даври тарихи буйича тадцицот олиб борган ташкилотлар тарихидан. International European Conference Science, Research.1.76-79
13. B Javlonbek. (2020). O'zbekistondagi o'qituvchilik huquqini shaklanish tarixiy. Otmishga nazar 2 (2-maxsus son), 88.
14. JI Suyundikovich. (2020).TARIXNI O'QITISH METODIKASI RIVOJLANISHI TARIXIDAN. Fan va ta'lim, 1 (5), 195
15. Abdurakhmanova, J. N. (2020). The policy of tolerance in Uzbekistan (in the case of Greeks). International Journal on Integrated Education, 2(5), 212.
16. Mardonov, S., Toshtemirova, S., Ahmadjonov, B., & Koshanova, N. (2020). Structure and Mechanisms of Action of the Educational Cluster. International Journal of Psychological Rehabilitation, 24(7), 8104-8111.
17. S.I.Doniyev., F. A. Ibrakhimov., I.S. Joldasov. (2020). Trends int the development of primary education (an example of the finnish system of primary education). Journal of innovatsions in pedagogy and psychology. 2 (Special Issue). 387-393
18. Gafforov Yarash Khollievich, Toshtemirova Saodat Abdurashidovna. (2020). Ways To Increase The Effectiveness Of Education In An Integrated Environment. European Journal of Molecular & Clinical Medicine. 7(7). 649
19. Фарход Абдираимович Усманов.(2020). УЗБЕКИСТОНДА БОЛАЛАР ^АРОВСИЗЛИГИНИ БАРТАРАФ ЭТИШ ЧОРА-ТАДБИРЛАРИНИНГ АМАЛГА ОШИРИЛИШ МАСАЛАСИ (19301940 ЙИЛЛАР). Science and Education, 1(7)
20. Жуммагул Номозовна Абдурахманова, Саодат Абдурашидовна Тоштемирова.(2020). Инновацион технологиялар ва ахборот маданиятини шакллантириш педагогиканинг долзарб масалаларидан бири. Science and Education. 1(7). 436-442.