O'RTA OSIYODA CHO'L MINTAQASINING EKOLOGIK OQIBATLARI
Olimjon Bahodir o'g'li Ozodqulov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi olimionozodqulov@gmail.com
ANNOTATSIYA
Maqolada Markaziy Osiyodagi cho'l mintaqasining faunasi va florasi haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. Clio' hududidagi ekologik vaziyatlar talqin etilgan. Kalit so'zlar: fauna, flora, ekovaziyat, chiqindi, Usyurt plato, radiatsiya.
ECOLOGICAL IMPACTS OF THE DESERT REGION IN CENTRAL ASIA
Olimjon Bahodir ogli Ozodkulov
Student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region olimionozodqulov@gmail.com
ABSTRACT
The article provides detailed information on the fauna and flora of the desert region of Central Asia. The ecological situation in the desert is interpreted
Key words: fauna, flora, ecosystem, waste, Usyurt plateau, radiation.
KIRISH
Markaziy Osiyo hududida ishlab chiqarishning keng miqyosda taraqqiy etishi tabiat bilan inson o rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirmoqda. Bu keskinlashuv odatda atrof muhitning ifloslanishi, tuproq va o simlik qoplamlarining buzulishi, kambagallashuvi va boshqa ko rinishlarda ifodalanadi. Har bir tabiiy kompleks bu jihatdan ma lum ekologik ahvolga ega bo'lib, ular bir-birlaridan ushbu ahvolning og ir yengilligi, murakkabligi, majmualigi bilan farq qiladi. Ekologik ahvol umumiy tushuncha va hudud uchun nisbatan barqaror xususiyatlarga ega. Shuning uchun ham uzoq muddat davomida deyarli o zgarmasligi, yani birdek yetishi mumkin. Lekin ekologik ahvol ba zan og' irlashuvi, ba' zan yengillashuvi ham mumkin, bu hoi ishlab chiqarish maromiga bog' liq, uni atrof muhitga ta' siri tezlashsa ahvol og' irlashadi va aksincha oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ekologik ahvolni turli darajada sodir bo lishi hududda har xil vaziyatlarni shakllantiradi. Ekologik vaziyat ekologik ahvolni ma lum bir vaqt mobaynidagi holati, binobarin, u beqaror bo Tib makonda vaqt mobaynida bir vaziyatdan ikkinchi vaziyatga tez orada o zgarishi mumkin.
Demak, ekologik vaziyat makonda ma' lum bir vaqt mobaynida sodir bo' ladi hamda ahvolni aniq va ravshan aks ettiradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Markaziy Osiyoda ekologik vaziyatlar joylarda tabiiy resurslardan foydalanish darajasi, ishlab chiqarishni rivojlanirish, atrof muhit ifloslanishining oldini olish tadbirlari qollanilishi kolamiga qarab turli miqyoslarda shakllanmoqda. Tadqiqotlar natijasiga ko ra ekovaziyat majmuali, ayrim guruhli va ma'lum bir omil (yoki tabiiy komponent) bilan bogliq holda tarkib topishi mumkin ekan. Majmuali eko vaziyat deyarli barcha tabiiy komponentlarning ozgarishi oqibatida tarkib topadi. Masalan, Orolboyidagi vaziyatni haqiqatdan ham majmuali, deb hisoblash joiz, chunki, u hududda barcha tabiiy komponenetlar cho'Hashish jarayonida tubdan o zgarishga uchrab, awalgi gidromorf vaziyat endilikda ksyeromorf, gidrogalomorf va avtomorf vaziyat bilan butunlay almashmoqda.
Ekovaziyat ba'zan bir yoki komponenet bilan bog liq holda yuzaga keladi. O rta Osiyoda aksariyat katta hududlarda vaziyat suv resurslarining ifloslanishi tufayli xatarlidir. Daryo suvlarining ichimli suvi sifatida ishlatib bolmasligi, ulardan sug orishda foydalanganda tuproqda shorlanish hodisasining rivojlanishi, shuningdek, tuproqning turli chiqindilar bilan ifloslanishi vaziyatni jiddiylashtirmoqda.
Tadqiqot natijalariga ko ra Markaziy Osiyo respulikalarida suv resurslari bilan bog liq bo'lgan ekovaziyat ustuvor bo'lib, atmosfyera havosining ifloslanishi va boshqa sabablar bilan bog liq vaziyatlar keyingi orinlarni egallaydi.
Inson xayotini turli ekologik xavflardan asrash keyingi vaqtlarda eng muhim masalalardan bo'lib qoldi. Ekologik xavf-xatarning sabablariga texnologik va ekologik krizislarni kiritish mumkin. Ekologik xavf iqtisodiyotning nazoratsiz rivojlanishi, texnologiya va texnikaning orqada qolishi, tabiiy va antropogen avariya va falokatlarning yuz berishi natij asida inson, o simlik xamda xayvonot olami yashaydigan muhidning buzilish ehtimolligi, buning oqibatida tirik organizmlarning mavjud bo lish sharoitlariga moslashishi buziladi.
Ekologik xavf-xatarning eng kuchli obektlari AES, kimyo sanoati, neftni qayta ishlaydigan korxonalar, truboprovodlar transport hisoblanadi. Albatta, bulardan tashqari bizga sezilmaydigan texnologik chiqindilar xavo, suv, tuproq, o simlik va boshqa organizmlarni sekin-asta zaharlab kelmoqda, bular ma'lum vaqt dan so ng to'satdan katta xududga kuchli ta'sir qilishi ham mumkin. Inson salomatligiga texnogen chiqindilarning faol ta'siri to g risida 70—yillarda bir qator olimlar ogohlantirgan edilar. Masalan, yashash muxitida radiatsiya, kimyoviy birikmalarning ta'siri kabi mutagen omillarning keskin ko payishi kuzatilsa, u holda odamning
genetik axboroti buzilishi mumkin. Bu hodisa insonning genetik asosining buzilishi xavfidan darak beradi. Buning tasdig'i sifatida keyingi 30 yil mobaynida rivojlangan mamlakatlarda nuqson bilan tug ilgan bolalar miqdori keskin ko payganligini ko rsatish mumkin. Rossiyaning Perm shahrida yodorganik va ftororganik sintez ishlab chiqariladigan mintaqada 12-17 yoshdagi ogil bolalarning 57%, qiz bolalarning 82%i qalqon bezining gipyerplazi(to' qimalarda strukturali elementlar sonining ortishi), buyrak yuqorisining buzilishi (disfunksiya) va boshqa kasalliklar bilan xastalangan.
NATIJALAR
Qurg' oshin va simob chiqindilari nihoyatda talilikali. Ularning ozgina miqdori ham bolalarning bosh miyasi o' sishiga jiddiy ta'sir ko rsatadi. Saraton kasalini o rganuvchi xalqaro agentlikning xabariga ko ra hozirgi vaqtda ishlab chiqarish jarayonida taxminan 50 turdagi modda kishini rak kasali bilan og rishiga ta'sir etishi mumkin, epidemiologiya tadqiqotlarining ko rsatishicha, taxminan 100 turdagi modda kanserogenli xususiyatga ega ekan. Bularning barchasi kuchli ekologik xavf to g risida xabar beradi. Bizningcha, eng awalo sanoat korxonalarida chiqindilarning eng kam miqdorda tashqariga chiqishini ta'minlashga erishish ota dolzarbdir. Chunonchi, Moylisuv(Qirg, iziston) daryosining qirg oqlari yoqasida 1944 yildan to 1964 yilgacha uran rudasini qayta ishlash chiqindilari ko'milgan. Xozirgi vaqtda qoldiqlar saqlanadigan 23 ta joy mavjud. Bu yerlarda selni tosadigan togonlarni mahkamlash va kochki xavfi boTgan joylardagi qiyaliklarni mustaxkamligini ta'minlash lozim. Navoiy viloyatidagi uran qoldiqlari saqlanadigan joy ham ekologik jihatdan xavfli ifloslantirish o chog i xisoblanadi. Bu yerdagi radioaktiv qumni shamol uchirishi xavfi bor.
Orol dengizining tezkorlik bilan qurib borayotganligi xususan O zbekistan xududi uchun jiddiy xavf, axir dengiz butunlay qurisa uning ornida maydoni 6,6 min. ga dan ziyod qum va tuzdan iborat ulkan Orol choTi tarkib topadi, buning ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari xozirdan ma'lum. Qoraqalpoqiston, Xorazm, Toshhovuz vohalarida tabiat-xo jalik-aholi tizimida jiddiy o zgarishlar boTishi mumkin.
Qizilqum, Qarshi choTi, Ustyurt platosida keyingi vaqtlarda ma'danlarni qidirish, neft va tabiiy gaz qazib olish va boshqa maqsadlarda keng miqyosda texnologik jarayonlar amalga oshirilmoqda. Buning oqibatida katta maydonlarda yaylovlar ishdan chiqmoqda, ya'ni harakatdagi qumlar maydoni kengayishi tufayli qorakoT qo ylari boqiladigan tabiiy yaylovlarda degradasiya kuchayish tendensiyasi yuz bermoqda. Bu xodisa voxalar bilan choT tutashgan mintaqada ham
barqarorlashmoqda. Barxan qumlari maydonining kengayishi jiddiy ekologik xavf, uning oqibatlari barchaga ayon.
Demak, respublikada ekologik xavfsizlik masalasi yetarli darajada tahlikali, uni ma'lum majmuali dasturlar asosida bosqichma-bosqich ijobiy liai qilish amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu borada uzoqqa mo ljallangan ekologiyalashtirilgan iqtisodiy strategiya zarur.
MUHOKAMA
O rta Osiyo tabiiy resurslarga boy va xilma-xildir. Tabiiy resurslardan xozirda foydalanish holati yuqori darajada, deb bolmaydi. Ulardan foydalanish jarayonida ko plab muammolar kelib chiqqan. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan foydalidir.
Markaziy Osiyo davlatlarida o ziga xos ekologik vaziyatlar tarkib topgan. Ular ma'lum rivojlanish yo nalishiga ega. Respublikada ma'lum ekologik xavf manbalar ham mavjud. Ekologik xavfsizlikni ta'minlash uchun qator tadbirlar ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda. Ozbekistonda moddiy ishlab chiqarishning keng miqyoslarda rivojlanishi Chirchiq, Ohangaron, Farg ona vodiysida, Qizilqum past tog' lari etaklarida, Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon voxalarida bir necha sanoat va transport tugunlari, shaxarlarni tarkib topishiga olib keldi.
XULOSA
Inson Yer kurrasining qiyofasini o'zgartirishda katta geologik kuch sifatida vujudga kelganini V.I.Vernadskiy tomonidan ta'kidlab o'tilgan edi. Insonning tabiiy jarayonlardan noto'g'ri foydalanishi natijasida XX asrning o'rtalarida ekologik muammolar juda avj olib ketdi. Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko'rsatayotgan ta'siri bilan bog'liq xolda tabiatning insonga aks ta'siri, ya'ni uning iqtisodiyotida, hayotda xo'jalik ahamiyatiga molik bo'lgan jarayonlar, tabiiy xodisalar bilan bog'liq bo'lgan liar qanday xodisa tushuniladi. Ekologik xavfsizlikni ta'minlash endilikda birinchi darajali va kechiktirib boTmaydigan vazifaga aylandi. Chunki, ichimlik suvlarining ifloslanganligi, joylarda atmosfera havosini chiqindilar bilan jiddiy to'yinganligi, buning natijasida aholi orasida turli kasalliklar tarqalganligi, sug'orma yerlarni sho'rlanib, yaylovlarning mahsuldorligini pasayib borayotganligi qishloq xo'jalik ishlab chiqarishiga salbiy ta'sir etayotganligi mamlakat miqyosida tub o zgarishlarni amalga oshirish zarurligini uqtiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. L.A.Alibekov "O'rta Osiyo tabiiy geografiyasi". S..: "SamDU", 2006.
2. L.A.Alibekov, Nishonov. S.A "Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan ratsional foydalanish". Toslikent. "O'qituvchi" 1983 yil.
3. P.Baratov "O'zbekiston tabiiy geografiyasi". T..: "O'qituvchi", 1996.
4. P.Baratov, M.Mamatqulov "O'zbekiston tabiiy geografiyasi". T..: "O'qituvchi", 2000.
5. P.Baratov "O'zbekiston tabiiy geografiyasini 7-sinf'. T..: "O'qituvchi", 1996.
6. P.G'ulomov, A.Vahobov, A.Xasanov, "O'rta Osiyo tabiiy geografiyasi". T.:"Mehnat", 1995.
7. V.Kalonov, A.Hayitov, L.Erxanov "O'zbekiston geografiyasini maktabda o'qitish". "Qarshi". 2000.
8. V.A.Mayiseyev "Turkistonning yowoyi tabiati" Toslikent "Sharq" 1996y.
9. V.I.Ratseka "Zopovedniki territorii Uzbekistana" Toslikent "O'zbekiston". 1980 yil
10. O.Mo'minov, L.Baratov "O'zbekiston tabiiy geografiyasi 7-sinf'. T..: "Melrnat", 2002.
11. V.A.Maiseyev, D.Yu.Kaslikaryov, "O'zbekistonning hayvonot dunyosi". T... O'qituvchi 1990 y.
REFERENCES
1. L.A.Alibekov "O'rta Osiyo tabiiy geografiyasi". S..: "SamDU", 2006.
2. L.A.Alibekov, Nishonov. S.A "Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan ratsional foydalanish". Toslikent. "O'qituvchi" 1983 yil.
3. P.Baratov "O'zbekiston tabiiy geografiyasi". T..: "O'qituvchi", 1996.
4. P.Baratov, M.Mamatqulov "O'zbekiston tabiiy geografiyasi". T..: "O'qituvchi", 2000.
5. P.Baratov "O'zbekiston tabiiy geografiyasini 7-sinf'. T..: "O'qituvchi", 1996.
6. P.G'ulomov, A.Vahobov, A.Xasanov, "O'rta Osiyo tabiiy geografiyasi". T.:"Mehnat", 1995.
7. V.Kalonov, A.Hayitov, L.Erxanov "O'zbekiston geografiyasini maktabda o'qitish". "Qarshi". 2000.
8. V.A.Mayiseyev "Turkistonning yowoyi tabiati" Toslikent "Sharq" 1996y.
9. V.I.Ratseka "Zopovedniki territorii Uzbekistana" Toslikent "O'zbekiston". 1980 yil
10. O.Mo'minov, L.Baratov "O'zbekiston tabiiy geografiyasi 7-sinf'. T..: "Melinat", 2002.
11. V.A.Maiseyev, D.Yu.Kaslikaryov, "O'zbekistonning hayvonot dunyosi". T... O'qituvchi 1990 y.