Scientific Journal Impact Factor
О
"XUSH KELDI" DOSTONIDAGI BA'ZI ETNOGRAFIZMLARNING IZOHI
HAQIDA
Annotatsiya: Mazkur maqolada Ergash Jumanbulbul o'g'lining "Xushkeldi" dostoni matni tarkibidagi etnografizmlar izohi haqida so'z yuritilgan. Dostonda keltirilgan hind va juhud nomlari qiz yorini shunchlik yoqtirib qoladiki, hatto, notanish kishi boshqa din vakili bo'lsa ham yori bo'lishini orzu qiladi. Shunisi e'tiborliki, juhudlar Yahudiy diniga, hindlar esa buddaga e 'tiqod qiladi, demakki, boshqa dindagi inson bilan oila qurish turkiy xalqlar uchun or-nomusning yo 'qotilishi hisoblangan.
Kalitso'zlar: Etnografizm, izohli lug'at, Go'ro'g'li, Xushkeldi, qalmoq, o'zbek, juhud, chilton, ilmiy tadqiqot.
Аннотация: В статье рассматривается комментарий этнографии в тексте эпоса Эргаша Джуманбулбул оглу "Хушкельды". Индуистские и еврейские имена в стихотворении заставляют девушку так полюбить своего мужа, что даже незнакомец хочет, чтобы она вышла за него замуж, даже если он из другой религии. Примечательно, что евреи верят в иудаизм, а индуисты - в буддизм, а это значит, что смешанные браки с человеком другой религии являются позором для тюркских народов.
Ключевые слова: Этнография, аннотированный словарь, Горгли, Хушкелъды, калмок, узбекский, джухуд, чилтон, научные исследования.
Abstract: This article deals with the commentary of ethnographies in the text of Ergash Jumanbulbul oglu's epic "Khushkeldi". The Hindu and Jewish names in the poem make the girl so fond of her husband that even a stranger wants her to be his wife, even if he is from another religion. It is noteworthy that the Jews believe in Judaism and the Hindus in Buddhism, which means that intermarriage with a person of another religion is a disgrace to the Turkic peoples.
Keywords: Ethnography, annotated dictionary, Gorgli, Khushkeldi, kalmoq, uzbek, juhud, chilton, scientific research
Etnografizm deb baholanuvchi etnomadaniy leksik qatlamga oid leksemalar etnosning turmush tarzi, madaniyati, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy aloqalari-etnik omillar mahsuli bo'lib, uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Hozirgi kunda
Gulmuradova Sobira Rustam qizi Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti Magistranti
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
O
nutqimizda qo'llanuvchi etnoleksemalarni etimologik analiz qilish xalqimizning qardosh bo'lmagan xalqlar bilan aloqalarini, ularning tilimizga ta'sirini aniqlashga va lingvistik tahlil qilishga imkon beradi. Etnografik leksik qatlamga mansub leksemalarning hammasi ham umumiste'molda yoki adabiy tilda qo'llanavermaydi. Hozirgi kunda tilimizda mavjud etnografizmlarning aksariyati chekka hududlar, asosan, qishloqlar aholisining nutqida saqlanib qolganini inkor qilib bo'lmaydi. To'g'ri, Sh. Shoabdurahmonov ta'kidlaganidek, "har qanday adabiy til xalqning jonli so'zlashuv tilidagi hamma so'zni ham o'z ichiga ololmaydi va bu imkoniyatga ega ham emas. Xalq so'zlashuv tilining ma'lum qismi adabiy tildan chetda qoladi".
Etnografizmlar til sathining qadimiy leksik qatlami bo'lib, ularning ma'nosini izohlash asosiy muammo sanaladi. Chunki hududiy etnografik dialektizmlar etnografik jarayonlarning funksional-semantik xususiyatiga ko'ra qisman yoki to'liq farqliligi, ilm-fan, texnikaning rivojlanishi natijasida shu faoliyat turning arxaiklashuvi tufayli til egalarining barchasi uchun ham tushunarli bo'lavermasligi mumkin. Bu esa etnografizmlarda mavjud ma'lumotni to'liq izohlashni talab qiladi. Ayrim etnografik leksemalar semantik xususiyati yoki ayrim jihatlari bilan boshqa etnoleksemalarga aloqador bo'lishi mumkin. Bunday aloqadorlikni ko'rsatish izohlanayotgan leksema va u bilan bo'g'liq tushunchalarning mohiyatini oson tushunishga imkon beradi. Shu o'rinda E. Jumanbulbul o'g'lining "Xushkeldi" dostoni matnidagi etnografizmlar va ularning izohiga e'tibor qaratsak. Jumladan, Bo'tako'z - qozoqcha ism bo'lib, tuyaning ko'zi degan ma'noni anglatadi. O'zgacha hamda chiroyli bo'lsin ma'nosida ham qo'llaniladi. Doston matnida keltirilishi orqali bu ismning turkiy xalqlarning umumqatlam ismlaridan biri ekanligini ko'ramiz. Bu esa qadimgi turkiy xalqlar bir-biriga juda yaqin munosabatda ekanligidan dalolat beradi. "Bo'tako'zni olaman deb sovchi qo'yganida, Go'ro'g'lining tog'asi Ahmad Sardor qizi Bo'tako'zoyimni bermagan edi. Qaldirg'och - sadoqat, qondoshlik aloqalarining mustahkamligini ifodalaydi. Zero o'zbek xalq poeziyasida qaldirg'och aynan shu sifatlar ramzidir. Aynan singlisi tufayli Alpomish qallig'iga tahdid solayotgan xavf haqida bilib oladi. Va aynan Qaldirg'ochoyim Alpomishni uyaltirib, Oybarchin va uning otasiga yordam berishga chorlaydi. O'z baxti va xalqining birligi uchun jasorat ko'rsatishga undaydi. Xoldorxon - ushbu antroponim bilan bog'liq teonimik qarashlar bugungi kunda ham xalqimiz orasida mavjud bo'lib, unga ko'ra chaqaloq tanasida ko'zga ko'rinadigan kattalikdagi xol, dog' bo'lsa hamda hajman kattalashishi kuzatilsa, chaqaloq ismini "xol", "nor" shakllarini qo'shib o'zgartirishadi va bu orqali tanadagi dog', xoldan xalos bo'ladi deb hisoblanadi. Bundan xalqimiz orasidagi ushbu e'tiqod "Xushkeldi" dostoni shakllana boshlagan
MUHOKAMA VA NATIJALAR.
Scientific Journal Impact Factor
O
davrlarga aloqador ekanligi anglashiladi. Xushkeldi -asosan, uzoq vaqt kutilgan yoki ilk farzandga qo'yiladigan ism bo'lib chaqaloqning tug'ilishi oila hayotiga baxt olib kelsin, baxtli, omadli o'g'il tug'ildi (keldi). "Mening otim Xushkeldi eshon, Qiziljarning g'orida istiqomat qilaman, har zamonda, oyda, ikki oyda bir kelib, shaharni oralab, muridlarimiz bor, shularnikiga borib, bergan nazr-niyozlarini olib, duo qilib ketamiz, - dedi". ("Xushkeldi" 143-bet). "Xushkeldi" dostonida esa Bek Go'ro'g'li o'zini shunday ataydi, ammo dostondagi Xushkeldi o'zi kirib borgan yurtga baxt emas, aksincha, baxtsizlik olib keladi, demakki, dostonda ushbu ism kinoya ma'nosida qo'llanilgan degan xulosaga kelishimiz mumkin bo'ladi. Go'ro'g'li - aynan: "Go'rda tug'ilgan bola". Bu ism o'zbek xalq dostonlari qahramoni Go'ro'g'li nomiga nisbat berib qo'yiladi. Qadimiy turkiy tilda go'r, ko'r-botir, dovyurak, pahlavon ma'nolarini bildiradi. Go'ro'g'li nomining talqinlarida turli yondashuvlar mavjud. Jumladan, uning «go'r» - qabrda tug'ilishi motivini asoslaydigan qarashlar ham ustuvorlik kasb etgan. Ayni paytda, uning «ko'r otaning farzandi» ekanligiga urg'u beradi, degan yo'nalish ham mavjud. Jumladan, Po'lkan shoir variantida mana shu ikkala qarashning ham ta'siri ochiq sezilib turadi. Nomning o'zak qismi ko'plab talqinlarga imkon beradi. Zero, «go'r» va «ko'r» dan tashqari «kur» o'zagi ham mana shunday rang-barangliklardan birini tashkil etadi. Uning ma'nosi alp, botir, mard deganidir. Qizilbosh-eroni: Eroniy xalqlar (forscha: ¿boj* ^jljá1, tojikcha: MapgyMxon эронн, osetin) hind-yevropa tillaridagi oriylar oilasining eroniy tillarida so'zlovchi, kelib chiqishi umumiy bo'lgan xalqlar. "Qancha podshohlar, vallamilar, Go'ro'g'libekning siyosatidan ko'p qo'rqar edilar, allaxusus qizilbosh-eronilar bilan bosh taraf edi" ("Xushkeldi" 7-bet). Juhud - yahudiy millatiga mansub kishi. "Xoh juhud bo'lsin, xoh hindu". ("Xushkeldi" 100-bet). Dostonda keltirilgan hind va juhud nomlari qiz yorini shunchlik yoqtirib qoladiki, hatto, notanish kishi boshqa din vakili bo'lsa ham yori bo'lishini orzu qiladi. Shunisi e'tiborliki, juhudlar Yahudiy diniga, hindlar esa buddaga e'tiqod qiladi, demakki, boshqa dindagi inson bilan oila qurish turkiy xalqlar uchun or-nomusning yo'qotilishi hisoblangan. Ushbu holat "Go'ro'g'li" turkumidagi boshqa dostonlarda hamda turkiy xalqlar tarixini yorituvchi yana ko'plab dostonlarda uchraydi. O'zbek - millat sifatida dostonda ulug'lanadi. Mard, botirlik timsoli bo'lib keladi. "O'zbek" so'zining kelib chiqishi to'g'risida turli fikrlar bor. Ko'pchilik olimlar ko'chmanchi o'zbeklar Oltin O'rda xoni O'zbekxon (1312-1340) ismi bilan atalgan deyishadi. Holbuki, O'zbekxon Oltin O'rda (Ko'k O'rda) da xonlikka ko'tarilgan, o'zbek atamasi esa Oq O'rdada paydo bo'lgan. Ya'ni XIV-XV asrlarda Eron hamda O'rta Osiyo tarixchilari Oq O'rdaning barcha turk-mo'g'ul qabilalarini o'zbeklar deb atashgan. Bundan tashqari, O'zbek ismi O'zbekxondan oldin bitilgan asarlarda ham uchraydi. Demak, o'zbek
Scientific Journal Impact Factor
0
etnonimi O'zbekxon ismidan kelib chiqqan, degan fikr to'g'ri emas. Bu so'z «o'zi bek» degan ma'noni bildiradi, deyish ham ilmiy dalil emas. O'zbek o'z (uz) qabilasi nomi bilan bog'liq degan fikr ham isbot talab. Qalmoq-(qalmoqlar) ko'chmanchi o'zbeklardan oldin ham Movarounnahrda yashagan va turkiylashgan mo'g'ul qabilalarining avlodlari bo'lsa kerak. Muhammad Solihning «Shayboniynoma» sida aytilishicha, qalmoqlar Shayboniyxonga qarshi Buxoro hokimi Boqitarxon tomonida turib jang qilgan. Qalmoq so'zi turkiy «qolmoq» fe'lidan olingan, bu so'z islom dinini qabul qilmasdan majusiylar holida qolgan o'yrotlarni anglatgan, deyilar edi. V.P.Darbakova qalmoq so'zi mo'g'ulcha «duragay», «aralash», «qurama» degan ma'nodagi xalmig so'zidan kelib chiqqanligini aniqladi. Haqiqatan ham aslida oyrotlardan ajralib chiqqan qalmoq urug'i juda ko'p urug'-qabilalar aralashmasidan iborat bo'lgan. "Polvon Avaz sherday bo'lib, Ish ishladi erday bo'lib, Qalmoq qoldi yerday bo'lib, Og'zi ochilib go'rday bo'lib, Urushdan chiqdi Bol Avaz Chilladagi norday bo'lib". Ko'yiqof- o'zbek ertak, doston va boshqa og'zaki ijod namunalarida afsonaviy tog' nomi. Rivoyatlarga ko'ra, Ko'hi Qof dunyoning bir chetida bo'lib, unga eng jasoratli pahlavongina yetib bora oladi. Parilar yashaydigan Iram bog'i ham shu yerda. U yerda Semurg' va Anqo yashaydi. Go'ro'g'li, Avaz singari xalq qahramonlari Balo tog'idan o'tib, devlarni yengib, Ko'hi Qofga yetib borganlar. Eron mifologiyasiga ko'ra, Kohi Qof Semurg' makonidir. Shuningdek, Ko'hi Qof Kavkaz tog'larining ramziy tasavvuri, degan tushuncha ham mavjud. «Gap desang, qop-qop, Ish desang, Ko'hi Qofdan top» degan o'zbek xalq maqolida Ko'hi Qofning haddan ziyod olisda ekanligiga ishora qilingan.
Vayangan - Xorazm viloyatida Vayangan bobo jome masjidi mavjud bo'lib dostonlarda joy nomini bildirib keladi: "Hasanxonni Vayangandan, Avazxonni Xunxordan olib kelib, ikkovini ulim deb, iskasam gulim deb, joni bilan dilim deb, o'lsam merosxo'rim, tobutim chegasi, o'ligim egasi, deb tuqqan bolalaridan ziyod parvarish qilar edi". ("Xushkeldi" 7-bet). Chilton, chiltan - diniy tasavvurlarga ko'ra, g'ayritabiiy kuchga ega bo'lgan afsonaviy 40 ta ruh. Rivoyatlarda Chiltonlar odamlar ko'ziga ko'rinmaydi, ba'zan ular orasida odam qiyofasida yashaydi, deb talqin etiladi. Ular, odatda, mozor va odamlar bo'lmaydigan joylarda uchraydi, deb tasavvur qilinadi. Turli ofatlardan saqlanish, kasaldan qutulish maqsadida Chiltonlarga atab pilikdan yasalgan 40 chiroq yoqish, ularga bag'ishlab turli taomlar pishirish odati bo'lgan. Taomlar "Chiltonoshi" deb atalgan va ular shu marosim munosabati bilan to'plangan xotin-qizlarga tarqatilgan. Hozirgi vaqtda Chiltonlar va ular bilan bog'liq bo'lgan urf-odatlar deyarli yo'qolib ketgan.
Scientific Journal Impact Factor
0
XULOSA VA TAKLIFLAR.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, o'zbek tilining boy leksik qatlamiga mansub bo'lgan etnografizmlarni o'rganish, ularning ma'nosini izohlash, o'zbek tilining hududiy va umumiy etnografik lug'atlarini yaratish leksikografiyaning asosiy vazifalaridan bo'lib qolmoqda. Bu yo'lda, avvalo, etnografik birliklarni farqlash, ularni manbalar asosida izlash va, albatta, ilmiy-nazariy asoslarini yaratish borasida jiddiy tadqiqotlar olib borish zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1) Mahmud Sattor. O'zbek udumlari. -Toshkent: Cho'lpon, 2007. 9-10-betlar.
2) Ergash Jumanbulbul o'g'li. Xushkeldi. -Toshkent: O'zFan, 1972.
3) Mamatqul Jo'rayev, Jabbor Eshonqulov. Folklorshunoslikka kirish.
4) Pulatov Sh.N.Sankhya-ancient Indian philosophical school. //PUSTAK BHARATI RESEARCH JOURNAL// JAN-June. ISSUE Toronto, Canada. No: 1-2, 2020.
5) PULATOV SH.N. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Hindistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Academic Research In Educational Sciences. Volume 1. 2020 468-474 P.
6) Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.
7) Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.
8) Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.
9) Saidov S.A., Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo'shgan hissasi. // "Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences" Scientific journal Volume 1, 2021. 332-336 P.
10) Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi qarashlarida jamiyat tahlili/Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.
11) Sulaymonov, J.Karimov N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.