Научная статья на тему 'IX –XIV ASRLARDA MOVAROUNNAHRDA TASAVVUF VA UNING RIVOJI'

IX –XIV ASRLARDA MOVAROUNNAHRDA TASAVVUF VA UNING RIVOJI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ilk oʻrta asrlardan boshlab Hakim Termiziy tasavvufning nazariy masalalarini oʻrganishga boʻlgan harakati tasavvufni ta'limot darajasida yanada takomillashishiga zamin yaratdi

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Raxmonov Akbar

Tasavvufda Haqning diydori uning vasliga etishda ilohiy muhabbat asosiy vosita sifatida qaraladi.Tasavvufda ilohiy muhabbat insonning Allohga muhabbati va Haqning bandasiga boʻlgan muhabbati sifatida ham qaraladi. Insonning Haqning nazarida boʻlishi unga hayoti davomida qilgan yaxshi amallari uchun bergan hadyasi yoki unga berilgan sinovi insonning e'tiqodi sofligi va mustahkamligida ham namoyonboʻladi. Haqning yaratgan narsalariga, butun borliqqa nisbatan unda muhabbatning paydo boʻlishi bilan birga insonni insonga boʻlgan, oʻz zotiga boʻlgan hurmat, ehtirom va muhabbati ham oshib borishiga olib keladi. Inson oʻz qadri qimmati insoniylik mohiyatini namoyon qiladi. Axloqi goʻzallashib, atrof muhitga ham chiroyli ta'sir koʻrsatadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IX –XIV ASRLARDA MOVAROUNNAHRDA TASAVVUF VA UNING RIVOJI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

IX - XIV ASRLARDA MOVAROUNNAHRDA TASAVVUF VA

UNING RIVOJI

Raxmonov Akbar

Buxoro davlat universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11019070

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-April 2024 yil Ma'qullandi: 15- April 2024 yil Nashr qilindi: 22- April 2024 yil

KEY WORDS

Ilk o'rta asrlardan boshlab Hakim Termiziy tasavvufning nazariy masalalarini o'rganishga bo'lgan harakati tasavvufni ta'limot darajasida yanada

takomillashishiga zamin yaratdi

Tasavvufda Haqning diydori uning vasliga etishda ilohiy muhabbat asosiy vosita sifatida qaraladi.Tasavvufda ilohiy muhabbat insonning Allohga muhabbati va Haqning bandasiga bo'lgan muhabbati sifatida ham qaraladi. Insonning Haqning nazarida bo'lishi unga hayoti davomida qilgan yaxshi amallari uchun bergan hadyasi yoki unga berilgan sinovi insonning e'tiqodi sofligi va mustahkamligida ham namoyon bo'ladi. Haqning yaratgan narsalariga, butun borliqqa nisbatan unda muhabbatning paydo bo'lishi bilan birga insonni insonga bo'lgan, o'z zotiga bo'lgan hurmat, ehtirom va muhabbati ham oshib borishiga olib keladi. Inson o'z qadri qimmati insoniylik mohiyatini namoyon qiladi. Axloqi go'zallashib, atrof muhitga ham chiroyli ta'sir ko'rsatadi..

Tasavvufning genezisi va uning rivojlanish bosqichlari, nazariy tizimining shakllanishi borasidagi qarashlar, tadqiqotlarning xilma-xilligi tasavvufning o'ziga xos murakkab tadqiqot ob'ekti ekanligidan dalolat beradi.Chunki, tasavvufni ichdan va tashqaridan o'rganishlar, o'rta asr sharoitidagi ijtimoiy-madaniy ta'sirlar va fikriy bahs munozaralarning turli masalalarda kengayib borganligini ko'rsatadi. Aziziddin Nasafiy o'zining "Bayon at-Tanzil" asarida tasavvuf boshlanishda "zuhd" "parhezkorlik" shaklida vujudga kelganligini ta'kidlaydi. Uning fikriga ko'ra, Hasan Basriy va Fuzayl Iyoz "Huzn" "mahzunlik" likni zuhdga qo'shdilar. Robiya Adaviya va Zunnun Misriy "Muhabbat" ni omuxta qildilar. Shaqiqi Balxiy va uning shogirdlari "Tavakkul" ni ilgari surdilar. Mazkur qarash va g'oyalar har biri o'ziga xos tarzda turli tortishuvlar, bahslarga sabab bo'lgan edi. Bu esa, bir tomondan tasavvufda turli oqimlar va suluklarning kelib chiqishiga yo'l ochishi bilan birga silsilalar, tariqatlar, hatto irfoniy maktablarning shakllanishiga zamin yaratdi. So'fiylarning turli firqalarga bo'linib ketishi, sayru-sulukda ham tasavvufda o'ziga xoslikni keltirib chiqardi. Bu borada G'arb olimlari tadqiqotlarida ham so'fiyona g'oyalar tahlillarini, yirik so'fiylarning qarashlarini o'rganishga bo'lgan qiziqishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.

Tasavvufda Haqning diydori uning vasliga etishda ilohiy muhabbat asosiy vosita sifatida qaraladi.Tasavvufda ilohiy muhabbat insonning Allohga muhabbati va Haqning

bandasiga bo'lgan muhabbati sifatida ham qaraladi. Insonning Haqning nazarida bo'lishi unga hayoti davomida qilgan yaxshi amallari uchun bergan hadyasi yoki unga berilgan sinovi insonning e'tiqodi sofligi va mustahkamligida ham namoyon bo'ladi. Haqning yaratgan narsalariga, butun borliqqa nisbatan unda muhabbatning paydo bo'lishi bilan birga insonni insonga bo'lgan, o'z zotiga bo'lgan hurmat, ehtirom va muhabbati ham oshib borishiga olib keladi. Inson o'z qadri qimmati insoniylik mohiyatini namoyon qiladi. Axloqi go'zallashib, atrof muhitga ham chiroyli ta'sir ko'rsatadi.

O'rta asrlarda davom etgan kalom, tasavvuf va diniy-falsafiy tusdagi bahslar tasavvuf xususidagi qarashlarning rivojlanishiga takomillashib borishiga yo'l ochdi. Islom ilmlari qatorida o'ziga xos o'rin tutib, islomning ezgu g'oyalarini o'ziga singdirgan, xalqning hurlik, adolat, halimlik, o'zaro birdamlikka bo'lgan intilishlarini aks ettirgan tasavvuf ta'limoti o'rta asrlarda ma'naviy hodisa sifatida o'zini namoyon etdi.

VII asrda vujudga kelib Osiyo, Afrika va Evropaning ko'plab o'lkalariga kirib borgan islom dini ushbu mintaqalar xalqlariga nafaqat yangi e'tiqod balki yangicha turmush tarzini, yangicha ijtimoiy va insoniy munosabatlar bilan birga o'ziga axloqiy qadriyatlarni, insoniylik me'yor hamda mezonlarini ham taqdim etdi. Islom ta'limoti asosida shakllangan, insoniylik tamoyilariga tayangan tasavvuf ta'limoti insonning o'zligini dunyoning har qanday moddiy ne'matlari, hoyu-havas, lazzatlaridan ustun qo'yish, ikkinchidan odamlar bilan o'zaro munosabatlarda murosa madaniyatiga amal qilishdek fazilatlarni targ'ib qildi. Arab olimi Abdul qodir Iso islomning ilk asrlarida tasavvufga hech qanday ehtiyoj bo'lmaganligi, chunki, bu davrda shundoq ham xudojo'y va taqvodor kishilar o'zini butunlay Allohga bag'ishlagan insonlar zamoni bo'lganligini ta'kidlaydi. Shu bilan birga, islom dini targ'iboti, uning yoyilishi, ko'plab o'lkalarga kirib borishi va xalqlarning an'analari, qadriyatlariga singib, tafakkur hamda turmush tarziga aylanishi, boshqa ta'limotlar singari tasavvufning g'oyaviy manbasi sifatida takomilga etishida muhim rol o'ynadi.

Ilk o'rta asrlardan boshlab Hakim Termiziy tasavvufning nazariy masalalarini o'rganishga bo'lgan harakati tasavvufni ta'limot darajasida yanada takomillashishiga zamin yaratdi. Abu Bakr Kalobodiy, Mustamliy Buxoriylar esa, Movarounnahr tasavvuf maktablarining shakllanishida hamda tasavvuf ta'limotini tizimlashtirilishida o'ziga xos o'rin tutdilar. Hakim Termiziy tomonidan boshlab berilgan tasavvuf ta'limotini tizimlashtirishni nihoyasiga etkazishdi. Abu Bakr Kalobodiyning "At-Ta'arruf li mazhab ahl at-tasavvuf", "Bahrul-favoid", Mustamliy Buxoriy "Sharh at-Ta'arruf li mazhab ahl at-tasavvuf", Hujviriyning "Kashf ul-mahjub" asarlarida so'fiyona qarashlar tarixi, tasavufning nazariy masalalarining keng va tushunarli tilda ifodalanishi o'z davri va keyingi davr tasavvuf ta'limotlarini har tomonlama o'rganishda muhim ahamiyat kasb etdi. Albatta bu tasavvufni o'rganish, uni izohlash, ta'lim berish mumkin bo'lgan ta'limotga aylanishiga imkoniyat yaratildi.

Tasavvufning murakkab bir davrda ta'limot darajasida shakllanishi va rivojlanishi oson kechmagan. Hamma davrlarda tasavvufni himoyachilari bo'lganidek, unga qarshi turgan firqalar, ta'limotlar ham bo'lgan. O'rta asrlarda ijtimoiy ong, falsafiy irfoniy fikr rivojiga ta'sir ko'rsatgan, falsafa, kalom va boshqa ta'limotlar singari tasavvuf ham o'ziga xos tarzda hurfikrlilikni yoqlagani uchun o'z nufuzi hamda o'rniga ega bo'lgan. Allohning vasliga etish, har qanday tama'dan uzoq bo'lish, qalbni poklash, botinga nazar solish, halol mehnat qilish, kasb kor qilishga undashi bilan bilan jamiyat madaniy-ma'naviy hayotiga chuqur singib

borgan.

Tasavvufning ilk o'rta asrlardan boshlab turli yo'nalishlarda rivojlanishini quyidagicha tasavvur qilish mumkin:

1. IX-XI asrlarda tavhid asoslarini chuqurlashtirish, fano (yo'qlik) va baqo (borliq) tushunchalari, vahdat va kasrat, Xudoga (vosil bo'lish) singish masalalari o'rganilgan;

2. XIII asr o'rtalaridan boshlab, tafakkuriy-aqliy yo'nalish "vahdatul-vujud" etakchilik

qilgan;

3.XIV-XV asrlar tasavvufning irfoniy, diniy-falsafiy masalalari, haqiqatni bilishga erishishning nazariy muammolari o'rganila boshlangan.

Bu borada tadqiqotchi, I.Usmonov tasavvufning bosib o'tgan davrlarini tahlil qilib ularni bir necha bosqichlarga bo'lish mumkinligini ta'kidlaydi. Uning fikriga ko'ra, tasavvuf ta'limoti inson qalbi, uning ruhiyati, nafs tarbiyasi, komil inson, yuksak ma'naviyat, go'zal odobaxloq, ruhiy kamolot kabi mavzularni qamrab oladi. Tasavvuf paydo bo'lganidan to bugunga qadar bosib o'tgan davrlarni nazariy jihatdan quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:

- zuhd davri;

- tasavvuf davri;

- vahdat alvujud davri;

- tariqatlar davri;

- zamonaviy tasavvuf.

VII-VIII asrlar "Zuhd" davri hisoblanib, zohidlarda namoyon bo'lgan xislatlar, ularning toat ibodatlari, dunyo molidan yuz o'girishlari va zohidona turmush tarzlarida Allohning roziligini topib, ikki olam saodatiga erishish, azoblardan qutulish g'oyasiga ega bo'lishlari muhim sanalgan. Allohni tanish, bilish va uning diydoriga erishish tushunchalari bo'lmaganligi bilan tasavvufning boshqa bosqichlaridan ajralib turgan. Zohidlarning hayotlarida ustuvor bo'lgan tuyg'u va tushunchalar asosan qo'rquv va umid edi. Bu davrdagi zohidlarda avval "qo'rquv"ga tayangan zuhd tushunchasi hukmron bo'ladi. Lekin VIII asrda Basra tasavvuf maktabiga mansub mashhur zohid ayol Robiya al-Adaviya (vaf.135/752 y.) bilan bog'liq yangicha tushunchalar, ya'ni ilohiy ishq tushunchasi tasavvufga kirib kelishi yuqorida keltirganimizdek, fikr va qarashlarning kengayishiga sabab bo'ldi. Allohning muhabbatini topish unga intilish ilohiy muhabbat tushunchalarining kelib chiqishiga sabab bo'ldi. X asrning yirik tasavvuf nazariyotchisi buxorolik Abu Bakr Kalobodiy "at-Ta'arruf"da mazkur masala bo'yicha o'z fikrlarini bayon qilib, "inson qo'rquv va umid" orasidagi holatda bo'ladi. Qo'rquv Allohning g'azabidan qo'rqish, ya'ni uning g'azabiga duchor bo'lishdan qo'rqish hissi bo'lsa, umid esa, uning rizoligiga erishishga umid qilish ekanligi deb tushuntiradi.

Biroq, ba'zi tasavvufshunos olimlar orasida zuhd tasavvufdan alohida holda rivojlangan degan qarashlar ham uchraydi. Shu jihatdan, tadqiqotchilar zuhdni tasavvufning boshlang'ich nuqtasi sifatida emas, zuhd o'ziga xos bir yo'nalish sifatida taraqqiy qilgan deb, hisoblaydilar. Ularning fikriga ko'ra, agar tasavvuf zohidlikning keyingi bosqichi bo'lsa, zohidlik tasavvuf taraqqiy topgan davrlarda yo'q bo'lishi kerak edi. Manbalarda mamluklar davrida Misr faqih va ulamolarining aksariyati sufiy emas, balki zohid bo'lganliklari qayd etiladi. "'Ajo'ib al-osor" asarida 1157/1744 yilda vafot etgan Mustafo al-'Aziziy ham "zohid" deb tilga olinadi. Vaholanki, u tasavvuf eng yuqori mavqe'ga erishgan usmoniylar davrida faoliyat ko'rsatgan. Ilk so'fiylar o'z ta'limotlarining islom diniga muvofiq kelishini tasdiqlash

uchun nufuzli tobe'iylar Hasan al-Basriy, Sufyon as-Savriy va Sa'id Jubayrni ham etakchi sufiylar sifatida zikr etganlar. Bu esa zuhdning tasavvuf bilan aralashib ketishiga sabab bo'lgan. Bir qarashda zuhd va tasavvuf tushunchalari o'rtasida katta farq bo'lib, mutasavviflar zuhd usullaridan istifoda etgan holda o'z ta'limotlarini yoyishga erishganlar". Demak, zuhdu taqvo bilan o'z umrlarini o'tkazgan kishilar ko'proq parhezkorlikni kasb qilganlar, dunyo moliga hirs qo'ymaslikka harakat qilganlar. Shu nuqtada tasavvuf va zuhd o'zaro bog'liqlik, ta'sirga moyillik sezadi. Zuhd davri haqidagi qarashlar shu tarzda shakllanib kelgan.

VII-VIII asrlarda do'zaxdan qo'rqish, jannatga umidvorlik va Allohning roziligiga erishish fikriga asoslangan zohidona turmush, ya'ni zohiriy ibodat, riyozat va mujohadalar tarzidagi tasavvufiy hayot IX-X asrlarga kelib insonning botiniy olamini isloh qilishga, uning pokligini, botiniy ibodatini, ruhiy poklanishini va Haq diydoriga erishish fikrini asosiy g'oyaga aylanishiga olib keldi. Tasavvufiy qarashlar o'zaro yaqin va bog'liqlikda rivojlanib bordi. Mutasavviflar tasavvufni inson ruhiyatini, qalbdagi o'zgarishlar, ma'naviy yuksalish bosqichlarini tadqiq etib, ma'nan kamolotga erishish yo'llarini o'rgana boshlaganlar. IX-X asrlarda tasavvuf ilm sifatida shakllanib, o'z tushuncha va tamoyillari kategoriyalariga ega bo'la boshladi. Buyuk mutasavviflar qarashlari har tomonlama o'rganildi. Ko'plab mutasavviflar jamoasi shakllanib mumtoz tasavvufiy asarlar yozilgan davr bo'ldi. Bu davrda tasavvuf ilmining bosh mavzulari belgilandi.

Sufiylar jamiyat a'zolari o'rtasida mustaqil bir tabaqa sifatida namoyon bo'la boshladilar. Ba'zi joylarda tasavvuf maktablari tashkil topdi. Ammo shuni ham alohida ta'kidlash zarurki, "tasavvuf" istilohi arab xalifaligining shimoli-sharqiy hududlarida etarli darajada muomalada bo'lgan bo'lsa-da, Movarounnahr va Xurosonda IX-X asrlarda keng ko'lamda iste'molda bo'lmagan. Bu davrda mintaqada zuhd haqidagi munozaralar ko'proq olib borilgan. X asrdan keyin, islom olamida mafkuraviy kurashlar biroz pasayib borgan, tasavvuf ta'limoti diniy-irfoniy bilishning etakchi ta'limotiga aylangandan so'ng, nafaqat so'fiylik jamoalari, balki so'fiy bo'lmagan taqvodor va bilimdon olimlar ham so'fiylar deb atala boshlagan. Abu Nasr Sarroj Tusiyning "Al-lum'a fit-tasavvuf", Abu Tolib Muhammad Ali Atiya Horisiy Makkiyning "Qut ul-qulub", Abu Bakr Muhammad ibn Ishoq al-Buxoriy al-Kalobodiyning "at-Ta'arruf li mazhabi ahli at-tasavvuf", Shayx Abulqosim Qushayriyning "Risolai Qushayriy", "Latoif ul-ishorat", Ali ibn Usmon Jullobiy Hujviriyning "Kashf ul-mahjub" asarlarining mazmun-mundarijasi keyingi davrlarda barcha so'fiylik maktab va yo'nalishlarning bir nom ostida umumlashtirilganini ko'rsatadi".

IX-X asrlarda Movarounnahr va Xurosonda tasavvuf rivoji uchun juda qulay shart-sharoitlar vujudga keldiki, uning oqibatida bu mintaqada turli tasavvufiy harakatlar shakllandi. Eng muhimi, bu maktablar keyinchalik butun islom dunyosida tasavvufning sosi bo'lib xizmat qildi. X asrning boshlarigacha Xuroson, ayniqsa, uning Balx shahri islom so'fizmining markazi bo'lgan. O'sha davrning Ibrohim Adham, Shaqiq al-Balxiy, Hotim al-Asamm, Ahmad Xazrovayh, Abu Bakr al-Varroq va Muhammad al-Fazl kabi mashhur sufiylari yoki asli balxlik bo'lganlar, yohud ushbu shaharda yashab ijod etganlar. Ahmad Xazrovayh kabi ularning ko'pchiligini shaharning hukmron doiralari bilan qarindoshlik rishtalari ham bog'lab turgan.Tadqiqotchilarning fikrlariga ko'ra, Balxdagi so'fiylik qarashlari keyinchalik Movarounnahr so'fiylariga Movarounnahr so'fiylik maktablari tajribalari o'zaro ta'sirda bo'lgan.Ustoz shogird an'analari ham davom ettirilgan. Islom olamidagi shia va sunniy bo'linishlar tufayli shakllangan oqim va tariqatlar ba'zan o'zaro farqlangan.

Muhammad al-Muqaddasiy (vaf. 380/990 y.) ham "Ahsan at-taqosim" asarida bu davrda tasavvufiy qarashlar Xuroson va Movarounnahrda keng tarqalganiligini ta'kidlaydi. Zoviya, xonaqoh va rabotlar soni bu mintaqada juda ko'p ekani qayd etib o'tilgan. Al-Muqaddasiy X asr ikkinchi yarmida Movarounnahrdagi Isfijobda 1700 rabot, Poykentda 1000 rabot bor bo'lganini qayd qilgan. Al-Hujviriy (vaf. 466/1073 yoki 470/1077 y.) ham "Kashf al-mahjub" asarida Xurosonda 300 sufiy mashoyixlarini uchratganini, ulardan har biri o'z sulukiga ega ekanini zikr etgan. Ushbu manzillar M.Qodirovning ta'kidlashicha, ijtimoiy muxofaza vazifasini ham bajargan. Etim-esirlarga boshpana va eguliklar beriladigan joy sifatida ham faoliyat ko'rsatgan.

Hujviriyning "Kashf al-mahjub" asarida IX-X asrlarda Xurosonda faoliyat olib borgan 12 asosiy sufiy harakatlari mavjud bo'lgani qayd etiladi. Mana shu harakatlar XI asr oxirlaridan e'tiboran ba'zilari hozirgacha mavjud bo'lgan tariqatlar shakllanishiga asos bo'lgan. Tadqiqotchi Z. Narzievning ta'kidlashicha, ilk so'fiylik tariqatlari haqidagi ishonarli ma'lumotlar, tariqat asoschilarining nomlari, ularning asosiy konsepsiyalari Hujviriyning "Kashf ul mahjub" asarida ilk marotaba tadqiq va tasnif etilgan. Hujviriy ilk davr so'fiylik tariqatlarini o'n ikkita deb e'tirof etib, ularning o'ntasini ma'qullagan va ikkitasini tanqid qilgan va mazkur tariqatlarning asosiy konsepsiyalarini yoritib bergan. "Kashf ul mahjub" asarida muhosibiylik, qassoriylik-malomatiylik, tayfuriylik, junaydiylik, nuriylik, sahliylik, hakimiylik, xarroziylik, xafifiylik, sayyoriylik singari o'n tariqat maqbul tariqatlar sifatida tilga olingan. Mardud (rad qilingan) tariqatlar sifatida xululiylik va xallojiylik keltirilgan.

Taniqli sharqshunos O.Akimushkin XI asr oxirlarida paydo bo'lgan tariqatlar haqida: "Islom tarixida so'fiylik tajribalari asnosida yuzaga kelgan amaliy maktab va harakatlar ko'p bo'lgani bilan, ular asosan ikki maktabdan kelib chiqqan. Birinchi maktab Abu Yazid Bistomiy (vaf. 261/875 y.) nomi bilan, ikkinchi maktab esa Junayd al-Bag'dodiy (vaf. 298/910 y.) nomi bilan bog'liq. Qolgan tasavvufiy maktab va harakatlarning aksariyati mana shu ikki maktab ta'limotlari hosilasidir", - deb ta'kidlaydi.

Xulosa qilish mumkinki, IX-XIV asrlar oralig'ida tasavvuf o'ziga xos tarzda shakllanib nazariy tizimi uzil kesil ishlab chiqilgan edi. Ilk Renessans davri g'oyalari, tasavvufiy qarashlar, diniy-falsafiy, irfoniy qarashlar o'zaro bog'liqlikda rivojlandi. So'nggi Renessans ilk Renessansdan oziqlandi. Mutasavviflarning tasavvuf va tariqatlar borasidagi qarashlari xilma-xillikda o'zaro ta'sirda rivojlandi. Tasavvufiy qarashlarning shakllanishi va rivojlanishida albatta iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy omillar ham o'z ta'sirini ko'rsatdi.

Foydalanilgan manba va adabiyotlar:

1. Хужаёров, А. (2023). УРТА АСРЛАРДА НАСАФ ВОХАСИ ИЛМИЙ-АДАБИЙ ХАЁТИ. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 2 (7), 41-43.

2. Ходжаёров, А. О. (2023). Сомонийлар даврида Насаф шахрининг ижтимоий, ицтисодий ва маънавий хаёти. Взгляд в прошлое, 6 (1).

3. Хужаёров, А. О. (2022). Кашкддарё вохаси алломалари илмий меросининг ахамияти. In International conferences (Vol. 1, No. 21, pp. 99-103).

4. Khojayorov, A. (2023). The scientific-literary environment of the Nasaf oasis in the middle ages. Educational Research in Universal Sciences, 2(3), 885-888.

5. Хужаёров, А. (2022). Абу Райхон Берунийнинг "Хиндистон" асари ноёб этнографик манба сифатида. Academic research in educational sciences, (3), 399-411.

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

6. Asilbek, K. (2023). History of Sufism in Nasaf Oasis. Intersections of Faith and Culture: American Journal of Religious and Cultural Studies (2993-2599), 1 (6), 15-19.

7. Khojayorov, A. (2024). JURISPRUDENCE OF MUHAMMAD BAZDAWI (IX - XII CENTURIES). Collection of scientific papers «SCIENTIA», (February 23 2024; Amsterdam, Netherlands), 188-191.

8. Asilbek, X. (2024). O'RTA ASRLARDA NASAF VOHASI ALLOMALARINING FIQHIY ILMLAR RIVOJIGA QO'SHGAN HISSASI. Journal of Social Sciences, 1(01).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.