Научная статья на тему 'JALOLIDDIN RUMIY IJODIDA SHAXSNING ICHKI OLAMI TASVIRI VA UI O’ZIGA XOS JIHATLARI'

JALOLIDDIN RUMIY IJODIDA SHAXSNING ICHKI OLAMI TASVIRI VA UI O’ZIGA XOS JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

244
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Balxiy / Rumiy / pedagogic tahlil / shaxs fenomeni / shaxsni o‟qitish / pedagogic prinsiplar / mavlaviylik / pedagogik qarash

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Mustafo Yunusxo‘jaev

Ushbu maqolada Jaloliddin Rumiy shaxsi fenomening ijtimoiy-pedagogik tahlili masalasi tahlil qilingan bo‟lib, asosiysi ushbu olimning ilmiyt merosini pedagogik jihatdan ko‟rib chiqib, tahlil qilingan.Shuningdek, maqolaning xulosa qismida muallifning tadqiqoti yuzasidan keltirgan yakuniy mulohazalari keltirib o‟tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JALOLIDDIN RUMIY IJODIDA SHAXSNING ICHKI OLAMI TASVIRI VA UI O’ZIGA XOS JIHATLARI»

JALOLIDDIN RUMIY IJODIDA SHAXSNING ICHKI OLAMI TASVIRI VA

UI O'ZIGA XOS JIHATLARI

Mustafo Yunusxo'jaev

mustaqil tadqiqotchi sv997710@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Jaloliddin Rumiy shaxsi fenomening ijtimoiy-pedagogik tahlili masalasi tahlil qilingan bo'lib, asosiysi ushbu olimning ilmiyt merosini pedagogik jihatdan ko'rib chiqib, tahlil qilingan.Shuningdek, maqolaning xulosa qismida muallifning tadqiqoti yuzasidan keltirgan yakuniy mulohazalari keltirib o'tiladi.

Kalit so'zlar: Balxiy, Rumiy, pedagogic tahlil, shaxs fenomeni, shaxsni o'qitish, pedagogic prinsiplar, mavlaviylik, pedagogik qarash

KIRISH

Mavlono Jaloliddin Muhammad ibn Bahovuddin Valad al Balxiy Rumiy nomi bilan jahonga dong taratgan allomaning taxallusi borasida ham fan olamida bir qator gipotezalar mavjud. Mavlono tug'ilgan joyi nisbatiga ko'ra "Balxiy", do'sti Shams Tabriziy xotirasiga "Tabriziy" va yashash makoniga ko'ra "Rumiy" taxalluslari ostida ijod qildi. Bu nomlar orasida esa u ko'proq Rumiy taxallusi bilan mashhur bo'ldi. Asli Markaziy Osiyolik Jaloliddin Rumiyni afg'onlar Balxiy, forslar Mavlaviy, turklar esa Rumiy deb ardoqlashadi. Bugungi kunda turli xalq va millatlar o'rtasida Rumiy shaxsi bo'yicha ko'plab bahs-munozaralar davom etmoqda. Eronliklar va turklar, arablar va afg'onlar orasida bo'layotgan bahslarning sababi ularning har biri Jaloliddin Rumiy bizning buyuk ajdodimizdir degan mavzu atrofida muzokaralar olib bormoqdalar. Arablarning da'vosiga ko'ra, Rumiyning ota-ona avlodi Muhammad (s.a.v.) va xalifa Abu Bakr shajarasiga borib taqaladi, shu bois, u arablar avlodidandir. Ularning bu da'vosi bo'yicha tarixiy argumentlar etarli. Afg'onlarning da'volari ham birmuncha asosli dalillarga tayangan. Rumiy hozirgi Afg'onistonning Balx shahrida tug'ilgan va shunga nisbat bergan holda Balxiy taxallusi bilan ham ijod qilgan degan fikrni ilgari surmoqdalar. SHaxs va buyuk so'fiy shoir sifatida Jaloliddin Rumiy fors madaniy va adabiy an'analariga tayangan holda asosan forsiy tilda ijod qilgan, uning deyarli barcha asarlari fors tilida yaratilganligi jihatidan eronliklar ham Rumiy bizning ajdodimizdir degan gipotezani ilgari suradilar. Jaloliddin Rumiy

December, 2022

558

hayotining asosiy qismini Kichik Osiyoda, ya'ni Rumda o'tkazdi va shunga nisbat olgan holda Rumiy taxallusini olib, dunyo bo'yicha hozirda asarlari eng ko'p o'qiladigan va o'rganiladigan so'fiy shoir sifatida dong taratdi. Rumiy taxallusi uni umr bo'yi shu mamlakat tarixi va madaniyati bilan bog'lab turdi. U O'rta asrlardagi bir qator falsafiy oqimlarning taraqqiy etishiga ham sezilarli tarzda o'z ta'sirini o'tkazdi. Forsiylar uni o'zlarining buyuk shoiri deb ataydilar, turklar esa turk adabiyotining asoschisi deb ulug'laydilar.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Jaloliddin Rumiyning ota ajdodi shajarasi ham, ona ajdodi shajarasi ham muqaddas ildizlar shajarasiga tutashadi. Otasi Muhammad ibn Husayn ibn Ahmad Xatib Bahovuddin Valad bo'lib, uning ajdodlari Muhammad (s.a.v.) vafotidan keyin birinchi xalifa etib tayinlangan Abu Bakr Siddiq (r.a.)ga borib taqaladi. Onasi Mo'mina xotun esa Xorazmlik sayyidalardan bo'lib, nasabi Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga borib taqaladi. Roziuddin Nishopuriyning xabar berishicha, Rumiyning bobosi - Husayn bin Ahmad Xotibiy ham o'z davrining taniqli ulamolaridan sanalgan, buvisi Malikai Jahon Xorazmshohlar xonadoni vakilasi bo'lgan. Alisher Navoiy o'zining "Nasoyim-ul muhabbat" asarida yana bir qiziq ma'lumotni keltirib o'tadi: "Hazrat Rasululloh (s.a.v.) Xorazmshohning tushiga kirib ishorat qildilarki, qizingni Husayn Xatibga nikoh qil! Bu nikohdan Bahovuddin Valad dunyoga keldi. U 2 yoshida otasi olamdan o'tdi. Balog'at yoshiga etganda din va irfonga oid bilimlarni chuqur o'zlashtirdi. Ilmda kamoli ul erga etdiki, Hazrat Rasululloh (s.a.v.) tushida unga Sulton-ul ulamo (Olimlar sultoni) laqabini berdilar"[1]. O'z davrining ulug' donishmandi hisoblangan Bahovuddin Valadni "Sulton-ul orifiyn" deb ham atashganlar. Bahovuddin Valad o'z davrining yirik ulamosi va voizi bo'libgina qolmay, Xorazmshohlar saroyining ham xos kishilaridan hisoblangan. Uning "Maorif" nomli asari o'sha paytlarda juda mashhur bo'lgan. Bahovuddin Valad Najmiddin Kubroning muborak qo'lidan muqaddas xirqani kiyib, shayxdan muhrli ijoza olgan va o'z davrining yirik fiqh ilmi bilimdoni, fatvo sohibi hamda kubraviya tariqatining shayxi sifatida ham shuhrat qozongan. Jaloliddin Muhammadning onasi 1222 yilda Karamanda xastalikdan vafot etadi. Otasi esa 1231 yilning 23 fevralida Qunyo shahrida 73 yoshida olamdan o'tadi.

Jaloliddin Muhammad bolaligidanoq o'ta xayolchan va ta'sirchan, ammo zehni o'tkir bola bo'lgan. U yosh bo'lishiga qaramay teran zakovati, noyob qobiliyati orqali atrofdagilar diqqatini tortgan. Jaloliddin Rumiy 5 yoshligidayoq u bilan g'ayritabiiy hodisalar sodir bo'la boshlagan. U yoshligidanoq har 2-3 kunda iftor qilardi[2]. Uning akasi

December, 2022

559

A'loiddin Muhammad yoshligidan kasalmand va nimjon bo'lgan, shu sababli u 19 yoshida xastalikdan vafot etadi. A'loiddin Muhammad va Jaloliddin Muhammad tarbiyasini Bahovuddin Valadning yaqin muridlari bo'lmish samarqandlik SHarafiddin Lolo va termizlik Sayyid Burhonuddin Termiziylar zimmalariga olishgan, ularga tahsil berishgan. Quvvai hofizasi o'tkir bo'lgan Jaloliddin Muhammad 12-13 yoshlarida Qur'onni yod bilar, shariat ilmidan ancha-muncha xabardor bo'lib, arab tili grammatikasini ham yaxshi o'zlashtiradi. 10 yoshlaridanoq bir qancha ulug' shoirlarning yirik asarlarini mutolaa qila boshlaydi, goh-gohida she'rlar ham mashq qilib turadi. 16 yoshidan boshlab esa Xomush taxallusi bilan she'rlar yoza boshlaydi. Aflokiy Ahmad Dadaning qayd etishicha, otasi Bahovuddin Valad unga "Xudovandigor" nisbasini bergan va o'g'liga shunday deb murojaat qilgan. Bu so'zning lug'aviy ma'nosi esa "sarvar", "janob" degan ma'nolarni anglatib, o'sha davrlarda ma'naviy va ijtimoiy sohalarda yuksak martabaga erishgan kishilarga nisbatan "Xoja" so'zi o'rnida ishlatilgan. Jaloliddin Muhammad yoshligidanoq yunon tiliga qiziqqanligi tufayli bu tilni puxta o'rganadi, yunon tilida ravon so'zlashishni o'zlashtiradi. Keyinchalik esa buyuk yunon faylasufi Aflotun asarlarini asliyatda o'qib chiqib, antik davrlar falsafasi bilan ham yaqindan tanishadi. Oradan yillar o'tib o'zining mashhur "Masnaviyi ma'naviy", "Ichindagi ichindadir" asarlarida antik davr falsafasining yirik faylasuflari Arastu, Aflotun, Galen, Gerodot, Ezop va Geraklitlarning nomlarini, ularning falsafiy-axloqiy qarashlaridan turkum namunalarni ham keltirib o'tadi.

XULOSA

Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Sulton-ul Ulamo 1218 yilda haj safarini ado etish bahonasida oilasi, shogirdlari, yaqinlari va 10 tuyaga ortilgan noyob kitoblari bilan Xurosonni ta^ etadi hamda Tm-kiyaning Qunyo shahгida mangu qo'nim topadi. Bahovuddin Valad oilasining Xurosonni ta^ etishiga quyidagilaг sabab bo'lganligi manbalarda qayd etilgan:

Birinchidan, Bahovuddin Valad va aqidaparast Faxriddin Roziy diniy masalalarda bir-biriga raqib edilar, ularning fikri hamda qarashlaridagi ziddiyatlar fa^i yuqoгi edi. Xo^mshoh va uning a'yonlaгi Faxгiddin Roziyni qo'llab-quvvatlashadi, buning natijasida mamlakatda tuгli ko'ngilsizliklaг avj oladi. Bahovuddin Valadning yaqin do'sti Majididdin Bag'dodiy saгoy a'yonlaгining fitnasi tufayli fojeali qatl etiladi.

Ikkinchidan, Muhammad Xorazmshoh haddan tashqari kibгlanib, muqaddas aqidalaT va an'analami nazarga ilmay qo'yadi. U Bag'dod xalifasi Nosnga chopar yuboгib, Bag'doddagi

December, 2022

560

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

barcha masjidlarda o'z nomiga xutba o'qitishni buyuradi. Bu esa Muhammad Xorazmshoh tomonidan butun xalifalikni o'z boshqaruviga o'tkazish uchun qilingan oshkora harakat edi.

Uchinchidan, Chingizxon qo'shinlari tobora Xorazmga yaqinlashib kelayotgan edi, ya'ni mo'g'ullar Xorazmshohlar davlati Sharqiy chegarasi bo'lgan O'tror yaqinida edilar. Chingizxon tomonidan elchi sifatida Xorazmshohlar davlatiga yuborilgan 450 nafar musulmon savdogarlari Muhammad Xorazmshoh farmoni bilan qatl etiladi. Muhammad Xorazmshoh tomonidan sodir etilgan bu ketma-ket ko'ngilsizliklarning oqibatini hamda mamlakatda boshlanajak mo'g'ullar urushini sezgan Bahovuddin Valad Haj ziyorati bahonasida oilasi va yaqinlari bilan o'z ona diyorini tark etadi. Bahovuddin Valad karvoni Balxni tark etgach, ular yo'lda Nishopur shahriga to'xtaydilar. Bahovuddin Valad o'g'li Jaloliddin Muhammad bilan Nishopurdan uncha uzoq bo'lmagan bir g'orda uzlatda yashayotgan buyuk shayx Farididdin Attorning ziyoratiga borishadi. Bu paytlarda

Jaloliddin Rumiyning ijodiga bo'lgan qiziqish yildan - yilga ortib, kishilarni o'ziga rom etmoqda va mistik xususiyatlarga ega bo'lmoqda. Davrlar o'tishi bilan uning falsafiy ta'limotidagi g'oyalar va ma'nolar yanada yashirin mazmun kashf etmoqda, zamonaviy kishilarni o'z atrofida bahs-munozaralar uyushtirishga, teranroq fikrlashga da'vat etmoqda. Shu sababdan Evropada Rumiy ijodi qayta-qayta tadqiq etilmoqda hamda G'arbliklar "Uning so'zlari er yuzidagi so'zlar emas, Alloh tomonidan yaratilgan so'zlardir", deya ta'riflashmoqda.

REFERENCES

1. Alisher Navoiy. To'la asarlar to'plami. Nasoyim-ul muhabbat. - T.:2013.-B.355.

2. Alisher Navoiy. To'la asarlar to'plami. Nasoyim-ul muhabbat. - T.:2013.-B.355.

3. Farididdin Attor. Ilohiynoma.-T.:Yozuvchi, 1994.-B.12.

4. Jaloliddin Rumiy. Ichindagi ichindadir. - T.:Yangi asr avlodi, 2018.-B.33.

5. Orif Usmon. Jaloliddin Rumiy. Muloqot // - 1997.№ 6.-B.39.

6. Usmon Nuriy To'pbosh. Masnaviy bog'chasidan bir ko'za suv.- M.:SAD, 2010.-

B.189.

December, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.