Научная статья на тему 'JAHON VA O`ZBEK TILSHUNOSLIGIDA FOLKLOR ETNOGRAFIZMLARINING O`RGANILISHI'

JAHON VA O`ZBEK TILSHUNOSLIGIDA FOLKLOR ETNOGRAFIZMLARINING O`RGANILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
877
109
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
etnografizm / etnologiya / etnomadaniyat / to‘y marosim nomlari / urf-odat / ekzotika / ekzotik leksika. / ethnography / ethnology / ethnoculture / wedding name / traditions / exoticism / exotic vocabulary.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Buronova Nigora Tolqin Qizi, Ergasheva Rayhon Otkir Qizi

Etnografizmlar — milliy ekzotikaning yorqin namunasi. Ularni ekzotik leksika ham deyish mumkin. O‘zbek tili etnografizmlarga boy. Bu ularning turli hududda yashashlari, turli xalqlar bilan madaniy aloqalarga egaligi bilan bog‘liq

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDY OF FOLKLORE ETHNOGRAPHIES IN WORLD AND UZBEK LINGUISTICS

Ethnography is a vivid example of national exoticism. This is an exotic vocabulary. The Uzbek language is rich in such examples. This is because native speakers live in different regions and have cultural ties with different peoples.

Текст научной работы на тему «JAHON VA O`ZBEK TILSHUNOSLIGIDA FOLKLOR ETNOGRAFIZMLARINING O`RGANILISHI»

Scientific Journal Impact Factor

О

JAHON VA OZBEK TILSHUNOSLIGIDA FOLKLOR ETNOGRAFIZMLARINING ORGANILISHI

Buronova Nigora Tolqin qizi, Ergasheva Rayhon O^tkir qizi Termiz davlat universiteti I bosqich magistrantlari

Annotatsiya: Etnografizmlar — milliy ekzotikaning yorqin namunasi. Ularni ekzotik leksika ham deyish mumkin. O'zbek tili etnografizmlarga boy. Bu ularning turli hududda yashashlari, turli xalqlar bilan madaniy aloqalarga egaligi bilan bog'liq.

Kalit so'zlar: etnografizm, etnologiya, etnomadaniyat, to'y marosim nomlari, urf-odat, ekzotika, ekzotik leksika.

Аннотация: Этнография — яркий пример национальной экзотики. Это экзотическая лексика. Узбекский язык богат такими примерами. Это потому, что носители языка живут в разных регионах и имеют культурные связи с разными народами.

Ключевые слова: этнография, этнология, этнокультура, свадебные название, традиции, экзотика, экзотическая лексика.

Abstarct: Ethnography is a vivid example of national exoticism. This is an exotic vocabulary. The Uzbek language is rich in such examples. This is because native speakers live in different regions and have cultural ties with different peoples.

Key words: ethnography, ethnology, ethnoculture, wedding name, traditions, exoticism, exotic vocabulary.

Globallashuv kuchayishi bilan o'zligi — tili, urf-odati va madaniyatini saqlab qolishga intilayotgan, ularning bu umumiy girdobda omon qolishini xohlayotgan xalqlar etnografiya va etnolingvistikaga alohida e'tibor qaratadilar. Ma'lumki, etnolingvistika — tilshunoslikning xalq (millat, elat) va uning tili orasidagi aloqa va munosabatni etnolisoniy (etnik madaniyat va etnik til mushtarakligi tamoyili) asosda o'rganuvchi soha. U, asosan, ikki yo'nalishda ish ko'radi:

- xalqning etnolisoniy xususiyatini tavsifiy asosda o'rganish;

- xalqning etnolisoniy xususiyatini tavsiyaviy asosda o'rganish.

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

O

Birinchi maqsadni shartli ravishda tashqi va ikkinchisini ichki maqsad deyish mumkin. Til va etnik xususiyat munosabati, ularning bir-biriga ta'siri ikki yo'sinda kechadigan jarayon:

- etnik omil (urf-odat, an'ana, falsafiy, diniy qarashlar va h.) ning til rivojiga ta'siri;

- lisoniy omilning etnos (va etnik xususiyat) rivojiga ta'siri.

Bir xalqda etnik xususiyat (urf-odat, an'ana, falsafiy, diniy qarashlar) unutilib, bunga mos ravishda ularni ifodalovchi til birliklari ham faol lisoniy xazinadan chiqib, o'tmish voqeligiga aylana boradi. Natijada millat, xalq, elatning o'zligiga putur yeta boshlaydi. Millat, xalq, elat o'z ma'naviyatidan mahrum bo'lib boradi. Bu, muqarrar ravishda, faol leksikada ham o'z aksini topadi. Til leksikasida etnografik mikrosistema tanazzulga uchray boshlaydi. Bu etnik omillarning tilga ta'siridir. Pirovardida etnografik leksikaga ega bo'lmagan millat farzandlari ongidagi etnolisoniy bo'shliq g'ayrietnolisoniy unsurlar bilan to'lib boradi. Til va etnik xususiyat ta'sirini ajratish faqat tadqiqiy maqsadda bo'lib, bu ajratish nisbiy tabiatga ega, aslida ular yaxlit sodir bo'ladigan uzluksiz va uzviy jarayon. Etnolingvistika til va uning rivojiga etnik guruhlarning qanchalik xissa qo'shganini ham, bu jarayonda etnoslar orasidagi yaqinlik, mushtaraklik yoki ularning bir-biridan ajralish, uzoqlashish xususiyatlarini ham tadqiq qiladi. Bu yuqorida aytilgan birinchi, tashqi maqsad uchun ahamiyatliroq. Birinchi maqsadda ko'proq tavsifiy tadqiq metodikasi asosida ish ko'riladi. Tilshunoslikning etnik nomshunoslik (onomastika), areal (hududiy) lingvistika, lingvistik jo'g'rofiya, dialektologiya (shevashunoslik), til tarixi, sotsiolingvistika, xaritashunoslik sohalari etnolingvistikaning mazkur tavsifiy usulda qo'lga kiritgan ilmiy natijalardan foydalanadi.

Har bir millat madaniyatini uning urf-odat, an'ana va qadriyatlaridan ajratgan holda tassavvur etib bo'lmaydi. Etnografik leksika nomi ostida birlashgan etnografizlarni o'rganish milliy urf-odat va qadriyatlarni tadqiq etishda ahamiyatli. Urf-odatlar muayyan etnosning o'ziga xosliklarini namoyon etadi, butun etnografik sistemada lisoniy belgi sifatida faol o'ringa ega, shu jiha ti bilan tilshunoslik uchun muhim. Har bir til leksik makrosistemasida alohida bir mikrosistemani tashkil etuvchi, etnografik tushunchani ifodalovchi leksemalar

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

tizimi mavjud. Ushbu leksemalami o'rganish uchun tilshunoslikning maxsus sohasi — etnolingvistika shakllangan, u lingvistik soha sifatida lingvistik universaliyalarni ham, xususiy jihatlarni ham o'rganadi. Shuning uchun umumiy va xususiy etnolingvistika farqlanadi. Umumiy etnolingvistika etnografik til hodisalarining paydo bo'lishi, rivojlanishi kabi umumiy masalalar bilan shug'ullansa, xususiy etnolingvistika ayrim tillarga xos etnografizmlarni shu nuqtai nazardan tadqiq qiladi. Tilshunoslikda etnografik tahlil uchun aksar hollarda xalq urf-odatlari, an'analariga tegishli tushuncha nomlari obyekt s ifatida olinadi. O'zbek tilshunosligida etnografizmlar tadqiqiga, asosan, XX asrning 70-80-yillarida kirishildi. Sobiq Ittifoq davrida xalq urf-odatlariga yetarli darajada e'tibor berilmasdan, ularning eskilik sarqiti deya baholanishi bu muammoga doir ilmiy tadqiqotlar doirasini ham cheklab qo'ygan. Bu boradagi ilk tadqiqot ishlarini A.Jo'raboyev va Z.Husainovalar amalga oshirdilar. A.Jo'raboyev tadqiqotda xalqimizning xilma-xil ko'rinishga ega urf-odati mavjudligi va ularning tilimizdagi nomlari hamda ularni o'rganishning nazariy-amaliy ahamiyatini ko'rsatib o'tgan. Bundan tashqari, urf-odat, an'ana ifodalari bo'lgan etnografizmlar Sh.Nurullayeva, Y.Bobojonov kabi tadqiqotchilarning ishlarida formal tadqiq usullarida keng o'rganilgan. M.Qahhorova esa etnografizmlarni lison nutq musanniyati asosida sistemaviy tadqiq qilgan. Aynan yuqorida sanab o'tilgan ilmiy izlanishlar, dissertatsiya, darslik va o'quv qollanmalar adabiyot sifatida tadqiqga tortildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Etnografiya xalq og'zaki ijodiga qiziqishning paydo bo'lishi folklor yig'uvchilar bilan bog'liqdir. Etnografiya yunoncha so'zdan kelib chiqqan bo'lib, "etnos"—xalq, "grafiya"—tavsiflash degan ma'nolarni anglatadi.Folklor ijodiyotiga qiziqish XVIII asrda G'arbiy Yevropada kuchayib bordi va XIX asr boshlarida fan va san'at falsafasida romantik tendentsiyaning paydo bo'lishi butun ilmiy yo'nalish - folklorning shakllanishiga turtki bo'ldi. Rossiyada bu jarayon Yevropaga qaraganda biroz kechroq XIX asrning birinchi o'n yilligida sodir bo'ldi. 1846-yilda Rus geografiya jamiyatining tuzilishi natijasida Rossiyada etnografiya yo'nilishidagi dastlabki tadqiqotlarga asos solingan. Ushbu jamiayatning asosiy maqsadlaridan biri o'sha davrda Rossiyaning mustamlaka mintaqalari tabiati,tabiiy boyliklari,o'tmish tarixixni tadqiq etish bilan birga mazkur mintaqalarda yashovchi xalqlarning etnik xususiyatlarini,milliy

qadriyatlarini o'rganish bo'lgan. Ayniqsa, Chor Rossiyasi ma'murlarining Sibir,

267

Scientific Journal Impact Factor

0

O'rta Osiyo, Kavkazga bo'lgan qiziqishlari natijasida mazkur hududlarni o'rganish uchun tashkil etilgan qator kompleks ekspeditsiyaning hukumat tamonidan moliyaviy ko'mak berilishi mustamlaka turmush tarzi,milliy an'analarini va etnografiyasiga oid muhim ma'lumotlarning yig'ilishiga sabab bo'lgan. Shu ekspeditsiya asosida Rossiyada rus etnografiyasi maktabi shakllangan uning asoschisi Mikluxo Maklayning xizmati beqiyosdir. Shuningdek, Rossiyada Etnografiya institutlari ham ochilganining guvohi bo'lishimiz mumkin. U o'z tadqiqotlarida insoniyatning ajdodlari bir ekanligini, turli irqlar va xalqlar orasida jismoniy va psixologik farqlar nisbiy emasligini isbotlashga harakat qilgan. Olimning yozishicha, xalqlar orasidagi farq ularning tabiiy va ijtimoiy sharoitlari bilan izohlanadi. Etnografik manbalarida o'z ak sini topgan tarixiy ma'lumotlardan tadqiqotlarda tayanch dalil sifatida foydalanish tajribasi uzoq o'tmishga tegishli bo'lib, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, madaniyati, urf-odatlari, diniy e'tiqodi, tili xususidagi qimmatli ma'lumotlarni o'z ichiga olgan antik davr tarixchilari Gerodot, Teziy, Polien singari olimlarning asarlarida, shuningdek, Sharqning Hamza Isfahoniy, Tabariy, Mas'udiy, Beruniy, Saolibiy, Bal'amiy hamda Abulg'ozi Bahodirxon singari yetuk mutafakkirlari tomonidan yaratilgan asarlarda tarixiy ma'lumotlar bilan bir qatorda, xalq og'zaki ijodi namunalari tahliliga ham keng o'rin berilishi buning yaqqol misolidir. Xususan, O'zbekistonda 1870- yilda Samarqand, Buxoro, Urganch bo'yicha uyushtirilgan ilmiy ekspeditsiya (N.N.Karazin, N.YE.Simano v) lar o'z davri uchun muhim etnografik ma'lumotlar to'plash imkonini bergan. 1921-yilda esa etnograf olimlardan tashkil topgan "Turkiston tub aholisining maishiy turmushini o'rganish ilmiy komissiyasi" tashkil topgan. 1928—30 yillarda yirik o'zbek folklorshunoslari G'ozi Olim Yunusov va Hodi Zaripov hamda mashhur rus etnografi L.P.Potapov tamonidan o'zbek xalqining madaniyati,etnografiyasi va folklorini o'rganish borasida maxsus ekspeditsiya uyushtirilgan va mahalliy xalqning o'ziga xosligi jihatidan juda boy materiallar to'plaganlar. Etnografiya fani tadqiqotchilaridan biri tarix fanlari doktori A.Doniyorovning yozishicha,o'sha yillarda etnograf va tarixchilar o'zbek hamda qoraqalpoq xalqlari va ular ajdodlarining kelib chiqishi—etnogenezi muammosini faol o'rganishga kirishganlar. XX asrning 20—30 yillariga qadar etnografiya muammolari bilan faqat rusiyzabon olimlari shug'ullangan bo'lsalar, 30—yillar oxiriga kelib Sh.Inog'omov, T.Mirg'iyosov, M.Yusupov, H.Husanboyev, G.Alimov, Aboltayev, MSaidjonov kabi mahalliy mutaxassis-etnograflarning

Scientific Journal Impact Factor

0

yangi avlodi shakllangan. Barcha millatlarning o'ziga xos noyob etnografiyasi mavjud va har bir millatning o'z madaniyatini aniqlash va tadqiq qilishda eng samarali etnografik texnikasi va usullarini ishlab chiqishi va takomillashtirilishi kerak. Qolaversa, turkiy xalqlar uchun umumiy bo'lgan «Urxun-Enasoy» va Uyg'ur bitiglarida, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq», "Hasanxon", "Avazxon", "Malikayi ayyoy", "Rustamxon", "Kuntug'mish" "Alpomish singari folklorshunoslikning etnografiya yozma manbalarida «tarixiy qo'shiq, hikmatli so'zlar, hatto qadimiy dostonlarning xarakterini aks ettiruvchi parchalarni uchratish mumkinligi», og'zaki ijod manbalarining qadimda badiiy ijod jarayoniga ham kuchli ta'sir o'tkazish qudratiga ega bo'lganligidan dalolat beradi. A.S.Rahimov tamonidan " O'zbek xalq dostonlari leksikasining til sistemasida tutgan o'rni" nomli (monografiya )va Bobojon Yo'ldoshning "Janubiy Xorazm etnografik leksikasi" nomli (Avtorefarati), A.Gulshat tamonidan "Qoqaqalpog'iston qozoqlari etnografizmlarining lingvomadaniy tahlili" nomli dessertatsiya avtorefarati kabi ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Yuqorida ko'rib o'tganimizdek, o'zbek etnograflari tamonidan bir qancha ilmiy izlanishlar olib borilgan. Lekin, "Alpomish" turkumidagi dostonlarning etnografizmlari va uning leksik-semantik jihatlari bo'yicha bironta ilmiy tadqiqotlar qilinmagan. Bu muazzam asarlar o'zi mansub millatning tarixidan tortib kelajak orzularigacha qamr ab olgan. O'zbek xalq eposlari ona tilimizning beqiyos boyliklari, cheksiz imkoniyatlari hamda uning umumturkiy va milliy bosqichlariga xos tarixiy taraqqiyot qonuniyatlarini aks ettiruvchi lingvistik lavhalarni o'zida asrab kelayotgan mumtoz badiiy manbalardandir. Zotan, Respublikamiz marhum Birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Alpomish» dostonining 1000 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan tantanada so'zlagan nutqida: «Aslida xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo'lsa, «Alpomish» ana shu dostonning shoh baytidir», - deb ta'riflashi ham bejiz emas. Ayni paytgacha xalqimizning bu boy xazinalari asosida folklorshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix, etnografiya hamda tilshunoslikka ulkan hissa bo'lib qo'shiladigan qator ilmiy tadqiqotlar yaratilib kelinmoqda. Ayniqsa, ularning badiiy tili, uslubiy xususiyatlari va leksikasini o'rganish bo'yicha qo'lga kiritilgan samarali yutuqlar eposlar tilini yanada chuqurroq tahlil etish borasida olib boriladigan yangi-yangi ilmiy izlanishlar uchun muhim ahamiyatga ega bo'lmoqda. Biroq ko'pgina tadqiqotlarda so'z san'atining ilk namunalari sifatida baholangan folklor asarlarining barcha etnolingvistik,ya'ni

Scientific Journal Impact Factor

О

etnografizm imkoniyaüari to'laligicha ilmiy tahlil qilingan deb bo'lmaydi.Xususan, bu manbalar so'z san'at ining ibtidosi sifatida tan olinar ekan, demak, ular jonli tilni qayta ishlashning ilk badiiy vositasi sifatida ham muhim tarixiy ahamiyatga egadir. Shu bois ularning etnolingvistik sistemada tutgan o'rni, ahamiyati hamda umumxalq tilining quyi va yuqori sathlari bo'lgan dialektlar (jonli so'zlashuv tili) va adabiy tilga munosabati hamda o'ziga xos taraqqiyot qonuniyatlari bilan aloqador masalalar tarixiy izchillik asosida atroflicha tadqiq etilmog'i lozim.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, har bir til leksik makrosistemasida alohida bir mikrosistemani tashkil etuvchi, etnografik tushunchani ifodalovchi leksemalar tizimi mavjud. Ushbu leksemalarni o'rganish uchun tilshunoslikning maxsus sohasi — etnolingvistika shakllangan, u lingvistik soha sifatida lingvistik universaliyalarni ham, xususiy jihatlarni ham o'rganadi. Shuning uchun umumiy va xususiy etnolingvistika farqlanadi. Umumiy etnolingvistika etnografik til hodisalarining paydo bo'lishi, rivojlanishi kabi umumiy masalalar bilan shug'ullansa, xususiy etnolingvistika ayrim tillarga xos etnografizmlarni shu nuqtai nazardan tadqiq qiladi. Urf-odatlar muayyan etnosning o'ziga xosliklarini namoyon etadi, butun etnografik sistemada lisoniy belgi sifatida faol o'ringa ega, shu jihati bilan tilshunoslik uchun muhim.

1. Азадовский А.К., История русских фольклористов, т. 1 -2, М., 19581963;

2. Музыкальный фольклор в Узбекистане, Т., 1963;

3. Землянова Л.М., Современная американская фольклористика, М., 1975;

4. 2ап£ О^Ьек 1Ык1опв1:1ка81 tarixidan //О^Ьек 1Ык1оп таБа1а1ап, Т., 1970;

5. М^ауеу Т., Hodi Т., 1967;

6. Qodirova М., Muzayyana A1aviya, Т., 1968.

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.