Научная статья на тему 'Jaloliddin Rumiy ijodini o’rganilishi'

Jaloliddin Rumiy ijodini o’rganilishi Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
734
89
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jaloliddin Rumiy / “Masnaviy” / “Ichindagi ichindadir” / g’azallar

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Maxsuma Hamdamova

Ushbu maqolada Jaloliddin Rumiy ijodi, uning asarlari haqida so‘z boradi. Rumiyning adabiyotdagi o‘rni, ijodi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar va uning asarlarining asosiy g’oyalari haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Jaloliddin Rumiy ijodini o’rganilishi»

Jaloliddin Rumiy ijodini o'rganilishi

Maxsuma Hamdamova FDU

Annotatsiya: Ushbu maqolada Jaloliddin Rumiy ijodi, uning asarlari haqida so'z boradi. Rumiyning adabiyotdagi o'rni, ijodi bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar va uning asarlarining asosiy g'oyalari haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: Jaloliddin Rumiy, "Masnaviy", "Ichindagi ichindadir", g'azallar

Study of Jalaluddin Rumi's work

Makhsuma Hamdamova

FSU

Abstract: this articles talks about Jalaluddin Rumi's work and works. Rumi's role in literature, scientists who conducted scientific research on his work, and the main ideas of his works are discussed

Keywords: Jalaluddin Rumi's, "Masnaviy", "Ichindagi ichindadir ", gazal's

Yurtimiz mustaqillikka erishganidan keyin, har sohada bo'lgani singari adabiyotshunoslikda ham, yangi tarixiy sharoitda ma'naviy merosimiz durdonalarini chuqurroq o'rganish imkoniyati kuchaydi. Zero, birinchi prizidentimiz aytganlaridek: "Xalqning ma'naviyati va madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o'ziga xosligi qayta tiklanayotganligi- jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo'lidan muvaffaqiyatli ravishda olg'a siljitishda hal qiluvchi ta'bir joiz bo'lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir"1. Darhaqiqat adabiyot, ma'naviyat insonni to'g'ri yo'lga boshlaydi. Qalbiga yaxshilik urug'larini ekadi, shunday ekan, O'rta asr musulmon Sharqining muazzam siymolaridan biri Jaloliddin Rumiy ham ana shunday zotlardan hisoblanadi. Zero, Mavlono Rumiy qoldirgan ma'naviy meros asrlarga tatigulik ahamiyatga molikdir. Jaloliddin Rumiyning falsafiy-ma'rifiy qarashlarini milliy istiqlol g'oyamizning asosini tashkil qilgan komil insonni tarbiyalashdagi beqiyos ahamiyati sifatida e'tirof etar ekanmiz, ularni har tomonlama va tizimli tarzda tadqiq etish dolzarb muammolardan biridir.

Jaloliddin Rumiyni jahon miqyosidagi o'rni, boy falsafiy-ma'naviy merosi, jahon falsafasi va madaniyatiga qo'shgan hissasi beqiyosdir. Qariyb yetti asr bo'libdiki, Jaloliddin Rumiy shaxsi va merosi Sharq va G'arbni birdek qiziqtirib kelmoqda.

1 KapHMOB H A. Y36eKHCOH hkcoahh nc^oxoraapHH Hy^yp^amrapum ny^nga, T.: " Y36eKHCTOH ", 139- 140

www.openscience.uz/ISSN2181-0842 1192 LMJ

Birgina uning "Ma'naviy masnaviy" asari o'rta asrlar Sharqidagi universitetlarda o'qitilib, bu asarni mukammal sharhlash layoqatiga ega bo'lgan ilm ahliga "masnaviyxon" unvoni berilishi fikrimizning tasdig'idir. Shunday qilib, Rumiy merosini o'rganish tadrijini mavlono daxldor bo'lgan musulmon Sharqidan boshlashimiz kerak bo'ladi. Mavlono Rumiy ijodini tadqiq qilishda Kichik Osiyo, Xuroson, Movarounnahr, Eron, Hindiston va Pokistonda "Masnaviy" asariga bitilgan sharhlar muhim ahamiyatga egadir. Olmoniyalik sharqshunos Anna Mariya Shimmelning Jaloliddin Rumiy ijodini, xususan, "Masnaviy"sini tadqiq etib yozgan asarlarida bu haqda yanada ko'proq ma'lumotlarga ega bo'lamiz. Shuningdek, G'arbiy Yevropa XVIII asr oxiridan boshlab siyosiy namoyondalari orqali Mavlono Rumiyni taniy boshladilar. J. de Vallenburg, J. fon Hammer, Fredrish Rukert, Jeyms Redxoo'z, Reynold Nikolson va A.J.Orberi kabi olimlarni bunga misol qilishimiz mumkin. Umuman olganda, G'arb olamida Jaloliddin Rumiy ijodiga bag'ishlangan juda ko'plab tadqiqotlar mavjud, ammo ularda shunchaki sharqshunos yoxud tarjimon sifatidagi ilmiy izlanishlar olib borilganligini ko'rishimiz mumkin. Mavlono Rumiy ijodini diniy va falsafiy g'oyalar bilan uyg'un holda tadqiq etgan olimlar qatoriga Ch.Xumoi, M.Cha'fari, R.Fish, R.Xadizade, N.Odilova va boshqalarni keltirish mumkin. Mazkur olimlarning qarashlarida Mavlono Jaloliddin Rumiy ijodi "vahtadi vujud" konsepsiyasi asosida tadqiq etilganligi e'tiborga molikdir. Shuningdek, bu tadqiqotlarda Mavlono Jaloliddin Rumiy ijodi, islomgacha bo'lgan davrdagi turli diniy-falsafiy g'oyalar bilan qiyosiy ravishda tahlil etilgan. Movarounnahrda tasavvuf va Jaloliddin Rumiy falsafiy merosini tadqiq qilish borasida XX asrning boshlarida rus sharqshunoslari: E. Bertels V.V.Bartold, A.Krimskiy va I.E.Goldsier tadqiqotlarini misol qilishimiz mumkin. Keyinchalik Mo'minov, N.Komilov, V.Valixo'jaev, J.Xolmo'minov,

G.Navro'zova, O.B.Bozorov, R.T.Shodiev, U.Uvatov kabi o'zbek olimlarining ilmiy izlanishlarini aytishimiz mumkin. Shuningdek, Rumiy ijodiga bo'lgan qiziqish mustaqillikdan keyingi yillarda kuchaydi. Jaloliddin Rumiy asarlarining o'zbek tiliga tarjima qilinishida Asqar Mahkam, Jamol Kamol va Ulug'bek Hamdam kabi ijodkorlarning mehnatlari muhim ahamiyatga egadir. O'z navbatida tasavvuf ta'limoti xalqimiz ma'naviy madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu ma'noda, ma'naviyatni yuksaltirish bevosita milliy qadriyatlarni yosh avlod ongiga singdirish bilan bog'liq holda sodir bo'ladi, albatta. Buning uchun esa allomalarimiz qoldirib ketgan ilmiy-madaniy merosimizdan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Chunki, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Moturudiy, Mahmud Zamaxshariy, Jaloliddin Rumiy va boshqa shu kabi buyuk allomalar o'zlarining ilmiy va madaniy meroslari bilan jahon madaniyatiga ulkan hissa qo'shganlar. Mazkur allomalarning borliq, mavjudlik, insonparvarlik, adolat, imon, insof, diyonat, o'zaro mehr-oqibat, vijdon sohasidagi diniy-falsafiy qarashlari, ayniqsa, yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashga qaratilgan o'gitlari inson, jamiyat, davlat o'rtasidagi munosabatlarning

www.openscience.uz/ISSN2181-0842 1193 [M^^^Hl

ma'naviy-axloqiy asoslari rivojida muhim ahamiyat kasb etgan. Jumladan, ma'naviy-axloqiy taraqqiyotning g'oyaviy asoslarini o'rganishda O'rta Osiyoda vujudga kelgan tasavvuf ta'limotining komil insonni tarbiyalashdagi ahamiyatini tadqiq etish muhim o'rin tutadi. Shuning uchun ham bugungi kunda tasavvuf falsafasining buyuk namoyandalari Yusuf Hamadoniy, Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G'ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Xoja Axror, Bahouddin Naqshband, Jaloliddin Rumiy va boshqa mutasavvuflarning komil inson to'g'risidagi qarashlari muhim manbalar qatoriga kiradi. Mazkur allomalarning qarashlarida ifodalanishicha, insonning komillik darajasiga yeta olishi bu shunchaki orzu emas, balki uning ezgulikka xizmat qilish, ilmlarni o'zlashtirish va rivojlantirish, ezgu ishlar qilish jarayonida erishilishi mumkin bo'lgan aniq hodisa yoki oliy darajadagi ma'naviy yuksaklik hisoblanadi.

Rumiy ijodida inson erki, ma'naviy komillik, o'zlikni anglash, tavakkul, Olloh ishqi, ma'rifat, shariat, tariqat, shukr qilib yashash, nafsni yengish, qanoat, haqiqat, adolat, xayr-u saxovat kabi o'ndan ortiq g'oyalar yetakchilik qiladi. Mazkur tushunchalarni ifodalashda go'zal badiiy ifodalardan foydalanadi. Masalan, Rumiyning asarlarida Haq ta'rifi juda ko'p keltirilgan. Ollohning buyukligi, uning mehribonligi va barchaga tengligi go'zal misralarda tasvirlanadi: Haq o'zi jonlarga deb nur yog'durur, Baxtiyorlar unga doman to'ldirur.

Umuman, Haq va haqiqatdan olis, na olam, na odam hikmatini anglamaydigan kimsalarga oddiy hayot haqiqatlari misolida borliqni, Ollohni anglash yo'li ko'rsatiladi. "Taom bilan to'lgan medada hikmat bo'lmas", deydi Z.Misriy. Bu - nafs, xirs, ta'ma bandalari hikmatdan uzoqligi bildiradi. Chunki, hikmat pokiza ko'ngil va taskin topgan ruhlarga Olloh tomonidan tuhfa yuboriladigan ilohiy so'z hamda ma'nolardir. Hikmat nurlari chin faqir, orif, diydortalab oshiqlarga foydaliroq bo'lgay, ular bu nurlardan ko'proq bahra oladilar va shukrona qiladilar. Ularning ilmi haqiqiy ilm, onglari, vujudlari ma'rifat nuri bilan jilolangan bo'ladi. Bu kabi toza qalb sohiblari Sharq tarixida ko'plab uchraydi. Ularning asarlarida ham rumiyyona falsafa yetakchilik qiladi. Boshqacharoq aytganda, ular qalbining pokizalanishida Rumiy ijodiyotining o'rni beqiyosdir. Jumladan, Mashrab asarlarida ham Rumiy fikrlariga hamohanglik kuzatiladi:

Ham Avvaldur, ham Oxirdur va ham Zohir-u ham Botin, Muhaqqaq bandalar hozir bilur bir zoti Allohni.

Mavlono Rumiy komil inson deganda mehr-muruvvatli, adolatli, to'g'ri so'z, vijdonli, or-nomusli, irodali, tadbirkor, matonatli, o'z ishiga fidoyi, ma'naviyati yuksak kishilarni tushungan. Komil insonni shakllantirish Vatanga sadoqat, yurt tinchligini saqlash tuyg'usi bilan bog'liq ekan, uning quyidagi jihatlariga e'tiborni qaratishimiz lozim. Bular Vatanga fidoyi bo'lish, na'munali axloq-odob, xushmuomala bo'lish, mehnatga to'g'ri va ongli munosabat, axillik, insoniylik, jonkuyarlik, kamtarlik,

www.openscience.uz/ISSN2181-0842 1194 LMJ^^^H

do'stlik va o'zaro yordam, intizomli bo'lish, faollik, maqsad sari intilish, rostgo'ylik, ishbilarmonlik va tadbirkorlik, oilani mustahkam saqlash, or-nomusli bo'lish, sog'lom va jismonan yetuklikka intilish, mas'uliyatni his qilish, vijdonlilik va boshqalar. Shuningdek, komillikka intilayotgan shaxs o'z-o'zini nazorat qilishi, o'z-o'zini tarbiyalashi yuksak mas'uliyatni his qilishi, g'oya uchun kurashishi, mustahkam e'tiqodga ega bo'lishi, ijtimoiy faol bo'lishi lozim. U mustahkam iymon-e'tiqod, g'oya va insoniylik fazilatlariga ega bo'lgan, millat taqdiri va millat tuyg'usi bilan yashaydigan, o'zida yangi davr xususiyatlarini ifoda etadigan, ongli, ijodkor insondir.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Jaloliddin Rumiy buyuk shoir, alloma, tasavvuf vakilidir. Adabiyotshunos olim Jamol Kamol ta'biri bilan aytganda butun "bashariyat shoiridir". Butun millat, bashariyat shoiri bo'lmish Rumiy ijodini o'rganishimiz, ilmiy tadqiqotlar olib borishimiz hamda ilm va omma ahliga tadqiq qilishimiz biz adabiyotshunoslar oldidagi dolzarb vazifadir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Каримов И А. Узбекисон иксодий ислох,отларни чукурлаштириш йулида, Т.: " Узбекистан "

2. Jaloliddin Rumiy. Ichindagi ichindadir. -T.: Kamolat, 2018

3. Абу Наср Фаробий.Фозил одамлар шах,ри.-Т.: Абдулла Кодирий номидаги халк мероси нашриёти,1993

4. Ibrohimov.A "Jahon adabiyoti" jurnali, 2005 yil, 2-soni

5. Шамси К,айси Розий. Ал -Муъжам.- Душанбе: Адиб,1991.- Б.33

www.openscience.uz / ISSN 2181-0842

1195

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.